Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972
yy.). 1943 yilga kelib, AQSH
hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun
dastlabki qadamlarni qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib
o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish
tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga
solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni
tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
•
barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini
tashkil etish;
•
qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning
konvertirlanishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |