Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y).
Ikkinchi jahon valyuta tizimi
1922 yilda o`tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi. Bu
tizim - oltin andozasiga taalluqli bo`lib, uning yangi ko`rinishi «oltin qo`yilma
andozasi» hisoblanadi. Oltin qo`yilma andozasi amal qilgan sharoitda,
muomaladagi pullar yoki qisman, yoki to`liq qog`oz pullar edi. Huquqiy jihatdan,
mazkur qog`oz pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga
almashtirish mumkin bo`lgan. Amalda esa, ushbu pullarning ma`lum qismini shu
yo`l bilan almashtirish mumkin bo`lgan. Emission bank, albatta, pulni to`liq
ta`minlash uchun zarur bo`lgan oltinni saqlashi shart emas edi. Belgilangan
ta`minot (oltin) qanchalik oz bo`lsa, davlatning qo`shimcha qog`oz pullarni
chiqarish imkoniyati shunchalik ko`p bo`lgan. Shu sababli, muomaladagi
qog`oz pul miqdori saqlanadigan metall pul miqdoridan yuqori bo`lgan.
Oltinga
Do'stlaringiz bilan baham: |