Jahon tarixi



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

0 ‘zingizni sinang:
♦  Faqat ikki d avlat.......edi. 
♦  1855-yilda  ...  .
♦  1847-yilda ...  . 
♦  1830-yilda ...  .
142


Savol va topshiriqlar
1.  Afrika  q it’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqxyotda boshqa q it’a 
xalqlaridan  orqada  qolib  ketganligi  sabablari  haqidagi  o ‘z 
mulohazalaringizni daftaringxzga qayd eting.
2. Afrika qay tariqa mustamlakaga aylantirildi?
3. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik harakatlari haqida nimalami bilib 
oldingxz?
M u s t a q il  ish
Afrika  va  Lotin Amerikasining  mustamlakalarga  aylantirilishi  va 
ulaming milliy-ozodlik kurashi jarayonini taqqoslang.
VI  BOB.  IJTirVlOIY-SIYOSIY TA’LIMOTLAR
39-§.  Yevropada  XIX  asrning  70-yillarigacha  bo‘lgan 
davrda  ijtimoiy-siyosiy  ta’limotlar
Siz  XVIII — XIX  asrlarda  G ‘arbiy  Yevropa  va  Ame- 
rikada yuz bergan inqilobiy o ‘zgarishlar bilan tanishdingiz. 
Bir  qator  mamlakatlarida  feodal  tartiblarni  bekor  qilgan 
bu  inqiloblar  mehnatkashlarga  haqiqiy  erkinlik  olib  kelmadi. 
Yollanma  ishchilar  hayotining  katta  qismi  ishlab  chiqarishda 
yoki  ish  izlab  o ‘tardi.  Bolalar  yosh  paytidan  bir  xil,  og‘ir 
mehnatga  ko‘nikishardi.  Mehnat  sharoiti  va  uning  xarakteri 
ishchilarning hayot tarzini va iste’molning darajasini belgilardi. 
Ular boshqa  toifa  vakillaridan  axloqning  qattiqligi,  ba’zan  esa 
qo ‘polligi  bilan  farqlanadi.  Chunki  sanoat  ishchilarining 
mehnat  sharoiti  juda  og‘ir  edi.  XIX  asrning  70-yillarigacha 
ish  kunining  uzunligi  Angliya  va  A Q SHda  —  10  soat, 
G erm aniya  va  F ransiyada  —  10—12  soat,  Rossiya  va 
Yaponiyada  —  12—16  soatni  tashkil  qilardi.  Ayollar va  bolalar 
mehnatiga  teng  ish  vaqti  uchun  kamroq  haq  to ‘lanardi. 
«Fabrika  ayollari»,  asosan,  13—14  yoshli  qizlar  edi.
Parlamentlarning  qator  qarorlariga  qaramasdan  bolalar 
mehnatidan  og‘ir  ishlarda  ham  foydalanilar  edi.  10—12  yoshli 
bolalar tamaki fabrikalaridan tortib  toshko‘mir shaxtalarigacha 
mehnat  qilishardi.  Bolalar  mehnati uchun  ayollarnikidan  ham 
kam  haq  olardilar.  Ularning  ko‘pchiligi  bolaligidayoq  sog‘- 
lig‘idan  ayrilgan  «fabrika  bolalari»  edi.
143


Jamiyatdagi  bunday  ahvol  uning  ilg‘or  kishilarini  adolatli 
jamiyat  to ‘g‘risida  yangi  g‘oya  va  ta ’limotlarni  yaratishga 
undadi.  XIX  asrda  paydo  b o ‘lgan  shunday  ta ’limotlarning 
asosiylari konservatizm, liberalizm va sotsializm nomlarini oldi.
Konservatizm.  XVIII  asrdayoq paydo  bo‘lgan  konservatizm 
(lotincha  conservatio  —  saqlab  qolmoq,  qo‘riqlamoq)  mavjud 
siyosiy  tartib  —  monarxiya  boshqaruvini  saqlab  qolish  za- 
rurligini asoslashga urinardi.  Uning ko‘zga ko‘ringan arbobla- 
ri  — ingliz  Edmund  Berk va  fransuzlar Jozef de  Mester hamda 
Lui  de  Bonald  edi.  Konservatizm  buqua  jamiyatidagi  asl- 
zodalar  mafkurasi  edi.  Konservatizm  vakillari  ham  mavjud 
holatni  o ‘zgarishlarsiz  saqlab  turish  mumkin  emasligini  yaxshi 
tushunardilar.
Konservatorlar  jamiyat  taraqqiyotida  yuz  bergan  o‘zga- 
rishlar natijasida individualizm,  raqobat  mavjudligini tan olish- 
ga  majbur  boMdilar.  Ba’zi  konservatorlar  feodal  aristokratiya 
hukmronligiga  qarshi  kurash  jarayonida  yuz  bergan  burjua 
o ‘zgarishlarini  ham  m a’qullashga  tayyor  edilar.  Bundaylar 
neokonservatizm (yangi konservatizm) vakillari bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi  awalgidek  shaxsning  davlatga  bo‘ysunishi  zarur- 
ligini tan olsalar-da, bu hoi endi ularga xususiy mulkni himoya 
qilish  va  hukum atning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotga  qisman 
aralashishi  mumkinligini  e’tirof  etishlariga  xalaqit  bermagan.
Ammo,  ularning  fikricha,  bu  o‘zgarishlar jamiyatning  asosi 
bo‘lgan  an’analarga  putur  yetkazmasligi  lozim  edi.  Konser- 
vatizmning xarakterli belgisi,  eng awalo,  an’analarni muqaddas 
deb  bilishdir.  Konservatorlar  jamiyatidagi  mavjud  sinflar  va
qatlamlar  orasidagi  qat’iy  chegaralarning 
saqlanishi  jamiyatda  tinchlik  va  tartibni 
saqlashning  zarur  shartlaridan  biri  deb 
ishonadilar.
Liberalizm.  Liberalizm  (lotincha  li­
berum   —  ozodlikka  mansub)  —  shaxs 
erkinligini  va  bu  erkinlikni  kam roq 
cheklaydigan  davlat  tuzilishini  ilmiy 
asoslaydigan  g‘oyaviy-siyosiy  oqim.  Li­
beralizm vakillari jamiyatda xususiy mulk 
shaxs  erkinligining  zaruriy  sharti  ekan- 
ligini;  erkin bozor,  erkin raqobat va erkin 

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish