Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Nodirshoh
halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga boMinib ketdi.
Eronda turli qabilalar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi.
Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o ‘ynadi. Ular
o‘rtasidagi toj-u taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g‘alabasi
bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik
qildilar. 1796-yilda esa hokimiyatni qojarlar egallab oldi.
Shu tariqa Eronda yangi sulola — Qojarlar sulolasi hukm
ronligi o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehran shahriga ko‘-
chirildi. Qojarlar rahnomasi Og‘a Muhammad o‘zini sho-
hanshoh deb e’lon qildi.
Yangi sulola Eronda 1925-yilgacha hukmronlik qildi.