Jahon tarixi



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

1688-yilgi saroy to‘ntarishi.  1658-yilda Kromvel vafot  etdi. 
Yangi  zodagonlar va buquaziya  mamlakatda  Respublika tuzu- 
midan  norozi  katta  yer  egalari  kayfiyatini  ham  hisobga  olib 
monarxiyani  qayta  tiklashga  qaror  qildilar.  BoMajak  monarx 
oldiga  inqilob  natijasida yangi  zodagonlar va buquaziya  qo‘lga 
kiritgan  imtiyozlarni  tan  olish  hamda parlament  bilan  kelishib 
ishlash  shartini  qo‘ydilar.  Shu  tariqa  o‘zaro  kelishuvga  ko‘ra 
1660-yilda  monarxiya  qayta  tiklandi.  Taxtga  qatl  etilgan  qirol 
Karl  I  ning  o‘g‘li  Karl  II  o‘tqazildi.
Biroq  vaqt  o‘tishi  bilan  u  inqilob  qatnashchilarini  ta ’qib 
etish,  ularning  yer-mulklarini  tortib  olish  siyosatini  yurita 
boshladi.  Hatto parlamentni bir necha bor tarqatib ham yubor- 
di.  Bir  so‘z  bilan  aytganda  u  mamlakatda  qirolning  mutlaq 
hokimiyatini  tiklashga  urindi.
45


1685-yilda uning o‘rnini egallagan ukasi Yakov II  esa mam- 
lakatda  katolik  dinini  tiklashga  kirishdi.  Bu  esa  aholi  o‘rtasida 
keskin  norozilikni  vujudga  keltirdi.  Buijuaziya  va  yangi  zoda- 
gonlar bunday  sharoitda Yakov  II  ni  taxtdan  mahrum  qilishdi 
va  uning  kuyovi  —  Gollandiya  hukmdori  Vilgelm  III  van 
Oran’yeni  Angliya  taxtiga  o‘tqazishga  qaror  qildilar.  Vilgelm 
III  protestant  edi.  Uning Angliya  taxtiga  o‘tirishi  mamlakatda 
katoliklikning  kuchayishi  xavfmi  butunlay  bartaraf  etardi.
1688-yilda  Vilgelm  III  o‘z  qo‘shini  bilan  Londonga  kirib 
keldi  va  Angliya  taxtiga  o‘tqazildi.  Yakov  II  esa  Fransiyaga 
qochib  ketdi.  Shu  tariqa  Angliya  tarixida  «Sharafli  inqilob» 
deb  atalgan  saroy  to ‘ntarishi  amalga  oshirildi.  Bu  to ‘ntarish 
uzoq  davom  etgan  qirol  va  parlament  o‘rtasidagi  o‘zaro  ku- 
rashga  chek  qo‘ydi.  Vilgelm  III  parlament  shartlariga  rozi 
bodganligi  tufayligina  taxtni  egallay  oldi.  Parlament  qirolga 
parlament,  qirol  hamda  hukumatning  huquq va  majburiyatlari 
yozilgan  «Huquqlar  deklaratsiyasi»  deb  nomlangan  hujjatni 
taqdim  etdi.  Qirol  bu  hujjatni  imzoladi.  Unga  ko‘ra,  qirol 
qo‘shin,  sud,  mamlakat  moliyasi  ustidan  b o ‘lgan  hukm- 
ronlikdan  mahrum  bo‘ldi.  Shu  tariqa  parlament  bilan  qirol 
o‘rtasidagi  kurash  parlamentning  g‘alabasi  bilan  yakunlandi. 
Angliyada  kuchli  parlamentli  cheklangan  monarxiya  tuzumi 
o ‘rnatildi.
Topshiriq
V III  sinf  « 0 ‘zbekiston  davlati  va  huquqi  asoslari»  darsli- 
gingizdan cheklangan monarxiya yana qanday boshqacha  nom  
bilan atalishini  toping.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish