Respublikaning tashkil etilishi. 1649-yilda parlam ent
qirollik hokimiyatini «keraksiz, xalq farovonligi uchun zararli
va xavfli» deb hisoblab, uni bekor qildi. Lordlar palatasi
ham tarqatib yuborildi. 1649-yil 19-may kuni esa Angliya
Respublika deb e’lon qilindi. Barcha hokimiyat to ‘laligicha
o ‘zini «ingliz ozodligining asrovchisi» deb hisoblovchi bir
palatali parlament qo‘liga o ‘tdi. Ijro etuvchi hokimiyatni
amalga oshiruvchi Kengash tuzildi. Oliver Kromvel bu
Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya hududini
kengaytirish siyosatini yuritdi. Shu maqsadda, 1649-yilda
44
Irlandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib oldi.
Ularning mustaqilligi tugatildi.