Jahon tarixi


Samoderjaviye  va  krepostnoylikka  qarshi  kurash.  1812-



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

Samoderjaviye  va  krepostnoylikka  qarshi  kurash.  1812-
yilgi  Fransiya  — Rossiya  urushida  erishilgan  g‘alabadan  keyin 
ham  chor  Rossiyasida  samoderjaviye boshqaruv  tartibi va  kre­
postnoylik  huquqi  saqlanib  qolaverdi.  Ushbu  holat  chor 
Rossiyaning  ilg‘or  fikrli  kishilarini  harakatga  chorladi.  Ular 
o ‘z  vatanini  Yevropaning  yetakchi  davlatlari  qatorida  ko‘- 
rishni  istardilar.  Vatanidagi  mavjud  tuzum ni  o ‘zgartirmay 
turib,  o ‘z  orzularining  ro‘yobga  chiqmasligini  ham  yaxshi 
bilar  edilar.
Ular  samodeijaviye  va  krepostnoylikka  qarshi  aniq  dastur 
b ilan   kurash  b o sh lad ilar.  Bu  kurash  R ossiya  tarixiga 
«D ekabristlar  harakati»  nom i  bilan  kirgan.  D ekabristlar 
zodagonlarning  farzandlari  edilar.  Ularning  bir  guruhi  Ros­
siyada  respublika  o‘rnatish  tarafdorlari  bo‘lgan  bo ‘lsa,  ikkin- 
chisi,  konstitutsiyaviy  monarxiya  o ‘rnatish  tarafdori  edi.
Dekabristlar  ikkita  maxfiy  jamiyat 
tuzdilar.  Ulardanbiri,  «Janubiy jamiyat», 
ikkinchisi,  «Shimoliy jamiyat»  deb  ataldi.
Flar ikki jamiyat  ham  Rossiya  Konstitut- 
siyasining loyihasini yaratdi.  «Janubiy ja- 
m iyat»ning  k o ‘zga  k o ‘ringan  arbobi 
Vatan  urushi  qatnashchisi,  Borodino 
jangida  ko‘rsatgan  jasorati  uchun  oltin 
dastali  qilich  bilan  mukofotlangan  Pavel 
Pestel  edi.
U  yaratgan  konstitutsiya  loyihasi 
«Rus  haqiqati»  deb  ataldi.  Loyihada  samodeijaviye,  krepost­
noylik  huquqini  yo‘q  qilish  va  Rossiyada  respublika  idora 
usulini  joriy  etish  ko‘zda  tutildi.  Flamma  fuqarolar  uchun 
teng  saylov  huquqi  asosida  saylanadigan  «Xalq  Vechesi»ning 
Rossiya  parlamenti  boMishi  belgilandi.
«Shimoliy  jamiyat»da  Nikita  Muravyov  tayyorlagan  kons­
titutsiya  loyihasi  Rossiyani  konstitutsiyaviy  monarxiya  deb 
e’lon  qilishni  ko‘zda  tutardi.  Mulk  senzi  asosida  saylanadigan 
ikki  palatali  Xalq  Vechesi  oliy  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat 
organi  (parlament)  boMishi  kerak  edi.  Dekabristlar  o‘z  maq-
K
P .  P estel.
105


sadlariga  q o ‘zg‘olon  ko ‘tarish  orqali 
erishishi  m umkin  deb  hisoblab,  unga 
tayyorlana boshladilar.  Qo‘zg‘olon  vafot 
etgan  im perator  Aleksandr  I  o ‘rniga 
ukasi  Nikolay  I  ni  taxtga  o ‘tqazilishi 
m arosim i  o ‘tkaziladigan  kunga  bel- 
gilandi.  Qo‘zg‘olon  dekabristlarga  sodiq 
harbiy  qism  tom onidan  amalga  oshi- 
rilishi  lozim  edi.
Qo‘zg‘olon  1825-yilning  14-dekabr 
kuni  boshlandi,  biroq  u  muvaffaqiyatsiz- 
likka  uchradi  va  imperatorga  sodiq  har­
biy  kuchlar  tomonidan  bostirildi.
Dekabristlar  harakatining  rahbarlaridan  besh  kishi,  shu 
jumladan,  P. Pestel  va  N. Muravyovlar  ham  osib  oddirildi. 
Ko‘pchiligi  Sibirga  surgun  qilindi.  Biroq  dekabristlar  harakati 
behuda  ketmadi.
U lar  ilgari  surgan  g‘oyalar  Rossiya  jamiyatining  ilg‘or 
qatlamini  uzoq  vaqtgacha  samodeijaviye  va  krepostnoylikka 
qarshi  kurashga  ilhomlantirib  keldi.
Dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirilgach,  mamlakatda  reaksiya 
kuchaydi.  Norozilik  bildirishning,  erkin  fikr  yuritishning 
zarracha  ko‘rinishi,  hukumatni  salgina  bo‘lsa-da  tanqid  qilish 
shafqatsiz  ravishda  ta’qib  etildi.  Ayniqsa,  ilg‘or  ruhdagi  rus 
adabiyoti  qattiq  quvg‘in  va  ta’qib  ostiga  olindi.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish