Jahon tarixi kafedrasi


Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Buxoro amirligi davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar)



Download 3,91 Mb.
bet43/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Buxoro amirligi davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar). 1499 yili Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kiradi va Buxoroni, so‘ngra Samarqandni qo‘lga kiritadi. 1500 yilning qishida Shayboniyxon o‘z qo‘shini bilan Qarshiga yurish qiladi, lekin uni  qo‘lga kirita olmaydi. Shu yilning yozida esa ikki  oylik qamaldan so‘ng shahar taslim bo‘ladi. Shayboniyxon Bobur bilan Samarqand uchun bo‘lgan jangdagi g‘alabasidan keyingina Qarshida mustahkam o‘rnashib oladi.

Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng (1510) Movarounnahrning asosiy shahri hisoblangan  Samarqandni Bobur uchinchi marta qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 1511 yilning oxirida Bobur  Mirzoga yordamga kelgan Eron qo‘shinlari Qarshini  qamal qilib qo‘lga kiritgach, shaharda ommaviy  qirg‘in o‘tkazadi. Bu qirg‘inda me’mor, mashhur  shoir va tarixchi Mavlono Binoiy ham (1453-1512)  halok bo‘ladi. Tarixchi Mahmud ibn Valining (XVII  asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Binoiy Qarshidagi  jome masjidi tashqarisida dafn etilgan. Keyinchalik uning qabri ustida maqbara qurilgan, lekin u hozirgi kungacha saqlanib qolmagan.

Qarshi Shayboniylar hukmronligi ostiga o‘tgandan so‘ng tez rivojlana boshladi. Shayboniylar davrida Qashqadaryo daryosi ustiga ko‘prik qurildi va bu inshoat hozirgacha saqlanib qolgan. Undan tashqari Ko‘kgumbaz jome’ masjidi kabi obidalarning ko‘pchiligi aynan Shayboniylar davrida barpo etilgan. Keyingi yuz yilliklarda Qarshi hukmdor o‘zbek sulolalarining muhim markazi bo‘lgan. Buxoro amirlari boshqaruvi davrida aksariyat hollarda Qarshi viloyatiga mamlakatning kelgusi hukmdori hokim qilib tayinlangan.

Qarshi XVI asr boshida istehkomlar bilan mustahkamlangan shahar edi. Uning rivojlanishi, birinchidan, asosiy savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashgani bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, shahar Shahrisabz va G‘uzorning qo‘zg‘olonchi mahalliy hukmdorlariga qarshi kurashda Buxoro amirlarining harbiy-siyosiy tayanchi edi. Qarshining ahamiyati XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaya boshlaydi va bu Abdullaxon  Ikkinchi (1557-1598) faoliyati bilan bog‘liq.

Qarshida Abdullaxon madrasasi (1590-1591), Boqiboy madrasasi, hammom (1592-1593), Abdullaxon ko‘prigi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ko‘plab binolar barpo etiladi va ularning ba’zilari hozirgi kungacha saqlanib turibdi. Mahmud ibn Valining (XVII asr) so‘zlariga Qaraganda, bu davrda Naxshabning obodligi va farovonligi shu qadar  yuksaladiki, u hatto dunyoning katta shaharlari bilan raqobatlasha oladigan darajaga etdi.  Ashtarxoniylar boshqaruvi davrida (1601-1747) Qarshi vohaning asosiy shahri maqomini     saqlab qoladi. Jug‘rofiy jihatdan muhim savdo yo‘llari kesishgan joyda joylashgani tufayli Qarshi Buxoro xonligining savdo va madaniy markaziga aylanadi. XVII asr manbalarida Qarshi Movarounnahrning eng so‘lim go‘shalaridan biri sifatida qayd etilgani ham bejiz emas.

Eron hukmdori Nodirshoh 1740 yilda Movarounnahrga yurish qilgan davrda va undan so‘ng yuzaga kelgan siyosiy vaziyat bu erda maydonga yangi siyosiy kuchlar chiqishini talab etardi. Bundan mang‘it biylari, ayniqsa Qarshi begi Muhammad Hakimbiy mang‘it va uning o‘g‘li Muhammad Rahim unumli foydalanadi.

Abulfayzxondan so‘ng taxtga ashtarxoniylardan Abdulmo‘min (1747-1751), Ubaydulloh Ikkinchi (1751-1754) va Sherg‘ozi (1754-1756) o‘tirgan bo‘lsada, biroq ular nomigagina xon edi. Aslida esa hokimiyat Muhammad Rahim mang‘itga tegishli edi. U 1756 yilning 16 dekabrida rasman taxtga o‘tkaziladi.

Muhammad Rahim vafotidan so‘ng (1759) Buxoro taxtiga Doniyolbiy, so‘ng uning o‘g‘li SHohmurod o‘tirdi. Xalq orasida Amir Ma’sum nomini olgan bu amir taxtga egalik qilgach, o‘g‘li Haydar to‘rani Qarshiga hukmdor etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab ayrim taxt vorislarini Qarshiga noib etib tayinlash an’anasi joriy etiladi. Bu esa shaharning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Amir Haydar (1800-1826) va uning o‘g‘li Nasrulloxon (1826-1860) boshqaruvi davrida, ayirmachilik kayfiyati qamrab olgan Shahrisabzdan farqli o‘laroq Qarshi ancha tinch sharoitda rivojlanadi.

XVII-XIX asrlarda Qarshi O‘rda, Qo‘rg‘on, ichki shahar va shahar tashqarisidagi rabotlardan tashkil topgan edi. O‘rda mahalliy hokim qarorgohi hisoblanib, to‘rtburchak shaklidagi devor bilan o‘ralgan hamda bitta darvozaga (Saqlov darvozasi) ega bo‘lgan. Qarshi o‘rdasi hajmi bo‘yicha (2,5 gektar) Shahrisabz o‘rdasi va Buxoro arkidan katta edi.

N.Xanikovning ma’lumotlariga ko‘ra, 1841 yil­da shaharda uchta konsentrik joylashgan himoya devori mavjud bo‘lgan, tashqi tomondan esa uni rabotlar o‘rab turgan.

1863 yilda shaharga kelgan A.Vamberining yozishicha, bu erda 10 ta karvonsaroy mavjud bo‘lgan, shahar bozorida esa chetdan olib kelingan ko‘plab tovarlar sotilgan. N.Maev (1874) shahar N.Xanikov kelgan paytdagidan (1841) ancha rivojlanganini va eski qo‘rg‘onda ham, yangi shaharda ham bozorlar mavjudligini qayd etadi. Bu erda ma’lum turdagi tovarlar maxsus ajratilgan joylarda sotilgan.

Amir Muzaffar boshqaruvi davrida (1860-1885) Buxoro xonligining bir qismi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. CHor qo‘shinlari Toshkent (1865), O‘ratepa va Jizzax (1866) hamda Samarqandni (1868 yilning mayi) egallaganidan so‘ng Buxoroning yuqori tabaqalarida Amir Muzafar harakatlaridan norozilik kuchayadi. Ularga amirning katta o‘g‘li - G‘uzor begi Abdulmalik (Katta To‘ra) boshchilik qiladi, unga Kitob begi (Jo‘rabek) va Shahrisabz begi (Bobobek) katta yordam beradi. Katta To‘ra bayrog‘i ostida to‘plangan ko‘ngilli askarlar 1868 yil iyunida YAkkabog‘ va CHiroqchi qal’asini qo‘lga kiritib, Taxta Qoracha dovoni orqali Samarqandga yurish qiladi va uni qamal qilib, shaharda qoldirilgan qo‘shinlariga hujum uyushtiradi. Amir qo‘shinlarini Zirabuloq yaqinida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng dushmanning asosiy qo‘shini Shahrisabzliklarning bir qancha hujumini qaytarishga erishgan shahar garnizoniga yordamga etib keladi, natijada Abdulmalikning ko‘ngilli askarlari Shahrisabzga chekinadi, uning o‘zi esa G‘uzorga qaytadi.

1868 yilning kuzida amirning chor qo‘shiniga qarshi urushdagi muvaffaqiyatsizligidan norozi bo‘lgan Qarshi xalqi shahar begini quvib yuboradi. Abdulmalikdan Qarshi viloyatini o‘z boshqaruvi ostiga olishni iltimos qiladi va u Qarshini egallaydi. Biroq Amir Muzaffarning Buxorodan yuborilgan qo‘shini uni Shahrisabzga qochishga majbur qiladi. Amir esa o‘z qo‘shini bilan CHiroqchiga yurish qiladi va shahrisabzliklardan o‘g‘lini tutib berishni talab etadi. Lekin shahrisabzliklar uning talabini rad qiladi. Shunda u YAkkabog‘ni ishg‘ol qiladi. Bir oz vaqt o‘tgach, Abdulmalik Qarshini yana egallashga muvaffaq bo‘ladi. Bunday qaltis vaziyatda Amir Muzaffar ruslardan yordam so‘raydi. 1868 yilning 23 oktyabrida, ikki ko‘plik hujumdan so‘ng, Qarshi chor askarlari tomonidan egallanadi va Amir Muzaffarga topshiriladi.

Qarshi ham, Qashqadaryo vohasining boshqa shaharlari kabi, 1920 yilgacha Buxoro amirligi tarkibida qoldi va nisbatan tinch rivojlandi. O‘z vorislarini Qarshi hukmdorlari (beklari) etib tayinlash an’anasi keyingi amirlar davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

Qarshida Ko‘kgumbaz masjidi (XVI asr), qadimiy hammom (XVI asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy ko‘prik (1583), SHarofboy madrasasi (XVIII asr boshlarida), CHarmgar masjidi (XIX asr o‘rtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (XIX asr), Qilichbek madrasasi (XIX asr) va boshqalar me’moriy obidalar saqlanib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi “Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida"gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2005 yil 26 iyuldagi “Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan keyin shaharda keng ko‘lamdagi tayyorgarlik ishlari olib borilgan.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish