Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari



Download 3,91 Mb.
bet46/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

7-mavzu: Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari.

Reja:

1. Samarqand Sug‘dining tarixiy geografik chegaralari tahlili.

2. Samarqandning tarixiy va arxitektura yodgorliklari.

Asosiy qism:

Samarqand Sug‘dining tarixiy geografik chegaralari tahlili. Turli hududiy ijtimoiy jarayonlarga oid xitoy tilidagi ayrim sayohatnomalar hamda Sug‘d tarixiga doir ma’lumotlar mavjud arman tilidagi ayrim manbalar xam tadkik etildi. 1877 yilda V.Tomashek xitoy, arab-fors manbalari asosida kadimgi Sug‘diyona va ilk o‘rta asrlar Sug‘dining tarixiy-geografik va siyosiy xaritasini tiklash maksadida birinchi monografik tadqiqotini chop etirdi. Tadqiqotchi ushbu asarida ilk o‘rta asrlar Sug‘di xozirgi Zarafshon (Samarqand va Buxoro Sug‘di) hamda Kashkadaryo (Janubiy Sug‘d) vohalarini qamrab olganligi xaqida fikr yuritadi. Sug‘dning geografik jixatdan ushbu tarkibiy kismlarga ajratilishi keyingi tadqiqotlarda ham saklanib qoldi.

Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo, xususan uning janubiy o‘lkalarida muhim tarixiy geografik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu davrda vujudga kelgan siyosiy vaziyat, yangi qudratli markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi, mintaqaning ichki hududlariga shimoli-Sharqdan ko‘chmanchi qabilalarning yangi oqimlarining kirib kelishi natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar Sug‘diyona va Shimoliy Toharistonning tarixiy geografiyasiga katta ta’sir o‘tkazdi. Bu o‘zgarishlarni ko‘rib chiqishni Markaziy Osiyoning “yuragi” hisoblangan Sug‘diyonadan boshlaymiz. Dastlab Markaziy Sug‘d - Samarqand Sug‘dining ilk o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasiga tegishli masalani ko‘rib chiqamiz.

Eftalitlar va Turk hoqonligi davrida Samarqand Sug‘diyonaning bosh shahri sifatida katta mavqega ega edi. Samarqand shahri qadimdan Sug‘diyonaning bosh shahri sifatida mashhur bo‘lgan. Shahar antik davr manbalarida Maraqanda nomi bilan qayd etiladi. Samarqandning barpo etilishi va nomlanishi hususida manbalarda turlicha ma’umotlar saqlanib qolgan. Musulmon manbalarida bu shaharga Turon hukmdori Afrosiyob asos solganligi haqidagi ma’lumot ham mavjud.

Samarqand shahri Sug‘diyonaning yirik suv manbai bo‘lgan Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida bahovo erda joylashgan. O‘rta asr manbalarida “Firdavsmonad”, ya’ni jannatga qiyoslashgan. Samarqand Sharq, shimol va janubdan tog‘lar bilan qo‘rshalgan bo‘lib, g‘arb tomoni ochiq va Jom dashtlariga tutashib ketgan. Abu Tohirho‘ja o‘zining “Samariya” asarida “shahar halqi qattiq hulqli, g‘ala-g‘ulochi va lofchidir. Tevaragidagi turklar botir, o‘ktam va urushqoqdirlar” deb ma’lumot beradi.

Turk hoqonligi davriga mansub mansub Xitoy manbalarida Samarqand sug‘di Kan deb atalib, uni turklar bilan qarindosh bo‘lgan mahalliy sulola boshqargani va unga Sug‘diyonadagi boshqa mulklar qaram bo‘lgani qayd etiladi. Qonuni va yozuvi turkcha bo‘lgan Kan aholisi savdoga mohir bo‘lib, bu shaharga savdo-sotiq uchun boshqa yurtlardan ham savdogarlar kelib turgan.

Samarqand ark, shahriston va rabotdan iborat shahar sifatida Turk hoqonligi davrida shakllaib bo‘lgan edi. Ilk o‘rta asrlarda Samarqand yirik madaniyat va savdo markazi sifatida qo‘shni hududlarda, xususan Xitoyda ham mashhur bo‘lgani shundan dalolat beradi.

Arab manbalarida ham shahardagi yirik bozorlar, karvonsaroylar, hunarmandchilik mahallalari mavjuligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Manbalarga ko‘ra, bu davrda Samarqandning to‘rt darvozasi bo‘lib, Sharqiy darvoza – Xitoy darvozasi, G‘arbiy darvoza – Navbahor, shimoliy darvoza – Buxoro darvozasi, janubiy darvoza – Katta darvoza yoki Kesh darvozasi deb nomlangan. Tabiiyki, shahar darvozalarining bunday nomlanishi ilk o‘rta asrlar davridayoq kelib chiqqan. Bu nomlar esa o‘z navbatida Samarqand shahrining ilk va rivojlangan o‘rta asrlar davridagi iqtisodiy-madaniy aloqalari yo‘nalishlarini bildirib turadi.

O‘rta asrlarda Samarqand viloyatida to‘rtta yirik tuman bo‘lib, ularning ikkitasi Zarafshon daryosining shimolida (Ishtixon, Kushaniya), ikkitasi janubida (Dabusiya, Arbinjon) joylashgan edi. Bulardan tashqari manbalarda Samarqand sug‘diga qarashli bo‘lgan Maymurg‘ va Buzmajan kabi mulklar haqida ham ma’lumotlar mavjud.

Sug‘diyonaning ilk o‘rta asrlar davridagi tarixiy geografiyasini aniqlashtirishda hududda mavjud bo‘lgan shaharlar va boshqa aholi manzilgohlari, asosiy ma’muriy birlik bo‘lgan mulklarning joylashuvini aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda, boshqa tarixiy davrlardagidek aholi manzilgohlari asosiy karvon yo‘llari bo‘yida joylashgan yoki bu yo‘llar bilan yordamchi tarmoqlar orqali bog‘langan edi. Shu sababli Markaziy Sug‘d hududidagi karvon yo‘llari yo‘nalishlari va ular bo‘yida joylashgan makonlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Samarqandni Zarafshonning janubi va shimolida joylashgan rustoqlar markazlari bilan bog‘lovchi savdo yo‘llari voha ichki yo‘llarining bosh bo‘g‘inini tashkil etgan. Xususan, Movarounnahrning ichki va tashqi aloqa yo‘llari tizimida muhim o‘rin tutgan Dabusiya, Arbinjon, Kushoniya kabi shaharlar Samarqand sug‘dining g‘arbiy chegaralarida joylashgan bo‘lib, tegishli mulklarning markazlari edi. Ular mahalliy ahamiyatga ega savdo markazlari ham hisoblanib, mahalliy boshqaruv amalga oshiriladigan ma’muriy markazlar vazifasini ham bajaruvchi yirik aholi manzillari edi.

Arbinjon yoki arab manbalarida Rabinjon deb atalgan shahar Samarqand Sug‘dining o‘rta kattalikdagi shaharlaridan bo‘lgan. Bu shahar Zarafshon daryosining janubida, Samarqanddan Xurosonga ketuvchi savdo yo‘li ustida barpo etilgan edi. Unga tegishli hududlar, manbalarga ko‘ra, Dobusiyaga tegishli mulklardan kattaroq bo‘lgan.

Dabusiya qal’asi Samarqanddan Buxoroga ketuvchi karvon yo‘lidagi shaharlardan biri edi. Geografik jihatdan Samarqand Sug‘diga qarashli bo‘lgan bu shahar Miyonqal (Qoradaryo va Oqdaryo oralig‘idagi uzunligi 100 km. masofaga cho‘zilgan hudud) dagi muhim ma’muriy markazlardan biri bo‘lgan. Bu shaharga antik davrda, mil.avv. 3 asrlarda asos solingan. Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Qoradaryo va Oqdaryo tutashgan joyda, hozirgi Ziyovuddin shahridan 7 km shimoli g‘arbda joylashgan. Dabusiya Samarqand Sug‘dining muhim ma’muriy va harbiy markazlaridan biri bo‘lgan. Arablar istilosi davrida bu shaharda 10 ming kishilik qo‘shin joylashtirilgan. Dabusiya qal’asi mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron qilingan. So‘nggi o‘rta asrlarda yirik qal’a sifatida qayta tiklangan. XIX asrda Buxoro amirligining Ziyovuddin bekligining qarorgohi bo‘lgan.

Samarqand Sug‘dining ilk o‘rta asrlardagi yana bir muhim shaharlaridan biri Ishtixon hisoblangan. Turk hoqonligi davrida bu shahar Sug‘d ixshidlarining qarorgohlaridan biri hisoblangan. Oqdaryoning chap qirg‘og‘ida, Samarqanddan 100 km cha janubi g‘arbda joylashgan bu shahar Markaziy Sug‘dning yirik ma’muriy va iqtisodiy markazdaridan biri bo‘lgan.

Samarqand Sug‘dining muhim shaharlaridan biri Kushoniya hisoblangan. Hududi Ishtixonga teng bo‘lgan bu shahar Qattaqo‘rg‘ondagi Kashan Ota yodgorligi o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilinadi.

Eftaliylar davlati va Turk hoqonligi davrida mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bog‘liq holda, karvon yo‘llarining yangi tarmoqlari vujudga keldi. Ularning yo‘nalishlarini o‘rganish Markaziy Sug‘diyonaning tarixiy geografik chegaralarini aniqlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan, V asr oxiri – VI asrning birinchi yarmidan boshlab Buyuk ipak yo‘lining hozirgi O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan yo‘nalishlari ichida G‘arbiy Sug‘dning iqtisodi va madaniy taraqqiyotida katta o‘rin tutgan Samarqand – Buxoro yo‘nalishiining ahamiyati osha boshlaydi. Buyuk ipak yo‘lining bu tarmog‘i Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tgan bo‘lib, bu yo‘nalishda Kushoniya (Kattaqo‘rg‘on), Dabusiya, Karmana va boshqa shaharlar joylashgan edi.

Bu yo‘nalishdagi Karmana rustoqi Buxoro sug‘diga tegishli bo‘lib, Buxoraning Samarqand viloyati bilan chegarasidagi so‘nggi yirik shahri edi. Buxoro va Samarqandni Karmana orqali bog‘lab tutuvchi karvon yo‘li Samarqanddan Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning o‘rta oqimidagi kechuvlar orqali Tohariston shaharlariga qarab ketgan eski yo‘nalishga qaraganda savdo karvonlari uchun ancha qulay va samarali bo‘lib chiqdi.

Sug‘diyonaning Sharqiy chegaralari qadimgi davrlarda Choch vohasiga tutashgan bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda bu ikki tarixiy madaniy o‘lka o‘rtasida Ustrushona nomini olgan o‘lka alohida ma’muriy birlik sifatida paydo bo‘lgan. Turk hoqonligi davrida Samarqan sug‘dining Choch vohasi bilan aloqalari Ustrushana hududi orqali o‘tgan. Markaziy Sug‘diyonaning Ustrushana bilan chegaralari G‘arbiy Turkiston tog‘ tizmasidagi Ilon o‘tti darasi bo‘ylab o‘tgan. Bu yo‘l Farg‘ona va Chochdan Samarqandga aravalar bilan yurish imkon bergan yagona yo‘nalish bo‘lgani bois, bu daraning ahamiyati nihoyatda qatta edi. Ilono‘tdi darasining nomlanishi haqida Mir Izzatulloning sayohatnomasida ma’lumot berib o‘tilgan.

Jizzaxdan Nurota tog‘ining shimolidagi tekislik bo‘ylab Nurotaga boruvchi yo‘l ham mavjud edi. Nurota tog‘larida Zarafshon vohasiga o‘tuvchi bir necha dovonlar bo‘lib, ulardan arava yura olmagani bois faqat piyoda yoki ot-ulovlardagina o‘tish mumkin bo‘lgan.

Markaziy Osiyoning yirik savdo shahri bo‘lgan Samarqand azaldan mintaqaning janubi-g‘arbiy viloyatlarini Ustrushona, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi muhim karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan edi. Qoraxoniylar davrida Samarqandning siyosiy mavqei oshib, Movarounnahrning poytaxtiga aylanishi bu shaharning iqtisodiy-savdo aloqalaridagi nufuzi yanada kengayishiga olib keldi.

Samarqanddan Farg‘ona va Shoshga qarab ketuvchi yo‘llar ilk o‘rta asrlarda Ustrushona nomi bilan yuritila boshlagan viloyat orqali orqali o‘tgan. Ibn Havqal asarida bu viloyat “Usrushana” tarzida nomlanib, u Sharqdan Farg‘onaning bir qismi (Sharqiy qismi.-O‘.M.) va Pomir, g‘arbdan Samarqand viloyati, shimoldan Shosh va Farg‘onaning bir qismi (shimoliy qismi, ya’ni Xo‘jand. -O‘.M.), janubdan Kesh, Sag‘oniyon, Shuman, Vashgird va Rashtonning ba’zi rustoqlari bilan chegaralanganligi qayd etiladi. Ustrushananing eng katta shahri Bunjikent deb atalib, hukmdor qarorgohi bu shaharda joylashgan. Undan tashqari rustoqlarning markazi bo‘lgan 10 ta shahar (Arsubanikat, Kurkat, Gazan, Fag‘kat, Sabat, Zomin, Dizak, Nujkat, Xarakana va Mersmend) va shaharlarga ega bo‘lmagan 7 ta rustoq (Beshager, Mesxa, Burgar, Bangam, Mink, Besken va Isboskent) bo‘lgan. Ustrushonaning yirik siyosiy va hunarmandchilik markazi bo‘lgan Bunjikat Sug‘ddan Farg‘ona va Shoshga o‘tuvchi savdo yo‘lidan biroz chetda joylashgan va bu asosiy karvon yo‘liga yordamchi tarmoqlar bilan bog‘langan edi. Zomin Sug‘ddan Xo‘jand va Farg‘onaga ketuvchi yo‘lning muhim bekati, Dizak (Jizzax) esa cho‘l orqali Shoshga olib boradigan yo‘ldagi yirik savdo markazi edi. Ibn Havqal Harakana, Zomin va Sabatni Farg‘onadan Shoshga ketuvchi yo‘lda joylashgan shaharlar sifatida eslatib o‘tadi. Istaxriy Dizak (Jizzax) tekislikda joylashgani, shahardan 2 farsax uzoqlikda Afshin tomonidan qurilgan Ribat-i Xadis nomi bilan ataluvchi yirik karvonsaroy borligini qayd qilib o‘tadi. Samarqanddan Ustrushana hududi orqali Xo‘jandga o‘tuvchi yo‘lni karvonlar 8 kunda bosib o‘tishgan.

Ustrushana ilk o‘rta asrlar davriga mansub Xitoy manbalarida Sao (Suyshu) hamda Shudaydushana, Suyduyshana (Tanshu) kabi nomlar bilan atalib, bu hudud orqali Sug‘diyonaning Xitoy bilan aloqalari ham amalga oshirilgan.

Samarqand shahrining O‘rta Osiyoning ichki va tashqa iqtisodiy-madaniy aloqalarida muhim o‘rin tutgan yirik savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi uning strategik ahamiyatini belgilab turadi. Shundan kelib chiqib bu shaharni qo‘shni hududlar bilan bog‘lovchi yo‘llarga kengroq to‘xtalib o‘tish zarur. Samarqandani shimoldagi ko‘chmanchi chorvadorlar egallagan hududlar bilan bog‘lovchi yo‘llarning bir yo‘nalishi Ko‘ktepa yodgorligi o‘rnidagi shahar hamda Qo‘shrabot va Jo‘sh orqali Nurotaga olib chiqqan. Antik davrda asos solingan Nurota shahri Zarafshon vohasini Sirdaryoning o‘rta oqimidagi kechuvlar orqali shimoldagi chorvador qabilalar bilan bog‘lovchi yo‘llar chegarasida joylashgan edi. Shu sababli Sug‘diyonaning shimolidagi bu shahar ham mintaqa tarixiy geografik joylashuvida katta o‘rin tutgan. Narshaxiy o‘z asarida Nurotani Buxorodan qadimgiroq qishloqlar qatorida sanab o‘tadi. Bu asarda shuningdek, Nurota ko‘pgina rabotlarga ega ekanligini, bu shaharga ko‘plab ziyoratchilar borishini, boshqa viloyatlarda bu shaharni Nuri Buxoro deb atalishini qayd etadi.

Nurota qadimgi davrdan boshlab Sug‘diyonaning shimoldagi dasht hududlari bilan aloqalarida markaziy o‘rin egallab kelgan. Xususan, milodiy era boshlaridan boshlab Markaziy Qozog‘iston dashtlaridan Nurotaga keluvchi yo‘llar Oqtog‘dagi Tikonli qishlog‘idan Bel dovoni orqali janubda Kattaqo‘rg‘on va Samarqandga olib borgan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Nurotaga Jizzaxdan Forish orqali keluvchi yo‘llar ham faoliyat ko‘rsatgan. Nurota va Forish chegarasidagi tog‘lar Qoratov (yoki Qoracha tov) deb atalib, Forishdan Nurota tog‘ tizmasining Savrbel dovoni orqali Samarqandga o‘tilgan yo‘l ham qadimgi davrdan boshlab faoliyat ko‘rsatgan. Nurotadan, shuningdek, Nurota tog‘ining Qoraqarg‘a dovoni orqali Karmanaga, bu erdan Samarqandadan keluvchi asosiy yo‘lga qo‘shilib Amudaryoning o‘rta oqimida joylashgan kechuvlarga o‘tish mumkin bo‘lgan.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish