Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: Qashqadaryo vohasi shaharlari



Download 3,91 Mb.
bet33/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

5-mavzu: Qashqadaryo vohasi shaharlari.

Reja:

1. Qashqadaryo vohasi qadimgi toponimlari yozma manbalarda.

2. Qashqadryo vohasida qadimgi shaxarlarning shakllanishi.

3. Qashqadaryo vohasining antik davri shaharsozlik hususiyatlari.

4. Naxshab - Nasaf - Qarshi shahri tarixi.

5. Shulluktepa — Qarshi vohasidagi o‘rta asrlarga oid yirik qo‘hna shahar xarobasi.

6. Nautaka, Kesh, Shahrisabz – Sharqiy Qashqadaryoning bosh shahri.



Asosiy qism:

Qashqadaryo vohasi qadimgi toponimlari yozma manbalarda. Qashqadaryo vohasi dunyo madaniyati taraqqiyotining otin belbog‘i bo‘lmish Buyuk Ipak Yo‘lining eng muhim nuqtalaridan birida joylashgan. Bu serfayz zamin o‘zining beqiyos moddiy va ma’naviy ne’matlari bilan mashhurdir.

Qudratli davlat, buyuk iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqiqiy ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Tarixiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlar boy merosimizni o‘zlashtirish asosida mustaqillik mafkurasining shakllanish jarayoni ham aniq ko‘zga tashlanib bormoqda.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, Qashqadaryo vohasi qadimda So‘g‘dning bir qismini tashkil etgan. Ibn Xavqalning ta’kidlashicha, Buxoro, Kesh va Nasaf So‘g‘d davlatining viloyatlarini hisoblanib, alohida divon boshqaruvida bo‘lgan. Shu muallif butun So‘g‘d uchun umumiy bo‘lgan jihatlarni quyidagicha ko‘rsatgan: “Butun So‘g‘d iqlimi, farovonligi, o‘simliklari, hosildorligi va ekinzorlari bilan ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash”.

Qashqadaryo vohasida qadimdan fizik-geografik sharoiti bilan bog‘liq ravishda uning g‘arbiy va Sharqiy hududlarini o‘z ichiga oluvchi ikkita yirik tarixiy-madaniy viloyat ajratilgan. Antik davrlar manbalarida bu viloyatlar Ksenippa va Navtaka nomlari bilan tilga olingan. M.E. Masson hisobiga ko‘ra, Navtaka g‘arbiy tomonda, Qashqadaryoning quyi oqimida joylashgan erlarni o‘z ichiga oluvchi viloyat nomi. Uning bosh shahri shu nom bilan atalgan hozirgi Erqo‘rg‘on harobalari o‘rnida bo‘lgan. Ksenippa esa vohaning Sharqiy qismida joylashgan viloyat nomi bo‘lib, uning bosh shahrining qoldiqlari hozirgi Kitob shahri o‘rnida bo‘lgan. Ammo keyingi tadqiqotlar ularning joylashishi aksincha bo‘lganini, ya’ni Navtaka vohaning Sharqiy qismida,uning bosh shahri Uzinqir harobalari o‘rnida bo‘lganligini, Ksenippa esa vohaning g‘arbida, uning bosh shahri Erqo‘rg‘on harobalari o‘rnida bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Ilk o‘rta asrlar boshlariga kelib, g‘arbiy viloyat Naxshab (uning bosh shahri ham shu nom bilan atalgan), Sharqiy viloyat esa Kesh (uning bosh shahri ham shu nom bilan atalgan) nomini olishgan. Arablar davrida Naxshab Nasaf nomi bilan almashgan. Kesh nomi tarixiy yozma manbalarning ko‘rsatishicha, XIV asrlargacha qo‘llanilib kelgan.

Erqo‘rg‘on milodimizgacha bo‘lgan IX-VII asrlarga tegishli manzilgohlar o‘rnida qad rostlagan, S.K.Kabanovning fikricha, hozirgi Qarshi vohasining eng yirik shahri Erqo‘rg‘on hisoblangan va manbalarda Naxshab, Bolo, Valaam nomlari bilan muhirlangan shahar aynan shu Erqo‘rg‘on bo‘lgan.

Qashqadaryo vohasining Sharqiy qismiga tegishli ilk o‘rta asrlarga tegishli eng yirik shahar hozirgi Kitob shahri o‘rnida bo‘lgan. Qashqadaryoning quyi qismidagi eng yirik ilk o‘rta asr shahri M.E.Massonning fikricha, Qarshi shahri yaqinida qoldiqlari saqlanib qolgan Qala’i Zahaki Maron tepaligi o‘rnida bo‘lgan. Shaharning asosiy qismi o‘ralgan devor bilan 16 ga etgan. Shaharning gullab-yashnagan davri V-VIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu yozma manbalarda keltirilgan Naxshab shahri bo‘lgan.

Keshning ilk o‘rta asrlar shaharlari sirasiga Langardaryo vodiysida joylashgan Bovurtepa (Boburtepa)ni kiritish mumkin. Uning arki, rivojlangan shahristoni va tashqi shahri bo‘lgan. Shuningdek unchalik katta bo‘lmagan ilk o‘rta asrlar shaharlariga Kitob tumanidagi Qo‘rg‘ontepa va Savsantepa xarobalari o‘rnida bo‘lgan manzilgohlarni kiritish mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Qashqadaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qadimgi aholi manzilgohlari Shurobsoy, Makridsoy, Ayoqchisoy, Qalqamasoy bo‘ylarida, shuningdek, Qashqadaryo o‘zani yaqinida bo‘lgan. Jom cho‘li hududida yozma manbalarda qadimgi manzilgohlar diyarli qayd etilmagan. Ko‘rinishidan, bu hudud uzoq davr maboynida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalarning asosiy yashash joyi bo‘lgan.

O‘rta asrlar yozma manbalarida eng ko‘p tilga olingan shahar nomi Nasaf bo‘lib, u shu nomli viloyatning bosh shahri sifatida tasvirlanadi. X asr geograflari shahar arki va rabodi to‘g‘risida yozadilar. Jumladan, Samoniy uning shahristoni to‘g‘risida ma’lumot berib, shahar o‘rtasidan daryo o‘tganligi, shaharning to‘rtta darvozasi bo‘lganligini, shuningdek, unda hokim saroyi, jome’ masjidi, zindon, bozor bo‘lganligini qayd etgan.

O‘rta asr Nasaf shahriga Shulluktepa xarobalari to‘g‘ri kelishi masalasini birinchi bo‘lib, tarixchi L.A.Zimin qo‘ygan (qarang: Zimin L.A. Naxsheb, Neseb, Karshi. – V kn.: V.V.Bartoldu, Tashkent, 1927.).

Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, haqiqatdan ham, shahar daryoning ikki tomonida joylashgan, X asrlarga kelib vayron bo‘lgan mustahkam arkka ega bo‘lgan. B.D. Kochnevning ma’lumotiga ko‘ra, rabod III-IV asrlarda, ehtimol undan oldinroq, jonlana boshlagan.

V.V.Bartoldning ko‘rsatishicha, Sam’oniyo va YOqut asarlarida Kesh viloyatiga tegishli bir qancha qishloq nomlarini uchratish mumkin. Ular quyidakilar: G‘aznayon, G‘ardiyon, Zodak, Marg‘ibon, Muda, Niyoza (Kesh bilan Nasaf o‘rtasidagi qishloq), Sarkas, Sunaj (bu Subax bilan bir bo‘lsa kerak), Tuban (Subax yaqinida deyilgan), Xushminjakat, Xushunjakat (Samarqand hududiga yaqin joyda bo‘lgan), Shuzyon yoki Shuziyon.

Yozma manbalarda Kesh viloyati tarkibiga kiruvchi quyidagi tuman nomlari keltirilgan: Miyon kesh, Rud, Balandaron, Rasmain, Keshk, Aru, Buzmajon, Siyom (yoki Sinom), Arg‘un, Jajrud, Xuzarrud, Xuzar, Suruda, Sangardaki andari, Sangardaki biruni, Maymurg‘. Xuzar tumanligida Subox, Navqad Qurayish, Iskifag‘n shaharlari joylashagan. Nasafdan (Qarshi) 2 farsah masofada G‘ubdin shahri bo‘lgan. Shahar atrofida Kasbi va Bezda qishloqlari, Nasafdan Buxoroga o‘tish yo‘lida Miyonkol va Maymurg‘ manzilgohlari bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan.

O‘z vaqtida M.E. Masson Shahrisabz hududida shahar manzilgohi XIII asrdan keyin shakllangan deb hisoblagan. Ammo keyinchalik u tomonidan tashkil qilingan arxeologik tekshirishlar natijasida bu erda XIV-XV asrlardan oldingi davrlarga tegishli qatlamlar ham borligi aniqlandi. M.E.Masson tekshirishlar natijasini umumlashtirib, bu erda ancha oldin shakllanib, muntazam taraqqiy etib borgan shahar tipidagi manzilgoh bo‘lgan, degan xulosaga keladi.

Shahrisabz hududini tekshirgan Z.I.Usmonovaning keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, Shahrisabz hududida VI asrlarda manzilgohlar barpo qilingan bo‘lib, ular X-XII asrlarda ancha taraqqiy etgan. Uning maydoni, ehtimol. Amir Temur davri shahridan katta bo‘lgan. XI-XII asrlarda bu erda shahar tipidagi yirik manzilgoh bo‘lgan (qarang:Usmonova Z.I. Istoricheskaya topografiya SHaxrisyabza v svete novыx dannыx. – Arxeologiya sredney Azii, tashkent, 1977. (Sb. nauchnыx trudov / TashGU; № 533).

Arab muarrixlaridan Sam’oniy va YOqut asarlarida Nasaf va uning atrofiga tegishli ko‘plab joy nomlarini uchratish mumkin. Ulardan Andadi, Anshamitan, Ofuron, Batxudon, Bashton, Buzg‘om, Vazg‘ajn, Varag‘jan, Vasof, Vinaj, Varsin, Jo‘bak, Jo‘ybor, Koson, Muvon, Mujduvon, Padiyon, Ustug‘dadiza, Farxurdiza kabi nomlar shular jumlasidandir. Bu nomlarning ko‘pchiligi uzoq tarixiy-ijtimoiy jarayon natijasida yo‘q bo‘lib ketgan, ba’zilari o‘zgargan shaklda bizning davrimizga qadar etib kelgan. Hozirda Qarshi shahri atrofida mavjud bo‘lgan Parg‘uza, Kamandi, Apardi, Lagandi, Lag‘mon, Potron, Poshton, Parmetan kabi qishloq nomlari shunday nomlar sirasiga kiradi. Fonetik tuzilishi, ma’no va boshqa lisoniy xususiyatlari ularning ancha qadimgi tillarga tegishli ekanligidan dalolat beradi. Tilshunoslar tomonidan olib borilgan tarixiy-lisoniy tadqiqotlar ularni qadimgi sug‘d tiliga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.

Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Qarshi atrofida 300 dan ortiq ilk va o‘rta asrlarga tegishli aholi maskanlarining xarobalari joylashgan. Bulardan Parg‘uza (IX-X asr), Qoraxovaltepa (V-VI asr), Qoraxabartepa (IX-X asr), Kamanditepa (V-VI asr), Kindiklitepa (V-VI asr), Qo‘shtepa (V-VI asr), Tostepa, SHayxalitepa (X-XII asr), Naymantepa (X-XII asr), Oltintepa (X-XII asr), Suyurg‘untepa (V-VI asr), Xonobodtepa (X-XII asr), CHovkaytepa (V-VI asr), Qalayi Zaxoki Maron, Kattepa (X-XII asr), Gungontepa (III-V asr), Tallibortepa (milodiy I asr) va boshqalarni aytish mumkin.

Yuqorida zikr etilgan xarobalar qadim o‘tmishda aholisi gavjum bo‘lgan turli manzilgohlar bo‘lgan. Ayrimlarining nomlari tepaliklar yonida qad rostlagan yangi aholi maskanlari nomlarida saqlanib qolgan. Ba’zilarining nomlari esa butunlay o‘zgarib ketgan yoki saqlanmagan. Qachonlardir shunday joylar va ularning nomlari bo‘lganligi to‘g‘risida faqat tarixiy yozma manbalar guvohlik berishi mumkin. Qadimgi manbalarda zikr etilgan joy nomlari uzoq tarixiy davr mobaynida turli hodisalarni boshidan kechirgan. Ularning bir qismining tovush va morfema tarkibi o‘zgarib ketgan: Barmeton – Parmeton, Farxurdiza – Parg‘uza, Guvaydin – Gubdin, Padyon – Pudina, Beshton – Poshton, Vijkat yoki Fajkat – Beshkent.




Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish