Jahon tarixi kafedrasi



Download 3,91 Mb.
bet31/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Qiziltepa - mil. av. IX-IV asrlarga oid  shahar xarobasi. Surxondaryo vi­loyati SHo‘rchi tumani hududida, Qizilsuv daryosining o‘ng sohilida Qiziltepa joylashgan. G.A. Pugachenkova rahbarligidagi O‘zbekis­ton san’atshunoslik ekspeditsiyasi xo­dimlari tomonidan o‘rganilgan (1971 y.). Qiziltepa rejasi to‘rtburchak shaklida (420x360 m) bo‘lib, maydon 16 ga. Qiziltepa janubi- Sharqiy va janubiy-g‘arb tomondan poyde­vori 10 m qalinlikda, (paxsa va xom g‘ishtdan) asosi doira shaklida bo‘lgan tekis minoralari bor qalin devor bilan o‘ralgan. Devor va minoralarda o‘q otish shinaklari bor, devor atrofiga xandaq qazilgan. Qiziltepa uch qismdan iborat: 1) Qiziltepaning janubi-g‘arbiy qismidagi balalandligi 10 m ga yaqin tepalikka qurilgan ark va hukmdorlar saroyi; 2) Shaharning o‘z hududi; 3) lllaharning janubi.-Sharqiy devoridan tashqarida joylashgan, umumiy maydoni. 4-5 gektar bo‘lgan hudyd. Tadqiqotlar Qiziltepada hayot 3 asosiy davrga bo‘linganini ko‘rsatadi. Qiziltepa -1 (mil. av. IX-VII asrlar); Qiziltepa -2 (miloddan avvalgi VII-V asrlar); Qiziltepa -3 (miloddan avvalgi V-IV asrlar). Qiziltepa -2 davrida hayot birmuncha rivojlangan, bu davr­da Qiziltepaga kishilar ko‘plab ko‘chib kela boshlagan, qal’a qo‘rg‘onida paxsa va xom g‘ishtdan qator hashamatli imorat­lar qurilgan. Qiziltepadan hap xil qurollar (yorg‘uchoq hovoncha, o‘g‘ir dasta, o‘roq), to‘q qizil rang angob bilan sirlangan silindr­simon tirgakli idish, uy hayvonlari suyaklarining ko‘plab topilishi dehqonchilik, kulolchilik va chorva­chilikning jadal yuksalganidan darak beradi.

Qadimgi Baqtriyaning qishloqlari A.S. Sagdullaev tomonidan Qizilcha 6- yodgorligi misolida nihoyatda yaxshi o‘rganilgan. Ushbu yodgorlik bir oilaga - mo‘ljallab, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, old tomonida chorbog‘lari bilan qurilgan. Xuddi shu singari yodgorliklar Mirshodi daryosi bo‘yida, Qiziltepa shaxar yodgorligi atrofida 11 tani tashkil etadi. Baqtriya oilalari yashagan uylar ham har xil,  Qizilcha 6- qo‘rg‘oni yagona tarh asosida, me’moriy uslub bilan qurilgan.  Bu erda yashagan oila uyi to‘rt metr balandlikdagi platforma ustiga qurilgan va mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Demak, Baqtriya nmanalari, oilalari egallagan mavqelariga qarab har xil shaklda uylar qurgan. Ayrim oilalarning "qul" lari, oila xizmatkorlari ham bo‘lganligini yuqorida, I.M. Dyakonov tadqiqotlarida asoslangan. Surxon vohasi hududida shunday sug‘orilish hududlaridan yana oltitasi ma’lum, demak jami 7 ta hokimlik xukm surgan. Bulardan biri Mirshodi Surxondaryoning o‘rta va quyi oqimlarini o‘z ichiga olgan sug‘orilish hududidir. Mirshodi sug‘orilish hududi, ya’ni hokimlik hududi Mirshodi daryosi bo‘ylarini, Boysuntog‘ yaylovlarini o‘z ichiga olgan. Asosiy yodgorligi Qiziltepa va uning atrofida joylashgan 11 ta shu nomdagi kichik yodgorliklar majmuasini birlashtirgan. Mahalliy hokimlik ma’muriy boshqaruv markazi Qiziltepa arkida joylashgan. Sangardak sug‘orilish  hududi, shu daryo bo‘ylarini, Boysuntog‘ yaylovlarini o‘z ichiga olgan. Demak, Baqtriya hududida jami 17 ta hokimlik mavjud bo‘lgan. Har bir hokimlik iqtisodiy jihatdan mustaqil hayot kechirgan. O‘zining dehqonchilik uchun ekin maydonlari, chorvasi uchun yaylovlari mavjud bo‘lgan. Hokimlar  aholidan alohida bo‘lgan ma’muriy arklarda yashab, o‘z hududini  himoya qilgan, ammo siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmagan, negaki "Avesto"da daxiyupatlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lib, ular dehqonchilik o‘lkalarining hukmdorlari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Boysun dehqonchilik o‘lkasi (daxiyupati) o‘z tarkibiga Boysuntog‘ yon bag‘ri yaylovlari, Bandixonsoy, Mirshodi (hokimlikka qarashli) suv havzalarini birlashtirib, hamma suv havzalari Boysuntog‘dan boshlanib, hokimlikning markaziy maydoni 22 gektardan iborat Qiziltepa yodgorligidir. Qiziltepa Qizil I davridan boshlanib, u ikki qismdan - ark va shaxar qismidan iborat bo‘lib, Qiziltepa atrofida kichik yodgorliklar guruh-guruh bo‘lib joylashgan. Har bir dehqonchilik o‘lkasi alohida joylashgan mustaqil siyosiy va iqtisodiy hudud  hisoblanib, har bir o‘lka o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega bo‘lib, har bir dehqonchilik o‘lka Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan. Chunki, Qiziltepa shahri mavjud  dehqonchilik o‘lkasining  siyosiy markazi bo‘lib, bosh shaxar ma’muriy boshqaruv tizimi shu shaharda joylashgan. Baqtriya xududida ilk temir davrida bu jarayon uzluksiz davom etib, Qiziltepa shahri ark va shahristonga ega bo‘lgan, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan ilk temir asridan boshlab toki  o‘rta asrlar davriga oid  Markaziy Osiyo shaharlariga xos bo‘lgan shahar qurilishi an’analarini o‘zida saqlab qolgandir. A.S.Sagdullaev Mirshodi hududida joylashgan Qiziltepa shahri yodgorligida tadqiqotlar olib borib, umumiy maydoni 22 gektar, ark va shahristondan iborat bo‘lgan, qalin mudofaa devorlar bilan o‘ralgan arkning mudofaa devorlarini burjlar bilan mustahkamlanganligini isbotlab berdi.

Shaharlarning ark va shahar kismi xam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, chukur va keng xandaqlar qazilgan. Kiziltepa shaharining mudofaa devorlari poydevorlar ustiga kurilib, devor qalinligi 5 metrgacha bo‘lib, mudofaa devorlariga burjlar o‘rnatilib, shaharlarning mudofaa kudrati yanada oshirilgan. Qiziltepa Qizil I davridan  barpo bo‘lib, Qadimgi Baqtriya madaniyati davridan boshlab u ikki qismdan - ark va shahar qismdan iborat bo‘lgan. Qiziltepa atrofida kichik yodgorliklar guruh-guruh bo‘lib joylashgan, ular ham ark va shahar qismdan iborat bo‘lib, kuchli mudofaalangan shaharlar toifasiga kiradi. Haitobodtepa yodgorligiga ham Qadimgi Baqtriya madaniyati davrida asos solingan. Tarix fanlari doktori  SH.SHaydullaevning xulosasiga ko‘ra Qadimgi Baqtriya madaniyati yodgorliklarini quyidagi tiplarga ajratish mumkin: Shaharlar. Ular har bir dehqonchilik o‘lkasida bittadan joylashgan bo‘lib, ikki qismdan (ark va shahar) iborat. Qiziltepa Ark ham, shahar qismi ham yuqori rivojlangan mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Mudofaa devorlari 5-8 metr qalinlikda bo‘lib, mudofaa devori platforma ustida qurilganligi kuzatilgan. Hamma mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlangan. Xuddi shu davrda Baqtriyada mudofaa devorlari va burjlarga shinaklar o‘rnatish boshlangan. SHinaklar uzunchoq, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yasalgan.

1. Arkli qishloqlar. Shu toifadagi qishloqlarning faqat ark qismi mudofaa devorlari bilan o‘ralganligi xarakterlidir.

2. Arksiz qishloqlar-tarqoq holda joylashgan tepaliklar majmuasidan iborat bo‘lgan yodgorliklar.

3. Harbiy istehkomlar. Doira va kvadrat shaklida qurilgan qal’alar. Ushbu tipga oid yodgorliklar kuchli mudofaalanganligi va harbiy xarakterga egaligi bilan  farqlanadi. Qal’aning ichki qismi ochiq hovlidan iborat bo‘lib, yashash uylari faqat mudofaa devorlari bo‘ylab qurilganligi kuzatilgan.

4. Qo‘rg‘onlar. Qizilcha shahriga oid  I-VI bosqichlar ana shu yodgorliklarga xosdir.



Shimoliy Baqtriya hududida 7 ta dehqonchilik o‘lkasi, har bir dehqonchilik o‘lkasida esa 2-3 tadan sug‘orilish hududlari mavjud bo‘lib, ushbu hududlarda madaniy va siyosiy markaz vazifasini Qiziltepa yodgorligi o‘tagan. Shimoliy Baqtriya hududida Qiziltepa shahri ilk davlatlarning imperiyalar bosqichida shaharlarga xos bo‘lib, sug‘orish hududlarning markazi vazifasini o‘tagan. Shuningdek, dehqonchilik o‘lkasidan uzoqroq joylashgan sug‘orish hududlarga arksiz qishloqlar kirib, bu qishloqlar mudofaa devorlariga ega bo‘lmay bir necha patriarxal oilaga mo‘ljallanib,  hududiy jihatdan kichik bo‘lib, bunday qishloqlarga Qizilcha I-X shahar yodgorliklari kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Dalvarzin, Qizilcha hududlari mustahkam harbiy mudofaa inshootlariga ega bo‘lib, harbiy istehkomlar bilan o‘ralgan, mudofaa inshoot devorlarining qalinligi 5 metrdan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari maxsus burjlar bilan jihozlangan. Eng muhimi Qizilcha shahri  nihoyatda chiroyli bezaklar asosida qurilgan. Topilgan buyumlari ichidagi statuetiklarda asosan ma’buda haykalchalari ko‘p bo‘lib, unda ona ramzi tushirilgan turli xil tasvirdagi holatlar nihoyatda  chiroyli bezak berib ishlangan. Shuni alohida qayd etish kerakki, bu haykalchalar  ona  tasviridagi ilohiylashtirilgan musiqa chalayotgan,  raqs ijro etayotgan, turli afsonaviy harakatlar namoyish qilingan. Baqtriya hududlarida aholining o‘troq holda joylashuvi dehqonchilikning shakllanishiga asos solib, madaniy taraqqiyotni jadallashtirib, Kushon hududidagi Dashtli, Mirshodi kabi qadimiy aholi manzilgohlari nihoyatda kuplab manbalarni fanga taqdim etadi. Kushon davlatiga qarashli Qizilcha-1, II, III va Mirshodi hududidan bug‘doy, arpani yanchadigan mehnat qurollari, temir o‘roq, turli xil mehnat qurollari va bronza, toshdan ishlangan mehnat qurollari topildi. Kushon davlatida Surxon vohasiga xos sopolni 11 turi va Qizilcha II-III ga taalluqli  mexanik charxda tayyorlangan  silliq ishlangan sopol idishlar topildi. Kushon davlati hududidagi Qizilcha-VI dagi manbalarda miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid to‘rt xonali  yashash joy ochib o‘rganilib, yashash joy 42 kv metrni, xo‘jalik xonasi 21,3-23 kv-metrni tashkil etgan. Qurilish mustahkam inshootlar  uslubida, qalin devor hamda to‘g‘ri to‘rtburchak, iqlim sharoiti hisobga olingan holda qurilgan.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish