Ellin madaniyati davri (mil.avv. IV-II asrlar). Naxshab eramizdan avvalgi IV asrda makedoniyalik Iskandar tomonidan ishg‘ol qilindi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu erda ellin madaniyati keng tarqaldi.
Naxshab so‘zi ilk bor hozirgi Afg‘oniston hududidan topilgan, mil.avv. 328 yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, Shahrisabz) himoya devorlarini tuzatish uchun o‘z askarlarini jo‘natganligi xabar qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |