Jahon tarixi kafedrasi


Qashqadryo vohasida qadimgi shaxarlarning shakllanishi



Download 3,91 Mb.
bet34/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Qashqadryo vohasida qadimgi shaxarlarning shakllanishi. Qashqadaryo vohasining ilk temir davri yodgorliklari (mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmi) Markaziy Osiyoning boshqa viloyatlari (Murg‘ob, Zarafshon, Surxon vohalari, Amudaryo quyi oqimi va boshqalar)ga nisbatan kam o‘rganilgan. Ilk temir davriga oid dastlabki yodgorliklar S.K. Kabanov tomonidan Tanxozdaryo va YAkkabog‘daryoning quyi qismlaridan topib tekshirilgan edi. 1972 yillarda Z.I.Usmonova va X.Duke tomonidan CHimqo‘rg‘on suv ombori hududida mil.avv. I ming yillik boshlari va o‘rtalariga oid qadimgi manzilgoh qoldiqlari va sopol idishlar topildi. R.H.Sulaymonov va M.H.Isomiddinovlar tomonidan esa Janubiy Sug‘dning eng yirik shahar harobalaridan biri – Erqo‘rg‘on arxeologik jihatdan o‘rganildi. Erqo‘rg‘on hududining o‘zlashtirilishi aynan so‘ngi bronzadan ilk temir davriga o‘tish bosqichida boshlanganligi aniqlandi. Tadqiqotlar davomida Qashqadaryo quyi qismida o‘troq dehqonchilik madaniyatining shakllanishi jarayonining ilk temir davridan antik va ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan bosqichlari xronologik jihatdan aniqlandi.

ToshDU O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasining 1976-1979 yillarda A.S.Sagdullaev tomonidan olib borilgan tadqiqotlari natidjasida Qashqadaryo vohasining Sharqiy qismida ham bir qator ilk temir davri yodgorliklari ochildi.

Daratepa yodgorliklarida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida ushbu hudud uchun xos bo‘lgan mil.avv. VII-IV asrlarga oid turli turar joylar tuzilishi qazib o‘rganildi.

1981-1984 yillarda N.I. Krasheninnikova boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan SHo‘rob daryosining o‘rta oqimida mil.avv. I ming yillik birinchi yarmiga oid Podayoqtepa, Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari ochib o‘rganildi, Ushbu yodgorliklarda shurflar amalga oshirildi, hamda ularning mudofaa devorlarini o‘rganish borasida tadqiqotlar o‘tkazildi.

Podayoqtepa, Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari Qashqadaryo o‘rta oqimidagi SHo‘rob daryosi bo‘yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy xo‘jalik hududida joylashgan. Bu erda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki Uzunqir, Podayoqtepa yodgorliklaridan taxminan 700-800 metr uzoqda joylashgan. Sangirtepa yodgorligi esa Uzunqir yodgorligidan janubda joylashgan bo‘lib, orasidagi masofa taxminan 1 km.ni tashkil etadi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, Sangirtepaning ilk shakllanish davri mil.avv. IX-VIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bu erda mustahkam paxsa devor bilan o‘ralgan yirik inshoot barpo etiladi. Mil.avv. VIII-VI asrlarda yodgorlik atroflari o‘zlashtirilib, qurilishlar olib borilgan.

Tadqiqotlar davomida Sangirtepa manzilgohidan mil.avv. IX-VII asrlarga oid odam skelet suyagining qoldiqlari ham topilgan.

Tadqiqotlar Sangirtepaning balandligi 8 metr va o‘lchamlari 85x65 metr bo‘lgan to‘rtburchak shaklidagi markaziy tepalikda amalga oshirildi. Sangirtepa janubiy va g‘arbiy tomonlaridan mudofaa devorlari bilan o‘ralib, uning umumiy maydoni 3 gektardan iborat bo‘lgan. YOdgorlikning qariyib barcha qismi qishloq xo‘jalik ekinlari ekish maqsadida tekislab yuborilgan. Sangirtepa markaziy tepaligining shimoliy – g‘arbiy qismida amalga oshirilgan shurf bu erda madaniy qatlamning qalinligi 6,85 metrga teng bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Strategrafiya markaziy tepaning ushbu qismida hayot murakkab kechganligi va to‘rtta qurilish davri mavjudligini ko‘rsatadi. Tepalikka chiqish joyida, uning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy tomonlarida amalga oshirilgan shurf ishlari natijasida biror-bir yangi ma’lumot qo‘lga kiritilmagan, lekin ularning natijasida yodgorliklarning ushbu qismida yashash joylari bo‘lmaganligi, gumus va kul qatlamlar esa ushbu joydan mol saqlash uchun qo‘ra sifatida foydalanganligini ko‘rsatadi.

Sangirtepadagi arxeologik – stratigrafik tadqiqotlar natijasida manzilgohning shakllanish tarixi, uning o‘zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlandi. Sangirtepaning ilk shakllanish davri mil.avv. IX-VIII asrlarga oid. Ushbu davrda bu erda mustahkam pahsa devor bilan o‘ralgan yirik inshoot qad ko‘taradi. Birinchi, eng dastlabki davr uchun tashqi pahsa devorning mavjudligi xos bo‘lib, yodgorlikning butun hayoti davomida saqlanib qolgan ushbu devor mudofaa maqsadlariga xizmat qilganligini taxmin qilish mumkin.

Manzilgohning o‘zlashtirilgan qismini mustahkamlash ehtiyoji paydo bo‘ladiki, natijada qariyib 3 gektarga teng hudud devor – to‘siq bilan o‘raladi. Sangirtepa mustahkam va qalin devorlar bilan o‘ralib, mahalliy hukmdor qarorgohi (arki)ga aylanadi.

Sangirtepadagi monumental imoratda katta xona bo‘lib, uning shimoli-g‘arbiy qismida ostida toza qum qatlami saqlanib qolgan mehrob (otashkada) joylashgan. Devor bo‘ylab supalar hamda diametri katta bo‘lmagan, turli chuqurlikdagi qator dumaloq o‘ralar joylashgan. Bu o‘ralarning ba’zilari kul bilan, boshqalari – qum, yana birlari qum shag‘al bilan to‘ldirilgan.

Arxeologik ma’lumotlarning dalolat berishicha, mil.avv. IV-III asrlarga kelib, Sangirtepada hayot to‘xtaydiki, tashlandiq va tushkunlik holatlari ham buni tasdiqlaydi.

Bu turdagi yodgorliklar ilk temir davrida Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonada keng tarqalgan. Ko‘p hollarda ular uncha katta bo‘lmagan hududlarni egallagan, lekin ularning mudofaa devorlari bilan o‘ralgani kuzatiladiki, bu belgi ularning harbiy strategik ahamiyatidan dalolat beradi. Xuddi shunday belgilar Sangirtepaga ham xos bo‘lib, uni ham yirik shahar qo‘rg‘oni bo‘lgan yodgorliklar toifasiga kiritish mumkin.

A.S. Sagdullaev va N.I. Krasheninnikovalarning fikriga ko‘ra o‘z davrida Uzunqir va umuman viloyatning nomi Nautaka (Navtaka) deb atalgan. Qadimgi sug‘d so‘zi “Nautaka” “yangi qurilish” “Yangi shahar” deb tarjima qilinadi. So‘zning “tak” qo‘shimchasi “kuch”, “qudrat” “quvvat” ma’nosida izohlanib, ushbu tushuncha Uzunqir o‘rnida mustahkam va qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralgan yirik qal’a, harbiy – tayanch markazining bunyod etilishi jarayonidan kelib chiqqanligini taxmin qilish mumkin.

Podayoqtepa va Uzunqirda ham arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilib ularning mudofaa devorlari o‘rganildi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki SHo‘robsoy yoqalarida mil.avv. I ming yillik boshlarida qadimgi dehqonchilik vohasi shakllangan.

Sangirtepadan 650 metr shimolroqda, SHo‘robsoy qirg‘og‘ida Uzunqir xarobalari joylashgan. Hozirgi vaqtda yodgorlikning katta qismi tekislanib ketgan va faqat janubi-g‘arbiy tomonida mudofaa devorlarining uzunligi 450 metrga teng bo‘lgan qismi saqlanib qolgan. 1983 yilda Uzunqir mudofaa devorining saqlanib qolgan qismida N.I. Krasheninnikova tomonidan tadqiqotlar o‘tkazildi. Tadqiqotlar davomida devorning tashqi tomonida unga kirish joyi va bitta shinakka ega bo‘lgan xona qoldiqlari ochib o‘rganildi. Xona devorlari va sathi somon bilan suvalgan. Sathda sopol siniqlari va bronzadan ishlangan kamon o‘qlarining uchlari topildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra qal’a devori ahamoniylar davrida qurilgan degan xulosa chiqadi. A.S.Sagdullaev va N.I.Krasheninnikovalar olib borgan tadqiqot ishlari natijasida Uzunqirni Nautaka shahrining markazi hisoblashgan, keyinchalik markaz hozirgi Kitob shahri o‘rniga ko‘chdi.

Uzunqirda mudofaa devori va manzilgoh hududini o‘rganish borasidagi ishlar 1986 yilda A.S.Sagdullaev boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya tomonidan qayta tiklandi.

N.I. Krasheninnikova tomonidan qazishmalar o‘tkazilgan joyda devor tashqi tomoni aniq tasviri ko‘zga tashlandi. Ushbu devor qismi bo‘ylab, Uzunqir mudofaa devori janubiy qismini o‘rganish davom ettirildi.

Uzunqir mudofaa devorida qazishmalar o‘tkazishdan oldingi balandligi 6 metr, qalinligi asosida 26 metr, nurab tushgan qismi tashqi tomonida 5 metr, ichki tomonida 4 metrga teng. Devor tashqi tomonini tozalash davomida to‘g‘ri burchakli rejaga ega bo‘lgan burji ochilib, uning ichida xona mavjud bo‘lgan. Burjning barcha devorlarida tashqi tomondan pilyastra (to‘rtburchak shakldagi yarim ustun) bo‘lganligi aniqlanib, janubiy devorda ular ikkita, g‘arbiy va Sharqiy devorda bittadan bo‘lgan. Burchaklardagi yarim ustunlarda nayza shakldagi “aldamchi” shinaklar mavjud bo‘lgan. Burjning janubiy devoridagi pilyastralarda “aldamchi” shinaklar mavjud bo‘lmasdan, ularning oralig‘ida asosiy devordan bo‘rtib chiqqan va mayda tosh yotqizilgan poydevorda turgan jangovor shinak mavjud bo‘lgan. Burjning Sharqiy va g‘arbiy devorlarida yana ikkita jangovor shinak mavjud. Burjga kirish joyi shimoliy tomondan tor yo‘lak orqali bo‘lib, ushbu yo‘lak yuqori qismi qiya qilib qo‘yilgan g‘ishtlar yordamida qurilgan arksimon shaklga ega.

Uzunqirning mil.avv. VII asrdayoq to‘g‘ri burchakli burjlari va burj ichi xonalari, nimustun, jangovor hamda sohta shinaklari bo‘lgan ilk mudofaa devorini tiklashda foydalanilgan istehkom usullari O‘rta Osiyo janubidagi o‘sha davrda mavjud bo‘lgan boshqa hech bir obidada qayd etilmagan. Bu usul boshqa obidalarda ancha keyinroq kuzatilgan, lekin Old Osiyo yodgorliklari bilan ko‘pgina umumiy jihatlarga ega. Masalan, Bobilning (mil.avv. VII-VI asrlar) va ba’zi Messopotamiyadagi boshqa yirik shaharlarning mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlanib, yarim ustunlarga ega bo‘lganki, bu hol Uzunqir me’morlari tomonidan Old Osiyo an’analari qo‘llanilganligidan dalolat beradi.

Burjdan Sharqiy tomonda umumiy uzunligi 20 metr bo‘lgan devor qismi va yana bir burj ochildiki, u o‘z muhandislik qurilishiga ko‘ra birinchisini qaytaradi. Ikkinchi burj yaxshi saqlanmagan.

Devor ichki yo‘lagi yoki o‘q otilish uchun ishlatilgan maxsus joylarni aniqlash maqsadida mudofaa devorining Sharqiy qismida birinchi va ikkinchi burjlar oralig‘ida qazishmalar amalga oshirildi. Tadqiqotlar natijasida birinchi devorning ichki tomoni bo‘lagi va jangovor shinakka chiqish joyi ochildi. Ikkinchi devor ichki aylanasining burj xonasidan Sharqiy qismida yo‘lak chiqish joyi ochib o‘rganildi.

Devorning yuqorigi qismidan turib amalga oshirilgan ikkinchi mudofaa chizig‘i mavjud bo‘lganligini ham tahmin qilish mumkin.

Ikkinchi davrda birinchi devorga tutash qilib, uning g‘ishtlari bilan bir xildagi xom g‘ishtlardan qalinligi 1,6 metr bo‘lgan yangi qo‘shimcha devor qurilgan. Devorning umumiy qalinligi 3,45 metrga etadi. SHinaklarga olib boruvchi yo‘laklar ikkinchi devorning paxsasi bilan to‘ldiriladi, lekin burj ichi xonalarida hayot davom etadi.

Keyingi, uchinchi davrda ichki tomon bo‘yicha qalinligi 1,2 metrga teng bo‘lgan yana bir qo‘shimcha devor quriladi. U burjlarga olib boruvchi yo‘llarni berkitib qo‘yadi.

Uzunqirning shimoli-g‘arbiy qismida amalga oshirilgan shurfda qo‘lga ishlangan oshxona idishlari bo‘laklari, hayvon suyaklari, o‘simliklar urug‘larining qoldiqlari topilgan. 1984 yilda N.I. Krasheninnikova tomonidan qalinligi 2,5 metrga teng bo‘lgan qurilish qoldiqlari yorg‘uchoq, suyak qoldiqlari, sopol siniqlari, kul qatlamlari mavjud bo‘lgan madaniy qatlam topilgan bo‘lib, u mil.avv. I ming yillik boshlari bilan belgilangan. Tadqiqotlar natijalari va shurflardan olingan ma’lumotlar Uzunqir o‘rniga ilk temir davri shahar markazi mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.

Uzunqir manzilgohining mudofaa devorini o‘rganish davrida qo‘lga kiritilgan topilmalar Janubiy Sug‘dning ilk temir davri mudofaa me’morchiligiga doir yangi ma’lumotlar berdi.

Uzunqirning shimoliy tomoni SHo‘rob daryosi bilan mudofaalangan bo‘lib, lekin ushbu joydan topilgan devor qoldig‘i manzilgohning bu qismida ham mudofaa devori mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.

Uzunqirning maydoni 70 gektarga teng bo‘lib, mil.avv. VIII-VII asrlarga taalluqliligi aniqlangan.

Uzunqirdagi g‘arbiy, Sharqiy va janubiy mudofaa devorlari qoldiqlarining qalinligi 20 metr bo‘lgan va SHo‘robsoydan tortilgan sun’iy handaq o‘rab olgan bo‘lib, shimoliy tomon uchun bunday handaq vazifasini SHo‘robsoyning o‘zi bajargan. Uchta joyda darvozalar o‘rni aniqlanmagan.

Keyingi davrda Uzunqir yanada kengroq o‘zlashtirildi. Uning huddi shu darajasi kengaydiki, aholini himoyalash maqsadida istehkomlar qurish ehtiyoji tug‘ildi. Mil.avv. VII-VI asrlarda murakkab mudofaa tizimi: xom g‘ishtlardan qurilgan mustahkam devordan bo‘rtib chiqqan, burj xonalariga va pilyastralarga ega bo‘lgan burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devorlari vujudga keladi. Lekin dastlabki davrda Uzunqir devori qalinligi, burjlar oralig‘ida bor-yo‘g‘i 1,85 metrga teng bo‘lgani, unga qo‘shimcha ikkinchi devorning qurilishi shu tufayli bo‘lsa kerak.

Markaziy Osiyo janubidagi mil.avv. I ming yillik o‘rtalariga oid bir qator yodgorliklarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ularning qurilishida o‘zgacha jihatlar ustunlik qilganligini ko‘rsatadi. Dastlab ularning ko‘pchiligi qalin devorlarga ega bo‘lgan. Devorlar tashqi qirralari qiyaroq shaklda bo‘lib, devorlar mustahkamligini oshirgan. Devorning tashqi tomoni bo‘ylab o‘tgan mustahkam handaq ham xuddi shu vazifani bajargan. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan devorlardan faqat bir tizim – devor yuqori qismidan turib o‘q otishga asoslangan mudofaa amalga oshirilgan.

Uzunqir mudofaasining kuchaytirilishi dastlabki devorni doimiy ravishda qalinlashtira borish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lib, boshqa yodgorliklarda ilk devor keyingi davrlar uchun poydevor vazifasini o‘tagan. Shunday qilib, so‘ngi ta’mirlash ishlaridan keyin Uzunqir devorining umumiy qalinligi 5 – 6 metrga etgan bo‘lsa-da, uning tuzilishi o‘z davri mudofaa maqsadlariga javob bermagan, chunki devor qalinligining oshirilishi uning mudofaa imkoniyatlarini kengaytirmagan.

Antik davrda Markaziy Osiyo janubidagi bir qator yirik shahar markazlarining devorlari o‘z davri me’morchilik an’analari asosida qayta ta’mirlandiki, bu ularning mudofaa imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ushbu qo‘rg‘onlar keyingi davrlarda ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Ulardan farqli ravishda Uzunqir o‘z imkoniyatlaridan foydalanib bo‘ladi.

Janubiy Sug‘ddagi ilk shaharlar shakllanish va rivojlanishiga misol qilib Sangirtepa va Uzunqirni ko‘rsatish mumkin. Uzunqirning mudofaa me’morchiligi Qashqadaryo vohasidagi ilk temir davri madaniyatining yuqori darajada taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu o‘ziga xos mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilikdir. U Markaziy Osiyo janubidagi ilk shahar madaniyati markazlaridan biri bo‘lib, butun Qadimgi Sharq uchun umumiy bo‘lgan taraqqiyot qonunlari asosida rivojlangan. Lekin vaqt o‘tib bu jarayon Uzunqirda to‘xtadiki, buni eng avvalo sug‘orish tizimidagi o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin.

Uzunqir – Janubiy Sug‘dda ilk shahar tuzilmasining shakllanishiga misoldir. U yirik o‘troq dehqonchilik vohasining hamda Janubiy Sug‘ddagi alohida viloyatning xo‘jalik, ma’muriy, harbiy va madaniy markazi bo‘lgan. Markaziy Osiyo shaharlari taraqqiyotining keyingi davrida ushbu belgilar yirik antik shaharlar (mil.avv. III-II asrlar) uchun ham xos bo‘ladi.

Janubiy Sug‘d ilk temir davri tarixining muhim jihatlaridan biri – Sangir I va Uzunqir I turidagi sopol idishlarning vujudga kelishidir.

O‘tgan asrning oxirida Sangirtepada amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida, 2003 yilda amalga oshirilgan qazish ishlari davomida sosoniylar davriga oid olov ibodatxonasining o‘rni aniqlangan.

Qarshi vohasining qadimiy poytaxti – Erqo‘rg‘on shahristoni hozirgi Qarshi shahri SHayxali mahallasidan ikki kilometr shimolda joylashgan Erqo‘rg‘on hududidi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular sobiq shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekanligi aniqlangan.Shuningdek, qazuv ishlari mobaynida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, hunarmandlar mahallalari topilgan. Qadimgi shahar Erqo‘rg‘on Qarshi vohasi shaharlarining onasi edi. Erqo‘rg‘on ilk bor miloddan avvalgi VII asrda devor bilan o‘rab olingan. Devor hozirgacha saqlanib qolmagan, uning qoldiqlari 1999 yilda kulollar mahallasidan ochib o‘rganilgan. Miloddan avvalgi VI asrda shahar kengayib, 35 ga maydonni qurshagan devor bilan o‘rab olingan. Bu devor hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi III-II asrlarda shaharning maydoni 150 ga bo‘lgan. Miloddan avvalgi IV asrlarda har ikkala devor qayta ta’mirlangan.

Naxshab – Erqo‘rg‘onda muttasil ilmiy-tekshiruv ishlari bilan band bo‘lgan, bu joydagi ibodatxona, qasr va bo‘lak bino o‘rinlaridan ko‘pgina osori atiqalar topilgan va ularni tadqiq etgan olimlar – M.H.Isomiddinov va R.X.Sulaymonovlar «Erqo‘rg‘on» deb atalgan risolalarida bu qadimiy shahar tarixi haqida yana quyidagicha fikr bildiradilar:

«Erqo‘rg‘onda bir necha yillar davomida shaharning uylari, ishlab chiqarishi, jamoat va mudofaa inshootlarida o‘n beshdan ziyod qazuv ishlari o‘tkazildi. Shu qazuvlardan biri, xususan, favqulodda ko‘p sopol buyumlar majmuini bergan kulollar mahallasida o‘tkazilgan 13 qazuv joyi Erning tabiiy yuzasiga qadar olib borildi. Erqo‘rg‘on shaharchasidagi madaniy qatlam va uning alomatlari miloddan avvalgi IX-VIII asrlardan to milodiy VIII-IX asrlariga qadar kulolchilikning muttasil taraqqiyoti manzarasini ifoda etadi».

Naxshab – Erqo‘rg‘ondan topilgan sopol buyumlar shaharning yoshini aniqlashda juda muhim manbalar bo‘ladi. Erqo‘rg‘onda olib borilgan qazuv ishlari qadimiy So‘g‘diyona madaniyatini o‘rganishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shaharchaning hajmi va saqlanishi, unda taxminan ilk temir davridan boshlab to ilk o‘rta asrlarga qadar hayot davom etganligi Janubiy So‘g‘diyonaning moddiy madaniyati davrlarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Erqo‘rg‘on hududida olib borilgan qazishmalarning ko‘p qatlamligi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ko‘hna shahar hududi jadallik bilan o‘zlashtirilib borilgandan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda manzilgoh minoralarga ega bo‘lgan qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olinishi bilan ko‘hna shaharning shakllanishi tugaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Erqo‘rg‘on atrofidagi ayrim tepalardan miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga oid sopollarning topilishi bu davrda ko‘hna shahar atrofida qishloq manzilgohlari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday manzilgohlardan biri Qorovultepa bo‘lib, manzilgoh uncha katta bo‘lmagan ixtisoslashgan xo‘jalikka ega. Topilmalarga qarab bu yodgorlikni mavsumiy dehqonchilik manzilgohi deyish mumkin.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Erqo‘rg‘onning ijtimoiy o‘troqlashish tizimi rivojlanishi unga sug‘orish tarmoqlari bilan uzviy bog‘liq holda kechgan. Tipologik klassifikatsiya va statistik ma’lumotlarning tahliliga qaraganda, yashash makonlari o‘z o‘lchamlariga ko‘ra ierarxik tizim ostida tarqalgan va ushbu qadimgi So‘g‘diyona jamoasi tizimining eng cho‘qqisida Erqo‘rg‘on ko‘hna shahri turgan, mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan kichik shaharchalar ham mavjud bo‘lgan.

1973 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi arxeologiya instituti Qashqadaryo ekspeditsiyasi a’zolarining Erqo‘rg‘on shahrida olib borgan keng qazishma ishlari shahar qurilishi va arxeologik yodgorliklarini davrlashtirish, shaharda topilgan madaniy qatlamlar sanasini aniqlash imkonini berdi. Aniqlanishicha, ichki shahar mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Hozirgi kunda devorning 8 m. balandlikdagi qismi saqlanib qolgan. Devorda har 10-12 metr oralig‘ida minoralar qad ko‘targan. Shahar ichkarisida to‘rt burchak shaklida qurilgan shahriston joylashgan. Devorlarda ikkita darvoza joylashgan: biri Sharqiy devorning shimoliy qismida, ikkinchisi janubi-Sharqiy burchakdagi baland mudofaa inshooti yaqinidagi janubiy devorda joylashgan. Mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan maydonda turli hajm va shakldagi tepaliklar saqlanib qolgan.

Eng katta tepalik shaharning shimoliy qismidagi hukmdor saroyi o‘rnida joylashgan. Shahar ibodatxonasi janubda, shahar markazida joylashgan bo‘lib, ikki alohida inshootdan iborat. Ishlab chiqarishga asoslangan mahallalar shaharning Sharqiy qismida joylashgan. Shahar devorlariga Sharqiy tomondan yassi tepaliklar zanjiri tutashgan bo‘lib, bu tepaliklarning ustki qismidan ko‘p miqdorda sopol idish parchalari topilgan. Kazishmalar natijasida bu erda kulolchilik ustaxonalari joylashganligi aniqlandi.Shaharning markaziy ko‘chasi janubiy darvozadan shimoli-g‘arbga, kulollar mahallasi bo‘ylab yo‘nalib shahar ibodatxonasiga olib borgan. Ichki shahar ikkinchi mudofaa devori bilan o‘rab olingan bo‘lib, maydoni 150 gektarni tashkil etgan. Ichki shahar keyinroq qurilgan bo‘lib, g‘arbiy va Sharqiy tarafidagi devorlari buzilib ketgan. Ichki shahar inshootlarining xarobalari alohida tepaliklar ko‘rinishida saqlanib qolgan. Ichki shaharning janubiy va shimoliy qismlarida kichik maydonni egallagan, ammo baland ikki tepalik ko‘zga tashlanadi.Janubiy qismdaga tepalik o‘rnidan daxma ochib o‘rganilgan.Sharqiy qismdagi tepalik o‘rnida maqbaralar majmui joylashgan. Ichki shaharning janubi-Sharqiy burchagidagi keng maydondagi inshootlar to‘liq saqlanib qolgan. Shaharning shimoliy va Sharqiy qismlaridagi inshootlar qoldiqlari ichki va tashqi devor bo‘ylab past tepaliklar zanjiridan iborat.

2006 yili Erqo‘rg‘onning ichki mudofaa devorini qazish vaqtida O‘zR FA Arxeologiya institutining ilmiy xodimi M.Isomiddinov milodddan avvalgi VI-V asrlarga oid devor ostidan xom g‘isht aralash paxsadan qurilgan qadimiy shahar devorlari qoldiqlarini topdi. Bu eng ko‘hna shahar devori bo‘lib, Samarqand Afrosiyobining, CHelak qishlog‘i yaqinida joylashgan Ko‘ktepa va Uzunqirdagi Keshning ilk davriga oid barcha konstruktiv xususiyatlarni takrorlab, sanasi milodddan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi.Bu topilma bu davrda So‘g‘dda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylaridagi asosiy dehqonchilik vohalarida yirik shahar markazlarini bunyod etish imkoniga ega qudratli davlat mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.

Shunday qilib, Sug‘d kabi poytaxt markazi bo‘lgan Naxshab tarixi ham ilk temir davrida, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda yangi qishloq va shaharlarning vujudga kelishidan boshlanadi. Bu so‘g‘diylar va ularning dehqonchilik vohalarining shakllanish davri bo‘lgan.




Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish