Ilk tarixi (mil.avv. VIII-IV asrlar). Qarshi shahrining tarixi eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Erqo‘rg‘onda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida, ayni shu davrda Qarshi shahar sifatida shakllanganligi va qalin devor bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘ldi. Yirik savdo yo`llariga yaqin joylashgan bu shahar So‘g‘diyonaning yirik shaharlaridan biriga aylandi.
Qarshi 545-539 yillarda Kir II Sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona viloyatlari va sak qabilalarini o‘ziga bo‘ysindirdi. Naxshab ham So‘g‘diyonaning bir qismi sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |