Hayitobodtepa qadimgi Baqtriya devorining mavjudligi sanasini hom g‘ishtlar bilan bir qatorda birlamchi o‘rinda sopol buyumlarning ahamiyati muhimdir. Chunki ular o‘zining ishlab chiqarilishi texnologiyasi, shakli, sifati bilan bir-biridan farq qilmaydi, agar farq qilsa, demak, uning davri boshqa bo‘ladi. Poydevor va devorda sopol buyumlarning turli 24 ta bo‘lagi topildi, ular o‘z shakliga ko‘ra, xumkosa va tuvaklardan iborat edi.
Xumlar 6 bo‘lakdan iborat bo‘lib, silindr shakli, gardishi tashqi tomonga manjet ko‘rinishida qayrilgan. Gardishning tagida tarnov shaklidagi yo‘lakcha ko‘rinadi. Hozirgi kungacha O‘zbekiston arxeologlarining sa’y harakatlari bilan Surxondaryo viloyatida ilk temir asriga oid 30 dan ortiq yodgorliklar ilmiy tadqiqot ob’ektlariga aylantirilib, o‘rganilmoqda. Shunday yodgorliklar sirasiga Termiz shahridagi Nomsiztepa va Kofirnihon daryosining o‘ng tomonida joylashgan Boburtepa yodgorliklari kiradi. Termiz shahrining shimoli - g‘arbiy tomonidan suv quvurlari o‘tkazilayotgan paytda SH.SHaydullaev va T.Annaev tomonidan Nomsiztepaning izlari topildi. Sopollar majmuasi idishlarning bir necha turini o‘z ichiga oladi, ularning sirasiga silindr shakli uch xil gardishli xumlar ham kiradi. Bundan tashqari tor qorinli va tumshuqsimon gardishli tuvaklar uchraydi, sopol xumlar va tuvaklarning eramizdan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga oid qadimgi Baqtriya majmualari orasida o‘xshash tomonlari juda ko‘p.
Qadimgi Baqtriyaning silindr shakli bankasimon idishlari odatdagidek o‘tkir qovurg‘ali, past tagdonli va chuqur silindrsimon devorlarga egadir. So‘nggi Baqtriya tagdoni devorga silliq tutashgan, bu esa sopol idish ishlab chiqarishda idish shakllarining evalyusion taraqqiyotidan darak beradi. Huddi shunday idishlar eramizdan avvalgi IV-III asrlarga oid Xonaqatepa yodgorligining quyi qatlamlaridan topilgan. Uning ochilishi ayrim tadqiqotchilar tomonidan eramizdan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida Surxon va Amudaryo vohasi, umuman, o‘zlashtirilmagan deb aytilgan fikrni rad etib Surxondaryoning o‘ng qirg‘og‘i yodgorliklarida hayot izlarini davrlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boburtepa Kofirnihon daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Qaranko‘l qishlog‘ida joylashgan yodgorlikning maydoni 450x200 m va balandligi esa 5-6 metrni tashkil etadi. Boburtepa yodgorligidan topilgan eng qadimgi sopollar majmuasi Kuchuktepa I, Kuchuk 1V sopollari bilan aynanligi kuzatiladi. Boburtepa sopollari orasida Kuchuk 1V yodgorligidek silindr shaklli xum va xumchalar muhimdir, ularning gardishi 45 sm.ni tashkil etadi.Sopollar majmuasi orasida qisqa, tor qorinli tuvaklar ham uchraydi. Bunday idishlar shakli eramizdan avvalgi 1 ming yillikning o‘rtalarida qadimgi Baqtriya va Qadimgi Xorazm majmualari uchun xosdir. Bundan tashqari sopollar orasida yarim sferik shakldagi kosalar, yassi tagdonli uzun oyoqli qadah va vazalar ham uchraydi. Boburtepadan topilgan sopollar majmuasi Baqtriya, Sug‘d, Marg‘iyona va Xorazm dehqonchilik, kulolchilik mahsulotlari bilan mos keladi. Shuni bilan birga bu sopollar Surxondaryoning tog‘li va past-tekisliklariga xos emasligi bilan ajralib turadi. Ularga yassi tagdonli bankasimon idishlar, sharsimon qorinli tuvaklar, vaza va qadahlar kiradi. Boburtepa sopollarning bu xususiyati Surxon vohasidan Kuchuk 1V, ya’ni so‘nggi temir davriga oid yodgorliklar bor ekanligini tasdiqlaydi.
Tallashqontepa SHerobod dehqonchilik voxasida joylashgan, u yodgorliklarning ikkinchi turi qal’aga kiritiladi. 1985-1986 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi A.A Asqarov boshchiligidagi SHerobod guruhi Talashqontepa I da qazishma ishlarini olib bordi. 1985 yilda qazishma ishlari mudofaa devorlari va unga tutash qurilgan soqchi minoralari ustida olib borildi. Avvalo qazishmadan oldin olib borilgan tozalash jarayonida arxitektura inshootlarining devorlari aniq ko‘rinib qoldi. Tallashqon I aylana shakldagi mudofaa inshooti bo‘lib, diametri 135 metrni tashkil etadigan yirik va kirish yo‘lagi shimoli-g‘arbiy yo‘nalishga qaratib qurilgan. Bu erda mavsumiy va doimiy qazish ishlari olib borilib, yodgorlik to‘liq ochib o‘rganildi.
Me’moriy inshootlar mudofaa devorlari bo‘ylab joylashgan. Talashqontepa I da ikkita qurilish davri bo‘lib, bu yuqori va quyi gorizontallar deb ataladi. Mudofaa devori va soqchi minorasi ikkalasi gorizontda ham uchraydi, chunki bu hududda har ikki davrda hayot davom etgan. Qal’aning yuqori qatlamlarida so‘nggi o‘rta asrlarga oid 10 qabr uchragan. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘lgan kishining kaftida joniylar sulolasidan Subhonqulixon 1680-1702 nomidan zarb etilgan 3 ta tanga topilgan. Talashqontepa I da yodgorlikning quyi qatlamlarida qal’aning mudofaa devori, soqchi minoralari, darvoza, yaxshi saqlanib qolgan, ammo yodgorlikning ichki tomonidagi xonalar to‘liq vayron bo‘lgan. Qal’aning diametri 135 metr va o‘rab olgan devorning qalinligi 5 metrni tashkil qiladi. Devor hajmi 58x62x29x32x10 sm.lik to‘g‘ri burchakli xom g‘ishtdan barpo etilgan 3,5 metrgacha bo‘lgan balandlikda devor saqlanib qolgan. Bu bir davrda qurilgan inshoot bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri materik ustida turibdi, bu erda so‘nggi qurilishlarning izlari yo‘q.
SH.Zaparov va E.Rtveladze fikriga ko‘ra Tallashqontepa I ning qal’a devori tashqi tomondan poydevorgacha qiyalik bor, ichki tomoni esa, yuqori qismining zinasimon qurilganligi tasdiqlandi. Ammo SH.SHaydullaev olib borgan qazishma orqali devor tekis va to‘g‘ri ekanligi isbotlandi. Devorning yuqori va quyi qismida eni 5 metrni tashkil qiladi, uning quyi qismida 2 qator shinaklar joylashgan, shinaklar hajmi 50x20 va 60x25 sm.ni tashkil qiladi. Devorning quyi shinaklari asosdan 0,8 m balandlikda joylashgan, yuqori shinaklar esa 1,4 metr yuqorida joylashgan, shinalarning orasi 1,7-2 metrni tashkil qiladi. Mudofaa devori 15 ta yarim aylana shakldagi minoralar bilan mustahkamlangan, minoralarning devorlari 1 dan 3,6 metrgacha saqlanib qolgan. Minoralarning diametri 9-11 metrni tashkil qilib, ular mudofaa devoridan 5-5,5 metr tashqariga chiqib turadi.
Minora devorining qalinligi 2,8 metrni tashkil qiladi, minora va uning ichkarisidagi xonalarning hajmi 3,5-4, 2x2, 1-2,8 metrdan iborat, ular to‘liq ochib o‘rganilgan. Minoralarga kirish yo‘lagi 2,15dan 3 metrgacha etadi, yo‘lakning eni 0,9 m.ni tashkil etadi. Qazishma davrida ko‘plab arxeologik materiallar qo‘lga kiritildi, ularning soni 8427 sopol bo‘laklari, 113 tasi arxeologik jihatdan to‘liq saqlanib qolgan idishlardan iborat. Shundan 1523 ta sopol buyumlar bo‘lagi quyi qurilish davriga oiddir.
Sopol idishlarning 94,8%i kulol charxida ishlangan qalama holdagi qozon va choynaklar 5,2 % ni tashkil etadi. Aksariyat qozonlar pista ko‘mir kuli aralashgan loydan tayyorlanib, kulol charxida qo‘l bilan tekislangan. Sopol tarkibi yoki sinig‘i, och-qizil, och-malla rangda bo‘lib, yaxshi pishirilgan, idishlar tashqi tomondan och qizil va sarg‘ish rangli angob bilan buyalgan. Sopollar majmuasining eng ko‘p tarqalgan shakli idishlarning quyi qismining qovurg‘ali shaklda qayrilgani, ya’ni silindr shaklli idishlardir. Bu shakl har ikkala gorizont uchun etakchilik qiladi. Uning variantlari muqobil ko‘rinishlari ko‘p. YOdgorlikning quyi gorizonti Kuchuktepa III davriga yuqori qatlam Kuchuktepa milodan avvalgi X-IV asrlarga to‘g‘ri keladi.
Tallashqontepa I ning soqchi minoralar va xonalaridan tosh, suyak va bronzadan yasalgan turli buyumlar topilgan . Tosh buyumlar yorg‘ochoq, pestik va kurantlardan iborat, bu buyumlar faqat g‘alla yanchish bilan bog‘liq bo‘lgan qurollardir. YOrg‘uchoqlar arxeologik jihatdan to‘liq topilgan, ularning 17 bo‘lagidan 4 tasi quyi qatlamning sahnidan topilgan, 2 tasi kaftsimon shaklga ega bo‘lib, 48,5x22,5x8 va 22x13x9 sm, hajmga teng yorg‘uchoqlardan qadimgi Baqtriyada uzoq vaqt foydalanilgan. Professor T.SH.SHirinov fikriga ko‘ra, Sopolli madaniyatining Jarqo‘ton bosqichidagi yorg‘uchoqlar Kushon davrigacha ishlatilib kelingan.
Havoncha ikki nusxada topilgan bo‘lib yarim sferik va silindr shakliga ega, topilgan havonchalarning shakli orginal, ya’ni yagonadir. Ularning biri silindr shakli rezervuar va uch oyoqqa ega, umumiy balandligi 22 sm 1 rezervuar, ya’ni botiq joyining diametri ham 22 sm.ni tashkil etadi. Devorning qalinligi 2,5 sm, idishning chuqurligi 15,5 sm, oyog‘ining uzunligi 6 sm dan iborat. Ikkinchi nusxasi esa avval, ya’ni tuxum shaklida bo‘lib, yarim sferik tagdoni yassi, tashqi tomoni oynadek yaltirab turadi. Ishlov berilgan ichki tomoni silliq emas, havonchaning balandiligi 15 sm.ni tashkil qiladi, havonchalarning silindr shakli nusxasi Qizilcha U1 yodgorligidan ham topilgan. Shunday qilib Kuchuktepa yodgorligida yangi ochilgan shurf materiallari va Jarqo‘tonning chizmasi sopol buyumlari Kuchuk I davrini 2 fazaga bo‘lish imkonini berdi. ya’ni Kuchuk I A ilk bosqich va Kuchuk I B so‘nggi bosqichdir. Termiz shahridagi Nomsiztepa, Hayitobodtepa, Boburtepa materiallari yana bir davr ilk antik davrga o‘tish bosqichini ko‘rsatadi. Talashqontepa 1 qazishma tadqiqotlari yana bir yodgorlik qal’a haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek, Kuchuk III va IV davri moddiy madaniyatini to‘liq tushunishimiz uchun imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |