Jondavlattepa - shahar xarobasi (milodan avvalgi I ming yillik o‘rtalari - milodiy I ming yillik o‘rtalari). SHerobod (Surxondaryo viloyati)ning shimoli-Sharqiy tomonida joylashgan. Maydoni 8 gektarga teng bo‘lib, tarhi ko‘p burchakli. Shaharning 2 ta darvozasi bo‘lgan. 1-si Sharqiy devorning o‘rtasida, 2-si janubiy devorning markazida joylashgan. Darvozalar ikki tomondan minoralar bilan mustahkamlangan. Hozirgi paytda shahar xarobasining katta qismidan qabriston sifatida foydalanilmoqda. Kushonlar davrida Jondavlattepa gullab-yashnagan. Shaharning shimimoli-g‘arbiy burchagida murabba tarhli qo‘rg‘on bo‘lib, balandligi 19 metr bo‘lgan. Jondavlattepadan ko‘plab sopol idishlar va boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |