Turkmaniston hududida qadimiy manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saklanib qolgan. Bundan tashkari, yirik qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish mumkin (Namozgohtepa, Ulug‘tepa, Oltintepa).
Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan o‘ralgan shaharlar (Marvdagi Erkqal’a, Kaushut yaqinidagi Elkente-pa) vujudga kelgan. Mil. V-VII asrlarda xom g‘isht va paxsadan qo‘rg‘onlar, 2 qavatli ko‘shklar qurildi.
XI-XII asrlarda shaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va b.).
Pishiq g‘ishtdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida ishlana boshladi. XII a.da binolarni bezashda bir tomoni sirlangan g‘isht va koshindan foydalanish raem bo‘ldi. Maqbaralar o‘ziga xos me’moriy shaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi, Ko‘hna Urganchdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy matsbarasi, Sulton Takash maqbarasi va b. sirkorlik va naqshkorlik usulida serhasham bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish yo‘lidagi Oqchaqal’a, CHoshqal’a, Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining 4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davri me’morligiga xos mahobatli va peshtokli binolar qurila boshladi. XIX asr 2-yarmida Krasnovodsk, Ashxobod, CHorjo‘y, Bayra-mali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar paydo bo‘ldi. Ammo ko‘chmanchi qabilalar hamon kigiz o‘tovda yashar edi
Marv (Avestoda - Mouru) - O‘rta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qal’a (Erk qal’a, Gabr qal’a, Sulton qal’a, Abdullaxon qal’a, Bayramalixon qal’a) harobalaridan iborat. Marv harobasida XIX asrning 80-yillaridan V.A.Jukovskiy, 1946 yildan M.E.Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. M.ning eng qad. qismi - Erk qal’a (maydoni 12.ga) miloddan avvalgi I ming yillikning 1-choragidan mavjud bo‘lgan. Marvning ravnaqtopgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av II milodiy III asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Marv Gabr qal’a va Erk qal’a hududlaridan iborat bo‘lib, Erk qal’a M.ning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km²) mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Milodiy III asrdan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, VII asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr o‘rtasida Marv - Abu Muslim harakati markazi. IX asr da Marvda ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxti rolini o‘ynadi. Ma’mun ibn Horun arrashid davrida Marvda Bag‘dod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. O‘rta asrdagi Marvning ravnaq topgan davri XI-XII asrning 1-yarmiga to‘gri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti bo‘lgan (Sulton qal’a harobasida Sulton Sanjar makbarasi joylashgan). XII asr oxiri – XIII asr boshida Marv Xorazmshohlar davlatining yirik markazi bo‘lgan. 1222 y. shahar mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. XIII asr o‘rtasi – XIV asrda shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod kismi). XV asr boshida SHohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. Marvdan o‘rta asrlarda ko‘plab olimu fuzalolar etishib chiqqan. 1510-24 va 1601 - 1747 yillarda Marv forslar qo‘lida bo‘lgan. Marv urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz Marvdan 30 km g‘arbga Mari shahriga ko‘chgan.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |