Tadqiqot ob’yekti. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy va iqtisodiy rivoji.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH tarixini o’rganib chiqishda xronoligik yondashuv asosida amalga oshirdim. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, siyosati madaniy jihatlarini o’rganib chiqishda davriy ketma-ketlikda ya’ni yillar bo’yicha taqsimlab o’rganib chiqdim. Bilamizki AQSH siyosat olib boruvchi davlatlar orisaidagi eng yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham siyosiy harakatlarini ham xronologik tarzda belgilab oldim.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ning ijtimoiy-siyosiy ahvoli.
XIX-asrning oxirida AQSH kapitalizmi imperializm bosqichiga o`tdi. Mamlakat ichida kapitalning kontsentratsiyalashuvi va bank kapitalining sanoat bilan qo`shilib ketishi davom etdi. AQSH trestlar hukmron bo`lgan klassik mamlakatga, monopolistik kapitalizm mamlakatiga aylanaverdi. Quyidagi raqamlar sanoatning o`sishini va kontsentratsiyalashishini ko`rsatib turibdi. Korxonalar soni 1899-1914 yillarda ko`payib, 208 mingtadan 275 mingtaga yetgan bo`lsa, shu korxonalarda ishlagan ishchilar soni qariyb ikki baravar ko`paydi. 4713 ming kishidan 7036 ming kishiga etdi. Sanoat korxonalariga band qilib qo`yilgan kapital qarib uch baravar ko`paydi. 8975 ming dollordan 22791 ming dollorga etdi. AQSH sanoat ishlab chiqarishi hajmi jihatidan Yevropa mamlakatlarini orqada qoldirib ketdi. 1909 yilgi ma`lumotlarga qaraganda sanoat mahsulotining qiymati 20 milliard dollordan oshiqroq bo`ldi. Bu esa, Buyuk Britaniya sanoat mahsulotining qimmatidan qariyb 2,5 baravar va Germaniya sanoat mahsulotining qimmatidan 2 baravar oshiq edi.1
Ayrim sanoat tarmoqlaridagi rivojlanishni Yevropa mamlakatlaridagi xuddi shunday sanoat tarmoqlari rivojlanishiga doir ma`lumotlar bilan taqqoslab qarasak, AQSH sanoatining o`sishini tag’in ham ravshanroq ko`ramiz. Chunonchi birinchi jahon urushi arafasida AQSHda ishlab chiqarilayotgan toshko`mirning, cho`yan va po`latning miqdori Angliya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning boshqa hal qiluvchi tarmoqlarida ham AQSH, Angliya, Fransiya va Germaniyadan o`zib ketib, birinchi o`rinni mustahkam egallab oldi.2
Bu davrda AQSH uchun xarakterli narsa shu bo`ldiki, kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvi qonunining amal qilishi natijasida yirik koorporatsiyalar va trestlar -g’alaba qildi. Million dollorlik va undan ham ko`proq mahsulot ishlab chiqarayotgan gigant korxonalar 1904-yildayoq jami korxonalarning 0,9% ga yetib qolgan edi.Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida trestlar tashkil etildi. Po`lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari qirollarining qudratli dinostiyalari vujudga keldi. 1901-yilda Morgan 1 milliard dollordan ko`proq kapitalga ega bo`lgan va "Qo`shma Shtatlarning po`lat koorporatsiyasi" deb atalgan katta trest tashkil qildi. Bu trest dastlabki paytlarda po`lat sanoatining beshdan uch qismini, po`lat eritish uchun ishlatilayotgan temir ruda qazib chiqarishning 60% ini, po`latning 66% ni va tayyor po`latning deyarli 50% ini o`z nazoratiga olgan edi.
Amerika kapitalizmi tez rivojlanganligi uchun ham imperializm davrida AQSHda kapitalizmning tekinxo`rligi va chirishi Shunday bir tarzda ifodalandiki, gigant trestlar o`zlari belgilagan narxlarni saqlab qolish uchun kurashib, ko`pincha yangi kashfiyotlar va ixtirolar qildilar. Amerika kapitalizmining tekinxo`rligi va chirishi, sanoat va qishloq xo`jaligining notekis rivojlanishida, sanoatning ayrim tarmoqlari va mamlakat ayrim rayonlarining notekis rivojlanishida, kapitalizmning doimiy yo`ldoshi bo`lgan krizislarning va ishlab chiqarish anarxiasining kuchayib ketishida, mustamlakalar va yarim mustamlakalardagi xalqlarni ezish kuchayib borayotganligida - mana shularning hammasida namoyon bo`laverdi.
XIX asrning oxirida Ispaniya - Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi. AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi - Filippin orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi bo`ldi. AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab kelmoqda edi. Bu orolning boyligi, unda bir qancha portlar borligi va orolning strategik mavqei AQSH davlat doiralarining e`tiborini jalb qilmasligi mumkin emas edi. Ispaniya bilan urush boshlashmasdan oldin Amerika kapitalistlari Kubadagi plantatsiyalarga konlar va temir yo`llarga 50 million dollarga yaqin mablag’ sarflab qo`ygan edilar. AQSH Kubadagi voqealarni juda sinchiklab kuzatib turdilar. Qo`zg’alonchilarga xayrixoh bo`lgan progressiv elementlar, AQSH Kubaning inqlobiy hukumatini tanidi va bu hukumatga ma`naviy hamda moliyaviy yordam beradi, deb umidvor bo`lgan edilar. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar.
Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. Xerst va Pulitser boshchiligidagi sotqin matbuotchilar movinistik propaganda avj oldirishga intilib, Kubadagi AQSH fuqarolari ko`p talofot bermoqda deb shovqin-suron ko`tardi. AQSH fuqarolaridan turmalarda va qamoq lagerlarida qamalib yotgan kishilarni munofiqlik bilan himoya qildi. AQSH hukumati ispanlarning Kubada qilayotgan zulm va vahshiyliklariga qarshi bir necha marta norozilik notalari yubordi. Hammasi bo`lib uch oy davom etgan urush Ispaniya monarxiyasining zaifligini va ichdan chiriganligini yaqqol ko`rsatdi. Ispaniya floti eskirgan kemalardan iborat bo`lib, yaxshi qurollanmagan va intizomsiz edi.Ispanlarning Kubadagi 200 ming kishilik armiyasi kuchsizlanib qolgan edi, Kuba partizanlarining qahramonlarcha ko`rsatayotgan qarshiligi bu armiyaning qo`lini band qilib qo`ygan edi. Shuning uchun ham Amerika qo`shinlari Santyagoga yaqinlashib kelganlarida ispanlar ularga qarshi faqat 12 ming askarni ro`para qila oldilar. Amerika davlati Manil ko`rfazida ispanlarning eskadrasini tor-mor keltirdi.3
Ispanlarning Santyago portidan qutulib chiqqan ikkinchi eskadrasini ham Amerika floti tor-mor qildi. 15-iyulda Amerika qo`shinlari Kuba qo`zg’olonchilarining aktiv yordami bilan Santyagoni ishg’ol qildilar. Ispaniya mag’lubiyatga uchradi va sulh tuzishga majbur bo`ldi. 1898 yil 10 dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq AQSH Filippin orollarini, Puerto-Riko va Guam orollarini oldi. AQSH Ispaniyaga Filippin uchun 20 million dollor pul berdi. Bundan tashqari, Ispaniya Kuba oroliga bo`lgan o`zining hamma da`volaridan voz kechdi. Qog’ozdagina mustaqillik olgan Kuba respublika bo`lib qoldi va AQSH protektorati ostiga o`tdi.4 Gavay orollari batamom anneksiya qilib olinganligi Ispaniya bilan bo`lgan urush natijalaridan biri bo`ldi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari "AQSH hududining bir qismi" tariqasida anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi. Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima berdi.
Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Mak-Kinli 6-sentyabrda Bufaloga borib panomerika vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga, ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga hukmron bo`lishini ham orzu qilardi. Davlat apparatining hamma bug’inlarida avj olib ketgan korrupsiya, poraxo`rlik va buzilish hamda monopoliyalarning zulmi mayda va o`rta burjuaziya saflarida norozilikni vujudga keltirdi.
"Axlat tozaluvchilar" deb nom berilgan bir guruh yozuvchilar va publitsistlar mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida avj olib ketgan korruptsiyani fosh qilib tashladi. Chunonchi, Ida Tarbell bir qancha maqolalar e`lon qilib, "standart oyl" trestining o`z raqiblarini yo`qotish, mamlakatning tabiiy boyliklarini bosib olish va sud organlarini sotib olish uchun qo`llanayotgan korrupsiya metodlarini fosh qilib tashladi. Progressiv siyosiy arboblarining bir guruhi burjua islohotlari o`tkazishi uchun agitatsiya olib bordi. Bu guruh markazdagi va joylardagi hukumat apparatini demokratlashtirishni, senatorlarni to`ppa-to`g’ri saylashni, xotinlar va bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishni cheklaydigan qonunlar qabul qilishni, temir yo`llarni, banklarni va moliyani davlat qo`liga o`tkazishni talab qildilar.
Teodor Ruzvelt o`zining ichki siyosatida mana shularning hammasini hisobga olmasligi mumkin emas edi. Monopoliyalarning zulmi natijasida vujudga kelayotgan qiyinchiliklardan ommaning e`tiborini chalg’itishga urinayotgan Ruzvelt trestlarning "yomon jihatlarini" cheklaydigan tadbirlar o`tkazishni taklif qildi. Trestlarga qarshi juda ko`p sud yig’ilishlari o`tkazildi. Trestlarning ba`zi rahbarlari sud javobgarligiga tortildi. Biroq, ana shunday har qancha "kurash" olib borilgan bo`lsa ham, natijada trestlar oz-moz shtraf to`lash bilan qutilib qolaverdilar. Trestlarning o`sishi davom etdi va ular mustahkamlanaverdi.
1904-yil oxirida T.Ruzvelt yana prezidentlikka saylandi. T.Ruzvelt o`zining bu saylanishini o`zi o`tkazayotgan siyosatning ma`qullanishi va bu siyosatni davom ettirishga rag’batlantirish deb bildi. Po`lat trestining boshlig’i Morgan Ruzvelt foydasiga o`tkazilgan saylov kompaniyasiga 150 ming dollar sarfladi. Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasi o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lib qoldi. Ayrim shaxslar pora berib sotib olayotgan hukumat ma`murlarining yordami bilan yerlarni va boshqa tabiiy boyliklarini yirtqichlarga ekspluatatsiya qilish natijasida mamlakatning tabiiy boyliklari juda ko`p miqdorda nobud bo`lmoqda edi. Progressiv elementlar bu masalaga hukumatning aralashuvini talab qildilar.5 T.Ruzvelt sotilmagan 150 million akr yerni, shuningdek Alyaskadagi va Shimoliy - g’arbdagi 85 million akr yerni daxlsiz davlat fondi deb e`lon qildi, shu yerlardagi mineral va suv resurslarini o`rganishni AQSH ning geologiya departamentiga topshirdi. Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish milliy komissiyasi tuzildi. 1908-yil oxirida Vilyam Govard Taft prezidentlikka saylandi.6
Korporatsiyalar ishi bilan shug’ullanuvchi katta yurist bo`lgan Taft Filippin komissiyasiga boshchilik qilgan edi, so`ngra esa orollar gubernatori bo`lib turgan vaqtda Filippin xalqining milliy ozodlik kurashini bostirgan edi. U Filippindagi mana shu "muvaffaqiyatlari" tufayli Ruzvelt hukumatida harbiy ministr bo`lib olgan edi. Taft Ruzveltning hamda Rokfeller boshchiligidagi yirik sanoatchilar va monopoliyachilarning yordami bilan prezidentlikka saylandi. Taft yirik trestlarning tipik advokati, nihoyat darajada konservator bo`lib, mamlakatdagi moliya oligarxiyasining talablarini hech so`zsiz bajarardi. Morgan tipidagi yirik magnatlar bilan o`zining aloqalarini niqoblashga mohir bo`lgan Ruzveltdan Taftning farqi shu ediki, Taft trestlar bilan o`zining munosabatlarini yashirishni lozim topmas edi. Ruzveltning demogogiyadan iborat harakatlari mayda burjua oppozitsiyasini trest kapitali bilan murosaga olib kelishga va ishchilar harakatining rivojlanishiga to`sqinlik qilishga qaratilgan edi. Ruzvelt respublikachilar partiyasidagi bir-biriga zid unsurlarni juda ustalik bilan murosaa qildirardi. O`zining oshkora reaksionligi bilan Ruzveltdan farq qilgan Taft burjua partiyasiga rahbarlik qilish uchun zarur bo`lgan qobiliyatlardan mahrum edi. 1912- yildan keyin Ruzvelt Taftga baho berib, "u yaxshi leytenant bo`lsa ham lekin, yomon kapitan edi" deganligi bejiz emas edi. Taft siyosatidan norozilik mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasida ayniqsa keskin namoyon bo`ldi. Ichki ishlar ministri Ballinjer yerlarni olib, davlat fondiga topshirish to`g’risidagi ba`zi buyruqlarni, bu buyruqlar go`yo yetarli ravishda rasmiylashtirilmagan degan vaj bilan bekor qildi. Oradan sal vaqt o`tmay o`rmonlar boshqarmasining boshlig’i Jifford Pinchot va ichki ishlar ministrligining xizmatchisi Glevis Ballinjerni davlatga qarashli yerlarni asosan Alyaska yerlarini Morgan Gugenxeym sindikatiga juda arzon narx bilan sotib yubordi, deb aybladilar. Taft Ballinjerni yoqlab chiqdi. Pinchon iste`fo berishga majbur bo`ldi.
Taft "trestlarni ta`kid etishdi" o`z o`tmishdoshiga taqlid qilib, yirik trestlarga qarshi sudda 45 ta ish qo`zg’atdi, bu trestlar orasida o`zi tashkil topgan kundan boshlab dastlabki 10 yil ichida hech kim daxl qilmagan AQSH po`lat tresti ham bor edi. Po`lat trestiga qarshi ish qo`zg’atilganligidan Ruzvelt norozi bo`lib, Taft mening kabinetim a`zosi bo`lib turgan vaqtida Po`lat trestining tashkil etilishiga qarshi e`tiroz bildirmagan edi, degan edi. Shuni aytib o`tish kerakki, Taft ma`muriyati tomonidan trestlarga qarshi sudda ishlar qo`zg’atilganligi oqibat natijada ularga, ya`ni trestlarga hech qanday zarar yetkazmadi. Trestlar sud instantsiyalarining yangi talablariga moslashib rivojlana va mustahkamlanaverdi.
Ispaniya - Amerika urushidan keyin AQSH ning yirik burjuaziyasi yangi bosib olingan hududlardagi o`z hukmronligini mustahkamlashni tashqi siyosatdagi eng muhim vazifa deb hisobladi. Yirik burjuaziya Kuba va Filippinda o`z hukmronligini o`rnatmoqchiligi uchun AQSH ning ispanlar ustidan g’alaba qozonishga yordam bergan milliy ozodlik harakatini tugatish zarur bo`lib qoldi.
1901-yilda Kuba Konstitutsiya qabul qildi. Lekin, bu konstitutsiya AQSH kongressini qanoatlantirmadi. Kuba "bir qator tuzatishlarni" qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi. AQSH Xitoyda "ochiq eshik" siyosatini e`lon qilganligi "Tinch mamlakatlari" bilan savdo-sotiq kuchayib ketganligi hamda Gavay va Filippin orollarini bosib olganligi sababli, ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish masalasi alohida ahmiyatga ega bo`lib qoldi.
XX asr boshlarida AQSH xukumati okeanlarni tutashtiradigan kanal qurishga e`tibor qaratdi. Kolumbiya xukumati kanal qurilishi to’g’risidagi AQSH taklifini rad etgach, 1903-yilning
4-noyabrida Panama mustaqilligi AQSHning ko’magida
e`lon qilinib, birinchi bo’lib AQSH tomonidan tan olindi.7 1903- yilning 18- noyabr` shartnomasiga ko’ra Panama ustidan AQSH protektorati o’rnatildi. T.Ruz-velt tomonidan «Katta tayoq» siyosati olib borilishi natijasida AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarining ichki va tashqi ishlariga ochiq aralashdi.8
AQSH ning hukumron doiralari kanal qurishni nazoratlari ostiga olishga qaror qildilar. Buning uchun Angliya bilan tuzilgan Kleyton Bulver shartnomasini bekor qilish kerak edi. 1901-yilda AQSH Angliyani yangi shartnoma tuzishga majbur qildi, shu shartnomaga muvofiq AQSH kanal qurish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqiga to`la-to`kis ega bo`lib qoldi. Panama kanalini qurayotgan va bankrotga uchragan fransuz aksionerlik jamiyatining hamma aktsiyalarini AQSH arzon-garovga sotib oldi. Shundan so`ng AQSH hukumati Kolumbiya bilan shartnoma tuzib, Panamada kanal qurish va bu kanaldan foydalanish huquqiga to`la ravishda ega bo`ldi.
Biroq Kolumbiya senati bu shartnomani bir ovozdan rad qildi. Shundan so`ng 1903-yil 3-noyabrda AQSH Kolumbiyaga qarshi Panamada isyon tashkil qildi va isyonchilarga yordam berish uchun (bostirish uchun) Panama sohiliga kreyser yubordi. Amerika kreyseri isyonchilarni bostirish uchun yuborilgan Kolumbiya qo`shinlarining yo`lini to`sib qo`ydi. Panama "mustaqil" respublika deb e`lon qilindi. AQSH darhol Panama respublikasining "mustaqilligini" tan oldi, Panama hukumati AQSH bilan shartnoma tuzib, kanal qurish temir yo`llar qurish va kanal bo`yida istehkomlar bino qilish huquqini batamom AQSH ga topshirdi. Buning evaziga 250 ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.
AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. AQSH va Angliya Yaponiyaga pul berib, urush olib borish uchun zarur bo`lgan narsalarning hammasi bilan uni ta`minlab turdilar. Rossiya bilan Yaponiya o`rtasida Teodor Ruzveltning vositachiligida Portsmut sulh: shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga muvofiq, Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronlik qilishini tan olishga, Sharqiy Xitoy temir yo`lining janubiy tarmog’ini Yaponiyaga berishga, Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirishga hamda Lyaodun yarim orolini va undagi Port-Arturni ijaraga olish huquqini Yaponiyaga topshirishga majbur bo`ldi.
AQSH urushdan keyin Manjuriyada ta`sir doirasini Yaponiya bilan bo`lishib olishga umid qilgan edi. Biroq Yaponiya o`zi qo`liga kiritgan o`ljalarni AQSH bilan qurishga sira ham istamas edi. Yaponiya janubiy Manjuriyada o`rnatgan rejim Angliya va Amerika kapitalistlarining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo`ydi. "Erkin" yurtlar haqiqatda yopiq bo`lib qoldi. Yapon tovarlari uchun belgilangan imtiyozli tariflar boshqa mamlakatlarning tovarlariga yo`lni bekitib qo`ydi. Yaponiya bilan Amerika o`rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan bo`lsa ham, ammo AQSH Yapon imperalistlarini rag’batlantirish va ulardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish siyosatidan voz kechmadi. 1910yilda Yaponiya AQSH ning yordami bilan Koreyani bosib oldi va bu mamlakatda juda qattiq, mustamlakachilik tartibini o`rnatdi.
AQSH Koreyada Yaponiyaga keng imkoniyatlar berib qo`yib, keyin Koreyada va Xitoyda o`zining ekspansiya rejalarini amalga oshirmoq uchun o`zining iqtisodiy quvvatidan foydalanishga umid qildi. AQSH Monjuriyada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Markaziy Xitoyda o`zining iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga intildi. Angliya, Fransiya va Germaniya Xitoyga qarz berish to`g’risida va temir yo`llar qurish uchun birgalikda konsessiya olish to`g’risida 1909-yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSH Xitoyga beriladigan bu qarzda Amerika banklarini qatnashtirishni talab qildi. AQSH ning diplomatik tazyiqi natijasida Yevropa davlatlari bu ishda Amerika banklarining ishtirok qilishiga rozilik berdilar.9
1911-yil 20-mayda imzolagan bitimga muvofiq, Xitoyni ekspluatatsiya qilmoq uchun to`rt davlat banklarining konsortsiumi tashkil qilindi. 1912- yildagi prezident saylovlari sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o`tdi. Monopolistik kapital zulmidan norozilik kuchayib ketdi. Respublikachilar partiyasida ham, demokratik partiyada ham o`zini "progressiv" deb atagan oppozitsiya paydo bo`ldi. Ishchilar sinfining iqtisodiy va siyosiy kurashi g’oyat keskinlashdi. Sinfiy kurash keskinlashgan mana shunday sharoitda burjua arboblarining bir qismi demokratik islohotlar o`tkazishni va`da qilib, mehnatkashlar ommasini mustaqil siyosiy harakatlar yo`liga tushishdan qaytarishga qaror qildi. Burjua arboblarining bu qismi hatto respublikachilar partiyasi safini buzishdan ham qaytmay, bu partiyaning so`l elementlaridan "progressiv partiya" tashkil qildi. Ruzvelt islohotlarning keng dasturini ko`tarib chiqdi. U demagoglik qilib o`zini "yirtqich boyga qarshi kurashuvchi" kishi deb atadi.
Ruzvelt islohotlarining keng dasturini ko`tarib chiqdi.Respublikachilar partiyasi prezidentlikka yana Taft nomzodini ko`rsatdi. Demokratik partiya Prinston universitetining ko`p yillardan beri rektori bo`lib ishlab kelgan tarix va huquq professori Vudro Vilsonni prezidentlikka nomzod qilib ko`rsatdi. Demokratik partiyada Vilson "progressiv" kishi deb hisoblanardi. 1910-yilda u Nyu-Jersi shtatining gubernatorligiga saylangan, bu shtatda ba`zi islohotlarni o`tkazgan edi. Morgan boshchiligidagi yirik magnatlar Vilson nomzodini quvvatlab chiqdilar. Prezident Vilson o`zining shiorlari, mohirona demagogiyasi va bir qancha burjua islohotlari o`tkazish bilan moliya oligarxiyasining rejalarini ustalik bilan niqobladi. 1914- yilda kongress Kleytonning trestlarga qarshi qonunini qabul qildi.
Yangi qonun Sherman qonunining asosiy moddalarini shu bilan birga "kasaba uyushma moddalarini o`z kuchida qoldirib, shu bilan birga fermerlarning tashkilotlari erkin savdoni cheklashga qaratilgan bitim deb hisoblanmasligi lozim" deb maxsus pisanda qilib qo`ydi. Ayrim islohotlar o`tkazish siyosati Vilsonning ish tashlagan ishchilardan juda shafqatsizlik bilan o`ch olishga xalaqit bermadi. 1913-yil kuzida Koloradoda katta ish tashlash boshlanib ketdi. Kolorado konchilari yarim qul holida yashar va ishlar edilar. Rokfeller boshchiligidagi Kolorado kompaniyasi uy-joylarga, cherkovlarga, maktablar va magazinlarga, hech bir nazoratsiz xo`jayinlik qilardi. Eng yomon kulbalardan iborat bo`lgan ishchi posyolkalarda eng oddiy sanitariya sharoiti ham yo`q. Konchilar mana shu chidab bo`lmaydigan o`zboshimchalik sistemasiga qarshi chiqdilar. Ular kasaba soyuz tashkil etish huquqini tan olishni 8 soatlik ish kuni joriy etishni, ish xaqini 10% oshirishni, ish soatidan ortiq ishlangan ishga haq to`lashni va shu kabilarni talab qilib ish tashlash e`lon qildilar.
O`zlarining uy-joylarini tashlab, lager qurib yashashga majbur bo`lgan 19 ming konchiga va ularning oilalariga qarshi kurashmoq uchun qo`shinlar shtat politsiyalari hamda miltiqlar va pulemyotlar bilan qurollangan gangstyerlar va ig’vogarlarning maxsus shaykalari yuborildi. Ular ish tashlovchilarning lagyerlarini o`qqa tutaverdilar, o`t qo`yib yondiraverdilar. Natijada ishchilardan ko`p kishi tutundan bo`g’ilib o`ldi va tiriklayin yonib ketdi. Terror, ochlik kuchayganligi va o`nlab kishilar o`ldirilganligiga qaramay, konchilar bir yarim yil qahramonlarcha kurashdilar.
Aholining progressiv tabaqalari orasida g’azablanish kuchayib ketdi va xalqning tazyig’i ostida prezident Vilson bu mojaroga aralashishga majbur bo`ldi. Lekin uning xo`jayinlar foydasini ko`zlab qilgan takliflari ish tashlovchilarni qanoatlantirmadi, ular to`la g’alaba qozonguncha kurashishga qaror qildilar. Kurashaverib tinkasi qurigan ishchilar, kompaniya zo`rlab taklif qilgan shartlarga rozi bo`lib ishga qaytishga majbur bo`ldilar. Vilson o`tkazgan chora va tadbirlarning hammasi jumladan islohotlar o`tkazilganligi va ishchilar sinfining harakati zo`rlik bilan bostirilganligi AQSH moliya oligarxiyasining iqtisodiy va siyosiy quvvatini yanada kuchaytirishga yordam berdi.10
Ushbu davr ko'plab islohotlarga olib keldi, shu jumladan federal daromad solig'i, senatorlarni to'g'ridan-to'g'ri saylash, taqiqva ayollarning saylov huquqi. Dastlab neytral Birinchi jahon urushi, AQSH Germaniyaga urush e'lon qildi 1917 yilda va moliyalashtirildi Ittifoqdosh keyingi yilgi g'alaba. Ayollar buni qo'lga kiritdilar ovoz berish huquqi 1920 yilda, tub amerikaliklar 1924 yilda fuqarolik va ovoz berish huquqini olishlari bilan. Keyinchalik obod o'n yil 1920-yillarda, 1929 yildagi Wall Street halokati butun dunyo bo'ylab o'n yillik boshlanishini belgiladi Katta depressiya. Demokratik Prezident Franklin D. Ruzvelt ning respublika hukmronligini tugatdi oq uy va uni amalga oshirdi Yangi bitim dasturlar, shu jumladan ishsizlarga yordam berish, fermerlarni qo'llab-quvvatlash, Ijtimoiy Havfsizlik va a eng kam ish haqi. Yangi shartnoma aniqlandi zamonaviy Amerika liberalizmi. Keyin Yaponlarning Perl-Harborga hujumi 1941 yilda Qo'shma Shtatlar kirdi Ikkinchi jahon urushi va moliyalashtirdi Ittifoqdosh urush harakati va mag'lubiyatga yordam berdi Natsistlar Germaniyasi va Fashistik Italiya ichida Evropa teatri. Uning ishtiroki yangi ixtiro qilingan narsalardan foydalanish bilan yakunlandi Yaponiyaning ikkita shahrida yadro quroli mag'lub qilmoq Imperial Yaponiya ichida Tinch okeani teatri.
Amerika Qo'shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi da raqib super kuchlar sifatida paydo bo'ldi Ikkinchi jahon urushidan keyingi natijalar. Davomida Sovuq urush, ikki mamlakat bir-biriga bilvosita qarshi bo'lgan qurollanish poygasi, Kosmik poyga, kommunistik ekspansiyaga qarshi tashviqot kampaniyalari va mahalliy urushlar, xususan Koreya urushi va Vetnam urushi. Qo'shma Shtatlarning maqsadi bu tarqalishni to'xtatish edi.
1897- yildan 1913-yilgacha AQSh tashqi siyosatining tarixi Uilyam MakKinli, Teodor Ruzvelt prezidentligi va Uilyam Xovard Taft prezidentligi davridagi AQSh tashqi siyosatiga tegishli. Bu davr 1861-1897 yillardagi AQSh tashqi siyosati tarixidan keyin va 1897 yilda MakKinli inauguratsiyasi bilan boshlandi. U 1913-yilda Vudro Vilson va 1914-yildagi Birinchi jahon urushining boshlanishi bilan yakunlanadi, bu AQSh tashqi siyosatida yangi davrning boshlanishini belgiladi. Davrda Qo'shma Shtatlar G'arbiy yarim shardagi an'anaviy tashvish zonasidan tashqarida ham faol bo'lgan buyuk kuch sifatida paydo bo'ldi. Asosiy voqealar qatoriga Ispaniya-Amerika urushi, Gavayining doimiy anneksiya qilinishi, Filippinning vaqtincha anneksiya qilinishi, Puerto-Rikoning anneksiya qilinishi, Lotin Amerikasi ustidan nazorat boʻyicha Ruzvelt xulosasi, Panama kanalining qurilishi va Buyuk Oqning sayohati kiradi. Dunyoga kuchli qayta qurilgan AQSh dengiz flotini ko'rsatgan.Kubaning Ispaniyaga qarshi mustaqillik urushi 1895 yilda boshlandi va ko'plab amerikaliklar Ispaniyaning shafqatsizligidan g'azablanib, Vashingtondan uni to'xtatish uchun harakat qilishni talab qildilar. Ishbilarmonlar hamjamiyati va GOP yetakchilari bunga qarshilik ko'rsatishdi. USS Meyn tinchlik missiyasini bajarayotganda Gavana bandargohida portlab, cho'kib ketganda, bu masala birinchi o'ringa chiqdi. MakKinli Ispaniyadan Kuba nazoratini yumshatishni talab qildi, Madrid esa rad etdi. MakKinli masalani Kongressga topshirdi, u 1898 yil aprel oyida zudlik bilan urush e'lon qildi. Amerika Qo'shma Shtatlari Ispaniya-Amerika urushida Ispaniyani tezda mag'lub etib, Ispaniyaning Kuba, Puerto-Riko va Filippin egaliklarini o'z nazoratiga oldi. Urushdan keyin Kuba de-fakto AQSh protektoratiga aylandi va AQSh Filippin qo'zg'olonini bostirdi. Senatdagi Demokratik muxolifat tufayli MakKinli Gavayini qo'shib olish to'g'risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish uchun 2/3 ko'pchilik ovozni topa olmadi, shuning uchun u 1898- yilda Nyulend rezolyutsiyasida ko'pchilik ovoz bilan xuddi shunday natijaga erishdi.11 Natijada Tinch okeanida asosiy strategik baza paydo bo'ldi. Shunday qilib, MakKinli ma'muriyati Amerika tarixida birinchi xorij imperiyasini yaratdi. Siyosatshunoslik alohida akademik intizomga aylanganidan beri eng muhim o'zgarishlar Qo'shma Shtatlarda sodir bo'ldi. Siyosat uzoq vaqtdan beri Amerika universitetlarida o'rganilgan, lekin odatda huquq, falsafa yoki iqtisod o'quv dasturlarining bir qismi sifatida. Siyosatshunoslik AQSH universitetlarida alohida fan sifatida 1880-yildan boshlangan, Jon V. Burgess Parijdagi Libre universitetida oʻqiganidan soʻng, 1880-yilda siyosiy fanlar maktabini tashkil qilgan.Nyu-York shahridagi Kolumbiya universiteti . Garchi siyosatshunoslik fakultetlari 1900 yildan keyin notekis oʻsgan boʻlsa-da, 1920-yillarga kelib koʻpgina yirik institutlarda siyosatshunoslik, hukumat yoki siyosat degan turlicha nom olgan yangi kafedralar tashkil etildi.
19-asrning so'nggi choragida Qo'shma Shtatlardagi siyosatshunoslikka Germaniya universitetlarida aspiranturada ishlagan ko'plab olimlarning tajribasi ta'sir ko'rsatdi, bu erda fan Staatswissenschaft ("davlat fani") buyrug'i bilan o'qitildi . tushunchalar, ta'riflar, taqqoslashlar va xulosalarning tuzilgan va analitik tashkil etilishi . Konstitutsiyalarga yo'naltirilgan bu juda rasmiy va institutsional yondashuv Ikkinchi Jahon urushigacha Amerika siyosatshunosligida hukmronlik qildi. Amerikalik siyosatshunoslarning ishi tarix, axloq falsafasi va siyosiy iqtisoddan ajralib turadigan avtonom intizomni o'rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarni aks ettirdi.. Yangi olimlar orasida1912-yilda AQSh prezidenti etib saylanadigan Vudro Vilson (1856-1924) va Frank Gudnou , Kolumbiya universitetining ma'muriy huquq professori va keyinchalik Jons Xopkins universiteti prezidenti bo'lib, u munitsipal boshqaruvni birinchilardan bo'lib o'rgangan. Ularning yozuvlari evolyutsiya nazariyasi kabi yangi intellektual oqimlardan xabardorligini ko'rsatdi . Charlz Darvin (1809–82) asarlaridan ilhomlangan Uilson va boshqalar Amerika siyosatshunosligini statik institutlarni oʻrganishdan ijtimoiy faktlarni oʻrganishga, aniqrogʻi pozitivistik kayfiyatga, analitik anʼanaga kamroq oʻzgartirishga olib keldilar. realizmga ko'proq yo'naltirilgan. Artur F. Bentli1908 yilda nashr etilgan paytda kam e'tiborga olingan " Hukumat jarayoni" 1930 yildan 1950 yilgacha siyosatshunoslikning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bentley kuzatilishi mumkin bo'lgan faktlar foydasiga statistik abstraktsiyalarni rad etdi va guruhlarni va ularning o'zaro ta'sirini siyosiy hayotning asosi sifatida aniqladi. Uning ta'kidlashicha, guruh faoliyati qonunchilikni, boshqaruvni va qarorni belgilaydi. Xulq-atvor va jarayonni ta'kidlab, Bentley keyinchalik siyosatshunoslikning markaziga aylangan mavzularni yangradi. Xususan, uning "barcha ijtimoiy harakatlar guruhlarning o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi" degan ta'kidlanishi zamonaviy plyuralistik va manfaatli guruhlar yondashuvlarining belgilovchi xususiyatidir.
Bentleyning siyosatni ob'ektiv, qiymatsiz tahlilini ishlab chiqishga bo'lgan sa'y-harakatlari dastlabki natija bermagan bo'lsa-da, bu maqsad sari boshqa harakatlar darhol muvaffaqiyat qozondi. Asosiy turtki Chikago universitetidan keldi , u erda universitet nomi bilan mashhur bo'ldi. Chikago maktabi 1920-yillarning oʻrtalarida va undan keyin rivojlandi. Bu harakatning yetakchi vakili Charlz E. Merriam, kimning“Siyosatning yangi aspektlari” (1925) siyosiy tahlilda uslubni qayta qurish tarafdori bo‘lib, empirik kuzatish va o‘lchashda statistik ma’lumotlardan ko‘proq foydalanishni talab qildi va “aqlli ijtimoiy nazorat” – eski Komtin tushunchasini eslatuvchi tushunchani ilgari surdi.pozitivizm - siyosat, tibbiyot , psixiatriya va psixologiyaning birlashgan manfaatlaridan kelib chiqishi mumkin . Chunki Merriamning ushbu bosqichdagi asosiy siyosiy ma'lumotlari "munosabat ”, u siyosatni yaxshiroq tushunish uchun asosan psixologiya tushunchalariga tayangan. Chikago maktabining muhim empirik ishi Merriam va ediGarold F. Gosnelning “Ovoz bermaslik, nazorat qilish sabablari va usullari” (1924) asari tanlov usullari va so‘rov ma’lumotlaridan foydalangan va Ikkinchi jahon urushidan keyin siyosatshunoslikda hukmron bo‘lgan tadqiqot turini tasvirlaydi. Merriamning yondashuvi mutlaqo yangi emas edi; 1908-yilda ingliz siyosatshunosi Graham Uollas (1858-1932) bahslashdi. Siyosatdagi inson tabiati yangi siyosatshunoslik psixologik elementlarning (inson tabiati), shu jumladan noratsional va ongsiz xulosalar miqdorini aniqlashga yordam berishi kerak, xuddi shunday nuqtai nazar“Jamoatchilik fikri” (1922) amerikalik jurnalist va siyosatshunosValter Lippmann (1889-1974).12
Chikago guruhining a'zosi Garold Lassvell (1902-78) Yel universitetiga psixologik yondashuvni olib bordi va u erda boshqaruvchi ta'sir ko'rsatdi. UningPsixopatologiya va siyosat (1930) va"Quvvat va shaxsiyat" (1948) Freyd psixologiyasining toifalarini kuch haqidagi fikrlar bilan birlashtirdi. Ko'pgina siyosatshunoslar siyosatni tahlil qilish uchun Freyd psixologiyasidan foydalanishga harakat qilishdi, ammo hech kim uni siyosatshunoslikning mustahkam asosi sifatida o'rnatishga muvaffaq bo'lmadi, chunki u sub'ektiv tushunchalarga juda bog'liq edi va ko'pincha empirik tarzda tekshirib bo'lmaydi. Masalan, Lassvell siyosatchilarni hokimiyatga haddan tashqari muhtoj bo'lgan muvozanatsiz odamlar sifatida ko'rgan, "oddiy" odamlar esa siyosiy lavozimga majburlashmagan. Garchi intuitiv jihatdan tushunarli bo'lsa-da, bu tushunchani ilmiy jihatdan isbotlash qiyin, agar imkonsiz bo'lsa ham.
Merriamning "Siyosiy hokimiyat" (1934) va Lassvellning klassik " Siyosat: kim nimani oladi, qachon, qanday oladi" (1936) nomlari siyosatning asosiy ta'rifini ifodalagan - bu hodisaga markaziy o'rinni egalladi.siyosatni empirik o'rganishda kuch . Merriam hokimiyat qanday paydo bo'lishi, qanday qilib "hokimiyat" ga aylanishi (u kuch bilan tenglashdi), hokimiyat egalarining texnikasi, hokimiyatga ega bo'lganlarning himoyasi va hokimiyatning tarqalishini muhokama qildi . Lassvell "ta'sir va ta'sirli" ga e'tibor qaratdi va siyosatning keyingi "elita" nazariyalari uchun asos yaratdi. Chikago maktabining turli a'zolari go'yoki qadriyatlardan xoli fan sifatida siyosatshunoslikni rivojlantirishga intilishgan bo'lsa-da, uning ikkita asosiy ustunligi bor edi: u demokratik qadriyatlarni qabul qildi va demokratik tizimlar faoliyatini yaxshilashga harakat qildi. Kuchli yondashuvlar, ayniqsa, Ikkinchi Jahon Urushidan keyin rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar sohasida markaziy o'rinni egalladi . Hans Morgentau(1904–80) Germaniyalik qochqin va jahon siyosati tahlilchisi “ Xalqlar oʻrtasidagi siyosat” (1948) asarida “barcha siyosat hokimiyat uchun kurashdir” deb qisqacha taʼkidlagan. 1920-30-yillarda Yevropa va Osiyoda vujudga kelgan totalitar diktatura va Ikkinchi jahon urushining boshlanishi siyosatshunoslikni, xususan, AQShda institutlar, qonunlar va tartib-qoidalarga e’tibor qaratishdan uzoqlashtirdi. Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyaning Veymar Respublikasining konstitutsiyasi ajoyib namuna bo'lgan, ammo amalda u muvaffaqiyatsizlikka uchragan, chunki o'sha paytda juda kam nemislar demokratiya tarafdori bo'lgan. Xuddi shunday, Sovet Ittifoqining 1936 yilgi konstitutsiyasi demokratik ko'rinishga ega bo'lib ko'rindi, lekin aslida Iosif Stalinning shafqatsiz diktaturasini niqoblashga urinish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |