2 – topshiriq: Mustaqil o’rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
Xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyat – bu ...
A) quldorlik jamiyati B) feodal jamiyat
C) kapitalistik jamiyat D) totalitar jamiyat
Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi davrlarda amalga oshirilgan?
A) XV asr oxiri B) XVII asr oʻrtalari
C) XVI asr boshlari D) XV asr oxiri – XVII asr oʻrtalari
Quyidagi qaysi atama arabchadan “dengiz hukmdori” degan ma’noni anglatadi? A) armada B) admiral C) reformatsiya D) astrolyabiya
Shimoliy Amerikadagi birinchi ingliz mustamlakasi – bu ...
A) Luiziana B) Virginiya C) Jorjiya D) Kaliforniya
XVI-XVII asrlarda Gʻarbiy Yevropada aholining katta qismini ... tashkil etgan. A) savdogarlar B) dehqonlar C) ishchilar D) hunarmandlar
Negosiant – bu ...
A) biror bir ixtironing davlat tomonidan e’tirof etilgani va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat
B) savdo yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat
C) ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi savdogar
D) savdo sohasida tanho hukmronlik qiluvchi tashkilot
“Patent” soʻzining lugʻaviy ma’nosi qaysi javobda toʻgʻi koʻrsatilgan?
A) shaharliklar
B) taqsimlanadigan narsa
C) ochiq, aniq, ravshan
D) zabt etish, bosib olish
XVI asrda Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch tarixiy hodisadan biri quyidagi qaysi javobda berilmagan?
A) reformatsiya
B) mutlaq monarxiyaning kuchayishi
C) dengizda Angliya hukmronligining oʻrnatilishi
D) fuqarolar urushi
Angliyada reformatsiya qaysi hukmdor davriga toʻgʻri keladi?
A) Genrix VIII
B) Mariya
C) Yelizaveta I
D) Yakov VI Styuart
Yelizaveta I vafotidan soʻng Angliyaga taxtiga oʻtkazilgan Yakov VI Styuart qaysi mamlakat hukmdori hisoblangan?
A) Irlandiya B) Shotlandiya C) Uels D) Daniya
XVI asrda quyidagi qaysi mamlakatda qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etgan?
A) Fransiya B) Angliya C) Ispaniya D) Portugaliya
“Davlat – bu men!” iborasi qaysi Fransiya qiroliga tegishli edi?
A) Lyudovik XI B) Lyudovik XIII C) Lyudovik XIV D) Karl IX
Diniy urush davrida fransuz gugenotlariga kim yetakchilik qilgan?
A) Genrix Burbon
B) gersog F.Giz
C) gersog Alba
D) Vilgelm Oranskiy
Podsho Ivan IV davrida dvoryanlardan necha nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berilgan?
A) 400
B) 800
C) 1000
D) 1200
Rossiyada oprichnina qaysi hukmdor davrida bekor qilingan?
A) Ivan III
B) Vasiliy III
C) Ivan IV
D) Boris Godunov
XVII asr boshlarida Rusda polyak bosqinchilariga qarshi xalq lashkariga kim boshchilik qilgan? 1. B. Godunov; 2. Kuzma Minin; 3. Dmitriy Pojarskiy; 4. Aleksandr Nevskiy; 5. Dmitriy Donskoy.
A) 1, 2, 3
B) 4, 5
C) 1, 3, 5
D) 2, 3
Hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hamda Fransiyaning bir qismida tashkil topgan davlat XVI asrda qanday atalgan?
A) Buyuk Shimoliy davlat
B) Niderlandiya
C) Benilyuks
D) Skandinaviya
Gʻarbiy Yevropada Uygʻonish davri qanday atama bilan nomlanadi?
A) reformatsiya
B) renessans
C) restavratsiya
D) repressiya
Kapitalistik jamiyat rivojining ilk bosqichida qaysi davlat koʻmir qazib chiqarish markaziga aylangan?
A) Angliya
B) Fransiya
C) Germaniya
D) Xitoy
“Birja” soʻzining ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) kelishmovchilik
B) hamyon
C) roʻyxatga olaman
C) taqiqlayman
“Senzura” atamasining lugʻaviy ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) taqiqlayman
B) yagona, yakka
C) roʻyxatga olaman
D) hamyon
... xudoga emas, qirolga xizmat qilayotgan cherkovga qarshi boʻlganlar va qirol parlament bilan hisoblashishi lozim deb hisoblaganlar.
A) torilar
B) vigilar
C) puritanlar
D) fabianistlar
Angliya qachon Respublika deb e’lon qilingan?
A) 1649-yil 19-may
B) 1645-yil 14-iyun
C) 1640-yil 3-noyabr
D) 1600-yil 17-fevral
“Ingliz ozodligining asrovchisi” – bu ...
A) bir palatali parlament
B) Oliver Kromvel
C) Yelizaveta I
D) Angliya qiroli
Irlandiya qachon Angliya tomonidan bosib olingan?
A) 1646-yil
B) 1649-yil
C) 1653-yil
D) 1654-yil
Nechanchi yilda O.Kromvel hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning lord-protektori” deb e’lon qilingan? A) 1649-yil
B) 1653-yil
C) 1654-yil
D) 1658-yil
Kromvelning eng katta xizmati nimadan iborat edi?
A) Shotlandiya va Irlandiyaning egallanishi
B) vijdon erkinligining e’lon qilinishi
C) Gollandiyaning magʻlubiyatga uchratilishi
D) Ispaniyaning magʻlubiyatga uchratilishi
Nechanchi yilda Angliya dengiz savdosidagi asosiy raqibi – Gollandiyani magʻlubiyatga uchratishga erishgan?
A) 1653-yil
B) 1654-yil
C) 1658-yil
D) 1660-yil
“Deklaratsiya” atamasining lugʻaviy ma’nosi – bu ...
A) roʻyxatga olaman
B) taqiqlayman
C) e’lon qilaman
D) hamyon
30. AQSH qaysi davlat bilan «Doʻstlik va Tijorat bitimi», keyinroq esa «Ittifoq shartnomasi» ham imzolagan?
A) Yaponiya
B) Rossiya
C) Fransiya
D) Meksika