Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida



Download 15,55 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi15,55 Kb.
#644161
Bog'liq
murojaat


Adliya vazirligi tomonidan Sizning soliq imtiyozini qoʻllash masalasida yoʻllagan murojaatingiz koʻrib chiqildi.
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan Jismoniy va yuridik shaxslarning so‘roviga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibini tushuntirishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ–2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq vazirlik budjet, soliq va bojxona-tarif sohalarida vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Nizomning 9-bandida Moliya vazirligi manfaatdor shaxslarning so‘rovlari bo‘yicha soliq qonunchiligi bilan bog‘liq masalalarni qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishi koʻrsatilgan.
Shunga koʻra, murojaatingizda koʻtarilgan masalalar yuzasidan Moliya vazirligining fikrini olishingiz maqsadga muvofiqligi tushuntiriladi.
Axborot tariqasida ma’lum qilinadiki, Soliq kodeksining 378-moddasi 15-bandiga binoan soliq to‘lovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash (hayot sug‘urtasi sohasining barcha toifalarida) bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
sug‘urta badallari o‘sib bormaydigan tartibda to‘langanda va bir yo‘la to‘lanadigan sug‘urta summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan so‘ng olinganda. Sug‘urtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasida ko‘rsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, sug‘urta summasi ushbu ko‘rsatilgan shartlarga amal qilmagan xolda to‘lanishi mumkin;
shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanish sanasidan kamida 12 oydan so‘ng renta (annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) to‘lash sanasida shartnoma bo‘yicha haqiqatda jamlangan mablag‘lar (zaxira) summasi ko‘rsatib o‘tilgan rentaning (annuitetning) to‘rt baravaridan kam bo‘lmaganda;
renta (annuitet) to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan boshlanganda, bunda dastlabki rentani (annuitetni) to‘lash boshlanadigan vaqtda haqiqatda to‘langan sug‘urta badallari summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining yillik miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) to‘lash sanasiga haqiqatda jamlangan mablag‘lar (zaxira) summasi ko‘rsatib o‘tilgan rentaning (annuitetning) to‘rt baravaridan kam bo‘lmaganda.
Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sug‘urtachi sug‘urta badalini to‘liq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sug‘urta badali sug‘urtachi tomonidan soliqqa tortiladi.
Download 15,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish