1
JAHON TARIXI
(1918-1945 yillar)
4.1-mavzu:
SSSR 1918-1945 YILLARDA.
Reja:
1. Rossiya 1917 yil to‘ntarishidan keyingi xalqaro intervensiya va fuqarolar urush yillarida.
2. Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilish va mustabid Sovet tuzumining ichki
siyosati.
3. Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati.
Rossiya 1917 yil to‘ntarishidan keyingi xalqaro intervensiya va fuqarolar urushi
yillarida
1917 yilning fevral oyi oxirida Rossiyada ro‘y bergan inqilob Romanovlar sulolasining 304
yillik hukmronligiga barham berdi. 1917 yil 2 martda podsho Nikolay 11 o‘z ukasi Mixail
foydasiga taxtdan voz kechdi. Ammo hokimiyatning podsholik shakliga qarshi noroziliklar tufayli
Mixail Romanov bu taklifni qabul qilmadi. Faqatgina Ta’sis majlisi roziligi bilan taxtga vorislik
qilishi mumkinligini bildirdi.
Mamlakatda amalda ikki hokimiyatchilik qaror topdi. Hokimiyat burjua partiyalari
vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat bilan ishchi va askar deputatlari organi bo‘lgan Sovetlar
o‘rtasida taqsimlangan edi. Ikki hokimiyatchilik-ikki diktaturaning yakka hukmronlik uchun
kurashi davri 1917 yilning 1 martidan 2 iyuligacha davom etdi. Muvaqqat hukumat parlamentar
monarxiyani e’lon qilish tarafdori edi. Ishchi va askar deputatlari proletariat va dehqonlarning
inqilobiy-demokratik diktaturasiga tayanib, respublika o‘rnatish uchun kurash olib borardilar. 1917
yil 4 iyulda Petrogradda ishchilar namoyishining o‘qqa tutilishi bilan ikki hokimiyatchilik barham
topdi va Muvaqqat hukumat hokimiyati o‘rnatildi.
Muvaqqat hukumat asosan o‘rta va yirik burjuaziya manfaatlari ifodachisi bo‘lgan
konstitutsiyaviy demokratlar (kadetlar) partiyasi a’zolaridan tuzilgan edi. Sovetlar sotsialist-
inqilobchilar (eserlar) va Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) tomonidan tashkil
etilgan bo‘lib, o‘sha davrda rahbarlik mensheviklar qo‘lida edi. 1917 yilning fevralida bolsheviklar
RSDRP ichida kichik bir guruhni tashkil etardi. Rossiya bolsheviklari dohiysi V.Lenin
Shveytsariyada muhojirlikda yashar, Rossiyadagi inqilobiy voqealar xususida ham gazetalar orqali
xabar topgan edi. Germaniya hukumati uni o‘z mamlakatiga Finlyandiya orqali Petrogradga
jo‘natishga rozilik berdi.
1917 yilning 3 aprel kuni kechqurun V.Lenin Petrogradga yetib keldi. Rossiyaga kelgan
zahoti u mavjud tuzumni «sotsialistik inqilob» yo‘li bilan ag‘darish dasturini ilgari surdi. Lenin
tomonidan qo‘yilgan vazifa inqilob yo‘li bilan yangi hokimiyat o‘rnatish va bu hokimiyat vositasida
cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lgan proletariat diktaturasini qaror toptirish edi. Amalda u
bolsheviklar partiyasining mutlaq hukmronligini o‘rnatishni, iqtisodiyotda esa barcha korxonalar,
zavod va fabrikalarni davlat ixtiyoriga o‘tkazish, shuningdek, yerlarni mulkdorlardan olib,
dehqonlarga bo‘lib berishni nazarda tutar edi.
Davlat hokimiyatining Lenin tomonidan ilgari surilgan proletariat diktaturasi shakli totalitar
hokimiyatning yorqin namunasi edi. Lenin shunday deb yozgandi: «Proletariat diktaturasi qonunga
emas, ko‘pchilikning zohiriy irodasiga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlikka tayanadi.
Zo‘ravonlik- hokimiyatning qurolidir». Lenin shunday derdi: «Inqilobda eng asosiysi - hokimiyat, u
qo‘lga kiritilgach. hech qanday qonunning va ko‘pchilik irodasining hojati yo‘q».
Muvaqqat hukumat qiyofasidagi boshqaruvning respublikachi - demokratik shakli hokimiyat
tepasida uzoq tura olmadi. Yangi hukumat paytida tuzilgan maxsus nazorat muassasalari faoliyati
yirik banklar va korxonalar zimdan qarshiligi tufayli to‘xtab qoldi.
Muvaqqat hukumat vazirlari urushni g‘alabagacha davom ettirish, ittifoqchilar oldidagi
majburiyatlarni bajarish haqida ko‘proq gapirar edilar. Yirik banklar va korxonalar egalaridan iborat
2
hukumat o‘zining cheklanmagan hokimiyatiga xavf tug‘ilishini istamasdi. Chunki bu urush tufayli
ular qurol-yarog‘ sotish va pulning qadrsizlanishidan katta foyda ko‘rmoqda edilar.
Bolsheviklarning asosiy shiori – «Xalqlarga tinchlik!» - mamlakat aholisining katta qismi
tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xalq urushdan charchagan va boshqa urushishni istamas edi.
Mamlakatda Muvaqqat hukumatni ag‘darishga qaratilgan harakat boshlandi. Ana shunday targ‘ibot
ishlari natijasida askarlar frontdan ommaviy shaklda qochib kela boshladilar. Bundan keyin ularni
to‘xtatishning iloji yo‘q edi.
Muvaqqat hukumat o‘z ishlarini harbiy muvaffaqiyatlar bilan tuzatib olish umidi bilan 1917
yil iyun oyi boshida qo‘shinlarga hujumga o‘tish haqida buyruq berdi.
18 iyunda rus armiyasi Lvov tomondan hujumni boshlab yubordi va dushman mudofaasini
yorib o‘tdi. Ammo hujum muvaffaqiyatlari uzoq davom etmadi. Nemis qo‘mondonligi g‘arbiy
frontdan bir necha diviziya tashladi. Sharqiy frontning boshqa uchastkalaridan kuchlarni bu frontga
olib kelib qarshi hujumga o‘tdi. Rus qo‘shinlari Galitsiyadan siqib chiqarildi. Rus armiyasi 60 ming
kishisini yo‘qotdi.
Frontda hujumga o‘tish uyushtirilishi bilan aksilinqilobchilar ham bosh ko‘tardi. Inqilobiy
qismlar tugatilib, undagi askarlar boshqa joylarga yuborila boshladi, ishchilarni qamash boshlandi,
mamlakatning siyosiy hayotida reaksion harbiylarning roli kuchaydi.
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Korxonalar ketma-ket yopila boshladi.
Ko‘pgina kapitalistlar sanoat mollari narxini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni to‘xtatib
qo‘ydilar. Shaxtalarda va metallurgiya zavodlarida ko‘mir hamda metall zahiralari tog‘-tog‘ bulib
uyulib qoldi, bular ataylab iste’mol qilinadigan joylarga jo‘natilmas edi, vaholanki, korxonalar
ko‘mir va metall bo‘lmaganligi uchun to‘xtab yotar edi. May-iyul oylarida 439 zavod yopib
qo‘yildi. Ocharchilik shafqatsizlik bilan yaqinlashib kelmoqda edi. G‘alla, don bilan savdo
qiluvchilar non tanqisligini ataylab kuchaytirar edilar. Burjuaziya yuksalib kelayotgan inqilobni
ochlikning yovuz changali bilan bo‘g‘ib tashlashga urinmoqda edi. Burjua hukumati yopirilib
kelayotgan iqtisodiy halokatning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmadi.
Urushning
cho‘zilib
ketganligidan,
oziq-ovqat
mahsulotlarining
tobora
qimmatlashayotganligidan, mamlakatdagi iqtisodiy va umumiy vayronagarchilikdan, yer
to‘g‘risidagi masalaning hal qilinmay kelayotganligidan, burjua Muvaqqat hukumatning
mamlakatni inqirozdan chiqarishga noqobilligidan xalq ommasining noroziligi kundan-kunga
kuchayib ketayotgan edi. Buning ustiga hujum yirik harbiy mag‘lubiyat bilan yakunlandi.
Petrogradning g‘azablangan aholisi 1917 yil 4 iyulda ommaviy namoyishga chiqdi. Unda 500
mingdan ortiq kishi qatnashdi. Namoyishchilar Muvaqqat hukumatning iste’foga chiqishini va
hokimiyatning Sovetlar qo‘liga berilishini talab qildilar. Namoyish hukumat qo‘shinlari tomonidan
bostirildi. Ikki hokimiyatchilik tugatildi, hokimiyat to‘laligicha Muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tdi.
1917 yil kuzida umummilliy inqiroz behad tez yetilib bordi. Bu avvalo xo‘jalik
vayronagarchiligining keskin chuqurlashib ketganligida, ishchilar sinfi va keng mehnatkashlar
ommasi ahvolining yanada yomonlashganligida namoyon bo‘ldi. Mamlakat ustiga xo‘jalik halokati
va ocharchilik rahmsizlik bilan yopirilib kelmoqda edi. 1917 yilda sanoat yalpi mahsuloti 1916
yildagiga nisbatan 36,5 foiz qisqardi.
Chayqovchilik misli ko‘rilmagan darajada avj olib ketdi. May oyidan to avgustgacha keng
iste’mol mollari narxi qariyb ikki marta oshib ketdi. 1917 yilda ishchilarning real ish haqi 1913
yildagiga nisbatan ikki baravar kamayib ketdi. Mehnatkashlarning ahvoli kun sayin yomonlasha
bordi.
Mamalkat chuqur moliya inqirozini boshidan kechirayotgan edi: 1917 yil budjetining
tanqisligi qariyb 82 foizga yetib, buni qoplash uchun borgan sari ko‘p miqdorda qog‘oz pul –
«kerenka» (xalq bu pulni masxara qilib shunday deb atar edi) chiqarildi. Bu esa so‘mning xarid
quvvatini keskin ravishda pasaytirib yubordi. 1917 yil oktabrida uning real qimmati urushdan
oldingidan o‘n baravar kam edi.
Rossiya chet el davlatlariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda edi. Muvaqqat hukumat
vaqtida davlatning chet davlatlardan qarzi ikki hissa ko‘payib, juda katta miqdorga - 16 mlrd.
so‘mga yetdi.
3
Markaziy komitetning qaroriga binoan, Lenin 7 oktabrda yashirish holda Finlyandiyadan
Moskvaga keldi va qo‘zg‘olonni tayyorlash ishlarining hammasiga rahbarlik qildi. Ertasi kuni
Lenin «Chekkadagi kishining maslahati» degan maqola yozib, unda qurolli qo‘zg‘olon
o‘tkazishning batafsil va aniq rejasini belgilab berdi.
1917 yil 25 oktabrda bolsheviklar hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. Amalda Peterburgda
to‘ntarishga qarshi turadigan kuch qolmagan, hech kimning Muvaqqat hukumatni himoya qilish
niyati ham yo‘q edi. Sovetlarning ikkinchi syezdi to‘ntarish yakunlanganidan keyin hokimiyatga
bolsheviklar partiyasi kelganligini tasdiqladi, yer haqida, tinchlik haqida dekretlar va «Rossiya
xalqlari huquqlari deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
25
oktabrga o‘tar kechasi bolsheviklarning qurolli guruhlari Nikolay va Boltiq vokzallarini,
markaziy elektr stansiyasini egalladi. Soat 13 da Muvaqqat hukumat joylashgan Mariin saroyi
qo‘lga kiritildi. Soat 18 da Qishki saroy o‘rab olindi va tez orada zabt etildi. Muvaqqat hukumat
to‘la tarkibda qamoqqa olindi. Harbiy-inqilobiy qo‘mita davlat to‘ntarishini amalga oshirib, 25
oktabrda hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.
Rossiyada oktabr to‘ntarishidan boshqa yo‘l bormidi? Rossiya taraqqiyotning boshqacha
yo‘lidan ketishi mumkinmidi? Ayrim olimlarning fikricha, agar podshoh hokimiyati burjua -
demokratik respublikasi bilan almashtirilganida edi, Rossiya jahonning sanoati eng rivojlangan
ikkinchi mamlakati bo‘lishi, terror, ommaviy qatog‘onlar, hayotning past darajasi va axloqiy
tanazzul kabi ayanchli qismatdan qutulishi mumkin edi.
1918 yil 9 yanvarda o‘n kunlik tanaffusdan keyin sulh konferensiyasi ishini yana davom
ettirdi. Tanaffus kunlarida Sovet hukumati Rossiyaning sobiq ittifoqchilarini muzokaralarga jalb
qilishga yana bir karra urinib ko‘rdi. Germaniya delegatsiyasi Rossiya ittifoqchilari sulh
muzokaralarida ishtirok etishdan bosh tortganligini bahona qilib, anneksiyasiz va kontributsiyasiz
sulh tuzish prinsipini rad etdi. U Rossiya bilan Germaniya o‘rtasida yangi chegara belgilashni taklif
qildi, o‘shanda Polsha, Litva, Estoniyaning bir qismi, Latviya, Belorussiya, Ukraina, Moonzund
orollari va Riga qo‘ltig‘i Germaniyaga o‘tar, bu esa Germaniyaga Fin va Botnicheskiy ko‘rfazlariga
olib boradigan dengiz yo‘llarini nazorat qilib turish imkonini berar va Petrogradni xavf ostida
qoldirar edi. Nemislarning sulh shartnomasini imzolash to‘g‘risida ultimatum tarzidagi talablariga
javoban Brestda Sovet delegatsiyasiga boshchilik qilgan Trotskiy 10 fevralda, Sovet Rossiyasi
shartnomani imzolamaydi, ammo urushni to‘xtatadi, armiyani esa tarqatib yuboradi, deb bayonot
bergandan keyin vaziyat yana yomonlashdi.
Trotskiyning sulh shartnomasini imzolashdan bosh tortganidan foydalanib, nemis
qo‘mondonligi yarash shartlarini buzdi va o‘z qo‘shinlarini butun front bo‘ylab rus armiyasiga
qarshi xujumga tashladi. Nemis qo‘shinlari Petrogradga xujumni davom ettirdilar, Ukraina va
Belorussiyaga bostirib kirdilar, butun Litvani, Estoniyani bosib olib, u yerlarda Sovet hokimiyatini
tugatdilar. Mamlakat xavf ostida qoldi. Hamma yerda Qizil Armiya qismlari tuzilib, frontga
jo‘natildi. 23 fevralda Pskov va Narva yonida Qizil Armiya otryadlari dushman qo‘shinlari bilan
shiddatli jang qildi. Nemislarning «bir zarba bilan» g‘alaba qozonish plani barbod bo‘ldi. Urush
davomli tus olmoqda edi. Bu hol nemis qo‘mondonligini qaytadan sulh muzokaralari boshlashga
majbur etdi. Biroq ular yangi, yanada og‘irroq shartlar qo‘ydi.
3 martda Brest-Litovskda sulh shartnomasi imzolandi. Uning shartlari Rossiya uchun juda
og‘ir va mushkul edi. Latviya, Litva, Polsha, Estoniya, Ukraina, Belorussiyaning bir qismi,
Ardagan, Kars, Batum Sovet Rossiyasidan ajratib olindi. Sovet hukumati Ukrainani nemis
imperialistlariga berib qo‘ygan Markaziy Rada bilan shartnoma tuzishi hamda armiya va flotni
demobilizatsiya qilishi kerak edi. 1918 yil avgustida Germaniya Brest shartnomasiga qo‘shimcha
ravishda RSFSRni iqtisodiy masalalar yuzasidan tuzilgan shartnomani imzolashga majbur etdi, bu
shartnomaga ko‘ra Germaniyaga 6 milliard marka kontributsiya to‘lanishi kerak edi. Ukraina va
Finlyandiya mustaqil davlatlar deb e’tirof etildi. Rossiya o‘zining 780 ming kv.km.hududini
yo‘qotdi. Rossiya, shuningdek, butun armiyasini darhol tarqatib yuborishi, flotini portlarga
qaytarishi va qurolsizlanishi zarur edi.
1918 yilning bahori va yozida Rossiyaning shimoli (Murmansk, Arxangelsk) ingliz, fransuz
va amerikan qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingan edi; Uzoq Sharqqa yapon, ingliz va
4
amerikan interventlari, bularning ketidan esa Fransiya, Italiya, Kanada qo‘shinlari, O‘rta Osiyo va
Bokuga ingliz qismlari kelib tushdilar. Interventlar paydo bo‘lgan joylarning hammasida Sovet
hokimiyatini ag‘darib tashlab, uning o‘rniga aksilinqilobiy oq gvardiyachilar diktaturasini,
shafqatsiz okkupatsiya rejimini o‘rnatardilar. Shunday tasavvur paydo bo‘ldiki, go‘yo bu harakat
oldindan rejalashtirilganu, hamlaga bir ishora kerak bo‘lgan xolos. G‘arb davlatlarining
Rossiyadagi harakatlari mustamlakachilik, bosqinchilik yo‘nalishiga ega edi. Ammo qanchalik
mantiqqa zid tuyulmasin, mazkur intervensiya bolsheviklarning g‘alabasini ta’minladi. Interventlar
bilan birga mamlakatga yirik mulkdorlar, fabrika va zavodlarning egalari ham qaytib keldi. Xalq
ularning hokimiyatga qaytishini istamas edi. Bolsheviklar xalqni ularga qarshi kurashga chaqirdi va
ko‘pchilik bolsheviklarni qo‘llab-quvvatladi. Siyosat iqtisodiyotdan ustun chiqdi - xalq
bolsheviklarning mantiqsiz iqtisodiy yangiliklarini kechirish va ular bilan birga interventlarga
qarshi jang qilishga tayyor edi. Urushdan tinkasi qurigan xalq yana qo‘liga qurol oldi.
Janubda intervensiyani avj oldirish bilan bir vaqtda Antanta Shimolda va Sharqda ham urush
harakatlarini faollashashtirdi. Murmansk va Arxangelskda interventlarning ingliz-fransuz-amerikan
kuchlari to‘xtovsiz to‘ldirib turildi, natijada ularning soni 1918 yil oxirlarida oq gvardiyachi qismlar
bilan birga 40 ming kishiga yetdi. Ular Kotlasga yorib kirish maqsadida janubi-sharqqa qarab
yurdilar, bundan muddao sharq tomondan Sibirdan hujum qilib kelayotgan Kolchak qo‘shinlari
bilan o‘sha Kotlasda birlashish edi.
1919 yilda tuzilgan «Sovet Rossiyasiga texnika yordami berish AQSH va Kanada jamiyati»
hamda 1921 yilda AQShda tashkil etilgan «Sovet Rossiyasi do‘stlari jamiyati» bu sohada katta ish
boshlab yubordi. Bu jamiyatlar mashina, traktor va boshqa ishlab chiqarish qurollarini sotib olish
uchun mablag‘lar yig‘dilar, Sovet Rossiyasiga yuborish uchun ixtisosli ishchilar orasidan kishilar
to‘pladilar.
1921 yil yozida mamlakatga amerikalik agronom Garold Ver boshliq bir gruppa ishchilar
keldi. Amerika ishchilari o‘zlari bilan 21 ta traktor keltirdilar, bu traktorlar «Sovet Rossiyasi
do‘stlari jamiyati» to‘plagan mablag‘larga sotib olingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |