Jamol Abdul Nosirning 1970-yildagi o’limi Misrning ichki va tashqi siyosatida tub o’zgarishlarga olib keldi. Mamlakatning yangi rahbariyati g’arbparastlik siyosatini amalga oshira boshladi va Isroil oldida taslimchilik yo’liga o’tdi. Prezident Anvar Sadat g’arb davlatlari, birinchi navbatda Amerikaning xususiy kapitalini keng tatbiq eta boshladi. Iqtisodiyotga Xalqaro valyuta jamg’armasi mablag’larini investitsiya sifatida jalb etishga urinish 1977-yilda ommaviy noroziliklarga olib keldi, chunki davlat korxonalari uchun subsidiyalarni qisqartirish, milliy valyuta kursini o’zgartirish va foiz stavkalarini erkinlashtirishni dastlabki shart sifatida talab etdi. 1979-yilda Misr AQSH rahnamoligida separat (bir tomonlama) isroil-misr tinchlik shartnomasini imzoladi. Arab mamlakatlari bu bitim uchun A.Sadatni kechira olmadi, Misr bilan diplomatik munosabatlarni uzdi va mamlakat "Islom konferensiyasi tashkiloti"dan (IKT) chiqarildi. 1981-yilning 6-oktyabrida A.Sadat musulmon diniy tashkilotiga tegishli bir guruh harbiylar tomonidan o’ldirildi.
"Islom konferensiyasi tashkiloti" - xalqaro hukumatlararo tashkilot. Rabatda musulmon mamlakatlari davlat va hukumatlari rahbarlari konferensiyasida tashkil etilgan. Diniy mushtaraklik asosida 44 musulmon davlatlari, FOTni birlashtirdi. IKT qoshida Islom rivojlanish banki mavjud. 1975 yildan IKTga BMT kuzatuvchisi maqomi berilgan.
1981 yil 14 oktyabrda Prezldentlikka vitse-prezident Husni Muborak (1928yilda tug’ilgan) saylandi. U asosan o’zidan avvalgi prezident siyosatini davom ettirdi. Kemp-Devid bitimlarini imzolaganidan so’ng Misr 10 yil mobaynida AQSHdan 20 milliard dollar qarz oldi, shundan 12 milliard dollari qo’shinni qayta qurollantirishga sarfladi. Biroq neft va paxtaga jahon narxlarining tushib ketishi Misr iqtisodiyotini chuqur inqirozga olib keldi, "sovuq urush"ning tugashi Misrning xalqaro munosabatlardagi ahamiyatini pasaytirdi. 80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ro’y bergan jahondagi iqtisodiy pasayish Misrni arab mamlakatlari, Afrika va Sharqiy Yevropadagi an’anaviy bozorlaridan mahrum bo’lishga olib keldi. Mamlakatda 60 milliard dollarlik ulkan tashqi qarz yuzaga keldi. Vlar bo’yicha Misr har yili 10 milliard dollar foizlarni to’laydi. Mamlakat importi 12, eksporti 4,5 milliard dollarni tashkil etadiki, bu yillik balans kamomadi 4,5 milliard dollarni anglatadi demakdir. Qarzning bir qismini hukumat sayyohlik va Fors qo’ltig’iga ishga jo’nagan misrliklarning pul tushuIni hisobiga qoplaydi. Iqtisodiy ahvol yildan-yilga yomonlashmoqda. Narxlar har yili o’rtacha 12-15 foizga o’smoqda. H.Muborak Misrning arab dunyosida yakkalanib qolishini bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi, biroq mamlakatni arab millatining tan olingan yetakchisi pozitsiyasini tiklab bo’lmadi. 1983-yilda Iordaniya bilan, 1988-yilda - Aljir, 1989-yilda - Suriya bilan diplomatik munosabatlar tiklandi. 1984-yilda IKT Misrni tashkilotga a’zoligini tikladi. H.Muborak A. Sadatning faqat AQSH bilan hamkorlik qilishni mo’ljallagan bir tomonlama siyosatidan uzoqlashdi va Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarga ahamiyat berdi. 1988-yilda iqtisodiy, savdo va fan-texnika hamkorligi haqida sovet-misr bitimi imzolandi. Misr boshidan kechirgan iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar islom fundamentalizmining tiklanishiga olib keldi, u A. Sadat o’ldirilgandan so’ng qatag’onlar natijasida o’z ta’sirini yo’qotgandi. Bunga 39 ming kishilik Misr harbiy kontingentining AQSH tomonida "Sahrodagi bo’ron" operatsiyasida ishtirok etishi uchun jo’natilishi ham yana bir sabab bo’ldi. 1991-yildan so’ng mamlakatda islom fundamentalistlarining uch guruhi - Islom guruhi, Islom jihodi va Musulmon birodarlari mavjud bo’ldi. Islom terrorchiligi faollashdi. H.Muborakka bir necha bor (1993, 1995 va 1999-yillarda) suiqasd amalga oshirildi. Ayni paytda fundamentalistlar kurashning yangi shakllarini o’zlashtira boshlashdi. Ular kasaba uyushmalarida rahbarlikni egallashdi, ochlik, ish tashlashlari va kompyuter tarmoqlarida buzilishlarni tashkil etishdi. Hukumat ommaviy qatag’onlar bilan javob berdi. Terrorchilikka qarshi operatsiyalar natijasida diniy guruhlaming 60 vakili o’ldirildi, 1996-yilda harbiy sudlar islom fundamentalistlariga tegishlilikda shubhalanilgan 48 kishini dor ostiga jo’natdi. Bu hol ularning o’z taktikasini o’zgartirishga majbur etdi. 1996-yilda Islom guruhi yangi siyosiy partiya - Markaz Partiyasini tashkil etdi, u terrorizmdan voz kechish va kurashning tinch usullariga o’tishni e’lon qildi. Musulmon birodarlari ham unga qo’shildi. Faqat Islom jihodi ilgarigi usullaridan voz kechmadi. Markaz partiyasi va Musulmon birodarlari konstitutsiyaviy islohotlar, mamlakatning barcha siyosiy kuchlari ishtirokidagi muloqot, adolatli qonunlarni tasdiqlash, turli ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi tengsizliklarni qisqartirish va ishsizlikni tugatishni talab qiladi. Joriy konstitutsiyaga muvofiq (1971-yilda) prezident avval hokimiyatning oliy qonunchilik organi- Milliy majlis tomonidan saylanadi, uning 40 foiz deputatlarini o’zi tayinlaydi, so’ngra nomzodi xalq referendumi tomonidan tasdiqlanadi. H.Muborak mamlakat rahbari etib to’rt marta (1981, 1987, 1994 va 1999-yillar) saylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |