Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet70/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Bxutto Zulfiqor Alixon (1928-1979) – 1967 yilda Pokiston xalq partiyasiga asos soldi.1971-1973 yillarda davlat va hukumat rahbari. Bosh vazir (1973-1977). 1977 yil hibsga olingan, davlatga xiyonatda ayblanib 1979 yil o’ldirilgan.1974-yilda qabul qilingan yangi konstitutsiyaga muvofiq 1977-yilda Milliy majlisga umumxalq saylovlari bo’lib o’tdi va unda PXP g’alaba qozondi. Biroq muxolifat partiyalar ushbu saylov nati­jalarini tan olmadi. Mamlakatda siyosiy inqiroz boshlan­di. 1977-yil 5-iyulda navbatdagi harbiy to’ntarish yuz berdi va hokimiyat general Ziyoulhaq (1924-1988) qo’liga o’tdi. Yangi ma’muriyat konstitutsiyani bekor qildi, parlamentni tarqatib yubordi va PXP tarafdorlari­ni ta’qib qila boshladi. Z.Bxutto qatl qilindi. 1979-yilda barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiq­landi. Harbiy rejim ichki siyosat asosiga jamiyat hayoti­ni har tomonlama islomlashtirishni kiritdi. Qo’shni Ag’onistondagi sovet qo’shinlarining kiriti­lishi bilan bog’liq voqealar AQSH rejasiga ko’ra Pokistonning harbiy platsdarmi sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Pokistonda qochoqlar uchun lager tashkil etildi va u afg’on jangarilari uchun tayanch bazasiga aylandi. Aynan shuning uchun AQSH Pokistonga 4 milliard dol­lar atrofida moddiy yordam ko’rsatdi. Biroq bu harbiy rejim qulashini vaqtincha kechiktirdi, xolos. 1988-yil 17-avgust kuni general Ziyoulhaq aviatsiya falokatida halok bo’ldi va senat raisi G’ulom Ishoq Xon prezident­lik lavozimini egalladi. 1988-yil 16-noyabrda umumxalq parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Asosiy kurash PXP va Pokiston musulmon ligasi o’rtasida bordi. Unda PXP g’alaba qozondi va Z.Bxuttoning qizi - Benazir Bxutto o’z otasi partiyasiga yetakchilik qilgan holda bosh vazir­likka saylandi. Siyosiy tajribaning yo’qligi sababli B. Bxutto huku­mati mamlakat siyosatida bir qator jiddiy xatoliklarga yo’l qo’ydi. Bundan muxolifat kuchlar foydalanib B.Bxuttoni korrupsiyada ayblashdi. B.Bxutto o’z lavozimidan chetlatildi. Karachida ommaviy tartibsizliklar kuchayib politsiya ularga qarshi qurol ishlatdi. Islomoboddan Peshavorgacha oraliqdagi harbiy lagerlarda joylashgan besh million afg’on nazorat ostidan chiqib Pokistonning iqtisodiga yanada katta zarar keltirdi. Mamlakat prezidenti Legari 1993-yil oktyabrda qayta saylov o’tkazishga majbur bo’ldi va B.Bxutto yana g’alaba qozondi. Oradan to’rt yil o’tmay ilgarigi holat takrorlandi. B.Bxutto korrupsiyada ayblanib bosh vazir lavozimidan chetlatildi. U hibsga olinib jamoatchilik tazyiqi sababli bir yildan so’ng ozodlikka chiqarildi. 1997-yil 3-fevralda Pokistonda yangi umumxalq saylovi o’tkazildi. Unda Navoz Sharif yetakchiligidagi Pokiston musulmon ligasi g’alaba qozondi va u bosh vazir lavozimiga saylandi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish