33-§§. HINDISTON: DEMOKRATIK DAVLAT YO’LlDA. Yaponiya osongina Singapur, Malayziya, Birmani egallab Hindiston bilan chegara hududiga yetib keldi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyatigina mavjud tizinini saqlab qoldi, biroq orqaga yo’l yo’q edi. Imperiyada milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Kurash oldida Hindiston borar edi. Harbiy flot dengizchilarining g’alayoni mazkur kurash kulminatsiyasi bo’ldi. G’alayon 1946-yil 19-fevralda Bombeydagi "Talvar" kreyserida boshlandi. Dengizchilar harbiy-dengiz bazasini egallab oldi, hind soldatlari ularga qarshi o’t ochishdan bosh tortdi, qo’zg’olonchilarni harbiy uchuvchilar qo’llab-quvvatladilar. Bombey bir kechada barrikadalarga to’lib ketdi, ommaviy namoyish va ish tashlash boshlandi. Qo’zg’olon ayovsiz bostirildi. Birgina Bombeyda ushbu kunlari 300 kishi o’ldirildi, 15 ming nafari yaralandi, yuzlab qo’zg’olon ishtirokchilari qamoqqa olindi. Biroq Britan hukrnronligi tangligi ko’rinib qoldi. Armiya hukumatga bo’ysunishdan bosh tortib, xalqni qo’llabquvvatladi. Bundan tashqari, qo’zg’olon diniy oqimlar, millatlar va turli siyosiy qarashga ega kishilarning mustamlakachilikka qarshi kurashda maqsadi yakdil bo’lishini ko’rsatdi. 1947-yil 20-fevraldaAngliya bosh vaziri Ettli Hindiston to’g’risidagi yangi deklaratsiya bilan chiqdi. 1947 -yil iyunda Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten "Hindiston hokimiyatini topshirish to’g’risida"gi aktni e’lon qildi. Unga ko’ra mamlakat hindlar davlati Hindiston va musulmon davlati - Pokistonga bo’lindi. Mamlakatning ikkiga bo’linish jarayonida siyosiy nizolar va hind-musulmonlar qirg’ini (Bengaliya, Panjobda) bo’lib o’tdi. Natijada Panjob va Bengaliya iqtisodiga ulkan iqtisodiy zarar yetkazildi. Provinsiyalardan ommaviy qochish oqibatida dalalarga ekin ekilmadi, sanoat korxonalari ishlamay qoldi. Ishsiz va uy-joysiz qochoqlar Hindiston va Pokiston ko’chalarini to’ldirgan edi. 1947 -yil 15-avgustdamamlakatni ikkita davlatga bo’lish jarayoni tugatildi. Dehlidagi Qizil fort uzra Hindiston bosh vaziri Javoharlal Neru bayroq ko’tardi. Butun yil davomida va 1948 yilning boshida Hindistondagi kabi Pokistonda ham hindlar hamda musulmonlar o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. O’zaro nizoning kulminatsiyasi sifatida Hind milliy kongressi yetakchisi - Maxatma Gandiningo’ldirilishi qayd etildi. 1950-yil yanvarda Hindistonda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko’ra mamlakat suveren demokratik respublika deb e’lon qilindi va yig’in qilish, namoyish o’tkazish, e’tiqod erkinligi kabi asosiy inson huquqlarini kafolatladi, umumxalq saylov huquqi joriy etildi. Tabaqaga ko’ra ajratish bekor qilindi, qulchilik va boshqa majburiy mehnat turlari bekor qilindi. Hind xalqi kongressida (HXK) parchalanish holati yuzaga kelib qolgan edi. Mustaqillik e’lon qilingach, barcha sanoat to’liq yoki qisman xorijiy kapital nazorati ostiga o’tdi. Hind milliy burjuaziyasining zaifligini hisobga olgan holda lavoharlal Neru boshchiligidagi hukumat iqtisodda xususiy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashi lozim bo’lgan davlat sektorini tashkil etishga kirishdi. Davlat sektoriga ilgari inglizlarga qarashli bo’lgan aviatsiya, kemasozlik kompaniyalari, temir yo’l, shuningdek, davlat nazorati ostidagi korxonalar ham o’tdi. Chet el kapitali og’ir sanoat tarmog’iga jalb etildi. Bunday yo’nalishdagi industrlashtirish sanoat ishlab chiqarish o’sishiga yordam berdi. Uning hajmi mustaqillik yillarida uch baravar oshdi. Ayniqsa, og’ir industriya va energetika sohasi tez sur’atlarda o’sa boshladi. Yalpi milliy mahsulotdagi davlat sektori 20 foizni tashkil etdi. Hindiston 1990-yilda 170 milliard kvtjsoat elektroenergiya, 12 million tonna po’lat, 30 million tonna neft ishlab chiqardi. Alyuminiy ishlab chiqarish tez o’sa boshladi. Avtomobil va avtobus, radiopriyomnik, televizor, fotoapparat kabi sanoat mollari ishlab chiqarish tezkor sur’atlarda rivojlana boshladi. Hindiston traktor ishlab chiqarish bo’yicha- yetakchi mamlakatlar safidan o’rin oldi. Biroq mamlakatda agrar islohot o’tkazilmadi. 20 foizdan ko’proq qishloq aholisi umuman o’z yeriga ega emas, 50 foizdan ko’prog’ida esa atigi 2 gektargacha yer mavjud. Bu hol hind xalqining ko’pchiligi qashshoqlikdan ham quyi chegarada yashashni anglatadi. Yersizlik ishsizlikni keltirib chiqaradi. Hozirgi Hindistonda ishsizlar soni 30 million kishini tashkil qiladi. Aholining 50 foizi savodsiz. Kashmir masalasi Hindiston va
Pokiston o’rtasidagi janjal sababchisi bo’lmoqda. Bundan tashqari Kashmir Hindiston ichki nizolarining manbaiga aylanib qoldi. Yana bir yirik muammolardan biri - Panjob masalasi. Uning xalqi Hindistondan ajralib alohida Xalistondavlatini qurishni talab qilmoqda. Mustaqillik uchun kurash oldida Hindiston Milliy kongressi bo’ldi. Ishchilar sinfi va dehqonlarning mustaqil chiqishlari ham asosiy rol o’ynadi. 1937-1939-yillarda tashkil etilgan umumhind kasaba uyushmalari kongressi ishchilar harakatini samarali kuchga aylantira oldi. 1938-yilda tashkil etilgan umumhind dehqonlar ittifoqi agrar inqilobni o’zining asosiy maqsadi qilib qo’ydi. Hindistonning mustaqillikka erishishida Milliy kongress asosiy kuch vazifasini o’tadi. HMKning yetakchi rahbari sifatida J.Neru oilasi tan olingan edi. U Hindistonning birinchi bosh vaziri. Konstitutsiya J.Neru rahbarligida ishlab chiqildi. U o’limigacha, ya’ni 1964-yilgacha ana shu vazifada ishladi. 1964-yil 2-iyunda uning izdoshi L.B.Shastri Hindiston bosh vaziri lavozimini egalladi. Ammo u 1966-yil 11 yanvarda Pokiston prezidenti Ayyub Xon bilan hind-Pokiston urushini to’xtatish haqidagi bitimga erishgach Toshkentda to’satdan vafot etdi. HMK rahbariyatining qaroriga ko’ra bosh vazir lavozimiga uning qizi Indira Gandi nomzodi qo’yildi. Bu davrda Hindiston modernizatsiyalash va zamonaviy sivilizatsiyaga moslashtirish tarafdori bo’lgan HMK siyosiy arboblari bilan Morarji Dasay yetakchiligidagi HMKning boshqa bir guruhi o’rtasida o’zaro kurash bordi. Hindistonning taraqqiyot yo’liga chiqish davri ko’proq aynan I.Gandi nomi bilan bog’liq. 1971-yil martoyida bo’lib o’tgan umumxalq saylovlari bosh vazirga g’alaba keltirdi. 1971-yil dekabrda Pokiston armiyasi mamlakat sharqida mag’lubiyatga uchradi. Bu hol Sharqiy Bengaliyaning Pokistondan ajralib mustaqil Bangladesh davlati sifatida tashkil topishiga olib keldi. G’arbda ham Pokiston qo’shinlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi va mag’lub bo’ldi. Pokiston ustidan qozonilgan g’alaba hamda urushdan keyin olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar I. Gandi obro’-e’tiborini kuchaytirdi. Ichki siyosatda I.Gandi hukumati bir qator ommabop bo’lmagan siyosatni yuritdi. Bu hol xalqda unga qarshi kayfiyat uyg’otdi va siyosiy muxolifatchilar pozitsiyasini kuchaytirdi. Misol: butun Hindistonda davlat tili sifatida hind tilini qabul qilishga urinishi. Bu esa ayrim shtatlar milliy huquqini kamsitishni anglatar edi. Aynan bu hol Panjobda separatistlar harakatini yuzaga keltirdi va sikxlardan iborat aholining alohida Xaliston, shuningdek, Tamilnand (Madras), Kashmir, Uttar-Pradesh va Bixarda kabi alohida davlat tuzish harakatini yuzaga keltirdi. Hukumat obro’-e’tiborini tushirib yuborgan chora-tadbirlardan biri, bu - tug’ilish ustidan nazorat o’rnatish bo’ldi. Tug’ilishni sun’iy kamaytirishni targ’ib qilish mamlakatda umumiy norozilikni keltirib chiqardi. Xalq tomonidan bu shaxsiy hayotga tahdid, an’anaviy va diniy urf-odatlarni buzish deb baholandi. I. Gandining xalq turmush tarzini yaxshilash va uni demografik inqirozdan qutqarishga mo’ljallagan choralari teskari natija berdi. Shu bilan birga HMK rahbariyati ichida lavozimni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga berilish holatlari qayd etildi. Partiyada boshqiuuvning avtokratik shakllari paydo bo’lgan edi. 1975-yil iyunda I. Gandi siyosatiga qarshi bo’lgan minglab kishilar hibsga olindi, matbuotda senzura paydo bo’ldi. Iyulda ko’pchilik siyosiy partiyalar taqiqlandi va parlament I. Gandining favqulodda vakolatini tasdiqladi. Muxolifat partiyalar Morarji Desaya yetakchiligidagi Janata partiyasiga birlashdi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga borib qoldi. 1976-yildagi umumxalq saylovlarida I. Gandi mag’lubiyatga uchradi. Barcha okruglar bo’yicha Janata partiyasi vakillari g’alaba qozondi. 1978-yil dekabrda I.Gandi parlament imtiyozlarini suiiste’mol qilganligi uchun hibsga olindi. U qamoqda atigi bir hafta bo’ldi va shuning o’zi mamlakatdagi ilgarigi obro’-e’tiborini tiklash uchun yetarli bo’ldi. Bundan tashqari M.Desaya hukumati mamlakatda barqarorlikni tiklash va inflyatsiyani qisqartirishga qodir emasligi ma’lum bo’ldi.