Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet103/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1962-yili Steynbek Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi, uni dunyo bildi, faqat Amerika bilmadi. Rasmiy Amerika uni "bir shingil qahr-g’azab" uchun kechira olmadi va u to 1954-yilgacha o’z mamlakatida kitob nashr etishga imkon topmadi. Bu vaqtda u atigi bir necha maqo­la va hikoyalarini turli gazetalarda e’lon qila oldi, xolos. Amerika klassik adabiyotining boshqa vakillaridan E.Xeminguey "Qo’ng’iroq kimga bong uradi" romani nashr etilgandan so’ng qariyb 10 yi1 yirik asar yozmadi. 1950-yilda u "Daryo ortidagi daraxtlar soyasida" romanini e’lon qildi, bu asar o’tgan urush haqidagi xoti­ralar va urushdan keyingi dunyo haqidagi o’ylarga bag’ishlandi. Kitobda aks ettirilgan g’oyalar qo’poruv­chilik toifasiga mansub deb topildi va muallif dissidentlar qatoriga qo’shildi. Shunda u vatanini tark etishga qaror qildi. U Kuba inqilobi arafasida bu orolga ko’chib o’tdi. 1952-yilda E.Xeminguey o’zining so’nggi yirik asari bo’lgan "Chol va dengiz"ni yozdi. Bu asar inson g’ururi haqida: odam hatto qariganda ham yengib bo’lmasdir va u oxirigacha kurashmog’i lozim. 1954-yilda "Chol va den­giz" romani uchun unga Nobel mukofoti berildi. 1961-yil
E.Xeminguey Kubada o’z uyida o’z joniga qasd qildi. Hozirgacha bu fojia sirini hech kim topmay kelayotir. Makkartizmga qarshi norozilik sifatida AQSHda "bitniklar" adabiy oqimi paydo bo’ldi. Ularning eng ko’zga ko’ringani "Yo’lda" (1957), "Yerosti odamlari" (1958) va "Dharma daydilari" (1959) romanlari muallifi Jek Keruak (1922-1969) edi. Ular Amerikaning butun hukmron sinfini qamrab olgan ikkiyuzlamachi manfaatparastlik axloqiga qarshi isyon ko’tardi. Keyinroq uning o’rniga nigillstik "xippi" oqimi keldi. Urushdan keyingi Amerika adabiyotida radiopyesalar muhim o’rin tutdi, ular ommaviy televideniye paydo bo’lgungacha ko’plab iste’dodli yozuvchilarni o’ziga jalb etdi. Rey Bredberi - bu yo’nalishdagi eng yaxshi yozuv­chilardan biri. U "Farengeyt bo’yicha 451", "Mars xronikalari", "Qoqio’tlardan musallas" qissalarini e’lon qildi. "Yaylov" radiopyesasi 1947-yilning 2-yanvarida ra­dio orqali eshittirildi va Amerikaning eng yaxshi radiopye­sasi deb e’lon qilindi. Fantast yozuvchilar orasida Ayzek Azimov (1920-yilda tug’ilgan) va Mitchell Uilson "Chaqmoqlar orasida yasha" (1949-yil) eng ommaboplari bo’ldi. O’qigan sohasi bo’yicha biokimyogar olim bo’lgan Ayzek Azimov "Koinot" nomli butun bir kitoblar turkumi yaratdi, unda "yulduzli urushlar va kosmosdagijanglar"ni oldindan bashorat qildi. Ular orasida Kurt Vonnegut, Syui Myuller va Domenik Dann alohida o’rin tutadi.
Angliya jahon madaniyatiga G’arbiy Yevropa mamlakatlari orasida eng katta ulush qo’shdi. XX asr ikkinchi yarmida bularga yana bir sifat - yangi dunyoni falsafiy idrok etishga intilish qo’shildi. Urushdan keyingi ingliz adabiyotining eng yirik vaki­li Somerset Moem (1874-1965) edi. Uning ilk romani "Lambetlik Liza" romani Britaniya imperiyasi gullab­yashnagan paytda, eng so’nggisi - "O’tmishga nigoh" romani esa 1962-yilda nashr etildi. U 91 yoshda hayot­dan ko’z yumib, butun bir ulkan davrni boshdan kechir­di. Uning "Yozuvchining yon daftari" (1949), "O’n romanchi va ularning romanlari" (1948), "Nuqtai nazar" (1958), "O’tmishga nigoh" (1962) kitoblari va o’nlab boshqa asarlari nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda o’z muxlislariga ega bo’ldi. Tanqidiy realizm tarafdori edi. U Golsuorsiga ko’p jihatdan o’xshash edi. S.Moem ingliz jamiyatining tor manfaat­parastlik va o’zini oliy madaniyatli hisoblovchi xudbin­ligini o’tkir tanqid ostiga oldi. Grem Grin (1904-1991) urushdan keyingi ingliz adabiyotida alohida o’rin tutadi. Uning barcha asarlari dramatik bo’lib, Angliya va dunyoda yuz berayotgan siyosiy siyosiy voqealar bilan yaqindan bog’liq. "Yuvvosh amerikalik" (1955), "Vyetnam, Gavanadagi bizning kishi" (1958) - Kuba voqealariga, "Kome­diantlar" (1966) - Gaitidagi kurashga bag’ishlangan. G.Grin o’z siyosiy romanlari syujetlarini deyarli detektiv shakliga kiritadiki, bu hol o’quvchi diqqatini butunlay qamrab oladi. Jeyms Oldrij (1918-yilda tug’ilgan) urush ishtirokchisi bo’lib, inson hayoti qimmatini fashizmga qarshi jang­larda bildi. Adibning qahramonlari frontda kurashadi. Vlar butun dunyo kishilari hayoti va g’ururi uchun kurashadi. J.Oldrij o’z ijodida ingliz adabiyotining insonparvarlik an’analarini namoyon etdi.
J.Oldrij "Diplomat" (1949), "Ovchi" (1950), "Sahro ufqlari qahramonlari" (1954), "U o’lishini xohlamay­man" (1957), "So’nggi quvg’inlik" (1961), "Begona zamin farzandi" (1968) kabi romanlar.
Urushdan keyingi adabiyotda tarixiy mavzuda XX asr ikkinchi yarmi ingliz yozuvchilari orasida J. Lindsey eng mashhurlaridan biri bo’ldi. Uning "Ulug’ eman, 1549 ­yil haqida hikoya" (1957) kitobida 1549-yilgi dehqonlar qo’zg’olonining tarixi aniq va badiiy yorqin manzarasi tasvirlanadi. Adibning "To’lqin ko’tarilmoqda" (1953) va "Tanlash soati" (1955) romanlari ingliz ishchilarining hayoti va kurashiga bag’ishlangan. Ingliz adabiyotida detektiv romanlar alohida o’rin tutadi. Bu yo’nalishning eng yorqin namoyandalari 85 roman muallifi Agata Kristi (1891-1976) va Jon Pristli (1894-1984) bo’ldi. Ularning kitoblari o’zining o’tkir syujetlari bilan e’tiborni tortadi, biroq ayni paytda ular­da zamonaviy ingliz byurokratiyasi, jamiyatning oliy tabaqalari axloqini namoyish etuvchi ijtimoiy yo’nalgan­lik yorqin ifodalab berilgan. Boshqa yozuvchilar orasidan Shon O’Keysi (1884­1964), Dorris Lessing (1919-1981), U.Golding (1911­ yilda tug’ilgan) kabilar. Ikki qismga bo’lingan va tor­-mor etilgan. Germamyada adablyot turli yo’nalishlarda rivojlandi, biroq ikki muammo, ya’ni fashizmni g’ayriin­soniy mafkura sifatida qoralash va fosh etish hamda har­biy xavf-xatarga qarshi kurash umumiy bo’lib keldi. Urushdan keyingi Germaniyaning eng ko’zga ko’ringan yozuvchisi S.Byoll(1917-yilda tug’ilgan). Uning ijodida urushga qarshi kurash asosiy mavzu bo’lib keldi. G.Byoll "Adam, sen qayerda eding?" (1951) satirik romanida fashistlar jinoyatlari uchun aybni zo’ravonlikka qarshi norozilik bildirmagan nemis xalqiga ham yukladi. Yozuvchi "Erta yillar noni" (1955) romanida nemis burjuaziyasi xudbinligi va nemis ziyohlarining fashizm bilan sherikchiligini qoralaydi. Biroq yozuvchi individu­alizmni qoralasa ham qahramonini yolg’iz qochoq qilib tasvirlaydi. G.Byoll 1974-yilgi Nobel mukofoti laureati. E.Remark urushdan keyingi davrda jahon adabiyoti­ni yangi buyuk asarlar - "G’alaba arki" (1946), "Yashash vaqti va o’lim vaqti" (1954) va "Qarzga olin­gan hayot" (1956) bilan boyitdi. Bu asarlarning ma’no va mazmuni shaxs va yashashdan maqsaddir. Uning asarlarida qahramonlarning nozik psixologiyasi va ular faoliyatining ijtimoiy mohiyati atroflicha ochib berilgan. Mamlakatning ikkala qismidagi nemis yozuvchilari va madaniyat arboblari achchiq tajribadan xulosa chiqarib, butun insoniyat taqdirining bo’linmasligi kon­sepsiyasini shakllantirib, hammadan ajralgan holda, xud­binona yashashning vaqti o’tganligi g’oyasini uqtirdilar. GFR adabiyoti rivojlanishiga Zigfrid Lens ("Maxfiy iltijo"-1967-yil, "Nemischa dars"-1968-yil), German Kazak ("Daryo ortidagi shahar"-1947-yil) kabi taniqli yozuvchilar hissa qo’shdi. Leongard Frank (1882-1961) asarlari Germaniyada demokratik kuchlar g’alabasiga ishonch ruhi bilan yo’g’rilgan. U o’zining "Isoning o’quvchilari" (1947) romani va "Chapda, yurak tomon­da" (1952) avtobiografik kitobida yangi Germaniyada shaxsning tarkib topishi evolyutsiyasini ko’rsatadi. Uning qahramonlari yolg’iz kishilarning estetik isyonidan demokratiya va adolat uchun kurashga birlashish zaruriyatiga bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Germaniyaning sharqiy qismida yangi nemis adabi­yoti shakllandi va ulug’ nemis madaniyati an’analarini davom ettirdi, biroq u ayni paytda fashizm va milita­rizmning mafkuraviy ildizlarini tugatish bilan bog’liq bo’lgan yangi tendensiyalarni rivojlantirdi. GDR ma’­naviy hayoti rivojlanishining asosiy yo’nalishini Bertold Brext (1898-1956) va Iogannes Bexer (1891-1958) belgilab berdi. Brext 1947-yilda GDRga nemis teatri va adabiyotini davolash va qayta tiklash vazifasi bilan keldi. U "Berlin ansambli" teatr truppasini tuzdi, unga Ispaniyadagi urush va gitlerchilar konslagerlarini ko’rgan antifashist madaniyat arboblari kirdi. Ular nemis va xori­jiy klassika, A.Ostrovskiy, M.Gorkiy, B.Brext, I.Bexer pyesalarini qo’yishdi. Teatrning chet el gastrollaridagi ulkan muvaffaqiyati uni eng yaxshi zamonaviy teatrlar safiga qo’shdi. I.Bexer ijodi 1914-yildayoq boshlanib taniqli shoir, novator ham edi. Fashizm tor-mor etilgandan so’ng I.Bexer GDRda yashadi va o’zini yangi Germaniya tik­lanishiga bag’ishladi. Shoir o’zining "Vatanga qaytish" (1946), "Uzoqdagi baxtlar yaqinda yarqiradi" (1951), "Nemis sonetlari" (1952), "Asr o’rtasidagi qadam" (1958) nomli to’plam­larida o’z ona o’lkasi va xalqiga muhabbat hislarini uyg’otgan yangi xalq san’ati va adabiyotini yoqlab chiq­di, nigilizm va pessimizmni qoraladi. Yangi Germaniya qurilishi uchun kurashga antifashist yozuvchilar Villi Bredel (1901-1964) va Anna Zegers (1900-1983) muhim hissa qo’shdi. Ular Germaniyada irqchilik, zo’ravonlik, insonga nafrat bilan qarash, milliy xudbinlikdan ozod bo’lgan yangi tafakkurni shakllantirish uchun kurashdilar. 1990-yilda GDR yo’q bo’ldi, GFR bilan bir davlatga birlashdi, biroq GDR madaniyati arboblari ijodi o’z roli­ni o’ynadi. FRASIYA yozuvchilarining katta qismi Qarshilik Harakatining faol ishtirokchilari bo’ldi. Ular oldida azobli savol turar edi: Fransiya nega urushning birinchi bosqichida mag’lubi­yatga uchradi, nima uchun uning yo’lboshchilari 1940 ­yil iyunda taslim bo’lishga bordi? Elza Triole (1896-1970) asarlarida bu savolga eng yorqin javoblar jarangladi. 1945-yilda u Qarshilik Harakati haqidagi "Movutni yirtganlik uchun- jarima ikki yuz frank" nomli hikoyalar to’plamini e’lon qildi. 1959-1963-yillarda bu mavzu "Neylon asri" ijtimoiy­-psixologik romanlar turkumida davom ettirildi. Yirik fransuz yozuvchisi va shoiri Lui Aragon (1897­1982) urushdan keyingi milliy adabiyotning yo’lboshchisi edi. Uning "Ehtirosli hafta" (1958), "Jiddiy halokat" (1965), "Blansh yoki unutilish" (1967), "Ami Matiss" (1971), "Teatr - roman" (1974) romanlari Fransiyaning oddiy kishilari va ularning yengil bo’lmagan hayotiga bag’ishlandi. Sartrga qarama-qarshi ravishda L.Aragon ijobiy qahramon, ya’ni yovuzlik, xusumatga faol qarama-qarshi turadigan, tushkunlikni rad etuvchi dunyoni takomil­lashtirish yo’lida kurashuvchi shaxs timsolini shakllantir­di. Uning izdoshlari bu g’oyaviy yo’lni davom ettirishdi va Fransiya uchun yangi tipdagi adabiyotni yaratishdi, u fransuz xalqining ko’pchilik qismi uchun ijtimoiy-siyosiy murabbiyga aylandi. Jan Lamt (1910-yilda tug’ilgan) yozuvchining yaqin safdoshi edi. Uning "Tiriklar kurashadi" (1947), "Biz hali binafsha uchun qaytamiz" (1948), "Roz-Frans" (1950), "Komandir Marso" (1953) kitoblari Qarshilik ishtirokchilari haqida mard, axloqiy sof, vatani va ozodlikka cheksiz sodiq kishilar sifatida hikoya qiladi. L.Aragon va J.Laffit ijodiyoti ruhiga yaqin bo’lgan Andre Stil (1921-yilda tug’ilgan) va Jan-Pyer Shabrol (1925-yilda tug’ilgan) E.Zolyadan so’ng mehnatkash qahramonlar, ularning egilmas irodasi haqida kuyladi. Ijtimoiy adolat, tinchlik uchun kurash mavzusi zamonaviy fransuz adabiyotida markaziy mavzulardan biriga aylandi. Mazkur mavzuni ishlab chiqqan va rivojlantirgan yirik yozuvchilar orasida R. Vayyan, A.Vyurmser, P.Kurtad, P.Gamarra, E.Remark bor edi. 50-yillar o’rtalarida "yangi roman" deb nomlangan oqim paydo bo’ladi. Rob-Griye, Natali Sarrot va Mishel Byutorlar uning eng ko’zga ko’ringan vakillaridan edi. Ular an’anaviy roman janrini inkor etib, o’z umrini yashab bo’ldi deyishdi. UIarning asosiy tamoyili san’at "degumanizatsiyasi" bo’lib, insonni shaxs sifatida tasvir­Iashdan voz kechish va adabiyotni buyumlarni tasvirlash­ga ayIantirishni taklif etdi. Shu bois bu oqimni ba’zan "shozizm" (ya’ni "buyumlarni tasvirlash") deb atashadi. Bu oqim yozuvchilari ekzistensializmga ham, real­izmga ham birdek qarshi chiqishdi. UIarning asarlari nat­uralizm bilan farqlanib, ko’pincha turli ma’nosizliklarga olib keIdi. UIar uchun o’z olamini yo’qlikdan yaratuvchi yozuvchi fantaziyasi adabiy ijodning asosi edi. "Yangi roman" 60-yillarda undan ham "yangi roman" bilan almashdi. U realizmdan yanada uzoqlashib ketdi. Urushdan so’ng fransuzlar she’riyatining ilg’or vakil­laridan biri Jak Prever (1900-1977) sanaladi. U lirik shoir va ayni paytda fransuz siyosati hamda davlat arboblarining axloqsizligi va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi jasur kurashchi edi. She’rlarida yumor, satira, lirika, ijti­moiy norozilik ohanglari birday kuchli jaranglaydi. U rejissyor M. Karnening "Maroqli drama", "Tumanli sohil bo’ylari", "Kun boshlanadi", "Oqshomgi mijozlar" kabi filmlariga ssenariylar yozgan. Ushbu filmlar fransuz kinematografiyasining oltin fondi­dan joy olgan. Urushdan so’ng Fransiya adabiyotida tarixiy roman­lar janri rivojlandi. Bu yo’nalishdagi adiblar ichida Andre Morua (1885-1967) yetakchi o’rinni egallaydi. U "Jahonning qudratli kishilari" (1948), "O’lik jonlar tal­vasasi" (1950), "Do’zaxdagi uchrashuv" (1951) - ijti­moiy trilogiyasini, shuningdek, "La’natlangan qirollar" (1955-1960) degan umumiy nomdagi tarixiy romanlar seriyasini yozdi. Bu asarlarda fransuz qirollari sirlari, fitna, fisqu fasod, makru hiylalari orqali XVII -XVIII asr Fransiya tarixi ko’rsatib berilgan. 1980-yilda e’lon qilingan "Uch Dyuma" va "Adabiy portretlar" asarlari esa A.Moruaga yanada mashhurlik keltirdi. "Adabiy portretlar"da adib Volterdan tortib Anatol Fransgacha bo’lgan 14 nafar ulug’ fransuz yozuv­chilarining hayot faoliyatini tasvirlab bergan.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish