Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet102/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

FAN VA MADANIYAT.
Dunyoni hozirda uchinchi sanoat inqilobi qam­rab olganki, u uch jihatdan ulkan global ta’sir ko’rsat­moqda:
1) fizika fanlari,
2) biologiya fanlari.
3) kommunikatsiya va axborotlar
Yadro fizikasi yadro texnologiyasini rivojlantirish uchun asos yaratdi. Lazer ta’sirining asosiy tamoyillari A.Eynshteyn tomonidan 1916-yilda bayon etib berilgan edi, biroq birinchi ishlovchi lazer generatori amerikalik muhandis Teodor Mayman tomonidan 1960-yilda yaratildi. Lazer texnikasi fan va texnikaning barcha sohalariga kirib bormoqda. Kosmosni amaliy tadqiq etish 1957-yilda boshlandi, o’shanda qudratli sovet raketasi kosmik orbitaga yerning birinchi sun’iy yo’ldoshini olib chiqdi. 1961-yilda Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qildi. 1960-yildan Amerika va sovet olimlari o’rtasida kosmosni o’zlashtirishda `musobaqa boshlandi.
1969-yil 20-iyulda amerikaliklar birinchi bo’lib Oyga qo’ndi. 1970-yilda kosmik orbitaga yuzlab yo’ldoshlar va aloqa stansiyalari chiqarildi.Biologiya fanining genetika sohasida inqilobiy kash­fiyotlar amalga oshirildi. 50-yillar boshlarida olimlar xromosomalar eng avvalo DNK kislotalaridan iboratligi­ni va aynan DNK genetik axborot tashuvchi ekanligini aniqlashdi. 1953-yilda amerikalik olim Jeyms Vatson va ingliz olimi Frensis Krin Kembrij universitetida birga ishlagan chog’ida ilk bor DNK tuzilishi formulasini ma’lum qilishdi. 1962-yilda olimlar bu kashfiyot uchun Nobel muko­foti olishdi. Biroq, bu genetika sohasidagi buyuk kash­fiyotlarning boshlanishi edi. 60-yillar o’rtalari­da genetik kodning ishlashi tizimi ochildi. 90-yillarda esa yangi fan - gen injeneriyasi paydo bo’ldi, u bir orga­nizm hujayralarini boshqasiga o’tkazish va irsiyatiga ta’sir etish, sun’iy urug’lantirishni amalga oshirishga qodir edi. 1998-yilda ilk bor sun’iy yo’l bilan yaratilgan hayvon paydo bo’ldi. Genetika muvaffaqiyatlari natijasida qizamiq, chechak, poliomiyelitni tugatishga yordam berdi. 60 va 70-yillar­da buyrak ko’chirib o’tqazildi va sun’iy yurak yaratildi. XX asr texnologik mo’jizalari ichida kompyuter eng buyugi. 30-yillarda oddiy kompyuterlar mustaqil holda Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniyada yaratildi. Inglizlar o’z kompyuterlarini Ikkinchi jahon urushi paytida nemis harbiy kodlarini o’qish uchun foydalanishdi. Birinchi haqiqiy kompyuter (elektron) 1946-yilda Pensilvaniya universiteti olimlari J. Moshli va J.Ekkert tomonidan yaratildi. Biroq, u nis­batan kam samarali ulkan mashina edi. Tranzistorlarning kashf etilishi bilan ishlar butunlay o’zgardi, chunki ular kompyuterlarni kichik apparatlarga aylantirib qo’ydi. 80­-yillar boshlarida kompyuterlar endi hayotning barcha sohalarida foydalaniladigan bo’ldi. 80-yillar o’rtalarida 20 ming kompyuter robot­lari ishladi. Kompyuterlar shaxmat o’ynash, she’r yozishga o’rgandi. Ular inson aqliy rivojlanishining muhim qismi bo’lib qoldi. Birinchi tajriba tarzidagi teleeshittirishlar 20-yillar oxirlarida (birinchi­lardan biri - Toshkentda) namoyish etildi. 70-yillarda butun dunyoga tarqaldi. Fan va texnikaning rivojlanishi ommaviy ong va madaniyatda haqiqiy inqilob yasadi. Radio va televideniye madaniyat xodimlarining alohi­da toifasini yaratdi. Radio va televideniye omma­viy madaniyat (pop­kultura) yaratdi. G’arb madaniyatini amerikalashtirish qariyb 20 yil: 1945-1965-yilgacha davom etdi. U har narsadan ozod, harakatchan, o’zini erkin tutuvchi, doimo auditoriya bilan aloqada tutuvchi bo’lgani uchun G’arb mamlakatlari aholisi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Yevropacha gastrolga kelgan Dyuk Ellington va Lui Armstrong rahbarligidagi jaz orkestrlari, butun qit’aga tarqalgan, ularning musiqasi hozirgi zamon ommaviy madaniyatining dur­donasiga aylandi. Amerika musiqasi ohangida (40-yillar­da - "bugivugi, 50-60-yillarda - rok-n-roll) butun Yevropa, Sharq raqsga tushdi. Hali ham klas­sik (mumtoz) madaniyat - opera, balet, simfonik, klas­sik musiqa muvaffaqiyat bilan rivojlandi va olqishlarga sazovor bo’ldi. Uning o’choqlari Parijda ­"Grand opera", Milanda ­"La Skala", Londonda ­"Albert-xoll" mavjud. Biroq bu madaniyat badavlat kishi­lar uchun to’g’ri kelardi. Ommaviy madaniyat esa keng omma uchun mo’ljal­langan edi. Estrada - o’z xonandalari, raqqosalari, ansambllari bilan oddiy va ohangdor qo’shiqlarni kuy­lab katta-katta auditori­yalarni o’ziga jalb etdi. "ABBA" shved va"Bittlz" ingliz ansambllari shunday yulduzlar­dan edi. Ommaviy madaniyat tomoshabop tadbirlarning ulkan tijorat majmuini yaratdiki, u amerikacha "shou­biznes" atamasi bilan nomlandi. "Farovonlik jamiyati", "texnotron jami­yat" , "iste’mol jamiyati" kabi nazariyalar paydo bo’ldi. Ularda gap asosan G’arb mamlakatlari haqida bordi. Endi g’arbcha jamiyat qadriyatlarini tanqid qilib chiqishga jur’at etmadi - ularni hech kim e’lon ham, reklama ham qilmas edi. To’g’ri, 20- va 30-­yillar mumtoz adiblari hali tirik edi (J. Steynbek, M. Remark, E. Xeminguey va boshqalar), biroq ularda ilga­rigi keskin tanqidiy kayfiyat jamiyatning axloqiy negiz­larini fosh etish to’liq yo’q edi. Buyuk Steynbek esa Vyetnamdagi urushni qo’llab-quvvatladi ham. 30-yillarda G’arbda Ikkinchi jahon urushidan so’ng ustuvor bo’lgan falsafa paydo bo’ldi: Ekzistensializm. U ijtimoiy hayotning barcha turlariga kirib bordi, bunga asosan fransuz yozuvchisi, faylasufi va publit­sisti Jan Pol Sartr (1905-1980) sababchi bo’ldi. G’arb­ning qariyb butun ommaviy ongi ekzistensializm falsafasiga asoslandi. Sartr o’zining "Borliq va yo’qlik" (1943) asarida shunday yozadi: Odamlar eng avvalo nima uchun yashayotganining mohiyatini tushunishini xohlashadi, biroq faqat sokin, xudosiz va maqsadsiz dunyoni topi­shadi, xolos. Shunday qilib, inson mavjudligi "absurd" bo’lib qoladi. Biroq, boshqa tomondan o’z hayotining absurdligini (ma’nosizligini) inson erkinlik bilan to’ldira­di. Hayotda ma’no va mutlaq qoidalar yo’q ekan, odamlarda mohiyat yoki tug’ma xarakteristika yo’q. Ular-"yo’qlik", erkinlikdan foydalangandagina "nimadir"ga aylanishadi. Odamlar bunda qanday xatti­-harakat qilishni o’zlari tanlashadi. Shunday qilib, "mavjudlik mohiyatdan oldin yuradi", ya’ni odamlar mohiyatga ega emas ekanlar, ular o’zlarini har kungi mavjudlikda (ekzistense) qaror toptirmoqlari lozim. Sartrning fIkricha, to’g’ri odam hayotda faol qatnashu­vchi, doimo mashg’ul kishi bo’lishi lozim. Ekzistensializm bir tomondan, tushkunlikka ega bo’lsa-da, - odamlarni mas’ul va faol yashashga undaydi. Uni ommaboplashtirishda fransuz adibi Albert Kamyu asar­larining ahamiyati katta bo’ldi. U bu oqimning AQSHda keng tarqalishiga imkon yaratdi. Yozuvchining "O’lat" (1947) romanida o’latning shaharga yopirilib kelishining dahshatli manzarasi tasvirlanadi. Hayotning absurdliligi begunoh odamlarning halok bo’layotgani bilan ta’kid­lanadi. Biroq, oxir-oqibatda ular yovuzlikka qarshi kurash boshlashadi. Mashhur italyan rejissyori Federiko Fellini 1960- yilda "Shirin hayot" fIlmini qo’ydi. Bu fIlmda oliy jamiyat hayoti - mehr-muhab­bati yo’q odamlar bir-birlari­ning yonlarida to’liq yolg’izlikda yashashadi. Kurt Vonnegut va Jozef Xeller kitoblarida urushning absurdligi ko’rsatilganki, ular Vyetnamdagi urush davrida katta muvaffaqiyatga sabab bo’ldi. Falsafiy tafakkurning boshqa muhim yo’nalishi "taraqqiyot doktrinasi" bo’ldi. Unda XX asr varvarlik va g’ayriinsoniylikning beshafqat hodisalarining guvohi bo’lganligi tan olinadi. Amerikalik faylasuf Charlz Frenkel "Taraqqiyot dok­trinasi"ning eng yirik mafkurachisi va ifodalovchilaridan biri. Muallif o’zining "Zamonaviy odamning ishi" (1955) va "Demokratik kelajak" (1962) kitoblarida "odamzod taraqqiyoti"ni "modernizatsiya" (yangilanish) inqilobi, ya’ni moddiy va intellektual taraqqiyot natijasi deb hisoblaydi. Venger psixologi Zigmund Freydning psixoanaliz usuli san’at rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi, inson shaxsi haqidagi tasavvurlami to’liq o’zgartirib yubordi. Olimning tasdiqlashicha, inson psixikasida ko’plab "yashirin", "noaniq", "notiniq" narsalar borki, ularni oddiy yo’l bilan bilib bo’lmaydi, san’atkorning vazifasi inson qalbidagi bu ichki alg’ov-dalg’ovlikni tasvirlay ola bilishdir. Ular real hayotdan qarama-qarshi tomonda bo’lgan ongosti dunyosini izlashga kirishishdi. Realizm g’arb tasviriy san’atida yo’qola bordi, unda. "syurrealizm" (realizm­ning teskari tomonidan) ustutllik qila boshlaydi. Abstrakt (mavhum) ekspressionizm katta ta’sirga ega bo’ldi, uning taniqli namoyandalari Jekson Pollok (1912-1956), V.V.Kandinskiy (1866-1944), Maks Ernest edi. Ular chiziqlar, geometrik figuralar va hajm­lardan tartibga solingan konstruksiyalar yaratishdi, shu­ningdek, rangli dog’lar va hajrnlaming tartibsiz, ayqash­uyqash to’pida ijodiy ongsizlik, stixiyalikni ifodalashga intildilar. Syurrealizm asosida kubizm, dadaizm, fovizm, yangi obyektivizm kabi oqimlar rivojlandi. Kubizmning eng mashhur vakili ispan rassomi Pablo Pikasso (1881-1973) edi. U tabiat va insonni o’z ongida qanday tasavvur etsa shunday, ularning estetik yoki realistik tomonlari haqida qayg’urmasdan tasvirladi. Uning suratlari bitmas-tuganmas mazmunga ega bo’lib, ularning ma’nosi hech qachon topilmaydi. Syurrealizmning kubistik yo’nalishdagi boshqa taniqli namoyandasi Mark Shagal (1899-1985) edi. U Vitebskda tug’ildi. Sankt-Peterburgda o’qidi, biroq uning butun ongli hayoti Parij va AQSHda kechdi. Uning suratlari chek-chegarasiz tasavvur va yorqin bo’­yoqlari bilan ajralib turadi. Bu suratlar realistik san’at ruhida tarbiyalangan kishi­lar uchun tushunilishi qiyin. Biroq mazmunan ular rus ertaklari va qadim­gi yahudiy rivoyatlarini o’zida namoyon etadi. Syurrealistlar orasida ayniqsa ispan rassomi Salvador Dali (1904-1989) ajralib turadi. Mutaxas­sislarning fikricha, uning asarlarida gallyutsinatsiyalar (yo’q narsalarning ko’rini­shi) va shayton vasvasalari ustivorlik qiladi. Yangi yo’nalishdagi rassomlar ijodida insonparvarlik, ezgulik, demokratiya, ya’ni umuminsoniy qadriyatlar ustun turdi.
AQSH.
Urush tugagach, harbiy kompleks hosil bo’ldi, u madaniy hayotda ham cheklashlar qilishga ham harakat qildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda davlat xizmatchilari va madaniyat arboblarini "loyallikka tekshirish" kompaniyasi boshlandi, zero ularning AQSHdagi ahvolga o’z qarashlari bar edi. Qo’poruvchilik toifasiga kiritilgan yozuvchilarning asarlari man etildi. J.Steynbek romantik samimiyligi bilan ajralib turuv­chi yozuvchi bo’lsa-da, urushdan so’ng o’z iste’dodiga muvofiq keluvchi asarlarni yaratmadi. Biroq, u urushdan keyingi 23 yillik hayoti mobaynida oddiy odamlar dun­yosidagi ezgulik va go’zallikka bag’ishlangan 22 kitobni e’lon qildi. Ular orasida eng muhimlari 27 marta nashr qilingan "Bizning xavotirlarimiz qishi" (1961) va 39 marta chop etilgan "Charli bilan sayohatlar" (1962) asarlaridir. Agar "Bizning xavotirlarimiz qishi" murakkab axloqiy va psixologik muammolari bo’lgan istehzoli roman bo’lsa, "Charli bilan sayohatlar"da yozuvchi oddiy amerikaliklar hayotiga yana qaytadi. U mamlakat bo’ylab o’z sayohatida o’rtacha amerikalik­ning ongini qamrab olgan jangovar militaristik ruhga duch keladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish