26. Xitoyda 1368-yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang.
A) Pekin shahri mo`g`ullar tomonidan yoqib yuborilgan
B) Xitoyda Sin sulolasi hukmronligi boshlangan
C) Chjan Xe o`zining dengiz sayohatini boshlagan
D) Xitoyda Min imperiyasi hukmronligi boshlangan
27. Xitoyda Min qo'shinlari mo'g'ullarni ta'qib etib ularning poytaxti bo’lgan qaysi shaharni yondirib yuboradi?
A) Qoraqurumni
B) Nankinni
C) Pekinni
D) Ninboni
28. Qaysi voqea bilan ko’chmanchi mo’g’ullarning Xitoyga hujumlariga chek qo’yilgan?
A) Qoraqurumning yondirib yuborilishi bilan
B) Min qo`shinlarining mo`g`ul qo`shinlarini qirib tashlashi bilan
C) Chjan Xe tomonidan arman qo`shinlarining qirib tashlanishi bilan
D) Sin sulolasi hokimiyatga kelishi bilan
29. Min qo’shinlarining Qoraqurumni egallab, yondirib yuborishlarida xitoyliklarga nima qo’l kelgan?
A) otliq qo`shindan foydalanish
B) Yevropa ritsarlari yordamidan foydalanish
C) o'q-dori (porox) va zambaraklardan keng foydalanish
D) piyoda kamonchilar qo`shinidan foydalanish
30. Min davlatida mamlakat xo'jaligini tiklash uchun qanday qonun qabul qilingan?
A) unumdor yerlarni davlat ixtiyoriga olish haqida
B) qullarni ozod qilish haqida
C) moliya islohotini o’tkazish haqida
D) tut daraxtini majburiy yetishtirish haqida
31. Min davlatida mo'g'ullar bosqini asoratlarini tugatish uchun qaysi tabaqalarga imtiyoz va yengilliklar berilgan?
1) jogirdor; 2) dehqonlar; 3) hunarmandlar; 4) savdogar; 5) harbiy; 6) kohin.
A) 2,4,5
B) 1,2,4
C) 2,3,4
D) 1,3,5
32. XV asrning boshlaridan Xitoydagi Min sulolasining qaysi davlat bilan munosabatlari buzilgan?
A) Yaponiyada Asikaga sulolasi bilan
B) Amir Temur saltanati bilan
C) Dehli sultonligi bilan
D) Oltin O’rda xonligi bilan
33. Xitoyliklar 1406-yilda qaysi hududga istilochilik yurishlari amalga oshirgan?
A) Koreyaga
B) Yaponiyaga
C) Eronga
D) Vyetnamga
34. Xitoyga Vyetnam va Mo'g'ulistonni istilo qilishiga yo’l ochgan voqeani belgilang.
A) To`xtamishxonning qo'qqisdan vafot etishi
B) Boyazidning qo'qqisdan vafot etishi
C) Amir Temurning qo'qqisdan vafot etishi
D) Qoraqurumning yoqib yuborilishi
35. Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti tarkibi qaysi javobda to`gri ko`rsatilgan?
A) 30ta kema, 62 ming jangchi
B) 62 ta kema, 30 ming jangchi
C) 32 ta kema, 20 ming jangchi
D) 42 ta kema, 60 ming jangchi
36. Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti tomonidan 1405-1433-yillarda qaysi hududlarga 7 marta istilochilik yurishlari amalga oshirilgan?
1) Zond arxipelagi, 2) Bangladesh; 3) Shri Lanka; 4) Eron; 5) Old Osiyo; 6) Hindiston
A) 1,3,6
B) 2,4,6
C) 1,2,3
D) 2,5,6
37. Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti qaysi hududlargacha suzib borgan?
A) Shimoliya Afrika va O`rta Yer dengizi sohillariga qadar
B) O`rta Yer dengizi va Gibraltar bo`g`oziga qadar
C) Shimoliy dengiz va O`rtayer dengiziga qadar
D) Ormuz (Fors) ko'rfazi va Sharqiy Afrika sohillariga qadar
38. Xitoylik bo`lsada, musulmon hisoblangan Chjan Xe ziyorat qilgan shahar qaysi edi?
A) Quddus
B) Madina
C) Makka
D) Bog`dod
Do'stlaringiz bilan baham: |