JAHON TARIXI-7.
2-DARS
2.3. MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR
6-§. Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida
1. Vizantiyaning qaysi qadimiy davlat vorisi hisoblanadi?
A) Sparta
B) Afinda davlati
C) Rim imperiyasi
D) Attika davlati
2. Vizantiya nima sababdan Sharqiy Rim imperiyasi deb atalgan?
A) Osiyoda joylashganligi uchun
B) Rim imperiyasining sharqiy hududlarida vujudga kelgani uchun
C) Rimning qonuniy vorisi bo`lganligi uchun
D) Megara (Sharq) nomidan olinganligi uchun
3. Qaysi davlatni Yevropa va Osiyo hududlari kirganligi bois G‘arb va Sharq orasidagi mamlakat deb atalgan?
A) Vizantiya
B) Megaro
C) Krit
D) Kipr
4. Quyidagi shaharlar va ular bilan bog`liq ma`lumotlarni moslashtiring.
1) Rim; 2) Konstantinopol; 3) Ravenna; 4) Megara.
a) Vizantiya tomonidan Italiyada tuzilgan noiblik poytaxti;
b) Sharqiy Rim imperiyasi poytaxti;
c) G`arbiy Rim imperiyasi poytaxti;
d) Konstantinopol o`rnidagi yunonlar shahri.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
5. Quyidagi sanalarni ularda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.
1) 395-yil; 2) 534-yil; 3) 527-; 4) 565-yil;
a) Yustinian hukmronligi boshlandi;
b) Yustinian hukmronligi tugadi;
c) Yustinian sarkarda Velisariyni vandallarga qarshi yubordi;
d) Rim imperiyasi ikkiga bo`lindi.
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
6. Konstantinopol shahri o‘rnida qadimda yunonlarning qaysi shahri joylashgan edi?
A) Megara
B) Afina
C) Sparta
D) Krit
7. Vizantiy qaysi shahar koloniyasi hisoblangan?
A) Megara
B) Afina
C) Sparta
D) Krit
8. Vizantiya qaysi shahar nomidan olingan?
A) Megara
B) Rim
C) Kipr
D) Vizantiy
9. Sharqiy Rimni ko'pincha Vizantiya deb nomlanishi qaysi nomdan kelib chiqqan?
A) Konstantinopolning afsonaviy hukmdori Vizant nomidan
B) Kichik Osiyodagi Viza to`gi nomidan
C) Konstantinopol shahri o'rnidagi Vizantiy nomidan
D) Kichik Osiyodagi shu nomli ibotadxona nomidan
10. Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirmagan hududlarni belgilang.
1) Bolqon yarim oroli; 2) Kichik Osiyo; 3) Old Osiyo; 4) Kavkaz; 5) Krit oroli; 6) Kipr oroli; 7) Yaqin Sharq; 8) Livan; 9) Suriya; 10) Makedoniya; 11) Falastin; 12) Qrim; 13) Eron; 14) Misr.
A) 2,7,8,10,11,12,13
B) 1,2,4,5,6,9,11,14
C) 3,7,8,10,12,13
D) 1,2,3,4,5,6,7,11
11. Vizantiya tarixiga oid atamalarni ularning izohi bilan moslashtiring.
1) nomisma; 2) sinklit; 3) vasilevs; 4) mim.
a) Vizantiya oltin puli; b) Vizantiyadagi maslahat organi; c) Vizantiya podshosi; d) aktyor.
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
12. Quyidagilardan qaysilari bevosita Vizantiya davlati tarixi bilan bog`liq.
1) nomisma; 2) sinklit; 3) vasilevs; 4) romey; 5) «Oltin ko`prik»; 6) burg; 7) mim; 8) Ravenna.
A) 1,2,3,4,5,6,7,8
B) 1,2,3,4,5,7,8
C) 1,2,3,4,5,6,8
D) 1,2,3,5,6,7,8
13. Quyidagilardan Yustinian I ga xos bo`lgan ma`lumotlarni belgilang.
1) uning davrida Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga chiqqan;
2) kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan;
3) amakisining vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan;
4) uning siymosida harakatchanlik, qat’iyat va siyosatdonlarga xos ikki yuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari mujassamlashgan;
5) oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallagan;
6) Feodoraga uylangan;
7) uning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi
8) jiyanini saroyga yaqinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratgan;
A) 1,2,3,4,6,7
B) 1,2,3,4,5,6
C) 1,2,3,5,7,8
D) 1,3,4,6,7,8
14. Quyidagilardan Yustinga xos bo`lgan ma`lumotlarni belgilang.
1) uning davrida Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga chiqqan;
2) kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan;
3) oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallagan;
4) uning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi
5) jiyanini saroyga yaqinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratgan.
A) 3,5
B) 2,3,5
C) 1,2,5
D) 2,4
15. Quyidagilardan Feodoraga xos bo`lgan ma`lumotlardan to`g`rilarini belgilang.
1) Yoshligida aktrisa bo‘lgan;
2) aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan;
3) Yustinning xotini bo`lgan;
4) Yustinian I ning xotini bo`lgan.
5) jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan aktrisalik kasbini tanlagan;
6) Velisariy bilan birga Shimoliy Afrikaga yurish qilgan.
A) 1,3,5
B) 2,3,4
C) 1,2,4
D) 2,4,6
16. Yustinian I tomonidan egallangan qabilalarni ular joylashgan mamlakat bilan moslashtiring.
1) ostgotlar; 2) vestgotlar; 3) vandallar.
a) Italiya; b) Shimoliy Afrika; c) Ispaniya.
A) 1-c, 2-b, 3-a
B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-a, 2-c, 3-b
D) 1-b, 2-c, 3-a
17. Quyidagilardan Yustinian I tomonidan egallangan hududlani toping.
1) Shimoliy Afrika; 2) Ekzarxat; 3) Italiya; 4) Janubiy Afrika; 5) Sitsiliya; 6) Kipr; 7) Ispaniya; 8) Krit; 9) Gibraltar.
A) 1,3,5,7,9
B) 1,2,3,5,9
C) 2,4,6,7,8
D) 1,2,4,5,8
18. Vizantiya imperiyasida nima sababdan yunon tili lotin tilini surib chiqargan?
A) yunonlar son jihatidan ko'p bo'lganligi uchun
B) lotin tili o`lik til bo`lganligi sababli
C) yunon tilini o`rganish osonligi sababli
D) Imperatorlarning yunon tilini davlat dini deb e`lon qilganligi sababli
19. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qanday atashgan?
A) lotinlar
B) italikar
C) yunonlar
D) turklar
20. Vizantiya imperiyasi fuqarolari o’zlarini (a) va davlatlarini (b) qanday atashgan?
A) a-rimliklar; b-Rim imperiyasi
B) a-ellinlar; b-Afina imperiyasi
C) a-ellinlar; b- Sparta imperiyasi
D) a-lotinlar; b-Lotin imperiyasi
21. Vizantiya imperiyasi fuqarolarini sharq xalqlari kim deb bilishgan?
A) turklar
B) rimliklar
C) yunonlar
D) lotinlar
22. Quyidagilardan qaysilari yunonchadan olingan?
1) sinklit; 2) vasilevs; 3) romey.
A) 1,2
B) 1,3
C) 2,3
D) 1
23. Quyidagilardan qaysilari lotincha so`z hisoblanadi?
1) senat; 2) vasilevs; 3) romey.
A) 1,2
B) 1,3
C) 2,3
D) 1
24. VI asrda Vizantiyadagi qaysi shaharlar yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan?
1) Konstantinopol 2) Frakiya; 3) Antioxiya; 4) Afina; 5) Avreliya; 6) Edessa; 7) Aleksandriya; 8) Izmir.
A) 1,4,5,8
B) 2,4,6,8
C) 1,3,4,7
D) 1,3,6,7
25. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog'laydigan "Oltin ko’prik"ka aylangan?
A) Venetsiya
B) Antioxiya
C) Konstantinopol
D) Genuya
26. Vizantiyada boshlang'ich va o'rta maktablarning ko'pchiligi G'arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o'quv muassasalaridan farqliroq ...
A) xususiy va davlatniki bo`lgan
B) cherkovniki bo`lgan
C) talabalarga maosh berilgan
D) vasilevsga bo`ysungan
27. Yustinian I vandallarga qarshi kimni yuborgan edi?
A) Velisariy
B) Feodora
C) Yustin
D) Aderne
28. Velisariy Italiyadagi qaysi hududni qiyinchiliksiz qo'lga kiritgan?
A) Italiyaning janubini
B) Sitsiliya orolini
C) Sardiniya orolini
D) Rim shahrini
29. Italiyada ostgotlar sarkarda Velisariy bosqiniga qarshi qanday chora qo’llashishgan?
A) qurol ko’tarishga qodir barcha fuqarolarni urushga jalb qilganlar
B) qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan
C) tinchlik sulhi taklif qilib katta o’lpon to’lash orqali qutulganlar
D) Fransiyadagi harbiy ritsarlardan yordam olishgan
30. Italiyadagi urush so'ngida Yustinian I qaysi hududga qo'shin yuborgan?
A) Shimoliy Afrikaga
B) Ispaniyaga
C) Britaniyaga
D) Old Osiyoga
31. Vestgotlar qo'shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya qo’shinlari...
A) janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatadi.
B) Fransiyaning janubiy hududlariga ham talonchilik yurishlarini amalga oshirdilar.
C) butun Ispaniya hududida o’z hukmronligini o’rnatdilar.
D) Ispaniya hududiga provaslav dinini kiritdilar.
32. Vizantiya tarixiga oid quyidagi asrlarni ularda sodir bo`lgan yillar bilan moslashtiring.
1) VI asr o'rtalari; 2) VII asr; 3) X-XI asrlar; 4) IX-XI asrlar.
a) slavyan qabilalari kelib o‘rnasha boshladi
b) imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar va monastirlarga ko‘plab yer-mulklar in’om etdi
c) yer egaligi munosabatlari uzil-kesil o‘rnatildi
d) Arab xalifaligi davlatga hujumlar uyushtirdi
A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b
D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
33. Arab xalifaligi hujumlari natijasida Vizantiya qaysi hududlarni boy bergan?
A) Suriya va Misr
B) Liviya va Suriya
C) Kavkaz va Old Osiyo
D) Misr va Mesopatamiya
34. Qaysi omillar Vizantiyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil o'rnatilishiga olib kelgan?
A) feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi
B) harbiy xizmatning faqat feodallarning imtiyoziga aylantirilganligi
C) ulkan hududlarni bosib olish orqali katta miqdorda boylikning orttirilishi
D) vestgotlar ustudan g`alaba qozonishi va Gibraltarning egallanishi
7-§. Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi
1. Vizantiyalik tarixchilar (a) va yunon-rim (b) tarixchilari tomonidan "slavyanlar" atamasi qachondan ishlatilgan?
1) IV asrdan; 2) VI asrdan; 3) M.a. II-I asrlardan; 4) M.a. IV asrdan.
A) a-1, b-3
B) a-2, b-3
C) a-4, b-2
D) a-2, b-4
2. Yunon-rim tarixchilari asarlarida qaysi xalqlar haqida ma`lumotlar bir paytda tilga olinadi?
A) germanlar va slavyanlar
B) slavyanlar va arablar
C) arablar va vikinglar
D) normannlar va vikinglar
3. VI-VII asrlarda slavyanlar yashagan chegaralarni belgilang.
qabilalari qaysi hududlarda yashaganlar?
1) Sharqda; 2) G`arbda; 3) Shimolda; 4) Janubda.
a) Elba daryosi; b) Visla daryosi; c) Boltiq; d) Dunay.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
4. Quyidagilardan qaysi biri g`arbiy slavyanlarga kirmaydi?
A) slovenlar
B) chexlar
C) polyaklar
D) slovaklar
5. Janubiy slavyan qabilalariga mansub xalqlarni belgilang.
1) chexlar; 2) bolgarlar; 3) xorvatlar; 4) serblar; 5) polyaklar; 6) slovenlar; 7) slovaklar; 8) bosniyaliklar; 9) chernogorlar; 10) makedonlar; 11) rodimichlar; 12) belaruslar.
A) 1,2,3,4,9,10,11
B) 2,3,4,6,8,9,10
C) 2,3,4,7,8,9,10
D) 1,3,5,11,12,13
6. Sharqiy slavyan qabilalariga qaysi xalqlar kirgan?
A) chexlar, polyaklar, slovenlar
B) xorvatlar, bolgarlar, serblar
C) slovaklar, chernogorlar, makedonlar
D) ruslar, ukrainlar, beloruslar
7. Slavyanlar qadimdan qaysi soha bilan shug'ullangan?
A) dehqonchilik
B) chorvachilik
C) baliqchilik
D) savdo-sotiq
8. Mavrikiy yozishicha, slavyan dehqonlari boshoqli ekinlardan ko'proq qaysi ekinlarni ekkanlar?
A) arpa va bug’doyni
B) bug’doy va tariqni
C) arpa va tariqni
D) tariq va jo’xorini
9. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar qaysi sohalar bilan ham shug'ullana boshlaganlar?
A) savdo-sotiq va hunarmandchilik
B) uy chorvachiligi va hunarmandchilik
C) chorvachilik va baliqchilik
D) savdogarlik va dehqonchilik
10. Qaysi daryolar bo'ylarida yashagan slavyan aholisi xo’jaligida baliqchilik muhim o’rin tutgan?
1) Visla; 2) Itil; 3) Dnepr; 4) Dunay; 5) Boltiq; 6) Elba; 7) Reyn; 8) Elba.
A) 2,4,5,8
B) 1,3,5,7
C) 2,4,6,7
D) 1,3,4,8
11. Slavyanlar ijtimoiy tuzumining germanlarnikiga o'xshash jinati nimada edi?
A) savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug’ullanishganligi
B) shahar-davlatlarga bo’linib yashashganligi
C) qabila va urug'larga bo'linib yashashganligi
D) katta patriarxal oilalarga bo’linib yashashganligi
12. Slavyanlarda xalq yig’inlari qanday atalgan?
A) jiva
B) veche
C) svarog
D) sobor
13. Slavyanlarga oid quyidagi ma`lumotlardan Vizantiya tarixchilari tomonidan aytilganlarini toping.
1) erksevar, jasur, jangovar bo'lishi bo`lgan;
2) tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan do'stona munosabatga shay bo'lgan;
3) boshoqli ekinlardan arpa va tariq ekkan;
4) germanlar bilan bir paytda yashagan.
A) 1,2,4
B) 2,4
C) 1,2,3
D) 1,2,3,4
14. Slavyanlar diniy tasavvurlari haqida bildirilgan fikrlardan to`g`risini aniqlang.
1) o’simliklarga qon-qarindoshlikga ishongan;
2) tabiat kuchlari va ajdodlari ruhiga sig`inish ko`rinishida bo`lgan;
3) germanlar diniy e`tiqodi bilan bir xil ko’rinishda bo`lgan;
4) jinlar, suv parilari kabi afsonaviy siymolarga e'tiqod saqlanib qolgan;
5) totemizm e`tiqodi keng tarqalgan.
A) 1,5
B) 2,4
C) 1,3,5
D) 2,3,4
15. Turkiy bulg`or qabilalari xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida qayerda yashagan?
A) Itil daryosi havzasida
B) Yoyiq daryosi havzasida
C) Vltava daryosi havzasida
D) Visla daryosi havzasida
16. Itildan g`arbga ko`chgan bulg`orlar qaysi davlatga borib joylashadi?
A) Polshaga
B) Moraviyaga
C) Chexiyaga
D) Bolgariyaga
17. Quyidagi qabilalarni joylashgan o`rni bilan moslashtiring.
1) bulg`orlar; 2) chexlar; 3) polyanlar.
a) Vltava; b) Gnezno; c) Itil.
A) 1-c, 2-a, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-a, 2-b, 3-c
18. Quyidagi davlatlarni tashkil topgan davrlari bilan moslashtiring.
1) Chexiya; 2) Polsha; 3) Bolgariya.
a) X asr boshlari; b) X asr o`rtalari; c) VII asr.
A) 1-c, 2-a, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-a, 2-b, 3-c
19. Quyidagi davlatlarni tashkil topgan davriga ko`ra xronologik tartibda joylashtiring.
1) Chexiya; 2) Polsha; 3) Bolgariya.
A) 3,2,1
B) 2,3,1
C) 1,2,3
D) 3,1,2
20. Quyidagi davlatlarni ularda hukmronlik qilgan hukmdorlar bilan moslashtiring.
1)Bolgariya; 2) Polsha; 3) Chexiya.
a) Asparux; b) Vatslav; c) Piast; d) Boleslav; e) Simoen; f) Meshko.
A) 1-a,c; 2-b,d; 3-e,f
B) 1-c,d; 2-b,f,d 3-a
C) 1-a,e; 2-c,d,f; 3-b
D) 1-a,e; 2-d,f; 3-c,b
21. Quyidagi hukmdorlarni ular hukmronlik qilgan yillar bilan moslashtiring.
1) Vatslav; 2) Asparux; 3) Simoen.
a) 893-927-yillar; b) 643-701-yillar; c) 920-935-yillar.
A) 1-c, 2-a, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-a, 2-b, 3-c
22. Bolgariya IX asr boshlariga kelib …
A) Vizantiya tomonidan bosib olingan
B) yirik davlatga aylanadi
C) ichki o’zaro kurashlar girdobiga tortilgan
D) mayda davlatlarga bo’linib ketgan
23. Bolgariya podsholigi qay tariqa barham topgan?
A) ko’chmanchi chexlar bosib olishi natijasida
B) Vizantiya tomonidan bosib olinishi natijasida
C) germanlar tomonidan bosib olinishi natijasida
D) o’zaro ichki kurashlar natijasida
24. Bolgariya podsholigiga asos solgan (a) va uni o`z qudratining cho`qqisiga chiqaritrgan (b) hukmdorlarni toping.
A) a-Asparux; b-Vatslav
B) a-Simoen; b-Vatslav
C) a-Asparux; b-Simoen
D) a-Asparux; b-Boleslav
25. Rivoyatlarga qaraganda, chexlarning qadimgi yo'lboshchisi qanday nomlangan?
A) Chex
B) Vatslav
C) Prjemislovich
D) Serb
26. Chex qabila ittifoqi boshida kimlar turgan?
A) Grigoryevichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar
B) Ryurikovichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar
C) Prjemislovichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar
D) Piastlar xonadonidan bo'lgan knyazlar
27. Vatslav haqida bildirilgan hukmlardan to`g`rilarini belgilang.
1) yoshligidan xristian aqidalari bo'yicha tarbiyalangan;
2) xristianlik dinini bor kuchi bilan Chexiyada yoyishga harakat qilgan;
3) xristianlik dinini bor kuchi bilan Polshada yoyishga harakat qilgan;
4) uning xristianlikka nisbatan ehtiromi chexlarga xush kelmagan;
5) uning xristianlikka nisbatan ehtiromi polyaklarga xush kelmagan;
6) tug'ishgan ukasi uni xoinona o'ldirgan;
7) vafotidan so`ng uni chexlarning asosiy milliy avliyosi sifatida e'zozlashgan;
B) chorvachilik va hunarmandchilik
C) baliqchilik va chorvachilik
D) chorvachilik va savdo
8-§. Sharqiy slavyanlar. Kiyev Rusi
5. Arxeologlar qazishmalardan sharqiy slavyanlarga oid qanday buyumlarni topishgan?
1) mehnat qurollari; 2) kulolchilik buyumlari; 3) hunarmandchilik mahsulotlari; 4) jez va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar ; 5) oltin buyumlar; 6) sopol idishlar.
A) 1,3,4
B) 2,4,6
C) 1,3,5
D) 1,2,4
6. «Ziroatchilik qonunlari» yozilgan asr (a) va u yaratilgan davlat (b) to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang?
1) VIII; 2) VII; 3) IX.
4) Vizantiya; 5) Kiyev Rusi; 6) Bolgariya.
A) a-1, b-4
B) a-2, b-6
C) a-3, b-5
D) a-2, b-5
7. «Ziroatchilik qonunlari»ga ko‘ra, sharqiy slavyanlardagi erkin dehqonlar yerlarida nimalar yetishtirilgan?
1) bug‘doy; 2) kunjut; 3) makka; 4) tariq; 5) arpa; 6) sulu.
A) 1,5,6
B) 2,3,6
C) 1,2,3
D) 1,4,5
8. Sharqiy slavyanlarda qabilalar hayotiga oid muhim masalalar qanday hal qilingan?
A) xalq yig‘ini – «veche»da muhokama etish bilan
B) drijinachililar kengashlarida
C) faqat knyaz hal etgan
D) knyazlar kengashida
9. Sharqiy slavyanlarning o‘z hududlarini himoya qilibgina qolmay, qo‘shni o‘lkalarga yurishlar uyushtirishgan yo‘lboshchilari kimlar edi?
A) chokarlar
B) rekrutlar
C) otliq drujinachilar
D) boyarlar
10. Quyidagi rus hukmdorlarini ularning hukmronlik yillari bilan moslashtiring.
1) Vladimir; 2) Igor; 3) Yaroslav; 4) Monomax.
a) 912-945-yilllar; b) 1113-1225-yillar; c) 1019-1054-yillar; d) 980-1015-yillar.
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
11. Quyidagilardan rus hukmdorlari va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan mos berilgan javobni toping.
1) Olga; 2) Igor; 3) Yaroslav; 4) Monomax 5) Vladimir.
a) Vizantiyaga ikki marta yurish qilgan; b) Rus mavqeini diplomatiya orqali yuksaltirgan; c) ruslarga xristian dinini qabul qildirgan; d) ilk bor qipchoq xonlari qo`shinini yenggan; e) Kiyev Rusi gullab-yashnagan
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a, 5-e
C) 1-a, 2-e, 3-d, 4-c, 5-b
D) 1-b, 2-a, 3-e, 4-d, 5-c
12. Rus tarixiga oid quyidagi sanalarni izohlang.
1) 882-yil; 2) 945-yil; 3) 964-yil; 4) 988-yil.
a) Svyatoslav hukmronligi boshlandi; b) Igor hukmronligi tugadi; c) Vladimir xristian dinini qabul qildi; d) Oleg Kiyevni egallab, Kiyev Rusi davlatiga asos soldi.
A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
13. Varyaglar kimlar?
A) skandinaviyalik normannlar
B) Bretan oroli fuqarolari
C) sharqiy slavyanlar
D) lotin tilidan boshqa tilga so’zlashuvchilar
14. Normannlar tomonidan sharqiy slavyanlarga yuborilgan uch aka-uka kimlar edi?
1) Ryurik; 2) Igor; 3) Truvor; 4) Drevlyan; 5) Izborsk; 6) Sineus.
A) 2,4,6
B) 1,2,5
C) 1,3,6
D) 1,3,5
15. Normannlar tomonidan yuborilgan uch aka-uka va ular knyazlik qilgan hududlar mos berilgan javobni toping.
1) Ryurik; 2) Truvor; 3) Sineus.
a) Izborsk; b) Beloozero; c) Novgorod.
A) 1-c, 2-a, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-a, 2-d, 3-b
D) 1-b, 2-a, 3-d
16. Kiyev Rusi hukmodorlaridan qaysilari o`zidan keyin kelgan hukmdor yosh bo`lganligi sababli u balog`atga yetguncha knyazlik qilgan?
A) Olga, Igor
B) Igor, Vladimir
C) Svyatoslav, Igor
D) Oleg, Olga
17. Kiyev Rusi hukmodorlaridan qaysilari vorislar o`rtasida bo`lgan taxt uchun kurashdan so`ng hokimiyatni egallagan?
A) Vladimir, Yaroslav
B) Igor, Vladimir
C) Svyatoslav, Olga
D) Vladimir, Monomax
18. Kiyev Rusi knyazi Igorning o`g`li (a) va qarindoshi (b) ko`rsatilgan javobni toping.
A) a-Igor, b-Oleg
B) a-Oleg; b-Igor
C) a-Oleg; b-Vladimir
D) a-Sineus; b-Igor
19. Kiyev Rusi davlatida Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’lgan?
1) Xazar xoqonligi zulmidan ozod bo’lish;
2) qipchoqlar bilan sulh tuzish;
3) xristian dinini joriy etish;
4) sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish;
5) Xazar davlati bilan savdo munosabatlari o`rnatish;
6) Vizantiyani egallash.
7) tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash;
8) Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o'rnatish.
A) 1,4,6,7
B) 1,2,3,4
C) 2,4,5,8
D) 1,4,7,8
20. Olegning shimolda (a) va janubda (b) egallagan hududlarini toping?
A) a-Dunay daryosi; b-Dneprgacha
B) a-Dunay daryosi; b-Visla daryosiga qadar
C) a-Ladoga ko'li; b-Dneprning quyilishigacha
D) a-Ladoga ko`li; b-Vltava daryosiga qadar
21. Oleg Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzgan. Unga kor’a….
A) qipchoqlarga qarshi kurashda harbiy ittifoq yuzaga keldi.
B) Vizantiya savdogarlari rus yerlarida bojsiz savdo qilishlariga izn berildi
C) Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat berildi
D) Vizantiya ruslarga boj to`lagan
22. Kiyev Rusi knyazi Igor o’z faoliyatini nimadan boshlagan?
A) ko'chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan
B) Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo’lishdan
C) sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishdan
D) Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o'rnatishdan
23. Tuzilgan shartnomani bajarmagani tufayli Konstantinopolga hujum qilgan rus hukmdori kim edi?
A) Svyatoslav
B) Vladimir
C) Igor
D) Olga
24. Kiyev Rusi knyazi Igor Vizantiyaga yurishida...
A) ruslar qo'shini Vizantiya qo’shinidan mag'lub bo'ladi.
B) rus qo’shinlari ko’chmanchi bijanaklar hujumiga uchrab ortga qaytgan.
C) Vizantiya jangsiz tinchlik shartnomasini tuzib katta o'lpon to'laydi.
D) yo’lda kasallanib vafot etadi.
25. Kiyev Rusi knyazi Igor qay tariqa vafot etgan?
A) saroy fitnasi oqibatida
B) drevlyan qabilalari bilan to'qnashuvda
C) bijanaklar bilan to`qnashuvda
D) o`z joniga qasd qilgan
26. Olga qachon Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi?
A) X asming 40-yillari o'rtalarida
B) X asming 50-yillari o'rtalarida
C) X asming 50-yillari oxirlarida
D) X asming 40-yillari oxirlarida
27. Svyatoslav necha yoshida Kiyev Rusi knyazi bo’lgan?
A) 25 yoshida
B) 20 yoshida
C) 28 yoshida
D) 22 yoshida
28. Knyaz Svyatoslav Kiyev Rusida hokimiyatni qo’lga olganidan so’ng qaysi hududlarga yurish boshlagan?
A) sharqiy hududlarga
B) g’arbiy hududlarga
C) janubiy hududlarga
D) shimoliy hududlarga
29. Itil (Volga) va Don daryolari oralig'ida tashkil topgan davlat va uning poytaxti mos berilgan javobni toping.
A) Drevlyan knyazligi/Don
B) Bijanaklar qirolligi/Don
C) Saljuqiylar davlati/Yangikent
D) Xazar xoqonligi/Itil
30. Kiyev Rusining qaysi knyazi xazarlarning asosiy kuchlarini mag'lub etib, Itil shahrini egallagan?
A) Igor
B) Olga
C) Vladimir
D) Svyatoslav
31. Kiyev Rusi knyazi Svyatoslav qaysi hududlarga qarshi urushlar olib borgan?
1) Normannlar; 2) Bolgariya; 3) ko`chmanchi bijanak; 4) vengerlar; 5) Chexiya; 6) Vizantiya.
A) 1,2,5
B) 2,3,6
C) 2,3,5
D) 1,4,6
32. Quyidagi hukmdorlardan qaysilari Vizantiyaga yurish qilgan?
1) Olga; 2) Igor; 3) Svyatoslav; 4) Vladimir; 5)Yaroslav; 6) Monomax.
A) 1
B) 1,2
C) 2,3
D) 1,2,3
33. Quyidagilardan Kiyev Rusi knyazi Vladimirga xos bo`lgan ma`lumotlarni toping.
1) Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida taxtni egallagan;
2) Kiyev Rusini gullab-yashnattirgan;
3) slavyan qabilalarining isyonini bostirgan;
4) Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdirgan;
5) mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan;
6) Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilgan;
7) o`g`li Kiyevga boj to`lashdan bosh tortgan;
8) Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlangan
9) Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilgan;
10) Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasini qurdirgan;
A) 1,2,3,4,6
B) 1,3,4,5,7
C) 4,6,7,8,9
D) 1,5,6,7,10
34. Quyidagilardan Kiyev Rusi knyazi Yaroslavga xos bo`lgan ma`lumotlardan to`g`risini toping.
1) Kiyev Rusini gullab-yashnattirgan;
2) uning davrida Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilgan;
3) uning davrida Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan qipchoq qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilgan;
4) Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasini qurdirgan;
5) Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlangan
6) Vladimirning to`ng`ich o`g`li bo`lgan;
7) Vladimirning kichik o`g`li bo`lgan;
8) bijanaklar ustudan g`alaba sharafiga avliyo Sofiya ibodatxonasini qurgan;
9) qipchoqlar ustudan g`alaba sharafiga avliyo Sofiya ibodatxonasini qurgan;
10) slavyan qabilalarining isyonini bostirgan.
A) 1,2,4,5,6,8
B) 1,3,4,5,6,9
C) 2,4,7,8,9,10
D) 1,2,3,7,8,10
35. Quyidagi jumlani to`ldiring.
«Vladimir ... bo‘ylarida yashagan … qarshi harbiy yurish uyushtirgan”.
A) Don/xazarlarga
B) Dunay/bulgo`rlarga
C) Dnepr/xazarlarga
D) Don/bijanaklarga
36. Yaroslav o`z otasi davrida qaysi shaharda noib bo’lgan?
A) Izbrosk
B) Novgorod
C) Kiyev
D) Vladimir
37. Kiyev Rusi knyazi Vladimir qay tariqa vafot etgan?
A) drevlyan qabilalari bilan to’qnashuvda
B) ko’chmanchi bijanaklarning navbatdagi hujumlarini bostirishda
C) o’g’li Yaroslavga qarshi yurishga tayyorgarlik paytida
D) Vizantiyaga qarshi yurishda
38. Kiyev Rusining yuksalgan davri qaysi asrga to’g’ri keladi?
A) XI asr
B) X asr
C) XII asr
D) IX asr
39. Qaysi Kiyev Rusi knyazi donishmand nomini olgan?
A) knyaz Svyatoslav
B) knyaz Vladimir
C) knyaz Oleg
D) knyaz Yaroslav
40. Yaroslav davrida tuzilgan rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to'plami qanday ataladi?
A) «Ziroatchilik qonunlari»
B) «Sali haqiqati»
C) «Rus yozma qonunlari»
D) «Rus haqiqati»
41. "Rus haqiqati"ga qaysi soha qonunlari kiritilgan?
A) fuqarolik va jinoiy ishlar
B) fuqarolik va ma’muriy ishlar
C) ma’muriy va jinoiy ishlar
D) xo’jalik va fuqarolik ishlari
42. Quyidagi ma`lumotlardan "Rus haqiqati" qonunlaridan o`rin olganlarini toping?
1) jinoyat va jazo haqidagi ma`lumotlar;
2) qipchoqlarga qarshi yurish haqidagi ma`lumotlar;
3) Vizantiya bilan aloqalar haqida ma`lumotlar;
4) rusning birlashishi haqida ma`lumotlar;
5) rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari haqidagi ma`lumotlar;
6) odat, udum va an'analar bo'yicha ma'lumotlar.
A) 2,3,4
B) 3,5,6
C) 1,3,5
D) 1,5,6
43. “Rus haqiqati”ga ko`ra og`ir jinoyatlar uchun qanday jazo belgilangan?
A) zindon jazosi
B) darra urish
C) o`lim jazosi
D) jarima to`lash
44. “Rus haqiqati”ining ko'pchilik moddalarida qanday jazo turi qayd etilgan?
A) qamoq
B) kaltaklash
C) jarima to'lash
D) sazoyi qilish
45. Ko'chmanchi qipchoq qabilalari XI asrning o'rtalarida qaysi hududlarni egallagan?
A) Yoyiq daryosidan Dunaygacha
B) Ural daryosidan Kaspiygacha
C) Volga daryosidan Uralgacha
D) Ili daryosidan Dunaygacha
46. Qaysi Kiyev knyazi davrida qipchoqlar bilan olib borilayotgan urushlar qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko’chgan?
A) Igor
B) Vladimir Monomax
C) Yaroslav
D) Olga
47. Kimning vafotidan keyin qipchoqlarning rus yerlariga hujumi qaytadan boshlangan?
A) Igor
B) Vladimir Monomax
C) Svyatoslav
D) Yaroslav
48. Kimlarning bosqinidan keyin Kiyev Rusi davlati siyosiy tarqoqlik bosqichiga kirgan?
A) qipchoqlar
B) bijanaklar
C) vizantiyaliklar
D) polyaklar
9-§. Yevropa xalqlari madaniyati
1. Qaysi frank qiroli o'z davlatida yangi maorif tizimini yaratgan?
A) Buyuk Karl
B) qirol Xlodvig
C) qirol Xilperik
D) Pipin Pakana
2. Qaysi hukmdor farmoniga ko`ra Yevropada xalq maktablari joriy etilgan?
A) Buyuk Karl
B) qirol Xlodvig
C) qirol Xilperik
D) Pipin Pakana
3. Buyuk Karl asos solgan xalq maktablari qayerlarda tashkil qilingan?
A) zodagonlar oilalarida
B) qirol saroyi qoshida
C) ibodatxonalar qoshida
D) shahar kengashlari qoshida
4. Yevropadagi xalq maktablarida ruhoniylarga kimlarni bepul o’qitish buyurilgan?
A) oddiy xalq farzandlarini
B) zodagonlar farzandlarini
C) xristian dini vakillarini
D) qiz o’quvchilarni
5. Buyuk Karl tomonidan tashkil etilgan saroy maktabida kimlar dars berishgan?
1) Karlning yaqin do'stlari;
2) saroy akademiyasi a'zolari;
3) Karlning o`zi
4) xususiy o`qituvchilar
5) cherkov ruhoniylari.
A) 1,3,4
B) 2,3
C) 1,2,3,4,5
D) 1,2
6. Buyuk Karl saroy akademiyasidagi olimlar qanday ishlar bilan shug`ullangan?
1) antik davr mualliflari asarlarini o'rganish;
2) she'rlar bitish;
3) amaldorlarni shakllantirish;
4) ibodat qilish;
5) cherkov ta`limini o`rgarish.
A) 1,2,3
B) 2,3
C) 1,2,3,5
D) 1,2
7. Quyidagilardan Eyngard (a) va Alkuin (b) haqida bildirilgan fikrlar moslab berilgan javobni toping.
1) saroy akademiyasi a`zosi bo`lgan;
2) tarixchi-rohib hisoblangan;
3) zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb atashgan;
4) Karl hayoti haqida ma`lumotlar yozgan;
5) o`zi va shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan.
A) a-1,3,4; b-2,5
B) a-1,3,5; b-2,4
C) a-1,2,3,4; b-1,5
D) a-1,4,5; b-1,2,3
8. O'rta asrlarda qaysi davlat o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qoladi?
A) Vizantiya
B) Fransiya
C) Niderlandiya
D) Kiyev Rusi
9. Vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi...
A) ateizm muhim o`rin tutgan
B) ellinizm muhim o'rin tutgan
C) gumanizm muhim o`rin tutgan
D) simvolizm muhim o`rin tutgan
10. Qadimda Afinaga qanday nisbat berilgan?
A) «ilm dunyosi»
B) «bilim beshigi»
C) «donishmandlar yurti»
D) «fanlar onasi»
11. Afina akademiyasiga qachon va kim tomonidan asos solingan?
A) milodiy VI asr/Suqrot
B) m. avv.VI asr/Platon
C) m. avv. IV asr/Platon
D) milodiy IV asr/Platon
12. Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozongan mutafakkir kim edi?
A) Suqrot
B) Arastu
C) Platon
D) Demokrit
13. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov qaysi asarida Platon va Afina akademiyasi haqida yozgan?
A) “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”
B) “Bunyodkorlik yo`lidan”
C) “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”
D) “Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz”
14. Vizantiya tarixiga xos quyidagi asrlarni ularda sodir bo`lgan yillar bilan moslashtiring.
1) IX asr; 2) XI asr o`rtalari; 3) VII asr.
a) grek olovi ixtior qilindi;
b) Magnavr oliy maktabi ochilgan;
c) Huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochilgan.
A) 1-b, 2-a, 3-c
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-c, 2-b, 3-a
15. Magnavr oliy maktabi hamda huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet o`rtasida qanday bog`liqlik bor?
A) ularda faqat diniy fanlar o`rgatilgan
B) ularda faqat dunyoviy fanlar o`rgatilgan
C) har ikkisi ham Konstantinopolda joylashgan
D) har ikkisi ham IX asrda ochilgan
16. O'rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan qaysi sohalar antik davrdan saqlanib qolgan?
1) zargarlik; 2) hunarmandchilik; 3) bo'yoqlar tayyorlash; 4) shishasozlik; 5) kulolchilik; 6) qurol-yarog` tayyorlash.
A) 1,4,5
B) 1,2,6
C) 3,4,5
D) 3,5,6
17. Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta'minlagan ixtiro nima edi?
A) «Grek olovi»
B) porox
C) flot
D) katapulta
18. «Grek olovi» tarkibini belgilang.
1)neft; 2) oltingugurt; 3) selitra; 4) kerosin; 5) turli qatronlar; 6) mumiyo; 7) qahrobo; 8) paxta yog`i.
A) 1,2,3,4
B) 5,6,7,8
C) 1,2,5,8
D) 1,2,3,5
19. Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi qaysi edi?
A) tasviriy san'at
B) kulolchilik
C) to’qimachilik
D) degrezlik
20. Mozaikaga qaysi javobda to’g’ri va to`liq izoh berilgan?
1) fransuzcha mosaique - muzalarga bag'ishlangan degan ma’noni anglatadi;
2) naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san'atining asosiy turlaridan hisoblanadi;
3) bir xil yoki turli xomashyo bo`laklaridan ishlangan tasvir;
4) uning xomashyosi koshin, tosh, yog'och, marmar va metall iborat bo`lgan;
A) 1,2
B) 1,2,3,4
C) 1,2,3
D) 3
21. Tasvirning vizantiyaga xos uslubi qaysi jihatlari bilan ajralib turgan?
A) suratlar uyg'unligi, bo'yoqlar serjiloligi bilan
B) bezaklarga boyligi, hayotiyligi bilan
C) tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan
D) faqat diniy mavzudan iboratligi bilan
22. Vizantiyada rassomlar cherkov talablari doirasidan kelib chiqib kimlarni tasvirlashga intilganlar?
A) mavhum emas, jonli kishilarni
B) asosan mavhum kishilarni
C) san`at va adabiyot namoyondalarini
D) xristian dini vakillarini
23. Xori monastri haqida bildirilgan fikrlardan to`g`risini aniqlang.
1) Mozaika va freskalari bilan o'z davrining ajoyib me'morchilik yodgorliklaridan hisoblangan;
2) hozirda uning o`rnida Qahriya masjidi bor;
3) roman uslubida bunyod etilgan;
4) u Konstantinopol (hozirgi Istanbul)da qurilgan;
5) Avliyo Sofiya ibodatxonasi o`rnida qurilgan;
6) Qohirada joylashgan.
A) 1,2,4
B) 1,2,6
C) 1,3,5
D) 2,4,6
24. Quyidagilardan qaysi biri Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan?
A) Sulton Ahmad masjidini
B) Qahriya masjidi
C) Avliyo Sofiya ibodatxonasini
D) Budda ibodatxonasini
25. Avliyo Sofiya ibodatxonasi gumbazida nechta deraza bo`lgan?
A) 10
B) 20
C) 40
D) 50
26. Qaysi asrlarda to'g'ri burchakli ibodatxonalar o'rniga ko'rinishidan xochsifat, o'rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan?
A) VIII-X asrlarda
B) VII-VIII asrlarda
C) XIV-XV asrlarda
D) X-XI asrlarda
27. O’rta asrlarda cherkov qonunlariga ko`ra ibodatxonalarni bezatishshda quyidagilardan qaysilari tasvirlangan?
1) Iso; 2) Pyotr sobori; 3) jimjimador naqshlar; 4) Bibi Maryam; 5) manumental cherkov naqshlari; 6) avliyolar; 7) «Bibliya»dan manzaralar; 8) «Injil» manzaralari.
A) 1,3,5,6
B) 1,2,5,8
C) 1,2,3,4
D) 1,4,6,7
28. O’rta asrlarda Yevropada xristian diniga oid san'atning maqsadini belgilang.
A) o'lgandan keyin Isoning visoliga qanday erishish yo'1-yo'rig'ini dindorlarga targ'ib qilish
B) barcha dindorlarga bu dunyoning go`zalligini va otkinchiligini tushuntirish
C) barcha kishilarga ezgulikning buyukligi va yovuzlikning tubanligini uqtirish
D) o'lgandan keyin jannatning rohat-farog'atiga qanday erishish yo'1-yo'rig'ini targ'ib qilish
29. O'rta asrlar madaniyatiga oid quyidagi ma`lumotlardan Vizantiyaga xos bo`lganlarini toping.
1) olimlari Yevropada o`zining harakatchanligi bilan ajralib turgan;
2) Yevropada asosiy madaniyat tarqatuvchi bo’lgan;
3) bu davlat musavvirlar faqat mavhum narsalarni tasvirlargan;
4) Janubiy slavyanlar madaniyatiga katta ta`sir etgan;
5) uning ustalari, musavvirlari, me'morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan;
6) u yerdagi ustalar va olimlar qo`lida Yevropa yoshlari tahsil olga.
A) 2,5,6
B) 2,4,6
C) 1,2,3
D) 3,4,5
30. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlarda qanday inshootlar qurilishiga alohida e'tibor qaratiladi?
A) monastir va maktablar
B) maktablar va oliy o`quv yurtlari
C) ibodatxonalar va maktablar
D) ibodatxonalar, monastirlar
31. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalardan Fransiya (a) va Germaniya (b)da joylashganlarini toping.
1) Puate; 2) Klyuni; 3) Shpeyer; 4) Vorms; 5) Arl; 6) Maynts; 7) Axen.
A) a-1,2,5; b-3,4,6,7
B) a-4,5,6,7; b-123
C) a-1,3,5,7; b-2,4,6
D) a-2,3,5; b-1,4,6,7
32. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati nima bilan chambarchas bog'liq bo'lgan?
A) shahar taraqqiyoti
B) savdo-sotiq
C) xristian cherkovi
D) dehqonchilik va hunarmandchilik
33. Ilk o'rta asrlarda ritsarlar imzo o'rniga ko'pincha nimadan foydalanishgan?
A) ikki chiziq tortib qo'yishgan
B) ”iks” belgisini chizib qo`yishgan
C) aylana shaklini chizib qo`yishgan
D) barmoqlarini siyohga botirib, so`ng ularni qog`ozga bosishgan
34. Yevropada ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang'ich maktablar kimlarni tayyorlagan?
A) oliy martabali ruhoniylarni
B) o`rta martabali ruhoniylarni
C) quyi martabadagi ruhoniylarni
D) oliy va o`rta martabadagi ruhoniylsrni
35. G'arbiy Yevropada quyi martabadagi ruhoniylarni tayyorlovchi maktablarda nimalar o’rgatilgan?
1) matematika; 2) tarix; 3) falakiyot; 4) lotin tili ; 5) ilohiyotshunoslik; 6) duolar o`qish tartibi; 7) ibodat qilish tartibi; 8) munajjimlik ilmi.
A) 1,3,5
B) 3,4,5,6,7,8
C) 2,3,5,8 4
D) 4,6,7
36. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan qaysi turdagi maktablar asrlar o'tib universitetlar uchun asos bo'ldi?
A) katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan oliy maktablar
B) kichik ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o'rta maktablar
C) kichuk ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan xususiy maktablar
D) katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o'rta maktablar
37. G’arbiy Yevropa ta’lim tizimida antik davrdan mavjud fanlar majmui qanday nomlangan?
A) ”ikki erkin san`at”
B) ”uch erkin san`at”
C) ”besh erkin san`at”
D) "yetti erkin san'at"
38. «Yetti erkin san`at» tarkibini toping.
A) trivium/kvartet
B) triller/kvartet
C) trivium/kvadrium
D) trivium/kvadrat
39. O`rta asrlarda o'quvchilar trivium (a) va kvadrium (b) larda nimalarni o`rganishgan?
1) grammatika; 2) algebra; 3) arifmetika; 4) dialektika; 5) geometriya; 6) tasviriy san`at; 7) ritorika; 8) musiqa; 9) astronomiya; 10) geografiya.
A) a-1,4,7; b-2,5,9,10
B) a-1,2,3; b-4,5,8,10
C) a-1,4,7; b-3,5,8,9
D) a-1,5,7; b-2,4,6,8
40. Quyidagilarni moslashtiring.
1) Dialektika; 2) Grammatika; 3) Ritorika.
a) tilshunoslik ilmi bo’lib bolalarni o'qishga o'rgatgan
b) she'r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san'atini, huquq asoslarini o'rgatgan
c) hozirgi mantiqqa o'xshash fan bo'lib, unda o'quvchilar munozara olib borishga, o'z fikrini isbotlashga o'rgatilgan.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-c, 2-a, 3-b
41. G’arbiy Yevropa o’rta asrlar ta’lim tizimida nisbatan murakkab fanlar tarkibi qanday atalgan?
A) yetti erkin san`at
B) trivium
C) kvadrium
D) ikki erkin san`at
42. O`rta asrlarda astrologiya faniga qanday ma’lumotlar kiritilgan?
A) munajjimlikka oid ma'lumotlar
B) geometriyaga oid ma`lumotlar
C) Xudo haqidagi ta`limotlar
D) cherkov aqidalariga oid bilimlar
43. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan moslashtiring.
1) pergament; 2) krillitsa; 3) skriptoriya.
a) yirik monastirlarda rohib-xattotlar ishlaydigan ustaxonalar;
b) yozishga mo`ljallangan maxsus ishlov berilgan teri;
c) Kirill va Mefodiylar yaratgan yozuv.
A) 1-b, 2-a, 3-c
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-a, 2-c, 3-b
44. Pergament haqida bildirilgan fikrlardan qaysilari to`g`ri?
1) Yevropada kitoblar dastlab unga bitilgan;
2) u maxsus ishlov berilgan teri hisoblanadi
3) u maxsus ishlov berilgan yog`och hisoblanadi;
4) uning varaqlar pishiq iplar bilan tikilgan;
5) uning varaqlari teri bilan tikilgan
6) uning muqovalari yog‘ochdan yasalgan va teri tortilgan bo`lgan;
7) uning muqovalari qimmatbaho tosh, metallar bilan ham bezatilgan.
A) 1,2,4,6,7
B) 1,3,5,7
C) 2,5,6
D) 1,3
45. Nechanchi asrga qadar kitoblar monastirlar kutubxonalarida saqlangan?
A) X asr
B) XI asr
C) XIII asr
D) XII asr
46. Kiyev Rusi aholisi xristianlikni qaysi davlatdan qabul qilgan?
A) Bolgariyadan
B) Vengriyadan
C) Vizantiyadan
D) Rimdan
47. Ko`pchilik slavyanlar va Kiyev Rusi qabul qilgan xristianlik mazhabi qaysi edi?
A) lyuteranlik
B) pravoslaviye
C) katolik
D) protestant
48. Qaysi omil slavyanlarda diniy kitoblarga ehtiyoj tug‘dirib, slavyan yozuvining yaratilishiga turtki bo‘lgan?
A) xristian dinning joriy etilishi
B) buyuk ko`chishlarning sodir bo`lishi
C) Vizantiyaning hujumi
D) pergamentning ixtiro qilinishi
49. Slavyan yozuvini yaratgan rohib olimlar kimlar edi?
A) Lanselot va Jinevra
B) Asparux va Simoen
C) Kirill va Mefodiy
D) Isaak va Angel
50. G‘arbiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ‘ib etgan rohib olimlar kimlar edi?
A) Lanselot va Jinevra
B) Asparux va Simoen
C) Kirill va Mefodiy
D) Isaak va Angel
51. Quyidagi qaysi ma`lumotlar krillitsa alifbosiga xos.
1) Krill va Mefodiy yaratgan;
2) IX asr o‘rtalarida yaratilgan;
3) X asr o`rtalarida yaratilgan;
4) yunon alifbosiga asoslangan;
5) lotin yozuviga asoslangan;
6) Bolgariyadagi Rus yerlariga tarqalgan.
7) Germaniyadagi Rus yerlariga tarqalgan.
A) 1,3,5,6
B) 1,2,4,6
C) 1,2,5,7
D) 1,3,5,7
52. Kirill va Mefodiy yunon tilidagi diniy asarlarni qaysi yozuv orqali slavyan tiliga tarjima qilishgan?
A) kirillitsa yozuvi
B) lotin yozuvi
C) arab yozuvi
D) sriptoriya yozuvi
53. Quyidagi voqealarni qaysi knyaz davrida sodir bo`lganligiga ko`ra moslashtiring.
1) Vladimir; 2) Yaroslav.
a) rusda maorif yuksaladi;
b) Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o'quv yurti tashkil etilgan;
c) Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurti ochilgan;
d) avval Kiyevda so'ng Novgorodda yilnomalar tuzila boshlanadi.
A) 1-b,a; 2-c,d
B) 1-a,b,d; 2-c
C) 1-b,d; 2-a,c
D) 1-b; 2-a,c,d
54. Qaysi Kiyev knyazlari xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochishgan?
A) Vladimir va Yaroslav
B) Yaroslav va Igor
C) Svyatoslav va Yaroslav
D) Igor va Olga
10-§. Arabiston ilk o‘rta asrlar boshida
1. Arab qabilalari qaysi hududlarda yashaganlar?
A) Arabiston yarim oroli va Fors ko`rfazida
B) O`rta Yer dengizi shimoli va unga yaqin hududlarda
C) Shimoliy Afrika va Sharqiy Osiyoda
D) Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda
2. Somiy (semit) xalqlari quyidagilardan qaysilari kirgan?
1) elamiylar; 2) arablar; 3) yahudiylar; 4) kassiylar; 5) ossuriylar; 6) urartlar; 7) finikiyaliklar; 8) oromiylar; 9) lidiyaliklar; 10) forslar.
A) 2,3,5,7,8
B) 1,3,5,7,9
C) 1,2,4,6,9
D) 2,5,7,8,10
3. Quyidagilardan qaysilarining ma`nosi bir xil emas?
A) semit/somiy
B) Sin/ona xudo
C) hijirat/ko`chish
D) badaviy/sahroyi
4. Ko'chmanchi arablar qadimdan qaysi sohalar bilan shug'ullanib kelganlar?
1) tuyachilik; 2) dehqonchilik; 3) savdo-sotiq; 4) yilqichilik; 5) qo`ychilik; 6) hunarmandchilik.
A) 1,3,5
B) 2,4,6
C) 1,4,5
D) 3,5,6
5. Arabistonning o’troq dehqonchilik aholisi uning qaysi qismida yashagan?
A) shimoli va sharqida
B) janubi va g'arbida
C) shimoli va g'arbida
D) janubi va sharqida
6. Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo’li Arabistonning qaysi qismidan o’tgan?
janubi va g'arbidan
A) janubi va sharqidan
B) janubi va g'arbidan
C) shimoli va g'arbidan
D) shimoli va sharqidan
7. O’rta asrlarda Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarida notinchlik paytlarida karvon yo'llari qaysi hududga siljirdi?
A) Qizil dengiziga
B) Xitoy shimoliga
C) Arabistonga
D) Bolqonga
8. Arabiston yarim orolining buyuk ipak yo’li o’tgan qismlaridagi qo'rg'onlardan eng yirigi qaysi shahar bo’lgan?
A) Makka shahri
B) Toif shahri
C) Madina shahri
D) Ar-riyod shahri
9. Arabistonda ko'chmanchi aholi mollarini shaharlarga keltirib, mahalliy aholidan qanday mahsulotlarga ayirboshlagan?
A) jun, terilarga
B) don, gazlama, qurollarga
C) temir, tuz, donlarga
D) qurol, gazlam va tuzlarga
10. O’rta asrlarda Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlari qaysi viloyatlar bo’lgan?
A) Damashq va Suriya
B) Suriya va Liviya
C) Liviya va Falastin
D) Yaman va Hijoz
11. Quyidagilardan Yamanga xos bo`lganlarini toping.
1) unda mevali daraxtlar o‘stirilgan xurmozor bog‘lar barpo etilgan;
2) Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlaridan bo`lgan;
3) Arabcha “haq”, “baxtli” ma`nolarini anglatgan;
4) rim tilidan tarjima qilinganda “haq”, “baxtli” ma`nolarini anglatgan;
5) Rim tarixchilari uni “Arabia felix” deb ataganlar;
6) Yunon tarixchilari uni “Baxtli Arabiston” deb ataganlar;
7) Xisrav I tomonidan istilo etilgan.
A) 1,2,4,5,6
B) 1,2,3,4,5
C) 1,2,3,5,7
D) 1,2,3,5
12. “Arabia felix”so`zi qaday ma`noni anglatadi?
A) “Quyoshli o`lka”
B) “Baxtli Arabiston”
C) “Boyliklar mamlakati”
D) “Afsonaviy boyliklar mamlakati”
13. Islom vujudga kelmasdan avval arablarning ko‘pchiligi …
A) majusiy bo‘lishgan.
B) zardusht diniga e`tiqod qilgan
C) biror bir dinga e`tiqod qilmagan
D) buddistlar edi
14. Islom vujudga kelmasdan oldin arablarning dinlari qaysi xalqlar dinlari bilan ko‘plab umumiylikka ega bo‘lgan?
A) slavyan
B) fulbe
C) fors
D) semit
15. Quyidagi xudolarni ularning vazifasiga ko`ra moslashtiring.
1) Astar; 2) Sin; 3) Lat.
a) oy xudosi; b) ona xudo; c) urush va hosildorlik xudosi.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-c, 2-a, 3-b
16. Arablar diniy e`tiqodiga ko`ra Astar qanday ko`rinishda tasavvur etilgan?
A) “Tongi shafaq”
B) “Tonggi yulduz”
C) “Quyosh”
D) “Oy nuri”
17. Arablar diniy e`tiqodiga ko`ra qaysi xudo dahshatli va halokatli hisoblangan?
A) Astar
B) Sin
C) Lat
D) quyosh xudosi
18. Qadimda arablar nimani e’zozlab, ularni ilohlar uyi va siymosi deb bilishgan?
A) tabiiy va qo‘lda tayyorlangan tosh ustunlarni
B) majusiylar ibodatxonalarini
C) qo`lda tayyorlannga haykalchalarni
D) g`ishtdan qurilgan saroylarni
19. Arabistonda qachon aholi soni ko'payib qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi?
A) III asrda
B) V asrda
C) VI asrda
D) VII asrda
20. Arabistonda qabilalar orasidagi ziddiyatni yanada keskinlashishiga olib kelgan sababni aniqlang.
A) bir-biriga dushman qabiladan ekanliklari
B) turli ilohlarga sig'inilganligi
C) bir hudud uchun kurashganliklari
D) o`zaro tarqoqligi
21. VII asrning boshlarida Arabistonda …
A) urug`chilik munosabatlari o`rnatilgan
B) urug`chilik munosabatlari butunlay tugatilgan
C) savdo-sotiq va dehqonchilik gurkirab rivojlangan
D) urug'chilik tuzumi inqirozi tezlashgan
22. Quyidagi qaysi voqealar 570-yilda sodir bo`lgan?
1) Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qildi;
2) Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kela boshladi;
3) Hijriy yil hisobi boshlandi;
4) Muhammad (s.a.v.) Yasribga keldi;
5) Muhammad (s.a.v.) tavallud topdi.
A) 3,4
B) 1,5
C) 2,3
D) 2,4
23. Quyidagi voqealarni ular sodir bo`lgan yillar bilan moslashtiring.
1) Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qildi;
2) Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kela boshladi;
3) Hijriy yil hisobi boshlandi;
4) Muhammad (s.a.v.) Yasribga keldi;
5) Muhammad (s.a.v.) tavallud topdi.
6) arablarning katta qismi musulmon bo`ldi.
a) 570-yil; b) 610-yil; c) 622-yil; d) 630-yil.
A) 1-a, 2-c, 3-c, 4-d, 5-a, 6-d
B) 1-c, 2-b, 3-c, 4-a, 5-a, 6-d
C) 1-b, 2-b, 3-d, 4-c, 5-d, 6-c
D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c, 5-a, 6-d
24. Hijozning markazi qaysi shahar bo’lgan?
A) Damashq shahri
B) Madina shahri
C) Makka shahri
D) Quddus shahri
25. Makka shahrida asosan qaysi qabila yashagan?
A) quraysh
B) hoshimiy
C) semit
D) fors
26. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar nima deb ataladi?
A) arablar
B) shialar
C) musulmonlar
D) mo`minlar
27. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom qayerda tavallud topganlar?
A) Madinada
B) Makkada
C) Yamanda
D) Bobilda
28. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qarindoshlarini belgilang.
1) otalari; 2) onalari; 3) bobosi; 4) amakisi.
a) Omina; b) Abdulmutalib; c) Abu Tolib; d) Abdulloh.
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-b
B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-c
29. Quyidagi so`zlarni ularning ma`nosi bilan moslashtiring.
1) Qur'on; 2) Islom.
a) “qiroat”; b) “o`qish”; c) “itoat”; d) “tobelik”.
A) 1-c,d; 2-a,b
B) 1-a,b; 2-c,d
C) 1-a; 2-b
D) 1-d, 2-c
30. Qur'oni Karim necha yil davomida nozil bo’lgan va u qancha suradan iborat?
A) 23 yil/110 sura
B) 23 yil/114 sura
C) 20 yil/114 sura
D) 20 yil/110 sura
31. Arablarda hijriy yil hisobi qaysi voqeadan boshlangan?
A) dastlabki ilohiy oyatlar nozil bo’la boshlaganidan
B) Arab xalifaligi tashkil topganidan
C) payg’ambarimizning Yasrib shahriga ko’chishlaridan
D) payg’ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan
32. Yasrib quyidagi qaysi shaharga to`g`ri keladi?
A) Makka
B) Hijoz
C) Yaman
D) Madina
Do'stlaringiz bilan baham: |