Jahon tarixi 1-dars



Download 227,76 Kb.
bet9/167
Sana03.01.2022
Hajmi227,76 Kb.
#316833
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Bog'liq
1-DARS

JAHON TARIXI-7.
4-DARS
2.6. TAKRORLASH TESTI
9. Quyidagi qaysi davlatlarning savdodagi raqobati ba`zida urushlarga aylanib ketgan?

A) Ganza va Lombardiya

B) Venetsiya va Genuya

C) London va Parij

D) Antverpen va Milan

10. O'rta dengiz sohillari bo'ylab joylashgan italiyalik savdogarlarning savdo manzilgohlari qanday atalgan?

A) yarmarka
B) birja

C) bank
D) faktoriya

11. Savdo manzilgohi hisoblangan faktoriyalar tizimi asosan qaysi davlatlarga tegishli edi?

A) milanlik va lombardiyalik

B) boloniyalik va vatikanlik

C) genuyalik va venetsiyalik

D) barcha javoblar to`g`ri

12. O`rta asrlarda Venetsiyalik va genuyalik savdogarlar Yaqin Sharqdan Yevropaga qanday mahsulotlar olib o`tishgan?

1) shoyi matolar; 2) chinni idishlar; 3) zeb-ziynat buyumlari; 4) qullar; 5) turli ziravorlar; 6) qurol-yaorg`lar.

A) 1,2,5
B) 2,4,6


C) 1,5,6

D) 2,4,5


13. XIII asrda mo'g'ul xoni qarorgohiga yetib borgan Yevropalik savdogarlar oilasi va ularning vatani mos berilgan javobni toping.

A) Pololar/Venetsiya

B) Valualar/Genuya

C) Valualar/Milan

D) Pololar/Boloniya

14. Jumlani to`ldiring. «Marko Polo sharqda ... 25 yil davom etgan sayohatining ... 17 yilini mo`gullar xoni ... saroyida xizmatda o`tkazgan».

A) 35/17/Xubilay

B) 17/10/Munke

C) 20/14/O`qtoy

D) 25/17/Xubilay

15. Kim yevropaliklardan birinchi bo'lib sharq davlatlari, Xitoyni o'z kitobida tavsiflagan?

A) Xristofor Kalumb

B) Marko Polo

C) Fernan Magellan

D) Foma Akvinskiy

16. Yevropaliklar qaysi asrda dengiz orqali o'tib, Marko Polo sayohat qilgan o'lkalarni o'z ko'zlari bilan ko'rgan?

A) XVII asrda

B) XIX asrda

C) XVI asrda

D) XVIII asrda

17. Xristofor Kolumb haqidagi quyidagi ma`lumotlardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo`l qo`yilgan?

A) Marko Polo aytgan afsonaviy boyliklar Xristofor Kolumbda katta taassurot qoldirgan

B) Kolumb Marko Polo ma`lumotlariga ishonganganligi sababli Hindistonga yetishga qaror qilgan

C) Xristofor Kolumb genuyalik bo`lgan

D) Kolumb Marko Polo sayohatidan 100 yil o`tib Hindistonga sayohat uyushtirgan

18. O`rta asrlarda Yevropa shaharlarida bozorlar qurilishiga ehtiyoj tug‘dirgan omil nima edi?

A) mol ayirboshlash va savdoning o‘sishi

B) qishloq xo`jaligidagi yutuqlar


C) salib yurishlari
D) sexlar taraqqiyoti va aholi sonining ko`payishi

19. XIV asr oxirida sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Tuluza (Fransiya)da g'alla bozori ishga tushgan.

B) Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll qurib bitkazilgan.

C) Bryuggeda birinchi birja ishga tushgan.

D) Antverpenda birja tashkil qilingan.

20. Dastlabki banklar qachon paydo bo'lgan?

A) XI-XII asrlarda

B) XV-XVI asrlarda

C) XIV-XV asrlarda

D) XIII-XIV asrlarda

21. Dastlabki banklar qaysi davlatda paydo bo'lgan?

A) Fransiya

B) Gollandiya

C) Italiya

D) Angliaya

22. Bank so’zining kelib chiqishiga oid ma`lumotlardan to`g`risini toping.

1) italyancha so`zdan olingan;

2) kursi, sarrof do'konidagi o'rindiq ma`nosidagi so`z nomidan olingan;

5) banko so`zidan kelib chiqqan;

3) mehmonxona nomidan olingan;

4) nemischa so`zdan olingan;

6) sarrof so`zidan kelib chiqqan.

A) 2,4,5
B) 1,3,5


C) 1,2,5
D) 1,2,6

23. O’rta asrlarda Yevropada yarmarkalarni yuksaltirish maqsadida hukmdorlar tomonidan qanday imtiyoz joriy etilgan?

A) yarmarkaga keluvchilarga tekin tushliklar uyushtirgan

B) yarmarkaga keluvchilar uchun turli tomoshalar uyushtirgan

C) yo'l solig'ini vaqtinchalik bekor qilish

D) yarmarkada bazan tekin mahsulotlar tarqatilgan

24. O’rta asrlarda Yevropada yarmarkalar savdo-sotiqdan tashqari qanday maskanga aylangan?

A) xalq majlisi o`tkaziladigan maskanga

B) xalq sayllari, bayramlari markaziga

C) qirol farmoni eshittiriladigan joyga

D) ritsarlar musobaqalari o`tkaziladigan joyga

25. O’rta asrlarda Yevropada qishloqlardan kelgan aholi uchun yilda bir marta bo'ladigan ko'ngilochar tadbirni belgilang.

A) yarmarkalar

B) Papa saylash marosimi

C) ritsarlar musobaqasi

D) shoirlar musobaqasi

26. Quyidagilardan ulgurji savdo bo'ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi hisoblangan atamani belgilang.

A) yarmarka

B) birja

C) arena


D) stadion

27. O'rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi...

A) Italiyaning Vevnetsiya shahrida bo`lgan

B) Italiyaning Genuya shahrida bo`lgan

C) Fransiyaning shimoliy-sharqidagi Shampan grafligida bo'lgan

D) Angliyaning poytaxti Londonda joylashgan edi

28. Fransiyaning Shampan grafligi markazi qayer edi?

A) Reyms
B) Ruan


C) Rubikon
D) Rur

29. «Burse» mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to'planadigan joy nomidan keyinchalik qaysi atama kelib chiqqan?

A) yarmarka

B) birja


C) arena

D) stadion

30. O`rta asrlarda mavjud bo`lgan «Burse» mehmonxonasi qaysi shaharda mavjud bo`lgan?

A) Parij
B) London


C) Bryugge
D) Lyubek

31. Quyidagi shaharlarni ularda birjalar tashkil topgan yil bilan muvofiqlashtiring.

1) Antverpen; 2) Bryugge; 3) Lion.

a) 1409-yil; b) 1462-yil; c) 1460-yil.

A) 1-a, 2-c, 3-b

B) 1-c, 2-a, 3-b

C) 1-c, 2-b, 3-a

D) 1-a, 2-b, 3-c

32. XI-XV asrlarda Yevropada hunarmandchilik va savdoning yuksalishi natijasida vujudga kelgan muassasalarni belgilang.

1) bozor; 2) birja; 3) bank; 4) kollej; 5) universitet; 6) karvonsaroy.

A) 1,3,5
B) 1,2,3
C) 4,5,6
D) 1,2,6
17-§. Osiyo mamlakatlarining o‘rta asr shaharlari
1. Nima uchun sharq mamlakatlari o’rta asrlarning rivojlangan davriga turli vaqtlarda o’tishgan?

A) ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajadalig sababli

B) aholi soni turli miqdorda bo'lganligi sababli

C) davlatlarning geografik joylashuvi turli xilda bo'lganligi sababli

D) markazlashuv jarayoni turli muddatda bo'lganligi sababli

2. Sharqda o’rta asr shaharlari dastlab qay maqsadda tashkil topgan?

A) savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida

B) hukmdorlar va ayonlarning dam olish joylari sifatida

C) ma'muriy markaz yoki harbiy qal'alar sifatida

D) dehqon-qishloq hokimlarining alohida uylari sifatida

3. O’rta asrlarda Osiyoning eng yirik shaharlarini belgilang.

1) Chanyan; 2) Niara; 3) Xanchjou; 4) Kamakura; 5) Kioto; 6) Kusko; 7) Dehli; 8) Bag'dod; 9) Buxoro; 10) Samarqand; 11) Loyan; 12) Osaka.

A) 1,4,6,8,10,11
B) 2,3,4,5,6,7,8,9,11
C) 1,3,4,5,7,8,9,10,11,12
D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12

4. Osiyoning o’rta asr shaharlari nima sababdan Yevropa shaharlari singari yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormaganlar?

A) sharqda bu axloqsizlik hisoblangan

B) yirik zamindorlarning o`zlari shaharlarda yashaganligi uchun

C) davlat yerlarida vujudga kelganligi uchun

D) shaharlar o`rtasidagi madaniy aloqalar kuchsiz bo`lganligi uchun

5. Xitoyda o'rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi asrlar bilan belgilanadi?

A) X-XIasrlar

B) IX-XII asrlar

C) XI-XII asrlar

D) IX-XIII asrlar

6. O’rta asrlarda Xitoyda shaharlar kimga bo'ysungan?

A) ruhoniylarga

B) imperatorga

C) shahar hokimiga

D) yirik feodallarga

7. Yaponiyada 1177-yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Kioto shahri qurilib mamlakat poytaxtiga aylantirildi.

B) Yirik shaharlarning barchasida yarmarkalar o’tkazish boshlandi.

C) Xeyyan shahri yong'in natijasida vayron bo'ladi.

D) Xitoy bilan diplomatic munosabatlar o’rnatildi.

8. Yaponiyaning Xeyyan shahri qayta tiklanganidan so'ng qanday nom olgan?

A) Kioto

B) Otsu


C) Sakai

D) Nagoya

9. Qaysi shahar ko'p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo'lib qoladi?

A) Kioto


B) Otsu

C) Nagoya

D) Xeyyan

10. Quyidagi asrlarni ularda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.

1) XI asr; 2) XVI asr; 3) XIV asr oxiri-XV asr boshi.

a) Samarqand yuksalib dunyoga tanildi;

b) Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko'tarildi;

c) Pekinda 1 mln. odam yashar edi.

A) 1-c, 2-b, 3-a

B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-b, 2-a, 3-c

D) 1-b, 2-c, 3-a

11. Yog`och tanqis bo`lganligi sababli Xitoyda qurilishda nimalardan keng foydalanilgan?

1) g'isht; 2) granit; 3) sopol; 4) tosh; 5) ipak; 6) marmar.

A) 1,3,4

B) 1,6


C) 2,3,4

D) 2,5,6


12. O’rta asrlarda Xitoyning yirik shaharlarida qaysi soha yaxshi yo'lga qo'yilgan edi?

A) me`morchilik

B) maishiy xizmat ko'rsatish

C) ijtimoiy ta`minot

D) pul-moliya sohasi

13. Osiyoning qaysi shahrida o’rta asrlarda boshqalariga nisbatan ko’proq aholi yashagan?

A) Nankin

B) Pekin


C) Sheroz

D) Isfaxon

14. O’rta asrlarda Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida qancha aholi yashagan?

A) 100 mingdan ortiq

B) 200 mingdan ortiq

C) 700 mingdan ortiq

D) 1 mln.dan ortiq

15. Quyidagi shaharlarni unga berilgan tariflar bilan moslashtiring.

1) Samarqand; 2) Buxoro; 3) Sheroz; 4) Kioto.

a) Xeyyan shahrining keyingi nomi;

b) "sayqali ro'yi zamin" nomi bilan atalgan shahar;

c) o`rta asrlarda islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazi;

d) o`rta asrlarda 200 mingdan ortiq kishi yashagan shahar.

A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a


B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b

16. "Sayqali ro'yi zamin" so`zining ma`nosi nima?

A) jannat o`lkasi
B) javohirlar shahri, guzari
C) yer yuzining sayqali, husni

D) osmon sayqali, jilosi

17. Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo'yicha qanday qismlardan iborat bo’lgan?

A) ark, shahriston

B) ko`histon va ratusha

C) ark, shahriston, rabod

D) ratusha, rabod, ark

18. Quyidagi shahar qismlarini unga berilgan tarif asosida moslashtiring.

1) ark; 2) shahriston; 3) rabod.

a) shahar hokimi qal’asi joylashgan qism; b) hunarmandlar guzar va mahallalari joylashgan qism; c) asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan qism.

A) 1-c, 2-b, 3-a

B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-b, 2-a, 3-c

D) 1-b, 2-c, 3-a

19. O’rta asrlarda sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari nima edi?

A) tosh va g'isht

B) tosh va yog’och

C) g’isht va yog’och

D) yog’och va paxsa

20. O’rta asrlarda sharq shaharlarida hukmdorlar, boylar o'z saroylarini (a) va kambag`allar hovli joylarini (b) qanday materialdan qurishgan?

1) pishiq g`isht; 2) guvala; 3) paxsa; 4) marmar; 5) yog`och; 6) beton.

A) a-1,5; b-2,3,5

B) a-1,4; b-2,3

C) a-1,4,6; b-2,3,5

D) a-4,6; b-1,3

21. O’rta asrlarda Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida shaharlar bilan bir paytda … vujudga kelgan?

A) yarmarkalar

B) birjalar

C) hunarmandchilik sexlari

D) shaharlar ittifoqi

22. O’rta asrlarda sharqda dastlab shahar aholisiga qanday imtiyozlar berilgan?

A) soliqlardan ozod qilingan

B) uy qurish uchun mablag` ajratilgan

C) hashar ishlaridan ozod qilingan

D) soliqlar miqdori kamaytirilgan

23. O’rta asrlarda qaysi davlatlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig`ib bergan?

1) Arab xalifaligi; 2) Koreya; 3) Yaponiya; 4) Mo`g`ullar davlati; 5) Turkiya; 6) Xitoy.

A) 2,4,6


B) 1,3,6

C) 1,3,5


D) 3,5,6

24. O’rta asrlarda qaysi davlatda barcha ustalarga sex a'zosi bo'lish majburiy etib qo'yilgan?

A) Hindistonda

B) Yaponiyada

C) Turkiyada

D) Xitoyda

25. O’rta asrlarda qaysi davlat hunarmandlari 600-700 kishi va yana ko'plab yuk sig'adigan yirik kemalar qurishgan?

A) Hindiston

B) Xitoy

C) Yaponiya

D) Turkiya

26. Quyidagi qaysi tarif jonka atamasiga xos?

A) yirik kema
B) porox
C) xitoy milliy taomi
D) yapon hunarmandlari toifasi

27. Quyidagi shaharlarni o`rta asrlarda chet ellik savdogarlar yuqori baholagan mahsulotlari bilan moslashtiring.

1) Samarqand; 2) G`ijduvon; 3) Marv.

a) qog`ozi; b) kulolchilik buyumlari; c) gazlamalari; d) kiyimlari.

A) 1-a,b, 2-b, 3-c,d

B) 1-c,d, 2-a,b, 3-b,c

C) 1-b, 2-c, 3-a,d

D) 1-a,c, 2-b, 3-c,d

28. O’rta asrlarda chet ellik savdogarlar G’ijduvonning qaysi mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

A) kulolchiligi buyumlarini

B) qog'ozi va gazlamalarini

C) gazlamalari, kiyimlarini

D) parcha va ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan

29. O’rta asrlarda chet ellik savdogarlar Marvlik ustalarni qaysi mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

A) qog'ozi va gazlamalarini

B) gazlamalari, kiyimlarini

C) parcha va ipak gazlamalari, jun gilamlarini

D) po’latdan yasalgan qurol-aslahalar, mis va kumushdan ishlangan idishlarni

30. O'rta asrlarda eronlik ustalar qaysi mahsulotlari bilan shuhrat qozongan?

A) gazlamalari, kiyimlari bilan

B) qog'ozi va gazlamalari bilan

C) parcha va ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan

D) temirdan yasalgan qurol-aslahalari bilan

31. O'rta asrlarda Erondan savdogarlar asosan qanday mahsulotlarni xarid qilganlar?

1) po’latdan yasalgan qurol-aslahalar; 2) gazlamalar; 3) kiyim-kechaklar; 4) mis va kumush idishlar; 5) ipak gilamlar.

A) 1,2,3


B) 2,5

C) 1,2,3,4,5

D) 1,4

32. O’rta asrlarda Osiyo bozorlari ko'pincha shaharning qaysi qismida joylashgan?



A) shahar darvozalari yaqinida

B) ark yonida

C) masjidlar yonida

D) barcha javoblar to`g`ri

33. Osiyodagi qaysi davlatlarning paydo bo‘lishi o`rta asrlarda savdoni yuqori daromad manbaiga aylantirgan?

1) Arab xalifaligi; 2) Dehli sultonligi; 3) Yaponiya; 4) Mo`g`ullar davlati; 5) Turkiya; 6) Tan imperiyasi.

A) 2,3,5
B) 1,2,6
C) 1,3,4
D) 1,3,5
34. O`rta asrlarda Fors ko‘rfazi va Qizil dengiz orqali qaysi xalqlar savdogarlarining o‘nlab kemalari suzgan?

A) afg`on, turk, fors


B) arab, fors, turk
C) arab, hind, xitoy
D) turk, hind, yapon
35. O`rta asrlarda Afrikaning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi, ziravorlar va qullar manbaiga aylanishiga nimalar sabab bo‘lgan?

A) iqtisodiy qoloqlik va uzluksiz urushlar


B) sulolaviy nizolar va issiq iqlim
C) iqlimning quruqligi va savdo inqirozi
D) sulolaviy nizolar va uzluksiz urushlar
36. O`rta asrlarda Osiyoning qaysi hududlarida yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo‘lingan edi?

A) Eron va Tan imperiyasi


B) Hindiston va Yaponiya
C) Turkiya va Koreya
D) O‘rta Osiyo va Eron
37. Quyidagi qaysi shaharlarda o`rta asrlarda mardikor bozorlari mavjud bo`lgan?

1) Damashq 2) Bag'dod; 3) Ishbiliya; 4) Dehli; 5) G'arnota; 6) Qahriya.

A) 1,3,5

B) 2,3,5


C) 2,4,6

D) 1,2,3


38. Quyidagi shaharlarni ularning qadimgi va keyingi nomlariga ko`ra moslashtiring.

1) G`arnota; 2) Ishbiliya; 3) Xeyyan.

a) Sevilya; b) Kioto; c) Granada.

A) 1-c, 2-a, 3-b

B) 1-c, 2-b, 3-a

C) 1-b, 2-a, 3-c

D) 1-b, 2-c, 3-a

39. Quyidagi shaharlardan qaysilari Ispaniyada joylashgan?

A) Sevilya, Granada

B) Milan, Lombardiya

C) Kioto, Kusko

D) Venetsiya, Genuya

40. O`rta asrlarda Osiyoda sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan bozorlar qanday atalgan?

A) yarmarkalar

B) timlar
C) chorsular
D) ko`chma bozorlar

41. Quyidagi Yaponiya shaharlarini ularning paydo bo`lish o`rniga ko`ra joylashtiring.

1) budda ibodatxonasi atrofida;

2) chorrahada va karvon yo`lida;

3) dengiz sohilida;

4) qal'a yaqinida.

a) Nara; b) Otsu; c) Xeyyan; d) Sapai; e) Nagoya; f) Xyogo.

A) 1-a,c; 2-b; 3-d,f; 4-e


B) 1-a,b; 2-f; 3-e; 4-c,d
C) 1-a; 2-d,f; 3-b; 4-e,c
D) 1-d,f; 2-b; 3-a,c; 4-e
18-§. Xristian cherkovi o`rta asrlarda
1. Quyidagi qaysi voqealar IV asrda sodir bo`lgan?

1) rim-katolik cherkovi mustaqil faoliyat olib borishni boshladi;

2) Yevropada monastirlar tashkil etildi;

3) Yevropada xristian dini shu asrdan boshlab tarqaldi;

4) xristian dini german qabilalari orasida ham tarqala boshladi;

5) Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qildi;

6) Kiyev Rusi va Bolgariya xristianlikni qabul qildi.

A) 1,2,5


B) 2,3,4

C) 2,4,6


D) 1,3,5

2. Quyidagi voqealarni ular sodir bo`lgan asrlar bilan moslashtiring.

1) rim-katolik cherkovi mustaqil faoliyat olib borishni boshladi;

2) Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qildi;

3) Kiyev Rusi va Bolgariya xristianlikni qabul qildi.

a) V asr oxiri; b) XI asr o`rtalari; c) X asr oxiri.

A) 1-c, 2-a, 3-b

B) 1-b, 2-c, 3-a

C) 1-b, 2-a, 3-c

D) 1-c, 2-b, 3-a

3. O’rta asrlarda qaysi hudud monastirlaridan chiqqan rohiblar Yevropaning chekka joylariga borib aholini xristianlikka o'tkazgan edi?

A) Angliya va Irlandiya

B) Fransiya va Italiya

C) Ispaniya va Italiya

D) Portugaliya va Angliya

4. Quyidagi qaysi davlatlar xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan?

1) Kiyev Rusi; 2) Belgiya; 3) Bolgariya; 4) Germaniya; 5) Irlandiya.

A) 1,2


B) 1,2,3

C) 4,5


D) 1,3

5. Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy Rimga bo'linishi bilan birga kechgan jarayonni belgilang.

A) Buyuk ko`chishlar boshlangan

B) Buyuk ixtirolar boshlangan

C) cherkov ham ajralgan

D) varvarlar davlati yemirilgan

6. Frank qiroli ko'magida qachon va qayerda Papa viloyati tashkil topgan?

A) 755-yil/Venetsiyada

B) 756-yil/Italiyada

C) 751-yil/Fransiyada

D) 800-yil/Fransiyada

7. Quyidagilarni ularning ananasiga ko`ra moslashtiring.

1) G`arbiy katolik cherkovi; 2) Sharqiy provaslav cherkovi.

a) cherkov va’zlari lotincha olib borilgan;

b) cherkov va`zlari yunon tilida olib borilgan;

c) barcha ruhoniylarning uylanishi taqiqlangan;

d) faqat rohiblar oila qurmagan.

A) 1-a,c; 2-b,d


B) 1-b,d; 2-a,c
C) 1-a,d; 2-b,c
D) 1-b,c; 2-a,d

8. Quyidagilardan qaysi biri Vizantiya cherkoviga xos emas?

A) katolik cherkovi hisoblangan

B) davlatga bo'ysunuvchi cherkov bo`lgan

C) Konstantinopol patriarxi boshqargan

D) pravoslav cherkovi hisoblangan

9. Cho`qintirilishi xristian dinining rasman ikkiga bo’linib ketishiga sabab bo`lgan Sharqiy Yevropa xalqini belgilang.

A) polyaklarni

B) slovaklarni

C) serblarni

D) bolgarlarni

10. Yevropada yer egaligi munosabatlari qachon boshlangan?

A) VI asr
B) V asr
C) III asr
D) VII asr

11. O`rta asrlarda ekinzorlarning qancha qismi ibodatxona va monastirlar qo’lida to'plangan edi?

A) uchdan bir

B) beshdan bir

C) yettidan bir

D) o`ndan bir

12. Xristian cherkovi aholidan qanday soliq undirgan va ushbu soliqning miqdori qancha edi?

A) juzya/hosilning 3/4 qismi

B) ushr/hosilning 1/10 qismi

C) jon solig`i/14 yoshdan yuqori kishilar uchun

D) xiroj/hosilning 1/3 qismi

13. Yevropada sud vazifasini bajargan cherkov tomonidan qo`llanilgan eng og'ir jazo turi nima edi?

A) interdikt

B) autodafe

C) inkvizitsiya

D) yeretik

14. Quyidagi Rim papalarini ularga xos ma`lumotlar bilan muvofiqlashtiring.

1) Innokentiy III; 2) Grigoriy IX.

a) katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga chiqdi;

b) inkvizitsiya o`z qudratining cho`qqisiga erishdi;

c) 1227-1241-yillarda papalik qilgan

d) 1198-1216-yillarda papalik qilgan

e) aholiga o`z hukmini o`tqazishda rohiblarga tayandi

f) "Oy o'z yog'dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o'z jilosini papalikdan oladi" so`zlari muallifi edi

g) german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirdi

A) 1-a,d,e,f,g; 2-b,c


B) 1-a,c,e,f; 2-b,d,g
C) 1-a,d,f; 2-b,c,e,g
D) 1-a,d,e,f; 2-b,c,g

15. «Toat-ibodatdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug`ullangan va ayrimlari monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o`qitgan». Gap kimlar haqida bormoqda?

A) shkolyarlar

B) rohiblar

C) diniy magistlar

D) kardinallar

16. Yevropada yeretiklar cherkovga qarshi qanday g’oya tarafdorlari bo’lishgan?

1) ular cherkovning hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqqanlar;

2) dinning eski manbalaridan foydalanishini qoralashgan;

3) ular sodda cherkov g'oyasi tarafdorlari bo'lishgan;

4) ular kamchiqim cherkov g`oyasiga qarshi chiqqan;

5) autodafeni qo`llab-quvvatlagan.

A) 1,3
B) 2,4
C) 1,5
D) 2,3

17. Yevropada inkvizitsiya sudlari qanday maqsadlarda tuzilgan?

A) yeretiklarga qarshi kurashish uchun

B) aholini xristian diniga o’tkazish uchun

C) soliq to’lamaganlarni jazolash uchun

D) barcha javoblar to’g’ri

18. Inkvizitsiya faoliyati quyidagi qaysi davlatda keng tus olgan?

A) Angliyada

B) Fransiyada

C) Ispaniyada

D) Germaniyada

19. Quyidagi atamalarni ularning ma`nosi bilan moslashtiring.

1) indulgensiya; 2) interdikt; 3) selebat; 4) yeretiklar; 5) inkvizitsiya; 6) autodafe.

a) cherkov sudi;

b) cherkovning gunohlardan kechish yorlig`i;

c) cherkov ruhoniylari uylanishining taqiqlanishi;

d) ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi;

e) aybdorlarni gulxanda yondirish marosimi;

f) cherkov va uning ta`limotiga qarshi kishilar.

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-f, 6-e


B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-f, 5-a, 6-e
C) 1-a, 2-f, 3-c, 4-d 5-b, 6-e
D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c, 5-e, 6-f

20. Quyidagi so`zlarni ularning lug`aviy ma`nosi bilan moslashtiring.

1) katolik; 2) indulgensiya; 3) pravoslav; 4) yeretik; 5) inkvizitsiya; 6) autodafe.

a) “jahon”;

b) “sof din”, “chin e`tiqod”;

c) “e`tiqod” yoki “din ishi”;

d) “dahriy”;

e) “qidiruv”;

f) “afv” .

A) 1-a, 2-f, 3-b, 4-d, 5-e, 6-c


B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-f, 5-c, 6-e
C) 1-a, 2-f, 3-c, 4-d 5-b, 6-e
D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c, 5-e, 6-f

21. Quyidagi so`zlarni ularning qaysi tildan olinganligiga qarab moslashtiring.

1) indulgensiya; 2) yeretik; 3) inkvizitsiya; 4) autodafe.

a) portugalcha; b) yunoncha; c) lotincha.

A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-a
B) 1-b, 2-b, 3-b, 4-a
C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-a
D) 1-c, 2-b, 3-c, 4-a
19-§. Salib yurishlari
1. Quyidagi voqealardan qaysilari XI asr oxirida sodir bo`lgan?

1) musulmon hukmdorlarining o`zaro urushlari boshlandi;

2) cherkov yig`inlari chaqarila boshlandi;

3) Sharqda vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug`dirdi.

A) 1,3

B) 1,2,3
C) 1,2


D) 2

2. Quyidagilardan qaysi biri salib yurishlariga xos emas.

A) G‘arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari

B) 1096-1270-yillarda sodir bo`lgan

C) cherkov yig`inlari ushbu urushlarni avj olishiga sabab bo`lgan

D) Uraban II tomonidan so`zlangan nutq urushlarning boshlanishi sabablaridan biri hisoblanadi

3. XI asr oxirlarida Kichik Osiyo yarimoroli deyarli to‘liq qo‘lida bo`lgan xalqlar kimlar edi?

A) arablar


B) qipchoqlar
C) nikeyaliklar
D) saljuqiy turklar

4. Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashishga jangchilar yuborishini so‘ragan hukmdor qaysi davlatda imperatorlik hukmronlik qilgan?

A) Italiya

B) Vizantiya


C) Germaniya
D) Venetsiya

5. Salibchilar egallaguniga qadar Quddus shahri qancha vaqt mobaynida musulmonlar qo’lida bo’lgan?

A) deyarli uch asr

B) ikki asrdan ko`proq

C) deyarli besh asr

D) to`rt asrga yaqin

6. Quyidagi shaharlarni unga mos bo`lgan javoblar bilan muvofiqlashtiring.

1) Quddus; 2) Klermon.

a) Iso payg`ambar dafn etilgan shahar;

b) Fransiyaning janubida joylashgan shahar;

c) Urban II nutq so`zlagan shahar.

A) 1-a, 2-b,c


B) 1-a,c, 2-b
C) 1-b, 2-a,c
D) 1-c, 2-a,b

7. Qaysi omil XI asr oxirlarida xristianlar uchun Quddusni ziyorat qilishni tobora xavfli tadbirga aylantirgan?

A) islom dinining kuchyib ketishi

B) musulmon hukmdorlarining o'zaro urushlari

C) Quddusga olib boradigan yo`llarning xavfliligi

D) xalifalikning kuchayib borishi

8. Urban II ning Klermon shahridagi nutqidan 1 yil o`tgach …

A) Salohiddin Ayyubiy Quddusni egalladi

B) Lotin imperiyasi tuzildi
C) salib yurishlari boshlandi
D) salib yurishlari tugadi

9. Quyidagi sanalarni unda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.

1) 1095-yil; 2) 1096-yil; 3) 1270-yil.

a) Urban II Klermonda nutq so`zladi;


b) salib yurishlari boshlandi;
c) salib yurishlari tugadi.

A) 1-a, 2-c, 3-b


B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-b, 2-a, 3-c

10. Rim papasi Urban II tomonidan Klermon shahrida so`zlangan nutqiga oid ma`lumotlardan to`g`rilarini belgilang.

1) o`z nutqini ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida so‘zlagan;

2) «payg‘ambar qabrini» musulmonlardan ozod etishga chaqirgan;

3) Falastinga “yerning kindigi” ekanligini aytib o`tgan;

4) yurishda ishtirok etganlarga ularning gunohlari kechirilishini va`da qilgan;

5) yurishda halok bo‘lganlar ruhining «arshi-a’loga» tushishini va’da qilgan;

6) «muqaddas yer»ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o‘tgan;

7) “xudoning irodasi shu!” kabi so`zlar bilan aholini ruhlantirgan.

A) 1,3,5
B) 1,2,4,5,6


C) 1,2,3,4,5,6
D) 1,2,3,4,5,6,7

11. Rim papasi Urban II o`z nutqida Falastin (a) va Quddus (b) shaharlarini qanday tariflagan?

1) “u yerning kindigi”; 2) “unda sut va asal daryo bo‘lib oqadi”; 3) “u jannatmakon hosildor yerli o‘lka”.

A) a-1,2, b-3

B) a-3,1, b-2

C) a-2, b-1,3

D) a-1, b-2,3

12. Papa Urban II ning Klermon shahridagi nutqi xaloyiq tamonidan qanday hayqiriqlar bilan qarshi olingan?

A) “Xudoning irodasi shu!”

B) “Yo`qolsin, musulmonlar!”


C) “Har qanday hokimiyat xudodan!”
D) “Boshla bizni, Urban!”

13. «Xaloyiq matodan «but» aksini qirqib, o`z kiyimlariga tika boshladi». Gap qaysi urushlarning boshlanishi haqida ketmoqda?

A) yuz yillik urush
B) Liondagi to`quvchilar qo`zg`olonining
C) «Oq va qizil gullar» urushi
D) salib yurishlari

14. Xristian dinida mavjud cherkov yig’inlarii qachondan boshlab chaqirilgan?

A) III asrdan

B) IV asrdan

C) VI asrdan

D) VII asrdan

15. Salibchilarning ko'pchiligini qaysi toifa kishilari tashkil etgan?

A) ritsarlar

B) savdogarlar

C) hunarmandlar

D) dehqonlar

16. Xristian cherkovi oliy ruhoniylarining cherkovni nazariy, amaliy boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi qanday atalgan?

A) apostol qurultoyi
B) cherkov yig`inlari
C) papalar kengashi
D) kardinallar kengashi

17. Salib yurishi ishtirokchilarini ularning maqsadlari bilan moslashtirib berilgan javobni belgilang.

1) dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) savdogarlar.

a) Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketish;

b) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish;

c) shon-shuhrat va boylik uchun.

A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-b, 2-a, 3-c

18. O`rta asrlarda mavjud bo`lgan mayorat tizimiga qaysi javobda to’g’ri izoh berilgan?

A) oilada merosning katta o’g’ilga qoldirilishi

B) oilada o boyligining barchasi davlat hisobiga o’tishi

C) oila boyligining barchasi cherkovga meros bo’lib o’tishi

D) oilada merosning kenja o’g’ilga qoldirilishi

19. Salib yurishida ishtirok etgan qaysi toifa kishilari o‘zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirishni maqsad qilgan edi?

1) Gersoglar; 2) ritsarlar; 3) graflar; 4) savdogarlar; 5) qirollar 6) imperatorlar; 7) zodagonlar; 8) ruhoniylar.

A) 2,4,7,8
B) 1,3,7,8
C) 1,3,5,6
D) 2,4,5,6

20-§. Dastlabki salib yurishlari


1. Birinchi salib yurishida qatnashish uchun qaysi davlatlardan ritsarlar to'plangan?

1) Fransiya; 2) Angliya; 3) Italiya; 4) Germaniya; 5) Ispaniya; 6) Vizantiya.

A) 1,2,4

B) 2,5,6


C) 1,3,4

D) 2,46


2. Quyidagi hukmdorlarni ularga berilgan tariflari bilan moslashtiring.

1) Aleksey I; 2) Salohiddin Ayubiy.

a) Vizantiya imperatori bo`lgan;

b) Misr hukmdori bo`lgan

c) salibchilardan Quddusni tortib olgan;

d) salibchi ritsarlarga vassallik qasamyodini qabul qildirgan;

A) 1-a,d; 2-b,c

B) 1-a,c; 2-b,d


C) 1-b,d; 2-a,c
D) 1-b,c; 2-a,d

3. Quyidagi sanalarni ularda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.

1) 1096-yilning kuzi; 2) 1189-1192-yillar; 3) 1187-yil.

a) 3-salib yurishlari bo`lib o`tdi;

b) Konstantinopolda birinchi salib yurishlari uchun ritsarlar to`plana boshladi;

c) Salohiddin Ayyubiy Quddusni egalladi.

A) 1-c, 2-a, 3-b

B) 1-a, 2-b, 3-c


C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-b, 2-c, 3-a

4. Birinchi salib yurishi uchun to'plangan ritsarlarga Vizantiya imperatori vassallik qasamyodini qabul qildirishi nimani anglatgan?

A) Yaqin Sharqda xristian hukmdorlari buyruqlari so`zsiz bajarilishi kerak

B) Yaqin Sharqda tuzilajak davlatlar Vizantiyaga siyosiy qaram bo'lishi kerak

C) barcha yurish ishtirokchilari Vizantiyaga soliq to`lashlari kerak

D) urush ishtirokchilari davlat manfaati uchun kurashishi kerak

5. Salibchilarning qaysi hududlarda o`z davlatlarini tuzishi bilan 1-salib yurishlari yakunlangan?

A) Iroq va Suriyada

B) Suriya bilan Falastinda

C) Iroq va Vizantiyada

D) Vizantiya va Suriyada

6. Quyidagilardan qaysi bir 1-salib yurishlari davrida tuzilgan davlatlardan asosiysi hisoblangan?

A) Quddus qirolligi

B) Afina gersogligi

C) Vifliyem qirolligi

D) Axeyya gersogligi

7. Salibchilarning Quddusni egallasiga oid quyidagi ma`lumotlarning qaysi birida tarixiy xatolikka yo`l qo`yilgan?

A) salibchilar birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o`ldirgan

B) salibchilar yahudiylar sinagogasida 10 ming yahudiyni o`ldirgan

C) yahudiylar sanagogasi yondirib yuborilgan

D) qirg`in paytida ayollar va bolalar ham halok bo`lgan

8. Yahudiylar sinagogasi deganda nima tushuniladi?

A) yahudiylar ibodatxonasi

B) yahudiy hukmdor saroyi

C) markaziy bozor

D) lotinlar hukumati binosi

9. Salibchilar Quddusni egallashganda shaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar, eshikka qalqonni osib qo'ygan. Bu qanday ma’noni anglatgan?

A) u o`zining barcha harakatlarini qirol uchun amalga oshirayotganligini

B) u o`zining barcha harakatlarini cherkov uchun amalga oshirayotganligini

C) bu uyda qotillik bo`lishimumkin emasligini

D) bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo'jayinga o'tganligini

10. Qaysi omil xristianlarga salib yurishlari davrida istilo qilgan hududlarni 200 yilcha qo'lda saqlash imkonini bergan?

A) Osiyo davlatlarining kuchsizligi

B) Yevropadan kelgan dehqonlar kuchi

C) Mahalliy xalqlarning qo`llab-quvvatlashi

D) Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi

11. Salibchilarning Yaqin Sharqda yuritgan siyosati haqida bildirilgan fikrlardan to`g`rilarini toping.

1) mahalliy aholi salibchilar bilan bir oiladek kun kechirgan;

2) salibchilar mahalliy dehqonlarni qaramlikka tushiradilar;

3) yangi xo‘jayinlar hosilning 1/3 qismini soliqqa olgan;

4) ritsarlarning katta qismi erkin dehqonlarga aylantirilgan;

5) aholi qirolga, xristian cherkoviga ham soliq to‘lagan;

6) yahudiylar Yaqin Sharqdan quvib yuborilgan.

A) 2,3,5
B) 2,3,6


C) 1,4,5
D) 1,4,6

12. Salib yurishlari davrida quyidagi qaysi hududda diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilgan?

A) Makedoniyada
B) Falastinda
C) Konstantinopolda
D) Suriyada

13. Salib yurishlarida davrida tuzilgan diniy-ritsarlik ordeni a`zolarining asosiy vazifasi nima edi?

A) ibodat

B) targ`ibot

C) mehnat va ibodat

D) urush


14. Quyidagilarni moslashtiring.

1) Gospitalyerlar; 2) Nemis; 3) Tampliyerlar.

a) dastlabki diniy-ritsarlik ordeni;

b) ikkinchi diniy-ritsarlik ordeni;

c) uchinchi diniy-ritsarlik ordeni.

A) 1-c, 2-a, 3-b

B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-a, 2-b, 3-c

15. Quyidagi diniy-ritsarlik ordenlarini ularga berilgan tariflar asosida moslashtiring.

1) Gospitalyerlar; 2) Tampliyerlar; 3) Nemis.

a) sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan;

b) Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan;

c) ba‘zida ioanniylar ordeni ham deyishgan;

A) 1-c, 2-b, 3-a

B) 1-a, 2-c, 3-b


C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-c, 2-a, 3-b

16. Quyidagi diniy-ritsarlik ordenlarini ularga berilgan tariflar asosida moslashtiring.

1) Gospitalyerlar; 2) Tampliyerlar; 3) Nemis.

a) Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan

b) dastlab Rodos oroliga, keyinchalik Maltaga ko‘chib joylashgan

c) ko‘pchilik ritsarlari Germaniyadan bo‘lgan

A) 1-c, 2-b, 3-a

B) 1-a, 2-c, 3-b


C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-c, 2-a, 3-b

17. Quyidagi qaysi diniy-ritsarlik ordeni Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan?

A) Gospitalyerlar

B) Tampliyerlar

C) Nemis

D) Tevton

18. Yevropada o`rta asrlarda qaysi diniy-ritsarlik ordeni boyliklari haqida afsonalar to‘qilgan?

A) Gospitalyerlar

B) Tampliyerlar

C) Nemis


D) Tevton

19. Nemis so`zining lotincha atalishi qaysi javobda berilgan?

A) Tampli

B) Tevton

C) Betta

D) Nord


20. Salib yurishlari davomida musulmon hukmdorlari qaysi tomonlardan salibchilarni siqib kelmoqda edi?

A) Sharq va G`arb tomondan

B) Shimol va janub tomondan

C) Sharq va janub tomondan

D) Shimol va Sharq tomondan

21. Fransiya qiroli qatnashgan ikkinchi salib yurishi natijasi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?

A) muvaffaqiyatsiz yakun topgan

B) g`alaba bilan yakunlangan

C) Lyudovik VII ning asirga tushishi bilan tugagan

D) Lyudovik VII xotini urushda halok bo`lgan

22. Qaysi voqea Yevropada 3-salib yurishlarini tashkil qilinishiga olib kelgan?

A) Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossaning vafot etishi

B) Salohiddin Ayyubiyning salibchilardan Quddusni tortib olishi

C) Innokentiy III ning Rim papaligiga saylanishi

D) Quddus qirolligining vayron etilishi

23. Uchinchi salib yurishlarida qaysi davlat hukmdorlari ishtirok etgan?

1) Fransiya; 2) Angliya; 3) Italiya; 4) Germaniya; 5) Ispaniya; 6) Vizantiya.

A) 1,2,4


B) 2,5,6

C) 1,3,4


D) 2,4,6

24. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi salib yurishlarida qatnashgan davlat qaysi edi?

A) Angliya
B) Fransiya
C) Vizantiya
D) Venetsiya


Download 227,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish