Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari Amerika modelida


 Fransiyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi



Download 40,11 Kb.
bet12/13
Sana20.09.2021
Hajmi40,11 Kb.
#179473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SOLIQ MODELLARI

 
10.6. Fransiyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi 
 soliq tizimi bilan solishtirma tahlili 
 
Hozirgi kunda Fransiyadagi soliqni uch xil guruhga ajratish mumkin: 
daromad  solig’i,  shaxslarni  daromad  olganda  keyingi  to’lanadigan  solig’i 
(ish  haqi),  iste’mol  solig’i.  Soliq  tizimi  asosan  iste’mol  yo’nalishiga 
qaratilgan  bo’lib  uning  asosiy  ko’rsatkichi  olingan  foyda  (daromad)dir. 
Hozirda  qo’shilgan  qiymat  solig’i  ustida  gap  ketganda  barcha  ishlab 
chiqarish  va  iste’mol  uchun  qilingan  barcha  sarf  harajatlar  ko’zda  tutilib 
barcha  yo’nalishlar  bo’yicha  soliqqa  tortilishini  tushuniladi.  Tashqi  bozor 
                                                           
42
Chet mamlakatlar soliq tizimi. A.Jo'raev - T.: TMI, 2005. 183-b.
 

255 
 


bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha  operatsiyalar  qo’shilgan  qiymat  solig’idan 
ozod  etiladi.  Import  bo’yicha  bajariladigan  barcha  operatsiyalar  QQS 
tortiladi.  QQS  bajariladigan  ishning  turlariga  bog’liq  bo’lib,  u  soliq 
to’lovchining moliyaviy holatiga bog’liq bo’lmaydi. Soliq stavkasi tovarni 
bahosiga  bog’liq  bo’lmaydi.  Qo’shilgan  qiymat  solig’i  obyekti  sotilgan 
tovarlarni qiymati va ko’rsatilgan xizmatlar tashkil etadi. Bundan tashqari 
boshqa  qilingan  harajatlar  ham  hisobga  olinadi  (yuklarni  tashish,  ortish, 
tushirish,  boj  va  h.k.).  Qo’shilgan  qiymat  solig’ini  hisoblaganda,  xom 
ashyo va yarim tayyor mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.  
 
2004 yilgi ma’lumotga ko’ra soliqni asosiy stavkasi - 18,6% tashkil etib  eng yuqori stavka 
esa (22%) bu stavka asosan ayrim tovar turlariga (avtomobil, kinofototovarlar, tamaki mahsulotlari, 
atrupa,  qimmatbaho  mo’yna)  qo’llaniladi.  Eng  past  soliq  stavkasi  ya’ni  (5,5%)  oziq-ovqat 
mahsulotlari,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari,  kitoblar,  dori-darmonlar  uchun  qo’llaniladi.  Xuddi 
shunday  past  stavkalar  ayrim  xizmat  ko’rsatish  sohalari  mehmonxona  turisti  yuk  tashish,  passajir 
transportlari, ishlab chiqarish korxonalarida ovqatlanishlarni tashkil etish va h.k.da qo’llaniladi.  
 
QQS dan ozod etiladi: ma’muriy ijtimoiy, tarbiyaviy, madaniy, sport 
sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi davlat muassalari; qishloq xo’jaligi 
ishlab  chiqaruvchilar;  yakka  tadbirkorlik,  yakka  faoliyat  ko’rsatuvchi 
shifokorlar; diniy yo’nalishda xizmat qilayotganlar.  
Qo’shilgan qiymat solig’i ayrim bojlar bilan to’ldiriladi. (boj, aksiz) 
bular  ham  iste’mol  qiymatiga  ega  bo’lgan  iste’mol  solig’ini  vujudga 
keltiradi.  Bularni  ayrimlari  davlat  hisobiga  ayrimlari  maxalliy  budjetga 
o’tkaziladi.Qo’shilgan  soliqqa  tortiladigan  tovarlarga  quyidagilar  kiradi: 
spirtli  ichimliklar,  tabaki  mahsulotlari,  gugurt,  zajigalki,  qimmatbaho 
toshlardan  tayyorlangan  mahsulotlar,  shakar,  konditer  mahsulotlar, 
uchuvchi  apparatlar,  pivo  va  shifobaxsh  suvlar,  ayrim  turdagi 
avtomobillar.  
Bilvosita 
soliqqa 
qo’shimcha 
ravishda 
elektrenergiyadan 
foydalanganlik,  televizion  reklama  qilinganlik  uchun  tortilishi.  Ayrim 
hududlarda  dam  olish  maskanlarini  tashkil  etish  imkoniyatlari  bo’lsa  u 
holda  mahalliy  hokimiyat  turistik  yig’imlar  yig’ib  olishni  joriy  etadi. 
Bojxona boji  ham  iste’mol  solig’i  hisoblanib,  uning  asosiy  maqsadi  ichki 
bozorni,  ishlab  chiqarishni,  qishloq  xo’jaligini  himoyalashdan  iborat. 
Bojxona boji davlat siyosati bo’lib, uning asosiy yo’nalishini ichki bozorni 
himoyalash.  Bojxona  boji  keltirilgan  tovarlarni  bahosini  ichki  bozor 
bahosiga  tenglashtirishdan  iborat.  Bojxona  boji  tovar  bahosiga  qarab 
olinadi. Ayrim hollarda boj olishda tovarni og’irligi, hajmi hisobga olinadi. 
Bunday  boj,  ichimliklar,  tamaki  mahsulotlari,  kinofilmlar  uchun  ham 

256 
 


qo’llaniladi. Korxonani sof foydasi daromad solig’iga tortiladi. Olinadigan 
soliq miqdori daromad va harajat o’rtasidagi farq tenglashtiriladi.  
Daromad  solig’iga  asosiy  o’rinlardan  birini  jismoniy  shaxslardan 
olinadigan  daromad  solig’i  tashkil  etadi.  Jismoniy  shaxs  barcha  oladigan 
daromadlarini  hisobga  olgan  daromad  deklaratsiyasini  soliq  organlariga 
taqdim  etadi.  Daromad  bu  yil  davomida  olingan  foyda  tushumidir. 
Hisobotda  yana  har  xil  daromadlar  ham  hisobga  olinadi,  (maqsadli 
nafaqalar,  ayrim  ijtimoiy  guruhlar,  qariyalar  va  nogironlar)  qilingan  sarf 
harajatlar  umumiy  foydadan  chegirib  tashlanadi.  Jismoniy  shaxslardan 
olinadigan  daromad  solig’i  progressiv  xarakterga  ega  bo’lib,  daromadlari 
ma’lum  belgilangan  chegaradan  oshsa,  soliq  to’lanadi.  Fransiyada 
ko’chmas  mulk, qimmatbaho qog’oz va boshqa mulklar buyicha qilingan 
operatsiyalardan  olingan  daromadni  soliqqa  tortishning  boshqacha 
qoidalari mavjuddir.  
 
Agar  ko’chmas  mulk  qancha  narxda  sotilgan  bo’lsa  shu  baho  miqdorida  sotilgan  yilda 
soliqqa tortiladi. Uy joyni sotishdan olgan daromad (foyda) soliqdan ozod etiladi. Agarda uy joyga 
egalik  qilish  muddati  32  yildan  ortiq  bo’lsa.  Shunday  qilib  muddatlar  bo’yicha  har  xil  stavkalar 
qo’llaniladi.  Agarda  mulk  sotuvchini  qo’lida  ikki  yildan  oshiq  tursa  u  holda  stavka  kamaytiradi 
xatto  0%  ham  kamaytiriladi.  Ko’chmas  mulk  bo’yicha  o’tkazilgan  operatsiyalardan  hosil  bo’lgan 
foyda soliqqa tortiladi. Agar uning miqdori 20 ming frankdan ortiq bo’lsa. Bu holatda uch xil soliq 
stavkasi  qo’llaniladi  4%,  5%,  7%  -  san’at  asarlari  uchun,  7,5%  qimmatbaho  metallar  bilan  ish 
qilinganda Fransiyada xususiy mulk solig’i budjetga ko’p daromad keltiradi.  
 
Mahalliy soliq tizimini to’rtta asosiy yo’naliga ajratish mumkin:  
- yer solig’i qurib bitirilgan uchastkalar uchun;  
- yer solig’i qurib bitirilmagan uchastkalar uchun;  
- turar joy solig’i;  
- mutaxassislik solig’i.  
Bu  soliq  stavkalari  mahalliy  hokimiyat  tomonidan  belgilanadi  (bosh 
kengash  va  mahalliy  kengash).  Bu  soliq  stavkalari  davlat  tomonidan 
belgilangan  stavkadan  o’tib  ketmasligi  kerak.  Soliq  mulkning  hamma 
turiga binolar, inshootlar, suv xavzalari, suv yig’uvchi qurilmalar va ishlab 
chiqarish  va  tijorat  maqsadlarida  foydalanish  uchun  ajratilgan  yer 
uchastkalarga  taalluqli.  Soliqqa  tortilgan  qism  ijaraga  berilgan  uchastka 
qiymatini yarmini tashkil etadi. Bu soliqdan shahardan tashqarida bo’lgan 
qishloq  xo’jalik  maqsadlaridan  foydalanilgan  davlat  mulki  binolar  ozod 
etiladi.  
Yoshi  75  dan  yuqori  bo’lgan  jismoniy  shaxslardan,  maxsus  nafaqa 
oluvchilardan  va  nogironlardan  soliq  olinmaydi.  Qishloq  xo’jaligi  ishlab 
chiqarishini  rivojlantirish  maqsadida  yaratilgan  su’niy  o’rmonzorlar  va 
ularda band bo’lib turgan yer uchastkalar - ma’lum muddati soliqdan ozod 

257 
 


etilishi  mumkin.  Turar  joy  xususiy  mulk  kabi  soliqqa  tortiladi.  Kam 
ta’minlangan  shaxs  butunlay  yoki  qisman  bu  soliqdan  ozod  etilishi 
mumkin. Doimiy mutaxassislik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va 
yuridik shaxslar uchun soliq joriy etilgan.  
Mahalliy  boshqaruv  organlari  yuqorida  keltirilgan  soliq  turlariga 
qo’shimcha  ravishda  soliqlar  va  yig’imlarni  joriy  etishi  mumkin  ya’ni: 
maydonlarni  tozalash  solig’i;qishloq  xo’jalik  palatalarini  ta’minlash  boji; 
hunar  ta’lim  palatalarini  ta’minlash  boji;  konlarni  o’zlashtirishdagi 
mahalliy  yig’imlar;  elektr  yoritkichlar  o’rnatganlik  uchun  maxalliy 
yig’imlar;  uskunalardan  foydalanganlik  uchun  olinadigan  boj;  binolarni 
sotishdan olinadigan soliq; transport vositalari uchun olinadigan boj; limit 
darajasidan  oshib  ketgan  qurilishlar  uchun  soliq;  maydonni  band  qilish 
chegarasi limit darajasidan oshib ketganligi uchun to’lanadigan soliq.
43
  

Download 40,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish