10.5. Germaniyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq
tizimi bilan solishtirma tahlili
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Germaniyada soliqqa tortish tizimi
federatsiyalar, yerlar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Budjet xo’jaligini
mustaqil yuritish tamoyillari umumdavlat va yerlarning manfaatlarni
ko’zlagan holda olib borildi. Natijada hozirgi kun Germaniya Respublikasi
soliq tizimida qirqta soliq mavjud. Jumladan, ish haqidan olgan daromad
solig’i; QQS; kosibchilik solig’i; qat’iy daromad solig’i; korporatsiyalar
solig’i; tabiiy neftga soliq; tamaki mahsulotlarga soliq; cherkov solig’i; yer
solig’i; avtotransport vositalariga soliq; bojxona boji; yer maydonini sotib
olishdan olgan soliq; meros solig’i; kofe; pivo; veksel; yong’in
xavfsizligini ta’minlash solig’i; kuchuklar; shakarga; choyga; tuz;
yoritg’ich asboblarini muhofaza qilish solig’i; ovchilik, baliq tutish solig’i;
litsenziya solig’i.
Germaniyada soliqlar federatsiya, yer, qo’shma (federal va yerlar
bilan birgalikda), munitsipal, jamoa, cherkov soliqlariga bo’linadi:
Federal
soliqlar
quyidagi
soliqlardan
iborat:
spirt,
spirt
mahsulotlariga soliq; boj yig’imlari; kapitalning harajatiga soliq; sug’urta
solig’i; veksel solig’i; iste’mol mahsulotlariga soliq.
Jamoa, qo’shma soliqlarga quyidagilar kiradi: ish haqiga soliq va
o’rnatiladigan daromad solig’i; kapital daromadidan soliqlar va
korporatsiyalar solig’i; QQS; hunarmandchilik solig’i.
253
Yer solig’iga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig’i; yer maydonini
sotib olishdan soliq; transport solig’i; pivoga soliq; lotoreya va ot
o’yinlariga soliq; yong’in xavfsizligini ta’minlash solig’i; bilyard,
kozinolardan soliq.
Munitsipal soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi: yer solig’i; mahalliy
iste’mol soliqlari; it egalaridan soliq; kosibchilik.
Germaniya
Respublikasida
budjetning
markazlashmaganligi
markaziy budjet vositalarining mablag’larining qayta taqsimlanishi bilan
emas, balki budjet daromadlarni manbalarining qonuniy biriktirilib
qo’yilishi bilan amalga oshiradi.
Har bir soliq bo’yicha deyarli alohida me’yoriy hujjatlar mavjud.
Germaniya Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’i to’g’ri soliqlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Soliqqa tortish
obyekti bo’lib ish haqi, erkin kasb daromadlari, gonorarlar, kapital
daromadlari, banklar jamg’armalaridagi foizlar, ijara haqi, xususiy ish
faoliyatidan olinadigan daromadlar va boshqalar kiradi. Germaniya
Respublikasida oltita soliq informatsiyalari mavjud bo’lib ular ishchi va
xizmatchilarning ommaviy xolatini, bolalar sonini, hisobga olgan holda
amal qiladi.
1 sinfga: bo’ydoqlar, bolasiz ishchilar, ajrashganlar, bevalar.
2 sinfga: ajrashib 1 ta bolasi borlar.
3 sinfga: oilalilar, agar bittasi ishlasa (ikkalasi ishlasa) ularning 1 tasi 5 sinfga o’tkaziladi.
4 sinfga: oilada er-xotin 1 vaqtda ishlasa daromadlari alohida soliqqa tortilganda.
5 sinfga: oilada ikkalasi ham ishlab ularning umumiy kelishuvga asosan 3 sinfga o’tkazilgan
bo’lsa.
6 sinfga: 1 nechta ish joylarida daromad oluvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |