Jahon siyosati


 BOB.  MARKAZIY OSIYO MINTAQASINING AHAMIYATI VA



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana09.08.2021
Hajmi0,79 Mb.
#142890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
markaziy osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari

2. BOB.  MARKAZIY OSIYO MINTAQASINING AHAMIYATI VA

XAVFSIZLIK MASALALARI

Щ

  Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy ahamiyati.

Markaziy  Osiyoning  qaytadan  vujudga  kelishi  insoniyat  oxirgi  o’n-o’n 

besh  yil  mobaynida  boshdan  kechirgan  ko’plab  dramatik  o’zgarishlar  va  keskin 

burilishlar orasida,  shubhasiz, eng muhimlari qatoriga kiradi. Mintaqa asriy siyosiy 

yo’qpikdan qaytdi va yana bir bor xalqaro hayotning muhim tarkibiy hismi sifatida 

namoyon  bo’ldi.  Boz  ustiga,  u  bugungi  kunda  jahon  hamjamiyatining  diqqat 

markazida turibdi.

«Markaziy  Osiyo»  atamasi  birinchi  marta  taniqli  nemis  olimi,  geograf 

Aleksandr  fon  Gumboldt  tomonidan  1843  yili  Parijda  nashr  etilgan  uch  jildli 

«Markaziy  Osiyo  Tog’  tizmalarini  tadqiq  qilish  va  iqlimlami  taqoslash»  asarida 

qo’llanilgan  edi.  Unda  olim  ichki  sug’orish  sistemasini  va  tog’  tizmalarini 

o’rganib, Markaziy Osiyoni alohida, o’ziga xos mintaqa sifatida ajratdi.

Shundan  so’ng  «Markaziy  Osiyo»  tushunchasi  uzoq  vaqt  mobaynida,  to 

so’nggi  davrgacha  geosiyosiy  tushuncha  sifatida  emas,  balki  asosan  tarixiy  yoki 

geografik  atama  sifatida  qo’llanilib  kelindi.  Boz  ustiga,  mintaqaning  chegaralari 

ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi xam turli tarixiy davrlarda 

va  xalqlarda  har  xil  atalgan.  Tarixan  olganda,  geografik  omillar  asosiy  mezon 

bo’lib  xizmat  qilgan.  Yunonlar  va  rimliklar  uni  «Transaksoniya»  -  Oxus  daryosi 

(Amudaryo)  ortidagi  yer  deb,  xitoylar  «G’arbiy  o’lka»  deb,  arablar  - 

«Movarounnahr»  yoki  ikki  daryo  oraligi  deb  ataganlar.  Eron  «Turon»dan 

ajratilgan.  Ba'zan  mintaqa  etnolingvistik  asosda  «Turkiston»  deb  atalgan.  Ba'zan 

esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga

5



Mo’g’uliston,  G’arbiy Xitoy,  Shimoliy  Hindiston,  Pokiston va Rossiya  Sibirining 

janubiy qismi kiritilgan  .

Markaziy  Osiyo  deganda,  Sovet  Ittifoqi  parchalangandan  keyin 

mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar:  Qirg‘iziston,  Qozog‘iston, 

Tojikiston, Turkmaniston va 0 ‘zbekiston nazarda tutiladi.

Sovetlar  davrida  bu  hududga  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  atamasi 

qo‘llanilgan.  Lekin,  1991  yilda  mustaqillikka  erishilgandan  keyin,  ham  ushbu 

davlatlar,  ham  horijiy  davlatlar  Markaziy  Osiyo  atamasini  qo‘liana  boshlashdi. 

1992  yilda besh  davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy  Osiyo  atamasini 

qabul  qilishdi.  Hozirda,  bu  atama  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  qabul  qilingan. 

Aksariyat  halqaro  tashkilot  va  tadqiqot  institutlarida,  Markaziy  Osiyo  bo‘limlari 

ochilgan.

Lekin,  geografik  nuqtai  nazardan  yondoshilsa,  Markaziy  Osiyoga 

Afg‘oniston,  Mo‘g‘uliston  va  Xitoyning  Uyg‘ur  viloyatlari  ham  kiradi.  Bundan 

tashqari  „Greater  Central  Asia“  yoki,  Kengroq Markaziy  Osiyo  atamasi bo‘r.  Bu 

hududga,  bazi  siyosatchilar  va  tadqiqotchilar,  ushbu  zikr  etilgan  davlatlardan

tashqari,  Eron,  Ozarbayjon,  Turkiya,  hatto  Hindistonning  bazi  qismlarini  ham

•  


*2 

qo‘shishadi  .

Hozirgi  kunda  Markaziy  Osiyo  tabiiy  geografik  o'lkasining  chegaralari 

ko'pchilik  tomoniodan  ma'qullangan  va  o'quv  adabiyotlarida  aniq  berilgan. 

O'lkaning eng shimoliy nuqtasi 38,8 gradus shimoliy kenglikda, Ayritov yaqinida, 

bo'lgan  Safedkux  tog'  tizmasi  bilan Nishopur tog'lari  tutashgan joyda -  Xarerud 

vodiysida (34°  shimoliy kenglik)  g'arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang'ishloq 

yarim  orolidagi  Tupqarag'ay  bumida  (50,3  sharqiy  uzunlik)  va  sharqiy  nuqatasi 

Savir  tog'larining  etagidagi  Qora  Irtish  daryosi  vodiysida  (85,6  sharqiy  uzunlik) 

jopylashgan.  Shimoldan janubga 2200  km va sharqdan g'arbga 2750 km ga yaqin 

masofaga cho'zilgan. Uning umumiy maydoni 3300000 kv. km atrofida.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish