•
• •
i
17
ta'minlashning muhim sharti qilib qo‘ymoqda.
Mudofaa sohasida normativ bazaning yaratilishiga 1991-yil 31-avgustda
qabul qilingan " 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida"gi Qonun bilan asos solingan. Bu Qonunda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa ishlari bo‘yicha vazirlik tashkil etish va mustaqil harbiy siyosat olib
borish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Respublika Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan " 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv yurtlari
to‘g‘risida"gi Qaror yuqorida zikr etilgan qonunni amalga tatbiq etish yo‘lida
tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
17 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil, mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008.
23
Shundan keyin 0 ‘zbekiston Respublikasining "Mudofaa to‘g‘risida"gi
Qonuni (1992-yil 3-iyul), Oliy Majlisning "Harbiy qasamyod to‘g‘risida"gi Qarori
(1992-yil 3-iyul), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida" (1992-
yil 3-iyul), "Muqobil xizmat to‘g‘risida" (1992-yil 3-iyul) qonunlar, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining "Milliy xavfsizlik Kengashini tashkil etish
to‘g‘risida"gi Farmoni (1995-yil 1 may), Oliy Majlis tomonidan " 0 ‘zbekiston
Respublikasining
Harbiy
doktrinasi"
(1995-yil
30-avgust),
0 ‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Nizomlari (1996-yil dekabr), boshqa qonunlar
va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qabul qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi terrorizmga qarshi kurash strategiyasini ishlab
chiqishda mintaqa miqyosida mavjud shartnomalardan, masalan, Evropa Kengashi
1977-yilda qabul qilgan Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Evropa
konventsiyasidan keng foydalanmoqda. Terrorizmga qarshi kurashda Shanxay
•
1
18
hamkorlik tashkilotining roli oshib bormoqda.
Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik ikki taraflama darajada ham
rivojlanmoqda. Masalan, Turkiya Respublikasi bilan О zbekiston Respublikasi
o‘rtasida "Terrorizm, giyohvandlik vositalar kontrabandasi va uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida" qo‘shma bayonot qabul
qilindi.
Shu jumladan idoralararo darajada ham terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha
ikki taraflama bitimlar Rossiya, Turkiya, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlar
bilan tuzildi. Terrorizmga qarshi kurash bo£yicha bitimlaming asosiy maqsadi -
terrorizmning har qanday ko4rinishlarini qoralash, terrorchilik harakati qanday
sababga ko‘ra sodir etilganidan qat'i nazar, uni g‘ayrihuquqiy deb e'tirof etishdan
iborat. Bunda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha
olingan majburiyatlar zamirida aut dedere, judicare (yo topshir, yo jazola) printsipi
yotadiki, bu aybdorlar jazolanishining muqarrarligini ta'minlash imkonini beradi.
18 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.156.
24
0 ‘zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmga qarshi kurash kontseptsiyasini
amalga oshirishda BMT yordami va ko‘magiga suyanmoqda, BMT Bosh
Assambleyasi 1994-yilda qabul qilgan Xalqaro terrorizmga barham berish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi deklaratsiyada belgilangan normalarga qat'iy rioya
qilmoqda.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ularga xalqaro tashkilotlar kuch-
g‘ayrati qarshi qo‘yilgan va Markaziy Osiyo davlatlari bahamjihat harakat qilgan
taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. 1999-yil oxirida Qirg‘izistonning 0 ‘sh
viloyati va 0 ‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hududida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya qurolli kuchlarining vakillari ishtirokida
"Hamdo‘ stlikning
janubiy
qalqoni-99"
qo‘shma
qo‘mondonlik-shtab
mashqlarining o‘tkazilishi bu yo‘lda tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.
Rossiya Prezidenti V.Putinning 2000-yil 18-19-mayda 0 ‘zbekistonga rasmiy
tashrifi chog‘ida ikki davlat boshliqlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokara ham
xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikki taraflama qo‘ shma chora-tadbirlar
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Muzokara davomida xalqaro
terrorizmga qarshi kurashning zarurligi xususidagi pozitsiyalar to‘la mos kelishiga
erishildi. Bu kurash 1999-yil Toshkentda 0 ‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida
tuzilgan Harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
2000-yil aprelda Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari Toshkentda
imzolagan to‘rt taraflama bitim terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro
uyushgan jinoyatchilikka hamda mamlakatlar barqarorligiga boshqa tahdidlarga
qarshi kurashda hamkorlikning huquqiy negiziga aylandi.
Markaziy Osiyoda ish olib borayotgan ekstremistlar o‘ziga e'tibomi qaratish
va boshqa davlatlar ko‘magidan foydalanish uchun har xil diniy shiorlami niqob
qilib olmoqdalar. Islom ekstremizmi ilgari asosan Yaqin Sharqda o‘zini namoyon
etgan bo‘lsa, kofir "sho‘roviylar"ga qarshi kurashda mujohidlar tayyorlash uchun
lagerlar va bazalar tashkil etilgan Afg‘onistondagi 20 yillik urush munosabati bilan
25
u o‘z doirasini ancha kengaytirdi. Jahon axborot agentliklarining ma'lumotlariga
ko‘ra, Afg‘oniston hududida "Tolibon" harakati ixtiyorida maqsadi Markaziy
Osiyo mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtirishdan iborat bo‘lgan bir necha lager
uzoq vaqt mobaynida ish olib borgan.
Islom aqidaparastlari "dastlabki" islomga qaytish, xalifalik ko‘rinishida
islom davlati qurish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va diniy madaniy hayotni Qur'oni
karim va Shariat asosida qurish g‘oyasini ilgari surmoqdalar. Agar ta'sirchan
choralar ko‘rilmasa, diniy ekstremizm islohotlar va demokratik o‘zgarishlarga
katta zarar etkazishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlari sharoitida islom aqidaparastlari o‘z siyosiy
maqsadlariga erishish uchun terrorchilik tadbirlari uyushtirish usulidan tobora ko‘p
foydalanmoqdalar. Masalan, 1997-yil oktyabrda Namangan tumanida ular mahalliy
amaldorlar va militsiya xodimlariga bir necha suiqasdlar uyushtirdilar, mahalliy
aholini hukumatga qarshi chiqishlar qilishga da'vat etdilar. 1997-1998-yillarda
vahhobiylar shunday tadbimi Qirg‘iziston janubida o‘tkazdilar, 1999-yil fevralida
esa ular 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovga qarshi terrorchilik tadbiri
uyushtirdilar.19
Markaziy Osiyo davlatlari terrorchilaming kirdikorlariga o‘z uyushqoqligi
va birdamligini qarshi qo‘ymoqdalar.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan bir qancha xalqaro anjumanlar, seminarlar va
uchrashuvlarda xavfsizlik masalalariga doir muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi:
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha Toshkent
seminar-kengashi (1995-yil 15-16-sentyabr);
|
"Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli hudud" xalqaro konferentsiyasi
(1997-yil 15-16-sentyabr);
Afg‘oniston masalasi bo‘yicha "6 2" guruhining Toshkent uchrashuvi va
unda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma'ruzasi.
19 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.160.
26
Mamlakatimiz Toshkentda bir necha konferentsiyalar o‘tkazgan EXHT
yig‘ilishlarida faol ishtirok etmoqda. Ular orasida demokratiya va inson huquqlari
masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya ayniqsa muhim о rin egallaydi.
0 ‘zbekiston NATO doirasida amalga oshirilayotgan "Tinchlik yo‘lida hamkorlik"
dasturiga qo‘shildi va mazkur dastur doirasida o‘tkazilayotgan mashqlarda ishtirok
etmoqda. 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov NATO nafaqat Evropada, balki
keng Evrosiyo mintaqasida ham barqarorlik omiliga aylanishi mumkinligini
ta'kidladi.20
Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish va jahon huquqiy tartibotini o‘matishda
ishtirok etish - bu avvalo BMT faoliyatida ishtirok etish demakdir. О zbekiston
BMTga, uning tinchlikni saqlash borasidagi ulkan salohiyatini hisobga olgan
holda, mamlakat jahon tizimiga qo‘shilishining muhim vositasi sifatida
qaramoqda.
BMT universal kollektiv xavfsizlik tizimining negizi hisoblanadi. Tashkilot
Ustavida uning jahonda tinchlikni barqaror etish uchun samarali kollektiv chora-
tadbirlar ko‘rish borasidagi vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bu vakolatlar
tinchlikni barqaror etishning eng muhim preventiv choralari sifatida nizolami tinch
yo‘l bilan hal qilishni (2-moddaning 3-bandi va IV bob), kuch ishlatish yoki kuch
ishlatish bilan qo‘rqitishni taqiqlashni (2-moddaning 4-bandi), xalqaro vaziyatni
beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan turli xalqaro muammolami hal qilishda keng
hamkorlikni (1-moddaning 3-bandi, IV va IX boblar), qurollanishni cheklashni
Ь я т Н я
qurolsizlanishni (11, 26, 47-moddalar) o‘z ichiga oladi. Xalqaro
mojarolami tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, BMT qurolli kuchlardan
foydalanmasdan (41-modda) yoki ulaming yordamida (42-modda) majburlov
choralarini ko‘rishi mumkin.
Ustavning 40-moddasi qoidalari asosida "er kurrasining qaynoq nuqtalarida"
harbiy kuzatuvchilar missiyalari va BMT bayrog‘i ostidagi qurolli kuchlar
20 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil, mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008.
27
yordamida tinchlikni saqlash bo‘yicha BMT operatsiyalarini o‘tkazish barqaror va
samarali amaliyoti shakllangan. BMT Ustavining VIII bobida mintaqa miqyosida
kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlarini tuzish imkoniyati nazarda tutilgan
bo‘lib, ular BMT maqsadlari va printsiplariga mos kelishi, muayyan geografik
hudud doirasidagi nizolargagina taalluqli bo‘lishi va shu doiradan chetga
chiqmasligi kerak.
Bunday tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: Evropada - 1949-yildan beri
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan SHimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)
va Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT); Evrosiyo qit'asi doirasida
1992-yildan beri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlami o‘z ichiga
olgan kollektiv xavfsizlik tizimi va mazkur Tashkilotning ta'sis hujjatlari va
keyingi hujjatlariga muvofiq yaratilgan mexanizmlar shakllanmoqda; tegishli
mintaqa davlatlariga qarshi agressiya yuz bergan holda kollektiv chora-
tadbirlardan foydalanish imkoniyati Arab davlatlari ligasi, Afrika birdamlik
tashkiloti va Amerika davlatlari tashkilotining ta'sis hujjatlarida va ular bilan
• •
*
2
1
bog‘langan boshqa hujjatlarda ham nazarda tutilgan.
Xalqaro xavfsizlik huquqining shakllanishi va rivojlanishida qurolli kuchlar
va qurollanishni cheklash va qisqartirishga, urush olib borishning ayrim o‘ta xavfli
vositalarini yo‘q qilib tashlashga, qurolsizlanishga qaratilgan ko‘p taraflama
xalqaro bitimlar muhim rol o‘ynamoqda. Ulaming orasida 1972-yilgi
Bakteriologik (biologik) va zaharli qurollami ishlab chiqish, yasash va ulaming
zaxiralarini to‘plashni taqiqlash hamda ulami yo‘q qilish to‘g‘risidagi konventsiya,
1963-yilgi Atmosfera, koinot bo‘shlig‘i va suv ostida yadro qurolini sinovdan
o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma,
1968-yilgi Yadro qurolini
tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma, 1971 -yilgi Yadro qurolini va ommaviy
qirg‘in qurolining boshqa turlarini dengizlar va okeanlar tubida va uning ostida
joylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, 1967-yilgi Lotin Amerikasida
21 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.163.
28
yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma alohida o‘rin egallaydi. Bu va
boshqa shunga o‘xshash ko‘p taraflama hujjatlar ayni shu tartibga solish
ob'ektlariga doir ko‘p sonli ikki taraflama shartnomalar bilan to‘ldiriladi.
1996-yilda Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning
qabul qilinishi xalqaro xavfsizlik huquqining shakllanishida muhim voqea bo‘ldi.
SHartnomaning 1-moddasiga muvofiq har bir ishtirokchi davlat yadro qurolini
sinov tarzida portlatmaslik va umuman hech qanday yadro portlashini amalga
oshirmaslik, shuningdek o‘z yurisdiktsiyasi yoki nazorati ostidagi har qanday
joyda shunday yadro portlashini taqiqlash va oldini olish majburiyatini oladi.
Ishtirokchi davlatlar Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi
shartnoma Tashkilotini ta'sis etdilar. Tashkilot qarorgohi Vena shahrida
joylashgan. Tashkilotning oliy organi - ishtirokchi davlatlar Konferentsiyasi.
Tashkilot ijroqo‘mi 51 a'zodan iborat. SHartnomaga rioya etilishi ustidan nazorat
olib borish maqsadida nazorat rejimi ta'sis etiladi. U xalqaro monitoring tizimi,
maslahatlashish va tushuntirishlar berish, joyda inspektsiya o‘tkazish va ishonchni
mustahkamlash chora-tadbirlaridan iborat.
Xalqaro-huquqiy hujjatlar qoidalarining bajarilishi ustidan milliy va xalqaro
chora-tadbirlar yordamida nazorat o‘matish mazkur hujjatlar asosida xavfsizlikni
ta'minlashning samarali vositasi hisoblanadi. Masalan, yuqorida zikr etilgan 1968-
yilgi Shartnomaga muvofiq nazorat vazifalari MAGATEga yuklatilgan bo‘lib, u
inspektsiya tadbirlari o‘tkazishi mumkin; MAGATE bilan bir qatorda, 1967-yilgi
Shartnoma inspektsiya o‘tkazish vakolatini Lotin Amerikasida yadro qurolini
taqiqlash agentligiga beradi; 1993-yilgi Kimyoviy qurollami taqiqlash to‘g‘risidagi
konventsiyada bu borada xalqaro inspektsiyalar o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan
kimyoviy qurollami taqiqlash tashkilotini tuzish nazarda tutilgan; 1971-yilgi
Shartnomada unga rioya etilishini tekshirishning milliy va xalqaro chora-tadbirlari
va vositalarini uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan; shunga o‘xshash tizim 1977-yilgi
Tabiiy muhitga ta'sir ko‘rsatish vositalaridan harbiy yoki boshqa har qanday
dushmanlik maqsadlarida foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konventsiyada
29
belgilab qo‘yilgan: u aralash konsultatsion mexanizmlami yaratish imkoniyatini
ko‘zda tutadi.
Xulosa
Davlatlar o‘rtasidagi nifoq sabablarini bartaraf etish va xalqaro keskinlikning
oldini olish xalqaro xavfsizlikni ta'minlashning eng ishonchli vositasi hisoblanadi.
Butun hozirgi zamon xalqaro huquqi shunga qaratilgan. Biroq xalqaro
munosabatlarda shu maqsadga qaratilgan bir qancha muayyan chora-tadbirlar ham
ishlab chiqilgan.
Bunday chora-tadbirlar odatda bir necha guruhga bo‘linadi:
a) kollektiv xavfsizlik tizimlari tashkil etish;
b) qurollanishni cheklash hamda qurollanish ustidan nazorat o‘matish;
v) o‘zaro ishonchni mustahkamlash va nazorat chora-tadbirlari.
Kollektiv xavfsizlik - bu davlatlar tinchlikka tahdidni bartaraf etish va
agressiya harakatlarini to‘xtatish maqsadida birgalikda amalga oshiradigan
tadbirlar tizimi. Umumiy kollektiv xavfsizlik tizimi va mintaqaviy tizimlar
farqlanadi.
Qurolsizlanish - insoniyatning azaliy orzusi. Qurolsizlanishga xavfsizlikning
eng ishonchli kafolati sifatida qaraladi. BMT Ustavi Bosh Assambleyaga "xalqaro
tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishida hamkorlikning umumiy printsiplarini, shu
jumladan qurolsizlanishni hamda qurollanishni tartibga solishni belgilab beruvchi
printsiplami ko‘rib chiqish" vakolatini bergan.
Bu g‘oya bir qancha xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Shunga
qaramay, qurolsizlanish g‘oyasi ijobiy huquq normasiga aylangani yo‘q.
Amalda qisman qurolsizlanish, qurol-yarog‘lami qisqartirish to‘g‘risida so‘z
yuritiladi. Awalo eng xavfli qurol turlari, chunonchi:
1. Kimyoviy va bakteriologik qurol;
2. Yoriluvchi o‘qlar va yondiruvchi qurol;
3. Lazerli qurol;
4. Urush olib borishning ekologik vositalari va usullari;
5. Yadro quroli qisqartirildi.
31
Har qanday mamlakat boshqa davlatlar orasida o‘z suverenligini saqlab
qolish maqsadida doim o‘z xavfsizligini mustahkamlash haqida qayg‘uradi. Bunda
davlat mazkur maqsadga qanday vositalar yordamida erishishi muhimdir. Hozirgi
zamon qurolining xususiyati biron-bir davlatga o‘z xavfsizligini faqat harbiy-
texnika vositalari, qurol-aslaha va qurolli kuchlami ko‘paytirish bilan taminlash
imkonini bermaydi, chunki hozir nafaqat yadro urushida, balki qurollanish
poygasida ham yutib chiqish mumkin emas. Bugungi kunda davlatning
xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, shu jumladan yuridik vositalardan foydalanishni
ustun qo‘yish zarurligi ayon bo‘lib qoldi.
#
32
Do'stlaringiz bilan baham: |