Jahon siyosati


  Xavfsizlik tushunchasi va xavfsizlikning dolzarbligi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana09.08.2021
Hajmi0,79 Mb.
#142890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
markaziy osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari

1.2.  Xavfsizlik tushunchasi va xavfsizlikning dolzarbligi

4 G'.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg'ulotlar).

Angren-2003.

8



BMT  Ustavi  (VIII  bob)  mintaqa  miqyosida  xalqaro  tinchlik  va  xavfizlikni 

saqlash uchun mintaqaviy kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlari tuzishga ruxsat 

beradi. Bunda quyidagi shartlar albatta bajarilishi lozim:

-  mintaqaviy  asosdagi  harakatlar  BMT  maqsadlari  va  printsiplariga  mos 

kelishi,  faqat  mahalliy  nizolarga  taalluqli  bo‘lishi  va  mazkur  hudud  doirasidan 

tashqariga chiqmasligi kerak;

-  Xavfsizlik  Kengashidan  vakolat  olmay  turib  hech  qanday  majburlov 

choralari ko‘rilishi mumkin emas;

- biron-bir mintaqa davlatlari o‘rtasida yuzaga keluvchi har qanday mahalliy 

nizolar faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim;

-  Xavfsizlik  Kengashi  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlash  uchun 

mintaqaviy  bitimlar  doirasida  amalga  oshirilgan  yoki  amalga  oshirish 

moijallanayotgan harakatlar haqida hamisha xabardor qilinib turilishi kerak;

-  mintaqaviy  asosdagi  biron-bir  harakat  BMT  xalqaro  xavfsizlik  universal 

tizimi doirasidagi harakatlarga zid kelishi mumkin emas.

Mintaqada qurolli kuch yordamida majburlov harakatlari  faqat sodir etilgan 

hujumni  qaytarish paytida, BMT Ustavining 51-moddasida nazarda tutilgan yakka 

tartibda yoki  kollektiv tarzda o‘zini  o‘zi mudofaa  qilish huquqini  amalga oshirish 

tartibida,  bu  haqda  Xavfsizlik  Kengashiga  darhol  xabar  bergan  holda  amalga 

oshirilishi mumkin.

Bulaming  hammasi  har  qanday  mintaqaviy  kollektiv  xavfsizlik  tizimi 

universal  xalqaro  xavfsizlik  tizimining  tarkibiy  qismi  bo‘lishi  mumkinligi  va 

lozimligidan dalolat beradi.

To‘laqonli  urushga  aylanib  ketishi  mumkin  bo‘lgan  har  qanday  mahalliy 

mojaroning  oldini  olish  mumkinligi  davlatlami  har  xil  darajada  birlashishga 

majbur  qiladi.  Bu  qoida  BMT  Ustavi  52-moddasining  1-bandida  mustahkamlab 

qo‘yilgan:  "Ushbu  Ustav  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlashga  taalluqli 

bo‘lgan  va  mintaqaviy  harakatlarga  mos  keladigan  masalalami  hal  qilish  uchun 

mintaqaviy bitimlar yoki organlar tuzishga aslo monelik qilmaydi, basharti bunday



bitimlar  yoki  organlar  va  ulaming  faoliyati  Tashkilot  Maqsadlari  va  Printsiplari 

bilan hamohang bo‘Isa".

Samarali  mintaqaviy  kollektiv  xavfsizlik  tizimlari  ularda  mazkur 

mintaqaning  barcha  davlatlari,  ulaming  ijtimoiy  va  davlat  tuzumidan  qat'i  nazar, 

ishtirok  etishini  taqozo  qiladi.  Ular  kollektiv  xavfsizlikning  universal  mexanizmi 

bilan bir xil maqsadni - xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashni ko‘zlaydi.

Ayni  vaqtda  ulaming  faoliyat  doirasi  universal  kollektiv  xavfsizlik 

tizimining  harakat  doirasiga  nisbatan  cheklangan.  Birinchidan,  mintaqaviy 

tashkilotlar jahonning  hamma  davlatlari  yoki  boshqa mintaqalarda yoki  bir necha 

mintaqalarda joylashgan  davlatlaming  manfaatlariga  tegishli  masalalar  yuzasidan 

biron-bir qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

Ikkinchidan, mintaqaviy bitim ishtirokchilari mintaqaviy harakatlarga hamda 

tegishli  guruh  davlatlarining  manfaatlariga  taalluqli  bo‘lgan  masalalamigina  hal 

qilishga haqlidirlar5.

Mintaqaviy  tashkilotlar  vakolatiga,  awalo,  ulaming  a'zolari  o‘rtasidagi 

nizolami tinch yo‘l bilan hal qilish kiradi. BMT Ustavi  52-moddasining 2-bandiga 

binoan,  mazkur  tashkilotlaming  a'zolari  mahalliy  nizolar  Xavfsizlik  Kengashiga 

oshirilgunga  qadar  ulami  o‘z  tashkilotlari  doirasida  tinch  yo‘l  bilan  hal  qilishga 

erishish uchun bor kuchlarini  safarbar etishlari, Xavfsizlik Kengashi  esa, nizolami 

hal qilishning mazkur usulini rag‘batlantirishi lozim.

Mintaqalaming va ularda yuz berayotgan vaziyatlaming har xilligini hisobga 

olib,  BMT  Ustavi  mintaqaviy  bitimlar  va  organlarga  aniq  ta'rif  bermagan.  Bu 

davlatlar  guruhi  mintaqaviy  harakatlarga mos  keluvchi  masalani  hal  qilish  uchun 

amalga  oshiradigan  tadbirlaming  moslashuvchanligini  ta'minlaydi.  Mazkur  holat 

mintaqaviy tashkilotlar va BMT  o‘rtasidagi munosabatlaming  shakllangan modeli 

hamda  tinchlikni  saqlash  bo‘yicha  rasmiy  "mehnat  taqsimoti"  to‘g‘risida  so‘z 

yuritish imkonini beradi.

5 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.66.

10



Xavfsizlik  Kengashi  o‘z  rahbarligi  ostida  majburlov  harakatlarini  amalga 

oshirish  uchun  mintaqaviy  tashkilotlardan  foydalanishi  mumkin.  Mintaqaviy 

tashkilotlaming o‘zi Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz biron-bir majburlov choralarini 

ko‘rishga  haqli  emas.  Mintaqaviy  tashkilotlar  majburlov  choralarini  mintaqaviy 

kollektiv xavfsizlik tizimi  ishtirokchilaridan biriga sodir etilgan hujumni qaytarish 

uchungina foydalanishga haqlidir6.

Ko’plab rivojlanayotdan davlatlarda avtoritar hukumatlar azaldan demokratik 

harakatlar  va  bu  mafkura jamoat  va  fuqaro  tinchligiga  rahna  soladi  deya  bosim 

o’tkazib  kelgan.  Tarix  guvohki,  demokratiya  buning  aksi:  xavfsizlik  kuehlari 

ustidan  demokratik  nazorat  o’matish  fuqaro  xavfsizligini  taiminlovchi  muhim 

omil. Bunday nazoratsiz inson xavfsizligi aslida tahdid ostida.

Ayrim davlatlarda demokratiyani himoya qiluvchi maxsus qonunlar qabul qilingan. 

Argentinada,  masalan,  1984  yilda  “Demokratiya  Mudofaasi”  nomli  Qonun  N. 

23.077  ma’qullanib, jinoiy  kodeks  o’zgartirilgan.  Unda  demokratik  tizimni  oyoq 

osti  qilish jinoyat deb  belgilangan.  Bu  qonunga binoan demokratiyani  xavf ostiga 

qo’ygan yoki konstitutsiyani hurmatsizlagan kishi jazolanadi.

Ichki xavfsizlik va jamoatchilik orasida tartibni  saqlash to’g’risidagi barcha 

qonunlar tinchlikka rahna solganlami qamoqqa olishni buyuradi.  Asosan ikki turli 

qonunlar bor:

•  Davlat xavfsizligiga haqiqatda tahdid solganlikda ayblab qamoqqa olish 

haqidagi qonunga ko’ra hibsni adliya yoki ba’zi hollarda faqat ijroiya organi 

buyuradi degan qonun;

•  Ijroiya organi nazarida davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan har bir fuqaro 

qamoqqa olinishi mumkin va xavfni oldindan bartaraf etish ma’qul deya ijroiya 

organiga bunday vakolat beruvchi qonun.

Britaniya Hamdo’stligiga kiruvchi ko’p  davlatlarda  ikkinchi turga o’xshash 

qonunlami  uchratish  mumkin.  Ularga  muvofiq  ijroiya  organi  konstitutsion

6 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009.  B.70.

7 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil, mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008. B. 92.

11



huquqlaming bir nechasini  bekor qilish kuchiga ega.  Burring uchun boshqaruvdan 

parlament  yoki  adliya  ruxsatini  yoki  uning  aralshuvini  so’rashi  talab  qilinmaydi. 

Masalaning  bir  jihati,  ijroiya  davlat  xavfsizligiga  tahdid  solganlikda  ayblab 

fuqarolami  ma’muriy  yoki  vazirlik  qamoqxonalarida  saqlashni  buyuradi.  Bu 

fuqarolar ijroiya qo’lida uzoq vaqt qolib ketishi, muddat bir necha bor yangilanishi 

va  mavhum  qolishi  mumkin.  Ayrim  davlatlarda  qonunchilik  bu  borada  kuzatuv 

hay’ati  tuzishni  talab  qiladi.  Bu  hay’at  ijroiyaga  maslahat  berishi  yoki  aksincha 

fuqaroni  hibsdan  ozod  etishni  buyurishi  mumkin.  Bu  hay’atlar  muayyan  darajada 

ijroiya tashabbusi yoki aralashuvi bilan tuziladi.

Ko’p  mamlakatlarda  bunday  qonunlar  mustamlaka  davridan  qolgan  va 

hozirda  keng  muhokama  ostida.  Hatto  ularga  qarshi  chiqayotganlar  bor.  Bu

tomonlar  nazarida  ijroiya,  xavfsizlik  kuchlari,  ayniqsa  politsiyaga  bu  qadar  keng





 

• 



i * 8  

vakolat berish fuqaro erkinliklari va siyosiy huquqlami cheklaydi.

8 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil,  mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008.  B. 93.

12




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish