Ma’lumki, <> (SHHT) ga asos solinishi negizida terrorizm va ekstremizm, radikal xarakatlarga qarshi kurashish, a’zo davlatlar hududida bunday obyektlarni ildiz otishiga yo’l qo’ymaslik, uning oqibatida vujudga kelishi mumkin bo’lgan xarbiy-siyosiy mojarolar oldini olish, umuman olganda insoniyat hayoti uchun xavf soluvchi kuchlarga qarshi birgalikda, yakdillikda o’zaro hamjihatlikda faoliyat olib borish kabi omillar yotadi. Hozirgi kunda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish butun dunyo hamjamiyati zimmasiga global ma’suliyatni yuklamoqda. Mavjud tashkilotlar, ittifoq va alyanslar hamda xalqaro munosabatlarning asosiy subyektlari hisoblangan davlatlar orasida imzolanayotgan bir qator turli aktlar, shartnoma va bitimlar aynan mana shu omilning faollashib ketishi oldini olish maqsadida amalga oshirilyapti. Shular qatorida SHHT ham bevosita uzluksiz tarzda ushbu faktorlarga qarshi kurashish choralari ustida faol xarakatlar olib borayotgani bejiz emas. Ushbu holatga ya’ni terrorizmga qarshi kurashishga nisbatan tashlangan ilk qadam Shanxayda izmolangan <> da ko’rishimiz mumkin. Ushbu imzolangan shartnoma o’zida terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan bir necha sferalarni belgilab, aniqlab olganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu konvensiyada aytilganidek: “…terrorizm allaqachon dunyoga xavf solishni boshladi, uni bevosita moliyalashtirilayotgani ham hech kimga sir emas”.1Aynan terrorizm, separatism va ekstremizmga qarshi kurashish doirasida 30 dan ortiq kelishuvlar mavjudligi2 ham ushbu xarakatga nisbatan keskin choralar ko’rilayotganligidandir. Maqsad va vazifalar belgilanib olinganidan so’ng albatta ushbu tashkilot qoshida maxsus-strukturaviy ko’rinishga ega bo’lgan alohida tuzilma tashkil etish talab etilardi. Ushbu hodisa 2004-yil 1-Yanvarda Toshkentda sodir bo’ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab SHHTning <> o’z faoliyatini boshladi. Ushbu tuzilmaning bevosita poytaxtimizda tashkil etilganligi va uning ijroiya qo’mitasining faoliyati aynan mana shu yerdan turib boshqarilishi o’ziga xos bir e’tiborga molikdir. Mazkur tuzilma o’zida ikki bo’limni mujassam etgan bo’lib ular: Kengash va ijroqo’mdir. Kengash doirasida muhim masalalarni qamrab olgan majlislar xar yili doimiy o’tkazish, zarur deb bilgan holatlarda qarorlar qabul qilish va yangi loyiha va tashabbuslar ustida ishlash kabilarni qamrab olsa, ijroqo’m bevosita ularni amalga oshirish, nazorat qilish bilan shug’ullanadi. Ushbu tuzilmaning funksiyasi shundan iboratki: axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, hamda maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish va aynan shular vositasida terrorizmni oldini olish, unga qarshi kurashish kabi vazifalarni bajaradi. “…kuzatuvlar natijasida aytadigan bo’lsam, oldi olingan bir qancha uyushgan jinoiy xarakatlarning aksariyati negizida aynan mana shu tuzilma faoliyati yotadi”.3 Axborot almashish orqali xalqaro miqyosdagi terroristik jinoyatlarni fosh etish yengillashadi. Shu kungacha mazkur qo’mitaning faoliyati ostida o’ttizdan ortiq majlis va navbatdan tashqari yeg’ilishlari bo’lib o’tdi. Xar bir majlisda SHHTga a’zo davlatlarning raisligi belgilab olinadi. Bunday majlislarda terrorizmga qarshi kurashish yo’lida o’quv-yeg’in mashg’ulotlari o’tkazish ko’rib chiqiladi hamda ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalari keng muhokama qilinadi. Oxirgi o’tgan (o’ttiz ikkinchi) Mintaqaviy Aksilterror Qo’mitasining navbatdagi yeg’ilishida (2018-yil, 5-Aprel) ishtirok etgan davlatlardan vakillar ham (Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg’iziston, Qozog’iston, Hindiston, O’zbekiston) o’z taklif va yangi maqsadlar bilan chiqishdi. 4Xar o’tadigan majlisda bo’lganidek bunisida ham o’tgan yilgi MATTning faoliyati to’g’risida hisobotlar berildi va ushbu tuzilmaning 2019-2021 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturining asosiy prinsiplari ham belgilab olindi. Ushbu faoliyatning amalga oshirayotgan ishlaridan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, tuzilmaning kelajagi barqaror bo’lishini bashorat qilish qiyin emas. Chunki unga birlashgan davlatlarning maqsad va manfaatlari o’zaro mushtarakligi, birlikda ittifoqo terrorimga qarshi kurashayotganligi so’zimiz tasdig’i bo’la oladi. Bundan tashqari amalga oshirilgan tashabbuslar juda ko]p va ularning mazmun-mohiyati ham turlicha. Yana bir yirik namuna sifatida SHHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatism va ekstremizmga qarshi 25 ta xujjatni ratifikatsiya qilganliklari, va bir ovozdan ma’qullaganliklarini ham yuqoridagi xarakatlarga qarata bildirilgan qaynoq munosabat deb baholagan bo’lardim. Ulardan:
-Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash to’g’risidagi Shanxay konvensiyasi
-Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xartiyasi (bandlarida terrorizmga qarshi kurashish tezisi)
-SHHT a’zo davlatlar o’rtasida hududiy-antiterroristik strukturani tashkil etish to’g’risidagi kelishuv
-SHHTning hududiy-antiterroristik strukturasi ijro komitetining maxsus reglamenti
-SHHTning hududiy-antiterroristik strukturasi ijro komitetining ma’lumotlar ba’zasini yaratish to’g’risidagi kelishuvi
-SHHT va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida hududiy-antiterroristik struktura istiqbollarining shart va talablari to’g’risidagi kelishuv
-SHHT hukumat a’zolarining terrorizm, separatizm, ekstremizmga qarshi kurash to’g’risidagi konsepsiyasi
-SHHTning maxsus xizmatlari, terroristic xujum va xalqaro qidiruv ishlarini SHHTning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ro’yxatga olingan yagona tergov qo’mitasi nazorat qilishi to’g’risidagi kelishuv
-SHHT a’zo davlatlarining terroristik kanallarni aniqlash va ularni blokirovkalash to’g’risidagi kelishuvi
-SHHtning texnik va sirli ma’lumotlarni himoya qilish va ta’minlash xarakatlarini hududiy-antiterror struktura doirasida amalga oshirish to’g’risidagi kelishuv
-SHT a’zo davlatlari o’rtasida xalqaro ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash to’g’risidagi kelishuv5
-SHHT a’zo davlatlari o’rtasida xarbiy amaliyotlarni birgalikda o’tkazish to’g’risidagi kelishuv
-SHHT a’zo davlatlari o’rtasida antiterroristik xarakatlarni shakllantirish uchun kadrlar yetkazib berish to’g’risidagi kelishuv
Yuqoridagi xujjatlarni barchasi SHHTning terrorizm, separatism, ekstremizmga qarshi kurash yo’lida imzolangan huquqiy kelishuvlaridan ba’zi namunalar. Ta’kidlanganidek 25 xujjatdan bu yerda 13 tasi keltirib o’tilgan bo’lsa, qolgan 11 tasi ushbu xujjatlarning mantiqiy davomi sifatida hozirda ham amalda qo’llanib kelinmoqda.6 Umuman olganda birgina qabul qilingan xujjatlarnin soniga ahamiyat berish noto’g’ri deb o’ylayman. Masalaning muhim nuqtasi uning ijro etilganligi va qanchalik jamiyat va davlat hamda aynan tashkilot hayotiga qanchalik tatbiq etilganligidadir. Ayniqsa uning natijasi barchasidan ustun fikrimcha. Kuzatuvlardan ham bilib olish mumkinki ushbu qabul qilingan qarorlar-u, amalga oshirilgan islohotlarning barchasi o’z samarasini bermasdan qolmayapti. Chunki Markaziy Osiyo boshqa mintaqalarga qaraganda o’z barqarorligi va ticnhligini nisbatan saqlab turibdi. Buni hozir payqash qiyin emas. Ushbu faktorlarni ham hisobga olgan holda SHHTning terrorizmga qarshi kurash masalasida qanchalik ildamlayotgani eng muhimidir. Aynan ushbu jarayonda O’zbekistonning roli benazir ekanlgi esa yoqimli. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, aynan SHHT va uning qoshidagi MATT ga o’xshagan tashkilotlarning ko’payishi va sayqal topishi butun Jahon hamjamiyati hayotida o’ta muhim ahamiyat kasb etishi va ko’pgina noxush holatlarni oldi olinishi, xalqaro tinchlik va xavsizlikka rahna solayotgan kuchlarga qarshi birgalikda kurashish imkoniyatining paydo bo’lishi hamda ikki va undan ortiq davlatlarning o’zaro hamkorligi natijasida ziddiyat va to’qnashuvlarning kamayishi aynan hozirgi qaltis zamonda eng muhim vazifa deb o’ylayman
1 https://uza.uz >society >
2 https://moluch.ru
3 Беккайров Нурсултан Болатулы интервю на <<Первый канал>>, 09.04.2018