Birinchidan, tirikchilikning sun’iy vositalarini qayta ishlab chiqarishga o`tish, “ikkinchi tabiatni” tabiatdan tabiiy xom ashy ova energiyani birlamchi ko`rinishda ko`chirishi asosida insonning maqsadli faoliyati natijasida “ikkinchi tabiatni” yaratilishi, insonni o`zidagi sifat sakrashi asosidagina amalga oshirilishi mumkin edi. Inson o`zini ona-tabiat bilan bog’lab turgan kindigini batamom uzdi. Odam buni yakka o`zi emas, qadimgi jamiiyatni tarkibiiy unsurlarini urug’ jamoalari va jamoalarning o`zaro faoliyati bilan amalga oshirdi. Bu jamiyat piramidasidagi birinchi qavat, ehtiyojlar doirasi, qobiliyatlar, bilimlar, ko`nikmalar, qiziqishlar insonni jamiyatning bir qismi sifatida shakllandi.
Ikkinchidan, bu davrda jamiyatning tabiiy (jins, yosh) asosiga emas ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan texnologik baza shakllandi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarish (ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish) bo`linmalarini mavjudligi , dehqonchilikni, chorvachilikni, hunarmandchilikni va qurilishni ajralib chiqishi to`g’risida gapirish mumkin. Mehnatni ijtimoiy taqsimoti ishchini mahoratini oshirish uchun asos bo`lgani, mehnat qurollarini ixtisoslashuvi, uning menat unumdorligini uqoriligi uchun asos bo`ldi.
Uchunchidan ishlab chiqarishning iqtisodiy usulini aks ettiradigan qavat “xona”lari to`la boshladi, yer va podaga jamoa mulkchiligi, ko`pgina mehnat qurollariga shaxsiy mulkchilik haqiqatga aylandi, ayirboshlash (dastlab natural), bu ayirboshlash amkalga oshirilgan local bozorlar paydo bo`ldi.
Bechinchidan, inson va jamiyatning ma’naviy dunyosi bo`lgan qavati amaldagi mamun bilan boyidi. To`plangan bilimar va ko`nikmalarni avloddan-avlodga uzatmasdan turib yillik yoki ko`p yillik sikllar bilan bog’langan dehqonchilik va chorvachilikdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amalgam oshirish mumkin emas edi. Bu davrda ma’lum darajada san’at, murakkab ichki oilaviy, jamoa ichidagi va jamoalar o`rtasidagi munosabatlar rivojlandi.
Birinchi jadvalda yettita dunyo sivilizatsiyalari ajratilgan. Ulardan uch birinchisi-neolit, ilksinfiy va antik sivilizatsiyalar-jamiyatni shakllanishi, uning bolaligi va o`smirligini aks ettirgan tarixiy supersiklga birlashtirilishi mumkin, olim Yakovesni fikricha bu tarixiy davrning cho`qqisi ma’naviyat-madaniyatni gullab-yashnagan davri antik bosqichdir. Keyin uch sivilizatsiyalar-o`rta asrlar, industriya arfasi va industrial-jamiyatning yetuklik bosqichi deb shartli aytish mumkin. Ular asta-sekin butun yer sharini qamrab oldi, qudratli texnologik bazani shakllantirdi, bozor munosabatlariga asoslangan ko`p ukladli iqtisodiyot, demokratik ijtimoiy-siyosiy tuzumni yaratdi, atrof dunyoni bilish va o`zgartirishda, ma’naviy muhitni rivojlantirishda yuqori marralarni egalladi va biosferaga (ijobiy va salbiy) ta’sir qilish darajasi bilan tabiat kuchlari bilan tenglashdi, noosferaning negativ variantini realizatsiya qilishda faqat insoniyatni emas, balki yerdagi barcha tirik mavjudotni halokat yoqasiga keltrib qo`ydi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |