Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif



Download 175 Kb.
bet7/8
Sana11.01.2017
Hajmi175 Kb.
#31
1   2   3   4   5   6   7   8
Jahon chorvachiligi
Ushbu yo’nalishda ikki muhim masalani - chorva soni va asosan chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarishni ajratish mumkin.

Jahondagi yirik shohli korxonalar, qo’y hamda cho’chqalar umumiy soni hamda yirik regionlar bo’yicha taqsimoti quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.


16-jadval

Jahondagi va uning alohida regionlarida 1998 yillar boshida qoramollar soni (mln. bosh hisobida)



Hayvon-lar turi

Jahon­dagi soni

Shu jumladan


MDH

Yevr-opa

Osiyo

Afrika

Shimоliy Amerika

Lotin Amerikasi

Avstraliya va Okeaniya

Yirik shoxli qoramol

1300

120

150

400

190

115

290

35

Cho’chqa-lar

850

80

200

400

10

65

90

5

Qo’ylar

1200

140

140

380

240

10

125

105

Yilqilar

65

6

5

17

4

14

18

1

Umumlashtirgan holda, ta’kidlash mumkinki, sut yo’nalishidagi yirik shohli qoramol ko’paytirish aholi zich joylashgan Yevropa, Shimoliy Amerika rayonlari uchun xosdir. Go’sht-sut yo’nalishidagi qoramolchilik intensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mo’tadil mintaqa rayonlarida, shuningdek qo’rg’oshin va mehnat resurslari bilan yomon ta’minlangan rayonlarda tarqalgan. Go’sht chorvachiligi ekstensiv (Argentina, Avstraliyaning katta qismi) va intensiv (AShchP) bo’lishi mumkin. Ammo ayni paytda u va bu holatda ham yuqori darajada tovar xususiyatiga ega bo’ladi. Cho’chqachilik bilan turli tabiiy sharoitlardagi intensiv va ekstensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mamlakatlar shug’ullanadi. Odatda, bu tarmoq aholi zich joylashgan rayonlarda, kartoshkachilik, lavlagikorlik rayonlarida keng rivojlanadi. Qo’ychilik keng yaylov maydonlariga ega bo’lgan mamlakat va rayonlarda ustun rivojlanadi. Ayni paytda mayin junli qo’ychilik quruq iqlimli rayonlarda ko’proq tarqalgan bo’lib, dasht hamda chalacho’l yaylovlari sharoitida olib boriladi. Sernam va yumshoq iqlimli hududlarda yarimmayin junli, go’sht-jun yo’nalishidagi qo’ychilik rivojlanadi.

M. B. Volf va Yu. D. Dmitrievskiy o’zlarining jahon qishloq xo’jaligi xaqidagi kitoblarida to’rt turdagi chorvachilik rayonlarini ajratganlar. Ular intensivlik darajasiga ko’ra quyidagicha taqsimlanishi mumkin.

Birinchi turga aholi juda zich joylashgan va qoramol yuqori darajada zich bo’lgan (100 ga qishloq xo’jaligi maydoniga 100-200 bosh va undan ko’p) rayonlar kiradi. Bu turga mansub rayonlarda mazkur tarmoq yuqori mahsudorlikka ega bo’lib, intensiv sut chorvachiligi, cho’chqachiliq, parrandachilikka ixtisoslashgandir. Yevropada birinchi turdagi rayon Daniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlarni, Shimoliy Amerikada - AQShning shimoli-sharqini qamrab oladi. Bu mamlakatlardagi chorvachilik yalpi qishloq xo’jalik tovar mahsulotining 60-80% ini yetkazib beradi.

Ikkinchi turga intensivlik hamda qishloq xo’jalik mahsuldorligi o’rtacha darajada bo’lgan rayonlar mansubdir. Unga chorvaning o’rtacha zichligi ham (30-60 bosh) ta’lluqlidir. Bu turga misol tariqasida Janubiy va Sharqiy Yevropa, AQShning janubiy va markaziy shtatlari, Lotin Amerikasining ayrim rayonlari kiradi.

Uchinchi turga aholi zichligi hamda chorva boshi zichligi (5-10 bosh) past bo’lgan, kam intensivlashgan chorvachilik tarmoqlari va yo’nalishlari, keng tabiiy yaylovlarda qoramollarni ekstensiv holatda saqlanuvchi va mahsuldorligi nisbatan past bo’lgan rayonlar kiradi. Bunday rayonlarga misol tariqasida Avstraliyaning katta qismini, Argentinadagi Patagoniyani, Angola, G’arbiy va Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarini (Mavritaniya, Chad, Aljir) keltirish mumkin. Odatda mazkur mamlakatlarda chorvachilik dehqonchilikdan ustun bo’lib, xo’jalikning asosiy tarmog’i hisoblanadi.



Va nihoyat, to’rtinchi turga aholisi juda zich joylashgan, chorva mollari zich (60-200 bosh), ammo mahsuldorligi past va kam intensiv tarmoq hamda yo’nalishlar ustun bo’lgan rayonlar kiradi. Chorvachilik bularda yordamchi ahamiyat kasb etib, oz miqdorda tovar mahsuloti yetkazib beradi. Bunday rayonlarga misol tariqasida Hindiston, Shri-Lanka, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini keltirish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kam mahsuldor chorvachilik markazlari aksariyat hollarda iste’mol va tovar dehqonchiligidan hududiy jihatdan ajralgan holda olib boriladi.


Katalog: files
files -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
files -> Shoh va shoir
files -> O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari
files -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
files -> O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati
files -> Valyutani tartibga solish to'G'risida o'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Vazirlar Mahkamasining
files -> Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan
files -> Ўзгартириш ва қўшимчалар билан Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида қайта рўйхатдан ўтказилди

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti