o‘ziga xosligi shundaki, u prognozlashtirish vazifasining tarkibi, xususiyati va ularning
yechimiga qo‘llaniladigan usullardir.
Fundamental tadqiqotlar
- bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy
rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni
chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar,
yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari
va tamoyillari
ishlab chiqish imkoniyati paydo bo`ladi.
8
Izlanuvchi mehnati mahsuli, jamoa faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining
tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy hujjatlar, mualliflik huquqini
tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda
o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun
ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar
tayyorlashda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda,
amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga
qo‘llashga harakat qilinadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon
hisoblanadi. Shuning uchun obyektni prognozlash uchun ekspert usullaridan keng qo‘llaniladi.
Ayni vaqtda usul tanlash obyektning xususiyatidan kelib chiqadi.
Amaliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlami
tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika, texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish
maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish hamda
mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan
iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar,
uslubiyot,
me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqot natijalari va ularni
bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib obyekt sifatida iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini qamrab oladi.
Amaliy tadqiqotlami prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar
hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlaming
malakasining oshishi, yangi mutaxassislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy
ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj.
Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar,
texnologiyalar, mahsulotlar hamda ishlab chiqarilgan mehnat
jihozlari va qurollarini
modemizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushuniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlarga
o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. Ularni amalga oshirishda
quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba
namunalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish.
Konstruktorlik - tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha
tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar
tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi.
Asosiy tarmoqlarning ilmiy tekshirish institutlari tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va
ishlanmalarga kerakli ishchi kuchi, ularning vazifalari belgilangan boshqaruv tashkilotlar
tomonidan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon seriyali ishlab chiqarishga to‘la tayyor
bo‘lsa, tajribaviy konstruktorlik ishlanmalar yakuniga yetkazilgan bo‘lib hisoblanadi.
Ishlanmalarning yakuniy mahsuli ixtiro uchun berilgan ariza,
chizmalaming yangi texnika
yaratishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni mahsulotni ishlab
chiqarishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni yangi boshqaruv
sistemasi, yangi sexlarni barpo etish loyihalarida ifoda etiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni
prognozlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligi uchun jamoa ekspertlar usullaridan ko‘proq
foydalaniladi.
9
Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiy- texnologik rivojlanishga va
mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini
qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari
tasdiqlangan:
Fundamental izlanishlar;
Axborot texnologiyalar va elektronika;
Ishlab chiqarish texnologiyalar;
Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar;
Тirik tizim texnologiyalari;
Тransport;
Yoqilg`i va energetika;
Ekologiya va tabiatdan foydalanish.
Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha
yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan
texnologiyalar
tanlab olingan.
Aynan shu bosh yo‘nalishlar, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ХХI asr boshida iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar asosi bo‘lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral
hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi
darajasidan ustun turadi:
aviatsion va kosmik texnika;
atom energetikasi;
oqsil preparat va komponentlari;
biomoslashgan preparatlar;
biomuhandislik asosidagi biotexnologiya;
katalizatorlar;
keramik materiallar va nokeramika;
membranalar;
rekombinant vaksinalar;
eng qattiq
materiallar;
ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta‘minlash tizimlari;
sun‘iy intelekt va virtual reallik tizimlari;
nutq, tekst va ko‘rinishlarni aniqlash sistemalari;
immunokorreksiya texnologiyalari;
tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi;
ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni
rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari;
Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda
moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga
oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir.
Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy
o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va
saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-
uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini
rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Faqatgina ko‘rsatilgan shartlarni
amalga oshirish natijasida
mamlakatimizda ilmiy-texnika taraqqiyotni rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo‘lishi
mumkin.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: