Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari



Download 343,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.07.2022
Hajmi343,84 Kb.
#833946
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
innovatsiya

Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy fan-texnika inqilobining ikkita muhim bosqichi 
yakunlandi. Dastlabki bosqichda (XX asrning 40-50- yillari) FTI asosan yangi qurollanish 
tizimlarini yaratish, harbiy-texnik ustunlikni ta’minlashga qaratilgan edi. Ikkinchi bosqichda (60-
80-yillar) bu maqsadga yana qo’shimcha yangi vazifa – iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atini 
ta’minlash, asosiy tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish vazifasi qo’shildi.
6
Zamonaviy bosqich shu bilan tavsiflanadiki, postindustrial jamiyat mamlakatlari globallashuv 
muammolari bilan bog’liq yangi vazifalarni faollik bilan hal etib, fan-texnika siyosati 
ustuvorliklari kishilar turmush darajasini oshirish, tibbiyot va axborotlashtirishni rivojlantirish 
atrof- muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etishga qaratilmoqda. 
Eng rivojlangan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya rivojlanishning yangi 
bosqichini – bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni e’lon qildilar. Bu mamlakatlar hukumatlari 
o’tgan asrning 80-yilaridan boshlab o’z sa’y-harakatlarini iqtisodiyotg’da innovatsion 
jarayonlarni tezlashtirish va milliy innovatsion tizimlarni yaratishga yo’naltirdilar.
Amaliy tadqiqot va loyihalar sohasida butun jahon miqyosida qo’llanuvchi integratsiyalangan 
texnologiyalarni yaratishga yo’nalganlik tobora ko’zga tashlanib bormoqda. 
Bunga yaqqol misol qilib axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, Internet 
global tarmog’ini ko’rsatish mumkin bo’lib, ular iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, dam olishni 
tashkil etishda keng qo’llanmoqda va amalda dunyodagi barcha mamlakatalrni qamrab olmoqda. 
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqotlari tarkibida eng jiddiy 
o’zgarish sifatida kishilar salomatligini saqlash yo’lida tadqiqotlarning keskin o’sishini 
ko’rsatish mumkin. Bu ustuvorlik AQShda eng yuqori bo’lib, bu mamlakatda biotibbiyot 
tadqiqotlariga sarflanuvchi xarajatlar mamlakat ITTKI 20%ini tashkil qiladi (o’n yil avval - 12 
%).


Yangi iqtisodiy sharoitlarda mamlakatda qaysi tarmoq va texnologiyalar iqtisodiy o’sishga 
zamin bo’lishi haqida muhim davlat qarorlari qabul qilinishi zarur. Muvaffaqiyatni esa 
resurslarni innovatsion sohada jamlash, ulardan tanlab olingan ustuvor yo’nalishlar doirasida 
oqilona foydalanish belgilab beradi. 
Innovatsion rivojlanishning zamonaviy modeli jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga 
fan-texnika sohasining tizimli ravishda integratsiyalashuvini nazarda tutadi. Bunday 
integratsiyalashuv fan- texnika sohasining yangi ilm talab qiluvchi mahsulot va xizmatlar 
yaratish va an’anaviy bozorlarni egallab olishga imkon beruvchi samarali yangiliklar barqaror 
oqimini shakllantirish uchun kuchli stimullar yaratadi. Natijada sifati, narxi, hajmi va bozorga 
chiqish muddati bo’yicha mavjud to’lov layoqatiga ega talabga mos keluvchi yangi mahsulot va 
xizmatllar yaratuvchi milliy innovatsion tizim shaklantiriladi.
XX asrning ikkinchi yarmi tajribalarining ko’rsatishicha, innovatsion faollikning yuqori 
sur’atlariga quyidagilarni ta’minlovchi institusional rasmiylashtirishni yaratish evaziga 
erishiladi: 

yangi bilimlar, texnologiya, mahsulot va xizmatlarga investitsiyalar natijalari huquqini 
himoya qilish;

innovatsiyalar asosida raqobatni kengaytirish uchun sharoitlar;

milliy innovatsion tizim uchun mos keluvchi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari 
taklifi;

xo’jalik sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarga barqaror talab.
Fan-texnika siyosatini innovatsion va iqtisodiy siyosatdan alohida, bozor mexanizmlari bilan 
aloqasiz ko’rib chiqib bo’lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda fan-texnika siyosatigi ishlab 
chiqish va amalga oshirish davlat boshqaruvchining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu holat 
tabiiy bo’lib, shu bilan izohlanadiki, mamlakat xavfsizligi va texnologik mustaqillik istiqbollari 
ko’p jihatdan fan-texnika salohiyati, jumladan, fundamental fanlar va kadrlar malakasi darajasiga 
asoslanadi. Bundan tashqari, antropogen omil sayyoramizdagi evolyusion jarayonlarning faol 
ishtirokchisiga aylandi, shuning uchun ulkan texnik imkoniyatlarga ega sivilizatsiya 
rivojlanishining maqsad va yo’nalishlari sinchiklab tekshirilishi, ularning ekologik jihatdan xavf 
tug’dirmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu fan oldiga prinsipial jihatdan yangi va insoniyat uchun favqulodda ahamiyatga ega vazifani 
qo’yadi — qabul qilinuvchi texnologik va boshqaruv qarorlari oqibatlarini bashorat qila olish 
talab qilinadi. Gap amalda XXI asrda fan sivilizatsiya rivojlanishining barqaror traektoriyasini 
belgilab berishi, bu yo’lda insoniyat oldidia paydo bo’luvchi xavf va tahdidlarni ishonchli 
baholay olishi haqida boradi. Boshqacha qilib aytganda, fan insoniyatga sayoramizda tarxiy 
jarayonning borishini to’g’ri anglash va samarali boshqarish uchun real imkoniyatlar taqdim 
etadi. 
Jahondagi tadqiqotlar strukturasining o’zgarishi ilmiy siyosatning harbiy, muhandis-texnik 
sohalar (50-70-yillar) va sanoat texnologiyalaridan (70-80-yillar) ijtimoiy ahamiyatga ega 
ustuvorliklarga o’tishi bilan bog’liq. Bundan rivojlangan mamlakatlarning sog’liqni saqlash, 


madaniyat, tarix, etnografiya, millatlararo unosabatlar kabi sohalarda tadqiqot va loyihalarga 
katta hissa qo’shayotganligi dalolat beradi.
7
Fanning iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatini faqat aniq va muayyan yutuqlargina belgilab 
bermaydi. Ilmiy bilimlar chegara bilmaydi va zamonaviy dunyoda kuchli milliy fanlarga ega 
bo’lmagan holda ham ko’plab fan mevalaridan foydalanish mumkin. Biroq shunday bilimlar 
turlari borki, ularni na xorijiy adabiyotlardan va na xorijiy ekspertlardan olib bo’ladi. Bu bilimlar 
fanning mamlakat rivojlanishidagi tizimni shakllantiruvchi funksiyalari bilan bog’liq. 
Fan ta’lim tizimi, san’at va ommaviy axborot vositalari orqali dunyo, jamiyat va tabiatga 
zamonaviy dunyoqarashga ega oqilona fikrlovchi shaxsni shakllantiradi.
Fan va ta’lim ilmiy va texnologik bilimlar «egasi» bo’lgan kadrlarni yaratib, ularsiz iqtisodiyot 
ham, fan-texnika majmui ham rivojlanaolmaydi. «Kadrlar» pozitsiyasini yo’qotish jamiyatning 
intellektual tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. 
Kuzatuv va tadqiqotlar bilan butun mamlakat hududini qamrab oluvchi fan xo’jalik va jamiyat 
hayoti munosib o’rin oluvchi real tabiiy va texnogen muhit haqida ishonchli bilimlar beradi.
Iqtisodiyotning nodavlat sektori ilmiy-texnik loyihalar yaratishdan hali unchalik manfaatdor 
emas. Bundan tashqari, u fundamental tadqiqotlarning biron-bir jiddiy qismini moliyalashtirishni 
o’z zimmasiga olmaydi. Davlat mablag’larini ajratishning qaytuvchan modelini joriy qilish; 
innovatsion faoliyat marketingini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; fan yutuqlarini sanoatga 
joriy qilish hamda fundamental tadqiqotlar o’tkazishda sanoat va bank kapitali ishtirokini 
rag’batlantiruvchi choralar ishlab chiqish; ilmiy shaharchalar, qo’riqxonalar, madaniy-tarixiy 
yodgorliklarni qo’llab-quvvatlash — mana shular fundamental tadqiqotlarni iqtisodiy ta’minlash 
bazasini kengaytirishda davlat tomonidan qo’llanuvchi vositalarning to’liq bo’lmagan 
ro’yxatidir. 
Shu bilan birga fundamental fan salohiyati davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmasdan 
muvaffaqiyatli rivojldana olmaydi. Bunday qo’llab- quvvatlash kelajakdagi yutuqlar uchun 
zamin hozirlash, o’ziga xos ilmiy maktablarni saqlab qolish, ilmiy natijalardan foydalanish 
bo’yicha barqaror ijtimoiy motivatsiyalar yaratish, ilmiy mehnat nufuzini oshirish uchun zarur. 
Cheklangan resurslar sharoitlarida mamlakat fanining ilg’or pozitsiyalarini saqlab qolish yo’lida 
yetakchi tashkilotlar, istiqbolli bo’linmalar va ayrim tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashga 
resurslarni qayta taqsimlash va markazlashtirish zarur. Kelajakda fundamental tadqiqotlarni 
davlat tomonidan ta’minlash yagona ilmiy-texnologik va innovatsion siyosat doirasida 
o’tkazilishi lozim.
3.

Download 343,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish