Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo‘lgan kokslanadigan ko‘mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.
2012-yilda 40 mln. t cho‘yan, 50 mln. t po‘lat eritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Xitoy, Yaponiya, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |