Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Download 1,28 Mb.
bet44/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Sharqiy Evropa, O’tish iqtisodiyotidagi davlatlar, Bolqon davlatlari.
Bu subregionga qit’ada joylashgan sobiq Ittifoqdosh respublikalar (Rossiya Fe-
deratsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova) hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chemogoriya, Makedoniya, Albaniya) kiradi. Bu mamlakatlaming muhim umumiy jihatlaridan biri
o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga mansubligidir.

Yettita davlati-Belarus, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova, Serbiya, Makedoniya-dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Bolgariya, Albaniya, Make­doniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Chemogoriya davlatlari Bolqon yarimorolida joylashganligi bois odatda Bolqon mam­lakatlari deb nomlanadi.

5-jadval. Sharqiy Yevropa davlatlari



Davlatlar

Maydoni, ming km2

Boshqaruv shakli

Poytaxti

1

Rossiya

17075,5

Respublika

Moskva

2

Ukraina

603,7

Respublika

Kiyev

3

Belarus

207,6

Respublika

Minsk

4

Moldova

33,8

Respublika

Kishinyov

5

Polsha

312,7

Respublika

Varshava

6

Chexiya

78,9

Respublika

Praga

7

Slovakiya

49,0

Respublika

Bratislava

8

Vengriya

93,0

Respublika

Budapesht

9

Ruminiya

238,4

Respublika

Buxarest

10

Bolgariya

111,0

Respublika

Sofiya

11

Sloveniya

20,3

Respublika

Lyublyana

12

Xorvatiya

56,6

Respublika

Zagreb

13

Bosniya va Gersegovina

51,0

Respublika

Sarayevo

14

Serbiya

88,3

Respublika

Belgrad

15

Chemogoriya

13,8

Respublika

Podgoritsa

16

Makedoniya

25,7

Respublika

Skopye

17

Albaniya

28,7

Respublika

Tirana


Sharqiy Yevropaning siyosiy xaritasida o‘tgan asming oxirida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganligi natijasida Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldova davlatlari tashkil topdi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ respublikasining parchalanishi chog‘ida birin-ketin Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chemogoriya, Serbiya kabi davlatlar mustaqilligini e’lon qildi. Chexiya va Slovakiya respublikalari Chexoslovakiya davlati tarkibidan ajralib chiqdi. Jahon hamjamiyati tomonidan tolaligicha tan olingan oxirgi siyosiy-geografik o‘zgarish 2006-yildagi Serbiya va Chernogoriya federatsiyasining tarqalishi bo‘ldi.

Ahamiyatlisi shundaki, Bolqon yarimorolidagi ayrim davlatlarning mustaqillikka erishish jarayoni tinch ravishda kechmasdan, harbiy ziddiyat, millatlararo va dinlararo fuqarolik urushlami keltirib chiqardi. Bunday umshlaming eng qonlilari Bosniya va Gersegovina hamda Xorvatiya davlatlarida 1992-1995-yillarda so­dir bo‘ldi. Sobiq Yugoslaviya hududida, xususan Serbiya va Make­doniya davlatlarida, geosiyosiy vaziyat haligacha to‘liq barqarorlashgani yo‘q. Sharqiy Yevropa subregionining yana bir xususiyati bironta ham mG’marxiya davlati yo‘qligidan iborat. Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina hududiy-davlat tuzilish jihatidan federativ, boshqa davlatlar esa unitar tuzilishga ega.

Subregion hududi asosan, ulkan Sharqiy Yevropa tekisligidan iborat bo’lsada, yirik tog‘ tizimlari ham mavjud. Tog‘lar Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Albaniya va sobiq Yugoslaviya davlatlari hududining katta qismini egallaydi. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gaz (Rossiya, Ruminiya), tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir (Ukraina, Rossiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Serbiya), temir rudalari (Rossiya, Ukraina, Polsha), rangli metallar (Albaniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya), kaliy tuzlari (Belams, Rossiya), torf (Belams, Rossiya) zaxiralarini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sharqiy Yevropaning tog‘li mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, ulardan samarali ravishda foyda- lanilmoqda. Shuning uchun ham Slovakiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Albaniyaning energetika balansida GES ulushi yuqori. Aholi daryo vodiylari, dengiz bo‘ylarida hamda yirik sanoat rayonlarida zich joylashgan.

Urbanizatsiya darajasi, Moldova, Bosniya va Gersegovina hamda Sloveniyadan
tashqari, 50 foizdan yuqori, ayrim davlatlarda esa 70 foizdan ham ortib ketadi. Lekin o‘rtacha olganda, boshqa subregionlarga nisbatan Sharqiy Yevropaning shaharlashuv darajasi biroz pastroq. Eng yirik shahar aglomeratsiyalari Moskva, Sankt-Peterburg, Praga,
Kiyev, Budapesht negizida, Ukrainadagi Donetsk-Dneprbo‘yi va Polshadagi Sileziya sanoat rayonlarida, Rossiya hamda Bolgariyaning Qora dengizbo‘yi sohillarida shakllangan.

Sharqiy Yevropa davlatlarida oxirgi yillarda shakllangan demografik vaziyat inqirozli ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning o‘lim darajasidan pasayib ketganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham Sharqiy Yev­ropadagi aksariyat mamlakatlar aholi soni tez sur’atlar bilan kamayib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholining milliy tarkibida slavyan xalqlari yetakchilik qiladi. Slavyan xalqlari guruhiga rus, ukrain, belarus, polyak, bolgar, serb, xorvat, chex, slovak, bosniyalik, sloven, make- doniyalik, chemogoriyaliklar kiradi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bir-biridan ancha farq qiladi. Garchi bu yerdagi hamma mamlakatlar o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar safiga kiritilgan bo‘lsada, Sloveniya, Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Polsha kabi davlatlaming aksariyat iqtisodiy ko‘rsatkichlari Yevropadagi rivojlangan davlatlar pog‘onasiga yaqinlashgan bo‘Isa, Albaniya, Makedoniya, Moldovaning ijtimoiy-iqti­sodiy ko‘rsatkichlari birmuncha past bo‘lib, ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlaming darajasiga tortadi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarining xalqaro ixtisoslashuvi asosan ko‘p tarmoqli sanoat, jumladan, yoqilg‘i-energetika (Rossiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya), qora metallurgiya (Rossiya, Ukraina, Polsha, Serbiya, Chernogoriya), rangli metallurgiya (Serbiya, Chemogoriya, Albaniya), kimyo (Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha), mashinasozlik (Rossiya, Ukraina, Belarus, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya), yengil sano­ati (Rossiya, Polsha, Chexiya), oziq-ovqat (Chexiya, Ukraina, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Makedoniya, Moldova) ishlab chiqarishlari bilan belgilanadi. Ba’zi davlatlar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining eksporti bilan ham ajralib turadi (Vengriya, Polsha, Serbiya, Bolgariya). Ko‘p davlatlari uchun turizm sohasi ham muhim daromad manbayi hi­soblanadi. Iqtisodiyotning bu tarmog‘i, ayniqsa, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Chemogoriya, Sloveniya, Vengriya kabi davlatlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish