Jahon mamlakatlari iqtisodiy



Download 1,28 Mb.
bet39/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

4-jadval. Janubiy Yevropa davlatlari



Davlatlar

Maydoni, ming km2

Boshqaruv shakli

Poytaxti

1

Italiya

301,3

Respublika

Rim

2

Ispaniya

504,7

Monarxiya

Madrid

3

Portugaliya

92,3

Respublika

Lissabon

4

Malta

0,3

Respublika

La-Valetta

5

Gretsiya

132

Monarxiya

Vaduts

6

Andorra

0,45

Monarxiya

Andorra-la Velya

7

Vatikan

0,4

Monarxiya

Vatikan

8

San-Marino

0,06

Respublika

San-Marino


Malta 0‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografik o‘mi nuqtayi nazaridan yarimorol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan dav­latlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispa­niya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari-Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir.

Janubiy Yevropa davlatlari 0‘rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi. Qadimdan olamga mashhur Etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. orta dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha qumq, qishi esa iliq va yomgirli) qishloq xojaligi va turizm uchun juda qulay sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan suv resurslar bilan taminlanish darajasi pastroq boib, ayrim hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda.

Janubiy Yevropadagi demografik vaziyatga aholining tabiiy va migratsion kopayishining past korsatkichlari xos. Ular orasida, ayniqsa, aholisi kamayib borayotgan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya davlatlari alohida ajralib turadi. Rivojlanayotgan davlatlardan, xususan Shimoliy Afrikadan, koplab immigrantlar kochib kelishi bilan bir vaqtda bu yerdan Garbiy Yevropa mamlakatlariga tomon emigratsion oqimning faolligi subregionning migratsiya qoldigini ancha pasaytiradi, yuqorida aytib otilgan davlatlarda esa manfiy-korsatkichlargacha tushirmoqda.

Janubiy Yevropa relyefi, asosan, tog‘lardan iborat bo‘lganligi tufayli aholisi juda notekis joylashib, asosan qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va daryo vodiylarida joylashgan. Urbanizatsiya Shimoliy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan biroz pastroq bo‘lsada, 60 foizdan yuqori darajada.

Yevropaning o‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi doirasida ko‘zga tashlanadi. Italiya garchi “katta yettilik” guruhi a’zosi bo‘lsada, mamlakatning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi keskin farq qiladi. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya, aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‘oq, zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion dengiz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari ichida eng rivojlanganlari-yengil (to‘qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal) va oziq-ovqat (yog‘-moy, konserva, vino) sanoatlari. Italiya va Ispaniya mashinasozlik sanoati,
ayniqsa, avtomobilsozlikning rivojlanishi bilan ham ajralib turadilar.


Italiya davlatining umumiy geografik tavsifi. Italiya maydoni 301 340 km.kv. (jahon mamlakatlari qo’llanmasida 301 230 km.kv.) Aholisi 60 795 612 kishi (2014 y) Poytaxti – Rim. Italiya Dengiz va tog’li davlat. Chegarasining 80 foizi dengiz bilan tutashgan, hududining ¾ qismi tog’lardan va tekisliklardan iborat. Tekisliklar asosan dengiz qirg’oq bo’ylarida joylashgan. Italiya Alplari mamlakat hududining g’arbidan – sharqiga cho’zilib yotadi, uzunligi 1200 kilometrgacha. Italiya quruqlikdan Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, va Sloveniya bilan chegaradosh.

Italiya seysmik zonada joylashgan tez-tez er qimirlashlar va vulqonlar otilib turadi. Italiya hududidi geologik jihatdan yosh bo’lganligi uchun qazilma boyliklariga uncha boy emas. Italiyada qazilma konlardan toshko’mir mavjud bo’lib zaxirasi 1 mlrd tonnadan ortiqroq. Neft konlari Sitsiliya oroli janubida, Adriatika dengizi shelflarida joylashgan aniqlangan zaxirasi 1,8 million tonna. Italiyada qazib olinayotgan neft bilan ehtiyojining atigi 2 foizini qondiradi. Italiyada tabiiy gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Tabiiy gaz Padan tekisligidan qazib olinadi. Adriatika dengiza shelfidan, Apenin tog’lari va Sitsiliya orolida konlari mavjud aniqlangan zaxirasi 18 mlrd m kub. Polimetal rudalari Sardiniya va Sharqiy Alpda joylashgan mamlakat ehtiyojining 1|3 – 2|3 qismini qondiradi. Surma rudalari, rtut xom ashyolari zaxirasi bo’yicha Italiya dunyoda oldingi o’rinda turadi. Sitsiliyada kaliy tuzlari koni joylashgan, qurilish materiallaridan marmar, granit, tsement sanoati uchun xom ashyolari keng tarqalgan. Umuman asosiy qazilma boyliklari simob, marmar, ishqor, ko’mir, oltingugurt, kam miqdorda tabiiy gaz va neft.

Italiya iqlimi turlicha tekisliklarda yozi issiq o’rtacha havo harorati iyul oyida 20 -24 darajani tashkil etadi. Yog’in miqlori ham turlicha taqsimlangan. Shimoliy qismida mo’tadil iqlim bo’lsa janubiy rayonlari subtropik iqlimga xos. Ayrim orolda Subtropik va O’rta Dengiz iqlimiga mansub qishi iliq yanvarning o’rtacha harorati + 4+10 darajani tashkil etadi va yog’ingarchilik ko’p bo’ladi. Yozi quruq o’tadi.

Italiya daryolaridan eng yirigi Po daryosi hisoblanadi uning o’zunligi 670 kilometrgacha boradi. Boshqa daryolari kam suv va kichik daryolar hisoblanadi. Tuproqlari qo’ng’ir lyos, jigarrang, subtropikda qizil tuproqlar tarqalgan. Italiya hududining 20 foiziga yaqini o’rmonlar bilan qoplagan o’rmonlari asosan tog’larda joylashgan.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish