Markaziy Afrika o‘rmon va mineral resurslarga juda boy subregion. Neft va marganes rudasini eksportga chiqarish (Gabon, Kongo Pespublikasi), olmos va oltin qazib olish katta miqyoslarda Kongo Demokratik Respublikasida amalga oshiriladi.
Sharqiy Afrika shimoldan janubga minglab kilometrga cho‘zilgan subregion. Kofe, yeryong‘oq, choy, paxtani eksportga chiqaradi. Olmos, mis qazib olishda muhim o‘rin egallaydi.
Janubiy Afrika. Mintaqada materikning eng boy (JAR) va eng kambag‘al (Mozambik) mamlakatlari joylashgan. Oltin, olmos, mis rudasini qazib olish va eksport qilishda muhim o‘rin egallaydi. Turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (go‘sht, jun, qorako‘l teri) eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |