O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Geografiya va agronomiya fakulteti
Geografiya kafedrasi
“Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Suv transportining mintaqaviy rivojlanish holati
Qabul qildi: Bayqabilov X.M.
Bajardi: Norminov J.X.
Qarshi – 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. JAHON SUV TRANSPORTI VA UNING HUDUDIY JIHATLARI
1.1. Jahon suv transportining rivojlanishi
1.2. Dengiz transportidagi asosiy universal portlar
1.3. О‘zbekistonning jahon dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari
II BOB. TRANSPORT FLOTI-MAMLAKATLAR DENGIZ QUDRATINING UNIVERSAL KOMPONENTI
2.1. Dunyo okeanining iqtisodiy va harbiy ahamiyati
2.2. Jahon dengiz transport flotining rivojlanish xususiyatlari
2.3. Ba’zi dengiz davlatlarining transport flotiga xos xususiyatlar
X U L O S A
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Yangi siyosiy-iqtisodiy tizimga о‘tish sharoitida turli davlatlar, ayniqsa, О‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlar bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni amalga oshirish, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni tadrijiy rivojlantirish, mamlakatning mudofaa qudrati kabi masalalar bevosita zamonaviy transport tizimini takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.
Suv transporti quruqlik transportidan farq qilib, jihozlanishi uchun ko’p harajat talab qilmaydi, tabiiy suv yo’llaridan foydalanadi. U yoqilg’ini ko’p ishlatmaydi.
Yuk tashish tannarxi temir va avto transportga nisbatan ancha arzon, lekin harakat tezligi past, yuk tashish mavsumiy, suv yo’lining yo’nalishi hamma vaqt ham zaruriy yo’nalishlarga to’g’ri kelavermaydi.
Fan Texnika Inqilobi sababli suv transportining bu salbiy tomonlari kamayib bormoqda. Masalan: Zamonaviy kemalarning tezligi ortib bormoqda. Masalan: “Yunayted Steyts” (AQSH) layneri so’nggi marta Atlantika okeanini 3 sutka 10 soat 40 minutda kesib o’tgan taqqoslash sifatida Xristofor Kolumb o’z kemalarida “yangi dunyo”ga 3 oy suzgan o'tishganlar. Suv yo’llarining o’zi esa kerakli yo’nalishdagi kanallar orqali birlashtirilmoqda. Masalan: Panama, Suvaysh, Kill kanali, Belomor-Baltika, Volga-Don va h.k.
Dengiz transporti jahon transport sistemasining juda muhim tarkibiy qismi bo’lib, shu ansportning rivojlanishi tufayli Dunyo okeani qit’alarini bir-biridan ajratib turuvchi emas, balki bog’lab turuvchi vositaga aylandi. Jahonda xalqaro tashiladigan butun yuklarning 62%i, yo’lovchin 0,5%i dengiz transportida tashiladi
Dengizda yuk tashish 2 xil bo’ladi:
1. Chet mamlakatlarga yuk tashish
2. Kabota (o’z mamlakati portlari orasida)
Kabotaj 2 xil bo’ladi
Katta kabotaj – turli dengizlar orqali yuktashish.
Kichik kabotaj bir dengizda yoki yonma-yon dengizda yuk tashish.
Su transportida tashiladigan yuk evaziga olinadigan kira haqi fraxt deyiladi. Kemalar har xil yuklarni tashiyveradigan universal kemalardan va maxsus kemalardan (yog’och-taxta tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijerator (xolodilnik qurilmalari o’rnatilgan kemalar), neft va suyultirilgan gaz tashuvchi (tanker), ko’mir va ruda tashuvchi) iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |