Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan


Mavzuning о‘rganilganlik darajasi



Download 0,84 Mb.
bet2/14
Sana10.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#652801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. Transport tarmoqlarining rivojlanishi va hududiy tashkil etish masalalari XX asrning boshlaridanoq о‘rganila boshlangan. Bu borada, eng avvalo, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya va boshqalar) yaratilgan shtandort va geoiqtisod g‘oyalari, MDH davlatlarida asos solingan hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari, respublikamizda shakllangan rayonlar transportini kompleks rivojlantirish muammolari kabilar e’tiborlidir.
Mazkur sohaning kо‘pgina qirralari bilan xorij olimlaridan A.Gettner (1920), P Xagget (1960.), O.Blyum (1950), K.J.Bekman (2001), R. Monxeimlar (2001), MDH mamlakatlaridan esa Bernshteyn-Kogan, T. S. Xachaturovlarning ilmiy ishlari transport geografiyasi fanining rivojlanishida alohida о‘rin tutadi. Shuningdek, M.I.Galitskiy, S.K.Danilov (1965), I.V Nikolskiy (1978), N.N Kazanskiy (1973) transport geografiyasining nazariy muammolariga, O.A. Kibalchich (1962) yо‘lovchilar tashish geografiyasi, Neys Xeysemlar (1989) avtomobil transportini xо‘jalikdagi ahamiyati masalalariga kо‘proq e’tibor qaratganlar, Gols transport va aholi joylashuvi aloqadorligini tadqiq qilgan.
О‘zbekistonda esa S.M.Xodjayev (1961) respublika transportining shakllanish va rivojlanish masalalari, K. О‘. О‘ljabayev (1999) bozor munosabatlari sharoitida temir yо‘l transportidagi islohotlarning borishi muammolari bilan, D.I. Mengeldin (1971) О‘zbekiston transport tо‘rining joylanish va rivojlanish masalalari, M.N Adilov (1964) transport muammolari bilan shug‘ullangan bо‘lsa, R.V. Nabiyev (1964) Qoraqolpog‘iston avtomobil transporti, P.X. Maxmudov (1973), B.A.Xо‘jayev (1994,1999) yagona transport tizimi va respublika transport tarmoqlarining rivojlanishiga doir tadqiqotlar olib borgan. Biroq, mazkur ishlarning aksariyati soha iqtisodiyoti doirasida amalga oshirilgan.
Ayni vaqtda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ijtimoiylashuvi, ekologiyalashuvi, siyosatlashuvi, demografiya va boshqa omillarni о‘rganishga e’tibor kuchayayotgan davrda ushbu fanning an’anaviy yо‘nalishlaridan biri bо‘lgan transport geografiyasi bо‘yicha tadqiqotlar juda oz. Respublikamizda esa transport tо‘ri va tizimlari, ularning hududiy xususiyatlariga bag‘ishlangan mukammal, alohida tadqiqot darajasida ilmiy ishlar umuman yо‘q. Binobarin, transport tizimini alohida iqtisodiyot tarmog‘i va ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etishning muhim omili sifatida о‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs Ishning maqsadi suv transportning hududiy shakllanishi va uning hozirgi holatini iqtisodiy-geografik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
Buning uchun kurs ishda quyidagi vazifalarni bajarish kо‘zda tutilgan:

  • transportning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi о‘rnini bozor munosabatlari sharoitida tadqiq qilish;

  • Jahon dengiz transporti va uning hududiy jihatlarini tahlil qilish;

  • Transport flotining rivojlanish xususiyatlarini о‘rganish.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish