Gerodot (mil. av. V asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o‘zining «Tarix» kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Yunon olimlaridan biri Demokrit (mil. av. 460í370 y.) «Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan», degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan.
Kos orolida tug‘ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil. av. 460í375 y.) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o‘rganadi. U mashhur tabib bo‘lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug‘ullangan va ulug‘ faylasuf ham bo‘lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat «Gippokrat to‘plami» nomli tibbiy asar yozib qoldirgan.
Afinalik faylasuf Suqrot (mil. avv. 441í399 y.) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undab, haqiqat bahs orqali bilinadi, degan. Suqrot o‘z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o‘limga hukm qilishgan.
Makedoniya saroy tabibining o‘g‘li
Do'stlaringiz bilan baham: |