Shohning asosiy majburiyatlari fuqarolarga bog‘liq ishlar bo‘lgan: mamlakatda tartib va osoyishtalik, moddiy farovonlik va ijtimoiy adolatni ta’minlash. Qadimgi Misrdagi «Gerakliopol shohining o‘z o‘g‘li Merikarga nasihatlari»da aytilishicha, «haqiqat o‘rnat va yerda uzoq yashaysan. Shunday qilki, yig‘layotganni ovut, bevaga jabr qilma, insonni otasining mol-mulkidan benasib qilma». Yana hukmdor zaminda tartib-intizom bo‘yicha yuksak missiyani bajarib, gohida behad
katta hajmdagi qurilish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirgan. Ulug‘ va bahaybat Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Baolbek ehromi, Persepol saroyi qurilishlari xudolar oldidagi hukmdorlarning «ijobiy» xususiyatlaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |