Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabasi Qilichev Nurjaxon Said o’g’lining “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuni maqsadni ko’zlab rahbarimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ko’plab islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Mamlakat miqyosda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va, huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, yuridik adabiyotlarni ko’paytirish, xalqning yuridik sohada bilimlarini oshirishga katta e’tibor berib, kishilarni huquqiy ongini rivojlantirish masalasi qo’yildi.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongiz va madaniyatini yuksaltirishni tashkil qiladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda uning mavzusiga oid 30 ga yaqin adabiyot va manbalardan foydalanilgan. BMIda foydalanilgan qonun hujjatlari va adabiyotlar rasmiy manbalardan olingan hamda ular BMIda tegishli tartibda havola qilingan. BMI yakuni bo’yicha nazariy xulosalar va amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni nazarda tutadigan taklif va tavsiyalar fuqarolik – huquqiy fanlarda mavjud bo’lgan ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar, shuningdek, ushbu munosabatlarga oid qonun hujjatlarini, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va tajribasini qiyosiy tahlil qilish asosida ilgari surilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining qator ijobiy xususiyatlarini e’tirof etish bilan birga, uning ba’zi kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq. Xususan mavzuga oid yetarli statistik ma’lumotlarning yetishmasligi, xorijiy tajriba nisbatan kam keltirilganligi va ayrim grammatik hamda uslubiy xatolarni ta’kidlab o‘tish joizdir. Lekin yuqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklar, ishning umumiy mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan.
Bitiruv malakaviy ishining shakli, tili mazmuni va materiallarni bayon etish uslubi, dolzarbligi hamda har bir bobning mantiqiy izchillik asosida tugatilganligi, asosli berilgan xulosa va takliflarning mavjudligi, BMIga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob berishini va tugallangan ish ekanligini e’tiborga olib, Qilichev Nurjaxon Said o’g’lining “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini ijobiy baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti
“Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi
yu.f.n. S.Muratayev
Do'stlaringiz bilan baham: |