Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariyadan farqi:
Iqtisodiy tarix turli iqtisodiy hodisalarni turli iqtisodiy davrlarda ko‘rib chiqadi, u asosiy e'tiborni uning qonuniyatlariga beradi.
Iqtisodiy nazariya esa jamiyatni nazariy tahlil etish bilan shug‘ullanadi va asosan tadqiqotning mantiqiy-abstrakt va matematik metodlaridan foydalanadi.
3. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi
Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, madaniy yodgorliklar va yozuvlar, qonunlar to‘plamlari, ma'muriy va yuridik hujjatlar, statistik ma'lumotnomalar kiradi.
G‘arb iqtisodiyoti «burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan kurashning asosiy shakli» deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina ba'zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot texnikasi, manbalarni sinchiklab o‘rganishi, matematik metodlardan foydalanish va ba'zi boshqa metodlar.
Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 – 1889 yy.) Fransiya tarixini o‘rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib borgan. Uning asosiy ishi – «Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining tarixi» (1875-1892 yy.), unda muallif G‘arbiy Yevropada feodalizmning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o‘rta asrga o‘tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-qadam almashinishi deb aytgan.
Mark Blok (1886 – 1944 yy.) U «Annal» maktabining asoschilaridan biri bo‘lib, Yevropa zamonaviy tarixografiyasiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Uning asosiy asarlari G‘arbiy Yevropa feodalizmiga bag‘ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri «Fransuz agrar tarixining o‘ziga xos xususiyatlari»dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. M.Blok o‘rta asr dehqonchiligining xilma-xilligi g‘oyasini olg‘a suradi. U ko‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o‘rganishga harakat qilgan.
Labrus ernest Kamil (1895-1972 yy.) U uzoq yillar davomida Sorbonda ijtimoiy va iqtisodiy institutga boshchilik qilgan. Uning asosiy asarlari Fransiyaning XVIII asrda va qisman XIX asrlarda iqtisodiy tarixiga bag‘ishlangan. Ularda narxlar harakati, daromadlar, iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan o‘sish va inqirozlar tarixi yoritilgan. U birinchi darajali ahamiyatga pul muomalasi muammolarini, taqsimlash, texnika rivojlanishi masalalarini qo‘ygan.
Fernan Brodel (1902 – 1985 yy.) Jahon miqyosidagi haqiqiy yulduz bo‘lib Fernan Brodel' hisoblanadi. U XX asr iqtisodiy tarixining eng ko‘zga ko‘ringan namoyodalaridan biridir. F.Brodel' XVI asrda O‘rta yer dengizi tarixi bo‘yicha tezislarni ishlab chiqqan. Bu tezislar uchun 1947 yilda Sorbonda unga doktorlik darajasi berilgan, 1949 yilda bu tezislar «Fillipp II davrida o‘rta yer dengizi va o‘rta asr dunyosi» nomli kitobda nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |