LXXIIBOB
UYGA QAYTISH
1943-yilning birinchi choragi jarohatlaridan qon tizillab oqqan odamlar, halokatga uchragan samolyotlar va o‘yinchoq ayiqchalar davri bo‘lgan bo‘lsa-da, kitob o‘g‘risi uchun quvonchli voqea bilan yakunlandi.
Aprel oyining boshlarida Hans Hubennanning oyog‘idagi gips tizzasigacha tushirilib, Myunxen poyezdiga o‘tqazildi. Myunxendagi armi- yadan qaytib idoraviy ishlarga jalb etilganlar safiga qo‘shilishidan oldin unga bir hafta dam olish uchun ta’til berildi. U yerda uni Myunxen fabri- kalari, uylari, cherkovlari va kasalxonalarini urush asoratlaridan tozalashda hujjatlar bilan ishlash vazifasi kutmoqda. Uni ta’mirlash ishlariga ham yuborishlari keyinroq yechiladigan bo‘ldi. Bu uning oyoqlariga va shahar- ning holatiga bog‘liq edi.
Hans uyga yetib kelganida atrofga qorong‘ilik cho.‘kkan edi. U o‘tir- gan poyezd bombardimon xavfi tufayli to‘xtab qolganligi uchun uning kelish sanasi bir kunga kechiktirilgan edi. Hans “Himmel” ko‘chasidagi 33-uyning zinasida to‘xtab, mushtini tugdi.
To‘rt yil oldin Lizel Memingerga shu eshikdan Hubermanlar xona- doniga kirish sharafi nasib etgandi. Maks Vandenburg kaftini g‘ajigan kalitni ushlab, shu ostonada turgandi.
Endi navbat Hans Hubermanga kelgandi. U to‘rt marta taqillatgach, eshikni kitob o‘g‘risi ochdi.
— Dada, dadajon!
U oshxonada otasini quchib, quchog‘idan qo‘yib yubormagan daqi- qalarda bu so‘zni salkam yuz marta takrorladi.
* * *
Kechki ovqatdan keyin ular yarim tungacha stoldan turishmadi, bu vaqt davomida Hans rafiqasi va Lizel Memingerga hammasini bir boshdan
gapirib berdi. Havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi va tutun bilan to‘lgan ko‘chalar haqida, baxtsiz yo‘qolgan, darbadar insonlar haqida, Reynhold Suker haqida so‘zladi. Sho‘rlik, tentak Raynxold Suker. Roza va Lizel uning hikoyasini ancha payt berilib tinglashdi.
Ertalab soat birga bong chalgan mahal Lizel uxlashga yotdi. Hans xuddi ilgarigidek uning yoniga kelib o‘tirdi. Lizel otasining hanuz o‘tir- ganligini yoki ketib qolganligini tekshirish uchun bir necha marta uyg‘onib qaradi, ammo Hans uni har safar o‘zining borligi bilan xotiijam torttirdi.
Tun sokin, qizning to‘shagi baxtdan iliq va mayin bo‘lib qolgan edi.
Ha, bu Lizel Meminger uchun ajoyib tun bo‘ldi. Ushbu tinchlik, iliqlik va mayinlik yana uch oy davom etadi, lekin Lizelning hikoyasi yana olti oygacha tugamaydi.
О ‘NINCHI QI SM
“KITOB O‘G‘RISI”
О
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |